Chiniqtirishning gigiyenik qoidalari. Chiniqtirish tadbirlari quyidagi gigiyenik qoidalarga asos-langan holda o‘tkazilishi lozim:
1. Chiniqtirish tadbirlari uzluksiz o‘tkaziladi;
2. Chiniqtirish tadbirlarining kuchi asta-sekinlik bilan oshi-riladi;
3. Chiniqtirish tadbirlarini tanlash va o‘tkazishda har bir odam organizmining individual xususiyatlari e’tiborga olinishi zarur;
4. Mahalliy va umumiy chiniqtirish tadbirlari navbat bilan almashtirib turiladi;
5. Chiniqtirish tadbirlari bilan shug‘ullanayotgan odam, ularning ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini har kuni o‘zining kundaligiga yozib borishi va shifokor bilan maslahatlashib turishi shart;
Chiniqtirish tadbirlarining uzluksizligi. Chiniqtirish tadbirlarining uzluksizligi shundan iboratki, tad-birlar har kuni muntazam ravishda o‘tkazilishi kerak. Tadbirlar muntzam o‘tkazilmasa, chiniqish unumli bo‘lmaydi. Masalan, tad-birlar 2-3 hafta o‘tkazilmasa, ularning unumdorligi ma’lum darajada pasayadi.
Chiniqtirish tadbirlarining ta’sir qilish kuchi. Chiniqtirish tadbirlarining ta’sir qilish kuchi asta-sekin oshi-rilib, vaqti uzaytirib boriladi.
Chiniqtirish tadbirlari turini, ta’sir kuchini tanlashda har bir odam organizmining individual xususiyatlari (yoshi, jismoniy rivoj-langanligi, sog‘lig‘i) ni e’tiborga olish zarur.
Chiqtirish tadbirlarini har kuni yoki haftaning aniq belgilan-gan kunlari va vaqtida o‘tkazilishi, ularning foydali ta’sirini oshiradi.
Chiniqtirishning mahalliy va umumiy tadbirlarini birgalikda o‘tkazish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Mahalliy tadbirlarda asosan oyoq, tomoq, bo‘yin sohalari sovuq va issiq ta’sirotlarga chiniqtiriladi.
Umumiy tadbirlarda tana terisining hamma sohalari issiq va sovuq ta’sirotlarga chiniqtiriladi.
Chiniqtirish tadbirlarining ijobiy yoki salbiy ta’sirini baho-lash uchun chiniqadigan odam shifokor maslahatiga asoslangan holda muntazam ravishda o‘zini-o‘zi nazorat qilishi lozim. Tadbir-ning salbiy ta’siri aniqlangudek bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qilishi zarur.