Bolalar serebral falajligi



Yüklə 69,51 Kb.
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü69,51 Kb.
#208556
1   2   3   4   5   6
BOLALAR SEREBRAL FALAJLIGI

6. Atonik-astatik turi tik tura olmaslik, yurolmaslik va muskullarning to‘la atoniyasi bilan namoyon bo‘ladi. Bunday bolalar o‘rnidan turolmaydi, o‘tira olmaydi, boshini to‘g‘ri ushlay olmaydi va qadam tashlab yurolmaydi. Demak, ularda astaziya va abaziya belgilarini kuzatish mumkin. Shu sababli bolada maqsadga yo‘naltirilgan ixtiyoriy harakatlar o‘ta sust rivojlanadi. Bunday bolalarda o‘tirish qobiliyati 2- 3 yoshlarda, tik turish va yurish qobiliyati esa, odatda, 7-9 yoshlarda shakllanadi. Artikulyator nutq o‘ta sust bo‘ladi. 
Ba’zi bolalarda ruhiy va aqliy rivojlanishdan orqada qolish aniqlanadi. Kranial nevropatiya (ko‘ruv nervi atrofiyasi, g‘ilaylik) belgilari ham aniqlanishi mumkin. BSF ning aralash turlari ham mavjud bo‘lib, bunday holatlarda bitta bolaning o‘zida yuqorida ko‘rsatilgan ikkita yoki undan ham ko‘p sindromlar aniqlanadi. Erta bolalik davrida, ko‘pincha, spastik diplegiya (Litll kasalligi), gemiplegik turi va ikki tomonlama gemiplegiya kuzatilsa, biroz katta yoshdagi bolalarda aralash turlari, ya’ni giperkinetik-distonik, ataktik va atonik-astatik turlari ko‘p uchraydi. BSF da vegetativ va neyroendokrin buzilishlar ham ko‘p aniqlanadi. Bular – doimiy taxikardiya, vestibulyar bosh aylanishlar, ortostatik gipotenziya, ko‘p terlash, kseroftalmiya, og‘iz qurishi, giperkeratoz, semizlik, ginekomastiya, jinsiy a’zolarning rivojlanmay qolishi, enurez va trofik yaralardir. BSF ning yengil turlarida ham psixoemotsional va serebrastenik simptomlar ko‘p aniqlanadi. BSF da klinik sindromlar har doim ham yuqorida ko‘rsatilgan tarzda to‘la shakllanavermaydi. 
BSF gidrosefaliya, oligofreniya va bir qo‘lning monoparezi yoki mikrosefaliya, epileptik xurujlar va ataksiya yoki faqat oligofreniya, fokal giperkinezlar va kranial nevropatiyalar bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Ba’zida sindrom faqat kranial nevropatiyalar (g‘ilaylik, nistagm, ko‘ruv nervi atrofiyasi, gemianopsiya, karlik) yoki aqliy rivojlanishdan orqada qolish bilan namoyon bo‘ladi. 
Tashxis va qiyosiy tashxis.
BSF tashxisini qo‘yishda e’tibor qilinadigan asosiy omil – bu paydo bo‘lgan klinik simptomlar turg‘unligi, ya’ni zo‘raymasligi. Demak, simptomlar turg‘unligi BSF uchun juda xos. Ammo bola ulg‘aygan sayin ma’lum muddatgacha yangi simptomlar qo‘shila borishini esda tutish lozim. Tabiiyki, bu holat kasallik rivojlanayotganini emas, balki yangi nuqsonlar paydo bo‘layotganini ko‘rsatadi. BSF tashxisini qo‘yish bola 3 yoshga to‘lgunga qadar qiyin bo‘lishi mumkin. Chunki bu davrgacha klinik sindromlar shakllanishda davom etadi. BSF tashxisini qo‘yishda bolaning psixomotor va nutq rivojlanishidan orqada qolishi, turg‘un nevrologik nuqsonlar (spastik falajliklar, dizartriya, dislaliya, distonik giperkinezlar, kranial nevropatiyalar, ataksiya, astaziya-abaziya) va neyrovizualizatsiya tekshiruv ma’lumotlari (bosh miyadagi struktur nuqsonlar) e’tiborga olinadi. Albatta, anamnestik ma’lumotlar (ayniqsa, tug‘ruqqacha va tug‘ruq davridagi) ham o‘ta muhim ahamiyatga ega. Turli nevrologik nuqsonlar bilan tug‘ilgan bolalarni har 1–1,5 oyda nevrologik ko‘rikdan o‘tkazib turish kerak. BSF simptomlari, ko‘pincha 1–2 yoshlarda shakllana boshlaydi. 
Bu davrda nevropatolog ularni darrov ilg‘ab nazoratga olishi o‘ta muhimdir. Bu esa keyinchalik yuzaga keladigan funksional buzilishlarni korreksiya qilib borishda o‘ta ahamiyatlidir. 
Qiyosiy tashxis erta bolalik davrida uchraydigan juda ko‘p nasliy- degenerativ kasalliklar bilan o‘tkaziladi. Ayniqsa, spastik paraplegiyalar (Shtryumpel kasalligi), spinal amiotrofiyalar (Verdnig-Goffmann kasalligi), tug‘ma miopatiyalar va nasliy neyrometabolik sindromlarni deyarli har doim BSF bilan qiyoslashga to‘g‘ri keladi. 

Yüklə 69,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin