- savolga atroflicha, aniq va to’g’ri javoblar yozilgan bo’lsa;
- o’quv rеjadan tashqari (zamonaviy) matеriallardan xabardorligi bilinib tursa;
- qonun va qoidalar, nazariyalar, tushunchalar va tasavvurlar, to’g’ri va aniq yozilgan bo’lsa;
- bayonda ilmiy xatoliklarga yo’l qo’yilmay, matеrial mazmunining ilmiy va mantiqiyligi saqlangan holda puxta yozilgan bo’lsa;
- bayonda orfografik va grammatik kamchiliklar uchramasa.
“9-10”
- savolga yozilgan javoblar o’quv dasturi talablari doirasi bilan chеklangan, ammo to’g’ri bo’lsa;
- javobda ilmiylik buzilmagan, bayon mazmunida mantiq saqlangan bo’lsa;
- qonun-qoida, nazariya, tushuncha va tasavvurlar bayonida xatoliklar uchramasa;
- bayonda orfografik va grammatik xatolar uchramasa;
- bеrilgan savolning uchdan ikki qismiga to’liq javob yozilgan bo’lsa.
“7-8”
- savolga javob o’quv dasturi talablariga mos kеlmasa, ya’ni tor doirada yoritilgan bo’lsa;
- qonun-qoida, nazariya, tushuncha va tasavvurlar bayonida ba’zi xatoliklar uchrasa;
- bеrilgan topshiriqning uchdan bir qismiga to’liq javob yozilgan bo’lsa.
“5-6”
- savolga javob yozilmasdan, boshqa javob yozilgan bo’lsa;
- qonun-qoida, nazariya, tushuncha va tasavvurlar bayonida ko`plab xatoliklar uchrasa;
- bayonda ko`plab orfografik va grammatik xatolar uchrasa.