Bolalar nutqini o'stirishga doir o'yinlar reja


Kichik yoshdgi bolalar uchun mashg’ulotlar ishlanmasi



Yüklə 91 Kb.
səhifə4/11
tarix22.09.2023
ölçüsü91 Kb.
#146794
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
bolalar nutqini o\'stirishga doir o\'yinlar

4. Kichik yoshdgi bolalar uchun mashg’ulotlar ishlanmasi. Mashg’ulot – maktabgacha ta’limda o‘qitishning asosiy shakli sanalib, u hamma bolalar uchun majburiydir: unda dastur mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga ma’lum o‘rin va vaqt ajratilgan. Mashg’ulot tarbiyachi rahbarligida o‘tkaziladi, tarbiyachi mashg’ulotda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalar egallab olgan bilimlarni esa aniqlab, mustahkamlaydi, bolalarning amaliy mashg’ulotini tashkil etadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlari bilan bog’liqlikda mashg’ulotlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq. Kichik yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan mashg’ulotlarning maqsadi bolalarning nutqi va harakatini rivojlantirib borishdir. Katta va tayyorlov guruhlaridagi mashg’ulotlar orqali bolalarda tashabbuskorlik va mustaqillik, bilimga qiziquvchanlik, faol tafakkur qilish, taqqoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish kabi malakalar tarkib toptirib boriladi. Bolalarda kuzatuvchanlik, mas’uliyat hissi takomillashtirib boriladi, ularda aqliy mehnat qilish malakasi va xohish-istagi tarbiyalanadi.
Mashg’ulotlarda ta’lim berish bolalardan aqliy va jismoniy zo‘r berishni talab etadi, ya’ni u bolaning faol harakatlanishi bilan bog’liq bo‘lib, bola ma’lum natijaga erishish uchun intiladi, bu esa boladan uzoq davomli ixtiyoriy diqqatni talab etadi. Shuning uchun mashg’ulotga tayyorlanishda bolaning yoshi, imkoniyatini e’tiborga olish zarur. Shuningdek, mashg’ulotning vaqti, kun tartibidagi o‘rni, dasturning har bir bo‘limlarini to‘g’ri almashtirib turishni oldindan o‘ylab, aniq belgilab olish zarur. Har bir yosh guruhida necha marta mashg’ulot o‘tkazilishi, uning mazmuni va har bir mashg’ulot yosh guruhlari bo‘yicha necha daqiqa davom etishi «Bolajon» tanyach dasturida ularning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilab berilgan.
3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish emotsional tusga ega bo‘lishi lozim. Bunda ko‘rgazmaviylik, o‘yin usullari va didaktik o‘yinlarni keng qo‘llash zarur.
Didaktik maqsadiga ko‘ra mashg’ulotlar quyidagi turlarga bo‘linadi: yangi bilim va ko‘nikmalarni hosil qiluvchi mashg’ulotlar, o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlovchi mashg’ulotlar, nazorat mashg’ulotlari va majmuaviy mashg’ulotlar.

Yüklə 91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin