Bolalar va o’smirlar



Yüklə 54 Kb.
tarix24.09.2022
ölçüsü54 Kb.
#64045
Eng qadimgi VII asrgacha bo


Eng qadimgi VII asrgacha bo’lgan davrda o’qituvchi, ustoz, tarbiyachi faoliyati, mahorati, ularning jamiyatdagi o’rni, haqida to’xtalib o’tish lozim.
Ibtidoiy jamoa davrida jamiyatdagi kishilar yosh jihatdan 3 guruhga bo’linar edi.

  1. Bolalar va o’smirlar.

  2. Hayot mehnatining to’la qimmatli va to’la huquqli ishtirokchilari.

  3. Keksalar.

Sharq mutafakkirlari va allomalarning ijodiy meroslarida o’qituvchi-tarbiyachi mahorati, ustoz-shogirdlik o’artlariga ham alohida o’rin berilgan.
Abu Nasr Farobiy X asr sharq falsafiy fikrlarining eng yirik namoyondalaridan bo’lib, hayot, inson haqidagi ta’limotni dastlab yaratuvchilardan biri sanaladi. O’rta asrning bir qancha ilmiy yutuklari, umuman Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida taraqqiyoparvar ijtimoiy, falsafiy tafakkur taraqqiyoti uning nomi bilan bog’liq bo’lgan. Forobiy o’z zamonasi ilmini barcha sohasini mukammal egallagan. Uning asarlarida odam shaxsining eng yaxshi va oliyjanob xususiyatlari, kishilar hayotida adolat o’rnatilishi, yaxshilik, aqliy kamolatiga erishuvchi inson haqida falsafiy fikrlar ifoda etilgan.
Abu Nasr Forobiy ustoz o’qituvchiga shunday talab qo’yadi:
«Ustoz shogirdlariga katta zulm ham haddan tashqari ko’ngilchanglik ham qilmaslik lozim».
Chunki ortiqcha zulm shogirdda ustozga nisbatan nafrat uyg’otadi-yu, ustoz juda ham yumshoq bo’lsa shogird uni mensimay qo’yadi va u beradigan bilimdan sovub ham qoladi. U o’quvchiga bolalarning fe’l atvoriga qarab tarbiya jarayonida «qattiq» yoki «yumshoq» usullardan foydalanishni maslahat beradi. Uning fikricha:

  1. Tarbiyalanuvchilar o’qish-o’rganishga moyillik bildirsalar, ularga ta’lim tarbiya jarayonida yumshoq usul qo’llaniladi.

  2. Tarbiyalanuvchilar o’zboshimcha itoatsiz bo’lsalar, kattiq usul (majburlov) qo’llaniladi.

Abu Ali ibn Sino jahon madaniyatiga katta hissa ko’shgan mashhur entsiklopedist olim. Tabiatshunos, faylasuf, astranom, matematik musiqashunos, xuquqshunos, filolog, yozuvchi va shoir. Evropada Avitsienna nomi bilan mashhur bo’lgan Ibn Sino jahon fani taraqqiyoti tarixida muhim rol o’ynaydi.
Ibn Sinoning gumanistik ta’limida birinsi masala inson kamolatidir, insonni olamdagi mavjudodlardan yuqori qo’yishdir.
Abu Ali ibn Sinoning ijodiy faoliyati juda hilma-hil va rangbarangdir. Uning asarlarida falsafa, tarix filologiya, etika, pedagogika, psixologiya, she’riyat, tabobat, terapiya, xirurgiya, diagnostika, gigiena va tabiatshunoslik fanlarning har qaysisiga doir mustaqil fikrlar va xulosalar bor. Ibn Sino buyuk olim. U inson aqlining har tomonlama rivojlanishiga tabiat sirlari va haqiqatni bilish mumkinligiga qattiq ishongan. Isbotlab misollar keltirgan. U o’zining ilm-fan sohasidagi katta fazilatlari bilan jahon ma’rifati va madaniyatining namoyondasi sifatida tanildi.
Ibn Sinoning ta’lim va tarbiya sohalaridagi boy meros o’z davrida jaholatga qarshi kurashda juda katta progressiv ahamiyatga ega bo’ldi. Ulug’ zotning talay asarlaridagi g’oyalarini olimlarimiz, pedagoglarimiz hamon o’rganmoqdalar, amaliy hayotga tadbiq etmoqdalar.
Buyuk alloma Ibn Sino bolaga bilim berish o’qituvchining ma’suliyatli burcha ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha bolalar bilan muomolada bosiq va jiddiy bo’lish, berilayotgan bilimning bolalar qanday o’zlashtirib olayotganiga e’tibor berish kabilar muhimdir.
Ibn Sino haqiqiy olim bo’lganligi sababli tilga doir ko’pgina asarlarni yuzaga keltirdi. Abu Ali Ibn Sino fanning qaysi bir sohasiga qo’l urmasin, unga falsafiy tus berdi. Uning shoir va adib sifatida yozgan asarlari ham o’zining falsafiy jihatdan chuqur g’oyalari asosida sug’orilganligi bilan ko’zga tashlanib turadi.
XI asrda yashab o’tgan allomalardan biri Yusuf Xos Xojib ham o’z ijodida ilm ahillarini, ustozlarini ulug’laydi. «Qutadg’u bilig» asarida ilm ahli ulug’lanadi.
Abu Rayhon Beruniyning qarashlari progressiv mazmun kasb etadi. Mutafakkirning gumanist qarashlarida rostguylik bilan adolat ximmaga ega bo’lgan sifatlardir. Olim xulqlarni yaxshi va yomon xulqlar deb 2 qutbga bo’lib ko’rsatadi. Uning fikricha yaxshi xulqlar-rostguylik, adolat, mardlik, botirlik, ximmat va shu kabilardir. Bu haqida u shunday deydi: hammaning tabiatida adolat bevosita sevimli va hamma uning yaxshiligiga qiziqadigan bo’lgani kabi rostguylik ham shunday, lekin rostguylikning shirinligini tatimagan yoki shirinligini bilsa ham, totishni istamaydigan kishi uni sevmaydi.
Sohibqiron Amir Temur ham o’z hukumronligi davrida ilm ahllari, muallimlarga hurmat bilan qaraydi. Kishilarga mansab berishda ham ularning ilmlarini hisobga oladi. Jamiyatning rivojida ularning o’rni muhim deb biladi. Ko’plab madrasalar ochadi, ularga muallim va muddarislar tayin etadi. O’zining ustozlarini ham juda qadralaydi.
Alisher Navoiy o’zbek xalqining ulkan shoiri va mutafakkiri, ulug’ olim va davlat arbobi, jahon adabiyotining siymolaridan biri. Shoir butun hayoti va faoliyatida insonning baxt-saodati uchun kurashgan. Navoiy o’zining hamma asarlarida insonning er yuzidagi haqiqiy inson degan nomini yuqori darajaga qo’yadi, inson huquqi bilan yashashni, inson shaxsining ozodligini yoqlaydi.
Alisher Navoiy ijodida ham ustoz masalalariga keng o’rin beriladi. U yoshlarga chuqur bilim berish uchun muallimlar, muddarislar hamda ustoz murabbiylarning o’zlari ham bilimli va tarbiyali bo’lishi zarurligini uqtiradi. U nodon mutassib johil domlalarni tanqid etadi va o’qituvchi ma’lumoti o’qitish yullarini biladigan muallim bo’lishi zarur deydi. Masalan: «Maxbub ul qulub» asarida maktabdorlar haqida fikr britar ekan, ularni o’ta qattiqqo’l johil va ta’magirliklarini qoralaydi. Daraxaqiqat johil muallimlar gunohsiz yosh bolalarga jafo qiluvchidir. U yosh bolalarning azoblashga, kaltaklashga o’rgangan. G’azabli, qoshi chimirilgan, gunohsizlar bilan achchiqlanishga odatlangan.
Xusayn Voiz Koshifiy o’z asarlarida usto-shogird munosabatlariga keng to’xtaladi: «Agar shogirdlikning binosi nimani ustiga quriladi deb surasalar iroda ustiga deb javob bergin. Agar iroda nima deb surasalar samo’ va totatdir deb aytgin. Agar samo’ va toat nima deb surasalar nimani ustoz aytsa uni jon qulog’i bilan eshitish, chini bilan qabul qilish va vujud a’zolari orqali amalda ado etishidir deb ayt». U shogirdlikning 8 ta odobini ko’rsatadi:

  1. Birinchi bo’lib salom berish.

  2. Ustozning oldida oz gapirish.

  3. Boshni oldinga egib turish.

  4. Ko’zni har tomonga yugurtirmaslik.

  5. Gap so’ramoqchi bo’lsa oldin ustozdan ijozat olish.

  6. Ustoz javobiga e’tiroz bildirmaslik.

  7. Ustoz oldida boshqalarni g’iybat qilmaslik.

  8. O’tirib turishda hurmat saqlash.

Koshifiy ustozlik shartlarini ham ko’rsatadi. «Bilgilkim hech bir ish ustozsiz amalga oshmagay va kimki ustozsiz bir ishni qilur ersa ul ishni asosi mustahkam bo’lmaygay».
Mashhur allomaning fikrlaridan shu narsa ko’rinib turibdiki, o’qituvchilik er yuzidagi har qanday kasbdan ko’ra yuqoriroq turadigan juda fahrli kasb deb hisoblangan va unga juda katta ahamiyat berilgan. Shunday ekan bugungi kunda ham o’qituvchiga hurmat bilan qarash lozimligini talab qilinadi. Albatta bunda o’qituvchining o’zi ham jamiyatda qanday muhim vazifani bajarayotganligini tushunib olishi va o’z qadr qimmatini yaxshi bilib ishlashi zarur. O’qituvchi sof vijdonligi, ishchan, sabotli, o’quvchilarga o’zi singdirish lozim bo’lgan fazilatlarga jonli namunasi, keng ma’lumotli va mehnatsevar kishi bo’lishi lozim. U o’z ishini behad sevishi, o’quvchilarga ba’misli otalardek muomala qilishi, ularda bilimga havas tug’dirishi zarur. O’zi namuna ko’rsatib o’quvchilarni o’ziga ergashtirish o’qituvchining eng birinchi vazifasidir.
O‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini takomillashtirish to‘g‘ri­sidagi muammolar Yevropa olimlari Ya.A.Komenskiy, Djon Lokk, G.Pes­ta­lotssi, A.Disterverg, K.D.Ushinskiy kabilarning asarlarida o‘z ifodasini topgan. Jumladan, chex olimi, mashhur pedagog Ya. A. Komenskiy o‘qituv­chining eng muhim xususiyatlari qatoriga bola­larni sevishi, yuksak axloqi, bilimdonligi, iqtidori, qobiliyati kabilarni kiritadi va ularning mohiyatini mukammal tavsiflab beradi.
Yan Amos Komenskiy o‘z davrida o‘qituvchilarning bola dunyo­qa­rashini rivojlantirishdagi roliga yuqori baho berib, o‘qituvchilik «yer yuzi­dagi har qanday kasbdan ko‘ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb» ekanligini ta’kidlaydi. Muallifning fikricha, o‘qituvchi o‘z burchlarini chuqur anglay olishi hamda o‘z qadr-qimmatini to‘la baholay bilishi zarur. Ya.A. Komenskiy o‘qituvchi obrazini tasvirlar ekan, uning shax­sida quyidagi fazi­latlar namoyon bo‘lishi maqsadga muvofiqligini ta’kid­­laydi: vijdonli, ishchan, sabotli, axloqli, o‘z ishini sevuvchi, o‘quv­chilarga mehr bilan muomala qiluvchi, ularda bilimga havas uyg‘o­tuvchi, o‘quvchilarni o‘z ortidan ergashtiruvchi va diniy e’tiqodni shakl­lantiruvchi.
I.G.Pestalotssi o‘qituvchining kasbiy sifatlariga baho berish bilan birga, asosan uning xalq ta’limi tarmog‘ini takomillashtirishdagi roli hamda fan asoslarini egallashdagi ahamiyati va vazifalariga to‘xtalib o‘tadi.
A. Disterverg o‘qituvchining ta’limdagi roliga yuqori baho be­rib, u o‘z faoliyatini chuqur bilib, pedagogik mahoratini oshirib borishi o‘quv­chilarni qalbdan yoqtirishi natijasida yuzaga keladi deb uqtiradi. O‘qituvchi bolalarning individual xususiyatlarini, qobiliyatini, faoli­yatini mukammal bilishi uchun muayyan darajada psixologik bilim­larga ham ega bo‘lishi kerakligini takidlab o‘tgan.
Pedagog olim Djon Lokk o‘qituvchi psixologiyasining eng mu­­­him jihatlarini ishlab chiqqan. Ular orasiga mo‘’tadillik, g‘ay­rat-shijoatlilik, ehtiyotkorlik kabi hislatlarni kiritib, o‘qituv­chi­ning pedagogik faoliyatidagi rolini asarlarida yoritib bergan.
A.I.Gersen, L.N.Tolctoy, I.G.Chernishevskiy, K. D.Ushinskiy ka­bi rus pedagog olimlari g‘arb mutafakkirlari g‘oyalarining voris­lari sifatida mazkur muammolarga o‘z mulohazalarini bildirganlar. Jumladan, A.I.Gersen mulohazalariga ko‘ra, o‘qituvchining asosiy hislati – bu uning bolalar bilan munosabatda bo‘layotganligini sezish­da, bolalar ruhiy dunyosini tushuna olishida, axloqiy qobiliyatining mavjudligida, chunki u shunday iste’dodga ega bo‘lmog‘i zarurki, unga har qaysi o‘qituvchi erisha olmaydi.
Taniqli rus pedagogi K.D.Ushinskiy ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituv­chining roli va shaxsiga yuqori baho berib, o‘qituvchi kasbi­ga oid ilmiy mulohazalarida hech bir Qonun yoki Programma, ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi metod yoki tamoyillar o‘qituvchi shaxsi­ning pedagogik faoliyatdagi mahorati o‘rnini bosa olmaydi deb hisob­laydi.
K.D.Ushinskiy o‘qituvchi ma’naviyati va kasbiy faoliyatiga yuqori baho beradi hamda ularning kasbiy malakalarini doimiy ravishda tako­millashtirib borish maqsadga muvofiq ekanligi to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari suradi. Mazkur g‘oyaning ijtimoiy ahamiyatini tasdiqlovchi tizim – o‘qituvchilarni qayta tayyorlovchi kurslar tizimini tashkil etishni u ilk bor asoslab bergan.
K.D.Ushinskiy o‘qituvchining mashaqqatli mehnatini ta’riflab shun­day deydi: “Hali yetilmagan va fikri xayoli tarqoq bo‘lgan o‘ttiz yoki qirqta o‘quvchining ongini butun dars davomida mashg‘ul qilib turish uchun o‘qituvchi o‘z so‘zlari va bergan masalalari to‘g‘risida ko‘p bosh qotirishi, serdiqqat bo‘lishi kerak. Mana shu sababdan bilimi bo‘lgan har bir kishi o‘qituvchi bo‘lishga layoqatli bo‘lavermaydi. Jamiyat tomo­nidan hamma vaqt ham etarlicha ta’rif qilinmaydigan bu vazifani insof bilan ado qilmoq uchun zo‘r matonat va mahorat talab qilinadi”.
K.D.Ushinskiyning ta’kidlashicha, o‘qituvchi qalbining bolalarga nisbatan mehrini bildiruvchi axloqiy hislatlaridan biri, muallimning tarbi­yaviy kuchini va qobiliyatini ko‘rsatadigan ma’naviy oyinasi ijti­moiy qimmatga ega bo‘lib, barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga etka­zishda namoyon bo‘ladi. Pedagogik faoliyatning yana bir muhim tarkibiy qismi o‘qituvchining xapakteri va his-tuyg‘ularida, uning o‘quvchilar bilan muloqotga kirishish usulida namoyon bo‘luvchi pedagogik-psixologik takt (odob, axloq) xususiyatlarini qo‘llashdir. Uning fik­ri­cha psixologik takt (odob, axloq) hayotimizning barcha jabha­larida g‘oyatda keng qo‘llaniladigan faoliyat turi, shuning uchun ushbu taktlarga ega bo‘lmasdan, odamlar orasida hech qanday muloqot va nutq qobiliyatining o‘zi ham bo‘lishi mumkin emas, deb ta’kidlaydi.
«Aqlli, fikran boy, bag‘ri keng insonchalik hech narsa yoshlarni qiziqtirmaydi, o‘zining ortidan ergashtira olmaydi ham..., aql – aql bilan tarbiyalanadi, vijdon – vijdon bilan, vatanga sadoqatlilik – bevosita vatan uchun xizmat qilish bilan..., – deb ta’kidlagan edi mashhur rus pedagogi V.A.Suxomlinskiy. – O‘qituvchi o‘zining butun borlig‘i, kundalik hayoti, ma’naviy madaniyati bilan hamkasblari va o‘quvchilarga o‘rnak bo‘ladi va ularni o‘z ortidan ergashtiradi».
O‘qituvchida pedagogik mahoratni shakllantirishning ilmiy – nazariy asoslari pedagog olim V.A. Slastyonin tomonidan ham tadqiq qilingan. U kasbiy – pedagogik tayyorgarlik, o‘qituvchining shaxsi va kasbiy shakllanish yo‘nalishi va bunda pedagogik mahorat to‘g‘risida so‘z yuritib, shunday yozadi: “O‘qituvchi muntazam ravishda peda­gogik nazariyalarga tayansagina, o‘qituvchilik mahoratini egallaydi. Chunki, pedagogik amaliyot doimiy ravishda pedagogik nazariyaga murojaat qilishni taqozo etadi. Birinchidan, ilmiy nazariyalar – taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalarini aks ettiruvchi ilmiy bilimlardir, amaliyot bo‘lsa, doimo aniq vaziyatga asoslanadi. Ikkinchidan, pedagogik faoliyat – falsafa, pedagogika, psixologiyaga oid bilimlar sinteziga asoslanuvchi yaxlit jarayondir. Bu bilimlar sintezisiz pedagogik amaliyotni maqsadli qurish juda mush­kul”. Demak, o‘qituvchidan nafaqat pedagogik mahoratni mukam­mal egallash talab etiladi, balki, pedagogik amaliyotni to‘g‘ri va maq­sadli tashkil qilish uchun chuqur ilmiy – nazariy ma’lumotlarga ham ega bo‘lish lozim.
Buyuk rus adibi L.N.Tolstoy o‘qituvchi fazilatining mukam­mal­li­gini o‘z mutaxassisligiga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘li­shi bilan bir vaqtda bolalarga bo‘lgan munosabatida, ularni xuddi o‘z far­zand­laridek jon-dilidan sevishida ekanligida ko‘rgan. Uning ta’­kid­lashicha, “agar o‘qituvchi faqat ishiga havas qo‘ygan bo‘l­sa, u yax­shi o‘qituvchi bo‘ladi. Agar o‘qituvchi bolaga faqat otasi va onasi kabi havas qo‘ygan bo‘lsa, u oldingi o‘qituvchidan yaxshiroq bo‘ladi. Bordiyu, ikkala hislatni ham o‘zida mujassam­lashtirsa, u holda u mukammal va mahoratli o‘qituvchi bo‘la oladi”.
Taniqli rus pedagogi A.S.Makarenko o‘z asarlarida o‘qituvchining kasbiy fazilati to‘g‘risida quyidagi fikrlarini bayon qilgan: “Pedagog darsda ma’lum bir o‘ziga xos rolni o‘ynamasligi mumkin emas. Sinf sahnasida rol o‘ynashni bilmaydigan o‘qituvchi kasbiy faoliyat olib borolmaydi. U ma’lum ma’noda aktyor. Bizning xulq-atvorimiz, fe’limiz, xarakterimiz biz uchun pedagogik qurol bo‘lishi ham aslo mumkin emas. Bolalarni qalb va ko‘ngil azoblari bilan, hijronli his-tuyg‘ularimiz yordamida tarbiyalashga umuman yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Axir biz insonmiz. Har qanday boshqa kasb egalarida ko‘ngil zahmatisiz ish bitirish mumkin bo‘lsa, pedagog ham ko‘ngil azobisiz faoliyat olib borishi lozim bo‘ladi. O‘quvchiga ba’zan muloqotda ko‘ngil azobini namoyish etishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun pedagog sahnadagi aktyordek ijobiy rol o‘ynashni ham bilishi kerak. Tasodifiy pedagogik vaziyatlarda o‘qituvchi g‘azablanganda, quvonganda, xafa bo‘lganida, tushkun bir ahvolga tushganida ichki his-tuyg‘ularini bir holatdan boshqa holatga, bir shakldan boshqa shaklga aktyorlarga xos iqtidor bilan o‘tkazishni ham bilishi kerak.
Biroq shunchaki tashqi, sahnaviy rol o‘ynash yaramaydi. Bu o‘yinda pedagogning ajoyib shaxsiy mahorati bilan bog‘laydigan qandaydir kamar bor, bu sizning go‘zal xulqingizni namoyish etib bog‘lovchi rolingiz. Bu sahnadagi o‘yin o‘lik bir holat yoki texnika emas, balki qalbingizdagi yashirin his-tuyg‘ularingizni, mehringizni namoyon etuvchi haqiqiy jarayondir”.
Yüklə 54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin