Bolalar serebral falajligi



Yüklə 69,51 Kb.
səhifə6/6
tarix07.01.2024
ölçüsü69,51 Kb.
#208556
1   2   3   4   5   6
BOLALAR SEREBRAL FALAJLIGI

Davolash.
Davolash-reabilitatsiya muolajalari uzoq vaqt davom ettiriladi. BSF tashxisi qo‘yilgan bolani doimiy v rach nazoratiga olish va rejali davolash muolajalarini o‘tkazib turish kerak. Bunday bolalar nevrologik, neyropsixologik va ortopedik-xirurgik reabilitatsiyaga doimo muhtoj. Shuningdek, ular maxsus pansionatlarda davolanadi, maxsus maktablarda o‘qishadi va tarbiyalanadi. Bolalarni zarur shart-sharoitlarga ega dam olish sihatgohlariga olib borish, fizioterapevtik va reflektor davolash muolajalarini o‘tkazib turish ham o‘ta muhimdir. Nutqi rivojlanmay qolgan bolalar bilan logoped-defektologlar shug‘ullanishadi. Tarbiyasi qiyin bolalar psixolog yoki psixiatr nazoratida turishi lozim. 
Bugungi kunda BSF bilan kasallangan bolalarda funksional nuqsonlarni bartaraf etish yoki kamaytirish uchun kompyuterlashtirilgan moslamalar ishlab chiqilgan. Ular yordamida turli klinik sindromlar sababli yuzaga kelgan funksional nuqsonlar korreksiya qilinadi. Bu moslamalarning yanada mukammal turlari ishlab chiqilmoqda. Ulardan uy sharoitida ham foydalanish mumkin. Funksional buzilishlarni korreksiya qilishda qo‘l mehnatining ham ahamiyati kattadir. 
Dorilar bilan davolashda serebral metaboliklar (sitikolin, xolin al- fosserat, piriditol, pantogam, pantokalsin), aminokislotalar (lesitin, metionin, glutamin kislotasi), mushaklar tonusini kamaytiruvchi dorilar (midokalm, baklofen, sirdalud, levodopa dorilari), antikonvulsantlar va sedativ dorilar (fenobarbital, finlepsin, depakin, konvuleks, diazepam, amitriptilin), antixolinesteraz dorilar (galantamin, prozerin, kalimin), mikrosirkulatsiyasini yaxshilovchi dorilar (trental, ksantinol nikotinat), immunomodulyatorlar (immunomodulin, timalin, sikloferon) va vitaminlar (B1, B6, B12, PP, E, A, C ) tavsiya etiladi. Fizioterapevtik muolajalardan dorilar elektroforezi,muskullar elektrostimulatsiyasi, mineral vannalar (yod-bromli, kislorodli,radonli), gidrokinezoterapiya, suvosti uqalashi, suzish, balchiq va ozokerit bilan davolash, umumiy ortopedik uqalashlar o‘tkaziladi. Muskul-bo‘g‘im kontrakturalari ortopedik-xirurgik yo‘llar bilan korreksiya qilinadi. 
Prognoz.
Kasallik darajasi, klinik sindromlar turi va davolash-reabilitatsiya muolajalarining naqadar to‘g‘ri olib borilishiga bog‘liq.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Avitsenna.uz
Yüklə 69,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin