Bolalar nutqining rivojlanish bosqichlari X. U. Davlatova (AnDU) Annotation



Yüklə 57,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix25.12.2023
ölçüsü57,37 Kb.
#194525
1   2   3   4   5
Zumrad odobli qiz, Zumrad 
aqlli, chaqqon qiz
). Bu ham bolalar milliy nutqini rivojlantirishning bir usulidir. Bolalar 
taqlid va o‘rnak orqali tilni tez o‘rganadilar. Ular bilan suhbatlashish (ertak aytish) 
jarayonida qisqa va sodda so‘z-gaplardan foydalansak, nutqimizda turli xil so‘zlarni 
qo‘llasak (Zumradni tasvirlashda tasniflovchi so‘zni turli ko‘rinishda aytishimiz mumkin: 
chiroyli, aqlli, odobli.
Kiyimlarini tasvirlashda: 
do‘ppisi bor, atlas ko‘ylagi yarashgan, 
sochlari uzun
) maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ijtimoiy va madaniy jihatdan har xil oilalardan maktabga kelgan bolalar bir-birlari va 
o‘qituvchilar bilan aloqaga kirishish yoxud tildan foydalanish mobaynida muloqot qilish 
qobiliyatini namoyon qiladilar. Shuningdek, bu bosqichda faol so‘z boyligi, izchil gapirish 
qobiliyati va nutqni aloqa sharoitlariga moslashtirishga to‘g‘ri keladi. O‘quvchilarning 
nutqiy muloqoti o‘rtasidagi bu farqlar maktabda ta’lim olish jarayonida kuzatiladi. Biz 
bolalarning muloqotini kuzatish natijasida ularning jamiyatning qaysi ijtimoiy guruhiga 
tegishli ekanligini anglab olamiz.
Har qanday madaniyat bolalarga tilni yetkazishda muvaffaqiyatli bo‘ladi va ota-
onalar farzandiga uni o‘zlashtirishini osonlashtirish uchun ko‘plab usullarni qo‘llashadi. 
Ayrim bolalar kamgap bo‘lganliklari uchun fikrlarini aniq aytishga qiynaladilar, bunday 
holda ota-onalar farzandlari nomidan nutq so‘zlaydilar, ularning ehtiyojlari va istaklarini 
bildiradilar, ularning harakatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ona tilida izoh beradilar. Bolaning 
nutqi, asosan, ma’lumot almashish jarayonida kattalar bilan kundalik muloqot orqali 
rivojlanadi.
Bola og‘zaki nutqida uning odobi, bilimi, xulq-atvori aks etadi. O‘zbek oilalarning
asosan, ota-onalarning vazifasi farzandlariga bolaligini juda erta yoshdan boshlab aqliy 
ravonlikda barkamol rivojlanishini ta’minlashdan iboratdir. Ota-onalar bolaga nutqini aniq, 
mazmunli, fikrini chiroyli ifoda etish qobiliyatini rivojlantirishga yordam berishda asosiy 
shaxs hisoblanadilar, ular farzandlarining kelajakda xalq oldida gapirishdan 
cho‘chimaydigan va o‘z fikrlarini tinglovchilar ongiga ta’sir eta oladigan darajada notiq 
bo‘lib yetishishlarida muhim qadamni qo‘yuvchilardir. 
O‘zbek oilalarida farzandning nutqiy tarbiyasiga azaldan jiddiy ahamiyat bilan 
yondashilganini Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidagi bosh qahramon 
Otabekning ota-onasiga bergan javobidan bilsak ham bo‘ladi [1:71].

Yüklə 57,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin