Bolalarni maktabgacha ta\'lim tashkilotlari sharoitiga moslashuvida pedagogning roli.
Bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlari sharoitiga moslashuvida pedagogning roli. Reja: Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari
Maktabgacha ta'lim jarayonida bolaga ta'lim-tarbiya berishda shaxsga yo‘naltirigan ta'lim
Bolaning rivojlanishi va uning maktabga tayyorgarlik ko‘rsatkichlari
Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli qarori ijrosini ta'minlashda bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlarini tatbiq etish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ta'lim muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash ishlarini izchil davom ettirish maqsad qilib olindi.
Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqildi.
Ta'lim tizimining hozirgi kundagi rivojlanish bosqichida uning birinchi bo‘g‘ini hisoblangan maktabgacha ta'limda jadal o‘zgarishlar yuz bermoqda va ular quyidagilarda namoyon bo‘lmoqda: maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatining xuquqiy-me'yoriy asosi takomillashmoqda; maktabgacha ta'lim muassasalari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining yangi turlariga o‘tmoqda; nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog‘i kengaymoqda; ta'limning ilg‘or texnologiyalari joriy etilmoqda; xodimlar malaka oshirish tizimi takomillashmoqda; qisqa muddatli guruhlar asosida maktabgacha ta'lim muassasalarining muqobil shakllari joriy etilmoqda.
Maktabgacha ta'limning mazkur Konsepsiyasi uning 2017 yilgacha bo‘lgan vazifalari, strategiyasi, maqsad va tamoyillarini aniqlab beradi.
Konsepsiyaning xuquqiy asosini quyidagi me'yoriy-xuquqiy hujjatlar tashkil etadi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va ta'lim sohasidagi boshqa huquqiy-me'yoriy hujjatlar.
Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning boshlang‘ich bo‘g‘ini hisoblanadi. U bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga qiziqishni shakllantirish maqsadini ko‘zlagan holda, olti-yetti yoshgacha oilada hamda davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida olib boriladi. Maktabgacha ta'limning maqsad va vazifalarini tatbiq etishda jamoat va homiy tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar.
Maktabgacha ta'lim-bolaning individual va yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda uning jismoniy va psixik rivojlanishini ta'minlovchi, uni uzluksiz ta'limning keyingi bosqichi - maktabga borishiga zamin yaratuvchi, har tomonlama maqsadli yo‘naltirilgan ta'lim va tarbiya jarayonidir.
Maktabgacha ta'lim o‘zining shakl va usullaridan qat'iy nazar quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:
- bolalarning jismoniy va psixik sog‘ligini mustahkamlash;
- bolalarni milliy, umuminsoniy, qadimiy va madaniy qadriyatlarga jalb etish;
- bolaning aqliy, intellektual salohiyatini rivojlantirish;
- milliy an'analar va udumlar asosida yuksak ahloqiy va ma'naviy sifatlarni shakllantirish;
- bolalarni tizimli va maqsadli ravishda maktabda ta'lim olishga tayyorlash, ularning individual xususiyatlari va iqtidorini rivojlantirish.
Yuqorida bayon etilganlar shunga guvohlik beradiki, O‘zbekiston Respublikasidagi maktabgacha ta'lim tizimi bolaning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda, davlat va jamiyat talablariga binoan har tomonlama rivojlantirilishini ta'minlashi lozim.
Maktabgacha yoshning xususiyati shundan iboratki, ushbu davrda aynan umumiy rivojlanish ta'minlanadi, natijada kelajakda har qanday ijtimoiy bilim, malaka, ko‘nikma va faoliyatning turli ko‘rinishlarini egallash uchun poydevor yaratiladi.
Ta'lim jarayoni bola shaxsiga yo‘naltirilganligidan kelib chiqib, maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'lim-tarbiyasi shaxsning rivojlanishida ijodiy va insonparvarlik tamoyillariga asoslangan holda ta'lim-tarbiyaning usul va uslublari tizimidan tashkil topgan hamkorlik pedagogikasi tamoyillariga tayanib amalga oshirilishi lozim.
Pedagogik hamkorlikning asosiy holatlari-ta'limga tarbiyachi va bolaning o‘zaro ijodiy hamkorligi sifatida munosabat; majburlamasdan o‘qitish; qiyin maqsad g‘oyasi (bolaning oldiga murakkab maqsad qo‘yiladi va uni yengib o‘tishiga ishonch hissi singdiriladi); tayanchdan foydalanish (tayanch signallar); o‘z-o‘zini tahlil qilish (bolalar faoliyati natijalarini yakka tartibda va jamoa bo‘lib muhokama qilish); erkin tanlov (tarbiyachi tomonidan ixtiyoriy ravishda bolalarning o‘quv dasturini yaxshiroq o‘zlashtirishlarini maqsad sifatida belgilab o‘qitish vaqtini tanlashi); guruhning intellektual foni (o‘qitishning mazkur bosqichida ahamiyatli hayotiy maqsadlarni qo‘yish va tarbiyalanuvchilar tomonidan dasturga nisbatan kengroq bilimlar egallash); shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim, tarbiyachi va ota-onalar hamkorligi.
Ta'limning natijalari bolada hozirjavoblik, mehribonlik, muloqotchanlik, rostgo‘ylik, haqiqatparvarlik, maqsad sari intilish, tashabbuskorlik, dadillik, tashkilotchilik, mehnatsevarlik, javobgarlikni his qilish, ziyraklik, vazminlik, mardlik, mustaqillik, ishchanlik, kuzatuvchanlik, topqirlik kabi shaxsiy fazilatlarning o‘zgarishida namoyon bo‘ladi.
Ta'lim orqali inson va fuqaroning zamonaviy jamiyatga takomillashuvi hamda har tomonlama kirishuvi (qorishib ketishi) ta'minlanadi; zamonaviy bilimlar darajasiga mos keluvchi dunyo tasviri shakllanadi; dunyo darajasiga mos keluvchi shaxsning milliy va dunyoviy madaniyatga integratsiyasini zamin tayyorlovchi jamiyatning umumiy va professional madaniyati vujudga keladi; jamiyatning milliy kadrlar salohiyati ishlab chiqiladi va rivojlantiriladi.
2 Maktabgacha ta'lim jarayonida bolaga ta'lim-tarbiya berishda shaxsga yo‘naltirigan ta'lim
Maktabgacha ta'lim jarayonida bolaga ta'lim-tarbiya berishda shaxsga yo‘naltirigan ta'lim modeli ustuvor sanaladi. Shaxsga ongli yondashishning maqsadi-shaxsni rivojlantirish, uni berilgan standart va bosim ostida “o‘zgartirish emas”, balki “uni qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilish”dir. Shaxsiy yondashuv ta'lim jarayoni ishtirokchilarining shaxsiy majburiyatlarini rivojlantirish va to‘liq namoyon qilish uchun sharoit yaratishni ko‘zlaydi. Shaxsiy majburiyatlar - bu shaxs tomonidan “shaxs bo‘lish” ijtimoiy buyurtmasini tatbiq etuvchi ma'lum fazilatlarning namoyon etilishidir.
Pedagog tomonidan qadriyatlar orasida yo‘nalishini aniqlash uning kasbiy faoliyatini belgilaydi. Shaxsga yondashuv pedagog va bolaga o‘zini shaxs sifatida his qilishiga, ularning imkoniyatlarini aniqlash va namoyon etishga, o‘zini anglab yetishga, jamiyat tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘ziga ishonish va o‘zini kashf qilish usullariga imkon yaratadi.
Maktabgacha yoshda bola buyumlarning alohida yuzaki xususiyatlarini qabul qilishning yuqori cho‘qqilarini egallaydi, ko‘rgazmali shakldagi amaliy va aqliy vazifalarning yechimini topadi. Lekin bola hali buyumlarning ko‘rinishiga ahamiyatsiz bo‘ladi. Bu tabiiy hol chunki buyumlar uning uchun mavjuddir va ular bolani faqat amaliy va aqliy faoliyat ob'ekti sifatida qiziqtiradi. Maktabgacha yoshdagi bola buyumlarning mohiyatini emas, balki ularning tashqi ko‘rinishi va ishlatilishiga qarab ish tutadi. Buyumlarning bizlarga qanday ko‘rinishi bilan mohiyati o‘rtasida katta farq bor. Buyumlarning mohiyati yuzaki emas, u shaxsiy tajriba orqasida yuzaga kelmaydi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinmaydi. U ijtimoiy tashkillashtirilgan o‘quv – dunyoni ilmiy anglash orqali kashf etiladi.
Tubdan o‘zgartirilgan o‘qitish – bola va pedagogning hamkorlikdagi tubdan o‘zgartirilgan (ko‘rgazmali-rivojlantiruvchi) pedagog va bola shaxsini mustaqil tarbiyalashga yo‘naltirilgan faoliyati, qaysiki shaxsiy mazmunni hayotiy bo‘shliqda qimmatli ahamiyatga ega bo‘lgan, pedagog va bolaning universallashtirilgan tizimi.
Tubdan o‘qitish quyidagi yondashuvlarni nazarda tutadi:
Ijtimoiy pedagogik yondashuv. Uning mazmuni shundan iboratki, bola tomonidan insoniyat tajribasining o‘zlashtirilishini ta'minlovchi rivojlanishni amalga oshirish. Bunday yondashuv ta'lim berish jarayonini yakuniy natijaga-bola shaxsining ijtimoiylashuviga erishishga yo‘naltirilgan. Uning mohiyati bola tomonidan jamiyatning ahloqiy, ma'naviy o‘zgarishlarni tubdan isloh qilishdir. Bunday yondashuvda ta'lim tarbiya beruvchi vazifani bajaradi.
Gnoseologik (bilish faoliyati) yondashuv o‘qitish jarayoni mohiyatini anglash jarayonidan olib chiqadi va yuzaga kelgan anglash faoliyatini modifikatsiyalaydi (variatsiyalaydi). O‘qitish insonning individual rivojlanishini tezlashtiradi, qaysiki ijtimoiy qonunchilikka bo‘ysunadi. Shu bilan birga u insonning o‘rnatilgan tartibda individual rivojlanishi bilan birga, inson ongining umumiy tarixiy rivojlanishiga ham bog‘liqdir. O‘qish umumiy va individual anglash shakllarini yaqinlashtiradi, individual faoliyatni umumiy anglash tizimiga yaqinlashtiradi, bolaning shaxsiy tajribalari va o‘qish va o‘qitish davrida yuzaga kelgan tushunchalar orasidagi tafovutlarni chaqiradi.
Gnoseologik o‘qitishning mohiyati ta'lim vazifalarini tabiq etishda o‘qitilayotgan ob'ektning individuallashtirish jarayonini amalga oshirishdan iborat.
Psixologik yondashuv. Bu yondashuv uchun insonning rivojlanishi va bilimlarni o‘zlashtirishini psixologik nazariy bilimlarni yuzaga olib chiqishdan iborat.
Aqliy faoliyatning bosqichma-bosqich shakllanishi nazariyasini inobatga olgan holda (P.Ya.Galperin, N.F.Talo‘zin), o‘qitish birinchi materiallashgan bosqichdan ikkinchisi, ya'ni tayanch tashqi nutq faoliyatida saqlangan bosqichga o‘tadi. Undan so‘ng aqliy faoliyat to‘liq ichki faoliyatda amalga oshiriladigan uchinchi, yuqori bosqichga o‘tadi. Bunday yondashuvda o‘qitishning mohiyati aqliy faoliyat shakllanishining bosqichlariga mos ravishda solishtiriladi. Bunday yondashuvda o‘qitish o‘qitiluvchining shaxsiga yo‘naltiriladi va rivojlantiruvchi faoliyatni amalga oshiradi.
Akmeologik (grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, yuqori nuqta, yuksalish, yaxshi payt va o‘qish degan ma'noni bildiradi) yondashuv o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan xususiyatlarini ochib beradi. Uning asl mohiyati shundan iboratki, o‘qitish shaxsning hayotiy dunyosiga, pedagog va bolaning mavjud hayoti mazmuniga bir tekisda kirib boradi. O‘qitish nafaqat o‘qitiluvchi va va pedagogning fikr va munosabatlarini uyg‘unlashtirib, mazmun maydonini o‘zgartiradi, balki, o‘zaro munosabatlarning yaxlit sub'ektining paydo bo‘lishi va rivojlanishiga olib keladi. Bunda o‘qitishning o‘zaro tarbiya, o‘zaro ta'lim, o‘zaro hamkorlik, o‘zaro ijodiylikka aylanishiga omil bo‘ladi.
Ta'lim jarayonida uslubiy tamoyillarni tadbiq etishda quyidagi ta'lim maqsadlari mavjud: tarbiyaviy, ta'limiy, rivojlantiruvchi, amaliy.
Ta'limning tarbiyaviy maqsadi – bola extiyojlarini tarbiyalash, pedagogik nuqtai-nazarni tadbiq etish (kattalar tomonidan boshqarilayotgan jamoaviy faoliyatda bola tomonidan o‘zining shaxsiy kechinmalari orqali “ahloqiy bosqichlar”ni bosib o‘tish yo‘li).
Tarbiyaviy maqsadning mazmuni shundaki, bolada ahloqiy qadriyatlar tizimi, dunyoga hissiy-baholovchi munosabat shakllanadi.
Ta'limiy maqsad shundan iboratki, bola ta'lim jarayonida o‘zining aqliy ehtiyojlarini qondirib, uni o‘rab turgan haqiqatni anglab boradi.
Ta'limning tarbiyaviy, ta'limiy, rivojlantiruvchi, amaliy maqsadlari o‘qitishning munosib vosita, usul va uslublarini tanlash sharti bilan tadbiq etiluvchi va uslubiy tamoyillarni belgilovchi asosiy faktor bo‘lib xizmat qiladi..
3 Bolaning rivojlanishi va uning maktabga tayyorgarlik ko‘rsatkichlari
Bolaning rivojlanishi va uning maktabga tayyorgarlik ko‘rsatkichlari quyidagilar:
1.Jismoniy tayyorgarlik (bolaning mazmuniy jihati rivojlanishining fiziologik darajasi);
2.Psixologik tayyorgarlik (bola shaxsi tarkibining xissiy, mental (aqliy), irodaviy rivojlanish darajasi);
3.Ijtimoiy tayyorgarlik (bolaning mazmuniy jixatdan ijtimoiy rivojlanish darajasi).
Pedagogning maktabgacha ta'limda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini belgilashda 3ta sohani inobatga olish lozim: shaxs, faoliyat bo‘yicha va refleksiv.
Shaxs sifatida tayyorgarlik – bu pedagogik tafakkur (gnostik, ya'ni aqliy qobiliyatlar - ilmiy ma'lumotlarni farqlash malakalari, amaliy faoliyatda ilmiy bilimlarni to‘g‘ri qo‘llash, pedagogik vazifalarni malakali xal etish); pedagogik maqsadni belgilash (tashkilotchilik qobiliyatlari - o‘qitish va takrorlash uchun optimal sharoit yaratish malakalari, mashg‘ulotning kerakli shakllarini tanlash, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, o‘quv jarayonini kerakli inventar jixozlari bilan ta'minlash; o‘z mehnatini tashkil etish, har qanday tadbirlarni rejalashtirish va o‘tkazish (ertaliklar, adabiy kechalar va boshqalar); pedagogik yo‘naltirilganlik (kommunikativ qobiliyatlar: ma'lum bir ta'lim olayotganlar kategoriyasi uchun hammabop shaklda ma'lumotni taqdim etish qobiliyati, vaziyatga qarab ma'lumotni berish usul va uslublarini to‘g‘rilash, birovni ishontira olish qobiliyati, “pedagog-pedagog”, “pedagog-ota-ona”, “pedagog-menedjer”, “pedagog-bola” darajalarida kasbiy muloqotni savodli tuzish; bolalar jamoasida ijobiy psixologik mikroklimatni yaratish va boshqalar).
Kasbiy tayyorgarlik: pedagogik takt (intellektual mehnat bo‘yicha loyihaviy qobiliyatlar: oddiy standartlar va qaror uslublarini olib tashlab, yangi, ajoyiblarini izlash; ushbu va o‘z o‘zidan ma'lum narsadan yuqorilarini ko‘ra bilish; odatdagi muammolarni asosiy bog‘liqliklarini qamrab olish; qaror qabul qilishning bir nechta turli yo‘llarini aniq ko‘ra bilish va hayolan eng samaraligini tanlash; barcha masalalar xal etilib bo‘lingan joyda muammoni sezish va mavjudligi; g‘oyaviy hosildorlik; bolaning individual rivojlanish o‘quv jarayonini, innovatsion o‘quv rejasini, dasturni, o‘z faoliyatini loyihalashtirish va boshqalar).
Refleksiv tayyorgarlik: pedagogik refleksiya (refleksiv qobiliyatlar sezgirlikning 3 turini o‘z ichiga oladi: ob'ektni his etish: real haqiqat bolalarda qanday aks-sado berayotganiga, bunda qay darajada bolalarning qiziqish va ehtiyojlari namoyon bo‘lishiga, “ularni pedagogik tizimning talablariga mos kelishiga” pedagogning alohida sezgirligi; me'yorni his etish va takt turli pedagogik ta'sir ko‘rsatish vositalari ta'sirida bola shaxsida va faoliyatida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar o‘lchoviga alohida sezgirlikda namoyon bo‘ladi, umuman qanday o‘zgarishlar ro‘y bermoqda, ular ijobiymi yoki salbiymi, qaysi belgilarga ko‘ra ular haqida so‘zlash mumkin; dahldorlik hissi pedagogning shaxsiy faoliyati kamchiliklariga, tanqidiyligi va o‘quv jarayoniga javobgarlik sezgirligi bilan ta'riflanadi).
Yuqoridagilar shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni tadbiq etishda bola va pedagog shaxsining alohida rivojlanishi emas, balki ta'lim jarayoni yaxlit sub'ektining rivojlanishi amalga oshirilishi lozimligidan dalolat beradi. Mazmun-ma'nolar tizimi yaxlit sub'ektning rivojlanish ko‘rsatkichlari sifatida namoyon bo‘ladi: bola ongida shaxsiy mazmun-mohiyatlar tizimi, pedagogning shaxsiy, hayotiy mazmun-mohiyati va ma'noviy tarkibi.
Maktabgacha ta'lim tizimining qayta tashkil etilishi - bu, avvalambor, maktabgacha ta'lim tashkilotiga ko‘proq mos keluvchi tartibni yaratish. Bundan kelib chiqib, maktabgacha ta'lim tashkiloti bola ta'lim-tarbiyasida davlatning asosiy talablarini qondira oladigan tashkilot sifatida qabul qilinishi kerak.
Nazorat savollari:
1. Rivojlangan davlatlar ta'lim tizimining o‘ziga xosliklarini tushuntiring.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli qarorining mazmun-mohiyati haqida so‘zlab bering
3.Konsepsiyaning xuquqiy asosini qanday hujjatlar tashkil etishi haqida ma'lumot bering
4. Maktabgacha ta'limning maqsad va vazif alari haqida ma'lumot bering
Rivojlangan davlatlar ta'lim tizimining o‘ziga xosliklarini tushuntiring.
Qo'shma Shtatlarda ta'limning rivojlanishi XVII asrning birinchi yarmidan boshlandi. O'sha paytda mamlakatga kelgan mustamlakachilarning hayoti mashaqqatli va notinch bo'lgan, ammo birinchi o'quv muassasalari - ham kichik maktablar, ham katta o'quv markazlari ochila boshladi. Masalan, uning 1636 yilda tashkil etilganini hamma biladi. Amerikada u asosan davlatga tegishli bo'lib, u federal va mahalliy shtatlar byudjetidan moliyalashtiriladi. Ammo Qo'shma Shtatlardagi oliy ta'lim tizimi shunday tuzilganki, aksariyat universitetlar xususiy asosda ishlaydi, shuning uchun ular butun dunyodan talabalarni jalb qilishga intilishadi. Tuzilishi
Shtatga qarab, mashg'ulotni boshlash yoshi va uning davomiyligi har xil. Bolalar uchun Qo'shma Shtatlarda ta'lim odatda besh yoshdan sakkiz yoshgacha boshlanadi va o'n sakkiz yoshdan o'n to'qqiz yoshgacha tugaydi. Birinchidan, amerikalik bolalar boshlang'ich maktabga borishadi va u erda beshinchi yoki oltinchi sinfgacha o'qishadi (maktab tumaniga qarab). Keyin ular sakkizinchi sinfda tugaydigan o'rta maktabga boradilar. Katta yoki undan yuqori maktab - to'qqizinchi-o'n ikkinchi sinflar.
Qo'shma Shtatlarda maktabni tugatgan qizlar va o'g'il bolalar kollejga borishlari mumkin. U erda ikki yil o'qib, ular Rossiyadagi o'rta maxsus ma'lumotlarga teng daraja olishadi. Yoki siz to'rt yil davomida darhol kollej yoki universitetda o'qishingiz va bakalavr darajasiga ega bo'lishingiz mumkin. Istaganlar keyinchalik o'qishni davom ettirishlari va ikki yoki uch yil ichida magistr yoki doktorlik darajasini olishlari mumkin
. AQSh ta'lim tizimiga quyidagilar kiradi.
3-5 yoshdagi bolalar uchun maktabgacha ta'lim
6-13 yoshdagi bolalarni qabul qiladigan boshlang'ich maktab (1-8 sinflar)
14-17 yoshdagi o'quvchilar joylashgan o'rta maktab (9-12 sinflar)
oliy ta'lim tizimiga taalluqli so'nggi darajadagi ta'lim muassasalari