Bolalarda chiniqtirish tadbirlari gigiyenasi


Kiyim va poyabzalga bo‘lgan gigiyena talablari



Yüklə 22,57 Kb.
səhifə6/6
tarix03.05.2023
ölçüsü22,57 Kb.
#107027
1   2   3   4   5   6
BOLALARDA CHINIQTIRISH TADBIRLARI GIGIYENASI

Kiyim va poyabzalga bo‘lgan gigiyena talablari.
Odamning kiyim va poyabzali yil fasliga mos bo‘lib, havoni yaxshi o‘tkazish xususiyatiga ega bo‘lishi kerak. Sintetik mate-rialdan tikilgan kiyim, rezinadan tayyorlangan poyabzal havo o‘tkazmaydi. Shuning uchun terining ter bezlaridan ajralgan suyuqlik yaxshi bug‘lanmaydi. Buning oqibatida ichki kiyimlar, paypoq-lar ho‘l bo‘lib, odamning shamollab qolishiga sabab bo‘ladi. Shun-ga ko‘ra respublikamizning issiq iqlimi sharoitida sintetik material-lardan tikilgan kiyim, paypoq va rezina poyabzal gigiyena nuqtai nazaridan tavsiya etilmaydi. Bunday materiallardan tayyorlangan sport kiyimlari va poyabzallarini faqat mashg‘ulot paytida kiyish mumkin.
Gigiyena talabiga binoan yoz faslida paxta gazlamasidan tikilgan kiyim, qish faslida esa jun va boshqa tabiiy gazlamalardan tayyorlangan kiyim, charm poyabzal kiyish maqsadga muvofiq.
Poshnasiz poyabzal (kalish, shippak, slans, keda, krasovka kabilar)ni kun davomida uzoq muddat kiyish yassi oyoqlikning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bunday poyabzallarni qisqa vaqt davomida kiyish mumkin. Shuningdek, poshnasi juda keng, uchi tor poyabzal ham yassi oyoqlikning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Qizlar uzoq vaqt baland poshna poyabzal kiyishi natijasida ularning umurtqa va chanoq suyaklari egrilanib qolishi, shuningdek, yassi oyoqlik yuzaga kelishi mumkin. Bu hol kelajakda tug‘ish jara-yonini qiyinlashuviga sabab bo‘ladi. Qizlar kiyadigan poyabzalning poshnasi kengroq, balandligi 2-3 sm.dan oshmasligi lozim.
Tor poyabzal oyoqda qon aylanishini qiyinlashtiradi. Shuning uchun odam tez charchaydi. Qish paytida bunday poyabzal oyoqning sovuq olishiga, revmatizm (bod), buyraklarning yallig‘la-nishiga, yigit va qizlar ichki jinsiy a’zolarining surunkali yallig‘-lanish kasalliklarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.

Adabiyotlar ro‘yxati:




1. Takomillashtirilgan “Bolajon” tayanch dasturi. T.: 2016.
2.Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari. T.: 2017
Bilimdon” dasturi. T.: 2014
3.Amirova. G.A., Sulaymonov A.P., Djurayeva B .R. Maktabgacha ta’lim muassasalarda applikatsiya mashg‘ulotlari. T., 2014.
4.D.T Sabirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy savodxonlik elementlarini shakllantirish. (13.00.01.-Pedagogika nazariyasi va tarixi ixtisosligi bo‘yicha yozilgan dissertatsiyaning avtoreferati). T.2007
Yüklə 22,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin