Bolalarda raxit, spazmofiliya, gipotrofiya, ekssudativ diatez, allergiya kasalliklari



Yüklə 23,2 Kb.
səhifə6/8
tarix03.05.2023
ölçüsü23,2 Kb.
#106690
1   2   3   4   5   6   7   8
BOLALARDA RAXIT, SPAZMOFILIYA, GIPOTROFIYA,

Tibbiy yordam. Raxitni davolash uning og‘irlik darajasiga, kasallikning kechishiga asoslangan bo‘lishi kerak. Bola ovqatining tarkibida kalsiy, fosfor moddalari yetarli bo‘lishi kerak. Buning uchun bolaga meva sharbatlari, qirilgan olma, sabzi, ilitilgan tuxum, tvorog, kefir berilishi lozim. Toza havoda sayr qilish, massaj va gimnastika muolijalari muhim ahamiyatga ega.
Raxit asosan “D” vitamini bilan davolanadi.
- I darajali raxitni davolash kursiga 500000-600000 TB vitamin “D” tavsiya qilinadi.
- II darajali raxitni davolash kursiga 600000-800000 TB.
- III darajali raxitni davolash kursiga 800000-1200000 TB vitamin “D” berish tavsiya qilinadi.. Vitamin “D” bilan davolash tugagandan so‘ng ultrabinafsha nurlar bilan nurlantirish (1 kursiga 10 seans). Sitratli aralashma bir choy qoshiqdan 3 mahal ichiriladi. Vitamin B2, B6, B15, askorbin kislota qo‘llaniladi. Raxitni davolashda tuzli va xvoyli (igna bargli daraxt bargidan tayyorlangan) vannalar yaxshi natija beradi.
Izoh: Raxitning 1,2,3 darajalarini davolash uchun D vitaminning moyli yoki spirtli eritmasining bir tomchisida qancha TB da vitamin bo`lishi va har kuni necha tomchidan, necha kun davomida berilishi, flakonga taqalgan instruksiyasida batafsil yozilgan bo‘ladi.
Oldini olish: Raxitning oldini olish 2 davrda amalga oshiriladi.
1.Antinatal davr (bola tug‘ilmasdan oldin). Homilador ayol oqsil, mikroelementlar va vitaminlarga boy mahsulotlarni iste‘mol qilishi, toza havoda uzoq sayr qilishi, kuz, qish faslida esa ultrabinafsha nurlar (10-15 seans) qabul qilish tavsiya etiladi. Homiladorlikning 32-34 haftaligidan to chaqaloq tug‘ilguncha kuniga 500 TB vitamin “D” berib boriladi.
2. Bola tug‘ilgandan keyin raxitning oldini olish, umumiy va maxsus tadbirlardan iborat bo‘ladi:
- bolani ona suti bilan oziqlantirish;
- bir oyligidan boshlab meva sharbatlari, uch oylikdan olma pyuresi, to‘rt oylikdan yarimta ilitilgan tuxum berish muhimdir.Toza havoda sayr qilish;
- gavda, qo`l-oyoq muskullarini massaj qilish;
- gimnastika bilan shug`ullantirish;
- sitrat aralashmasi 10-12 kun davomida bir choy qoshiqdan kuniga ikki mahal tavsiya etiladi.

Yüklə 23,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin