О‘quv yili oxirida bola:
- ikki kichik sondan tashkil topgan birinchi о‘nlik tarkibini biladi;
- ikki kichik sondan tashkil topgan ikkinchi о‘nlik tarkibini (kо‘rgazmalilikka tayanib);
- 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20 raqamlarini biladi;
- «+»,«-», «=» ishoralarini;
- 10 gacha bо‘lgan sonlarni tо‘g‘ri va teskari sanash;
- 20 gacha bо‘lgan sonlarni tо‘g‘ri sanash;
- predmetlar miqdorini raqam (raqamlar) bilan belgilangan songa solishtirib chiqish;
- misollarni raqamlar yozilgan kartochkalar yordamida ifodalab yechish;
- bir amalli masalalarni qо‘shish va ayirish orqali tuzish va yechish;
shartli о‘lchov yordamida predmetlar uzunligini о‘lchashni va natijani son va raqam bilan aytish;
- suyuq va tо‘kiluvchi jismlarni shartli о‘lchov birligi bilan о‘lchashni va natijani son va raqam bilan aytish;
- bir nechta uchburchaklar, tо‘rt burchaklardan katta hajmdagi shakllar va predmetlar tuzish;
- maxsus shakllar tо‘plamidan foydalanib, namunadagi narsalarni hosil qilish;
- tayoqchalarning о‘rnini almashtirish asosida berilgan shakllar (uchburchak, tо‘g‘ri tо‘rtburchak, kvadrat)ni о‘zgartirishga oid topshiriqlarni bajarish;
- kо‘pburchaklarning elementlarini (tomonlari, burchaklari, uchlari) bilish;
- narsalar (geometrik shakllar, mevalar, sabzovotlar va boshqalar) ni 2, 4 va 10 tagacha teng qismlarga bо‘lish;
- butunning qismdan kattaligi, qism butunning qismi ekanligini tushunadi;
- katak qog‘ozi varag‘i sathini mо‘ljal olishni, qog‘oz varag‘ining о‘ng, chap, yuqori, past, о‘rtasini aniqlash;
- buyumlarning о‘ziga nisbatan о‘rnini aniqlash (tepada-pastda, oldinda-orqada, о‘ngda-chapda);
- signal bо‘yicha turli yо‘nalishda harakatlanish (oldinga-orqaga, tepaga-pastga);
harakat davomida, yurib ketayotganda yо‘nalishni о‘zgartirish;
Dostları ilə paylaş: |