Bolalar o‘yiniga tarbiyachining rahbarlik qilishi buxdupi maktabgacha ta’lim


Bolalar hayotini tashkil etishda o‘yinning roli



Yüklə 50,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix13.12.2023
ölçüsü50,38 Kb.
#174619
1   2   3   4   5
501-503

Bolalar hayotini tashkil etishda o‘yinning roli.
O‘yin bola uchun haqiqiy hayotdir. Agar tarbiyachi 
bolalar o‘yinini oqilona tashkil eta olsagina u ijobiy natijalarga erishishi mumkin. A. P. Usova shunday degan 
edi: «Bolalar hayoti va faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish — ularni to‘g‘ri tarbiyalash demakdir. Bolalarni 


502 
tarbiyalashning o‘yin shakli shuning uchun ham samarali natija beradiki, o‘yinda bola yashashni o‘rgapmaydi, 
balki o‘z hayoti bilan yashaydi». 
O‘yin tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega
.
Nonushta bilan mashg‘ulot o‘rtasida bolalar o‘yiniga 
8—10 daqiqa vaqt beriladi. Bunda bolalar ko‘pincha avval boshlagan o‘yinlarini davom ettiradilar. Sayrda 
bolalarning o‘ynashlari uchun 1 soat—1 soatu 20 daqiqa vaqt ajratiladi. Kunduzgi uyqu va kechki 
nonushtadan keyin ham bolalar o‘yiniga vaqt beriladi. Bunda bolalar ko‘proq syujetli-rolli o‘yinlarni, qurilish 
materiallari, qo‘g‘irchoqlar bilan, stol usti o‘yinchoqlari o‘ynashlari mumkin. Shu bilan birga ermak 
o‘yinlardan ham foydalaniladi. 
Ammo o‘yin bilan ta’lim o‘rtasidagi bog‘liqlik bola ulg‘aygan sari o‘zgarib boradi. Kichik guruhda 
o‘yin ta’lim berishning asosiy shakli hisoblansa, katta guruhga borganda esa mashg‘ulotlarda ta’limning roli 
ortadi. Tayyorlov guruhiga borganda bolalarning o‘zlarida maktabdagi o‘qishga ishtiyoq uyg‘onib qoladi. 
Ammo bolalar uchun o‘yinning qadri yo‘qolmaydi, balki mazmuni o‘zgaradi. Endi bolalarni ko‘proq 
fikriy faollikni talab etuvchi o‘yinlar, sport tarzidagi (musobaqa jihatlari bor) o‘yinlar qiziqtira boshlaydi. 
Pedagogika fani o‘yinni bola shaxsini tarbiyalashning asosiy vositasi deb hisoblaydi. O‘yin orqali 
bolalar kattalarning mehnat tajribasini, bilim, malaka va ko‘nikmalari, harakat usullarini, axloq normalari va 
qoidalarini, mulohaza va muhokamalarini egallab oladilar. O‘yinda bolaning o‘z tengdoshlari va kattalar bilan 
bo‘ladigan munosabat usullari shakllanadi, his va didlari tarbiyalanadi. 

Yüklə 50,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin