Bolalarni pedogoglar va ota onalar bilan hamkorlikda ijod qilish malakalari mundarija: Kirish 3



Yüklə 155 Kb.
səhifə1/2
tarix19.10.2023
ölçüsü155 Kb.
#157263
  1   2
Bolalarni pedogoglar va ota onalar bilan hamkorlikda ijod qilish-fayllar.org


Bolalarni pedogoglar va ota onalar bilan hamkorlikda ijod qilish malakalari mundarija: Kirish 3

Bolalarni pedogoglar va ota onalar bilan hamkorlikda ijod qilish malakalari

MUNDARIJA:

Kirish 3

BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishning

nazariy pedagogik asoslari 8


Bolalarni tartib-qoidalarga o’rgatishda tarbiyachining


Vazifalari


Maktabgacha yoshdagi bolalarni ota onalar bilan hamkorlikda ijod qilish malakalari


BOB. Bolalar ruhiyatni o'rganishning pedagogik asoslari 25


Bolalarni pedogoglar va ota onalar bilan hamkorlikda ijod qilish malakalari


Tajriba-sinov ishlarining tashkil etilishi va uning samaradorlik darajasi 1 Umumiy xulosa va tavsiyalar 48


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 51

Ilovalar 1-3

2

KIRISH



Kursish mavzusining dolzarbligi. Jamiyatning ravnaqi uning o'sib kelayotgan yosh avlodga bo'lgan munosabati va ularga yaratayotgan imkoniyatlarga bog'liq. Har qanday mamlakat sog'lom va barkamol, el - yurtiga sadoqatli, iymon - e'tiqodli farzandlari bilan faxrlanadi, ularga suyanadi. Shunday fazilatlarga ega avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazgan xalq kelajakka katta ishonch bilan qaraydi, istiqboli porloq bo'ladi. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo„ljallangan iqtisodiy

dasturning eng muhim ustuvor yo„nalishlariga bag„ishlangan Vazirlar

Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida eng birinchi dolzarb vazifa bu maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo’lmog’i lozim deya ta’kidlab o’tdilar.

Ushbu fikrning isboti sifatida mamlakatimizda Maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar yaqqol misol bo’la oladi. Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi, zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, ularning moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun oliy ma’lumotli mutaxassislarni ustuvor ravishda tayyorlash va joy-joyiga qo’yish kabi muammolarning hal etilayotganligi barchamizni quvontirmoqda. Bu borada mamlakatimizning birinchi Prezidenti I. Karimov aytganlaridek, “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo„lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko„ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo„lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo„qotsak, bu o„ta muhim ishni o„z holiga, o„zi bo„larchilikka tashlab qo„yadigan bo„lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo„g„rilgan va ulardan oziqlanadigan ma’naviyatimizdan, tarixiy

3

xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o'zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo„lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin.” 1



Dunyoda sodir bo„layotgan voqealar, inson ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko„rsatishga intilishlar, xalqaro terrorizmning avj olishi albatta ma’naviy tarbiyaga salbiy ta’sir ko„rsatmay qolmaydi, biroq xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodni ushbu ta’sirlardan himoya qilish bugungi kunda kechiktirib bo„lmas masaladir. Maktabgacha ta’lim tizimi oldida turgan ustuvor vazifalardan biri - bu “Ta’lim to„g„risida”gi Qonun [5] va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”[6] asosida Respublika ta’lim tizimida olib borilayotgan islohatlar yoshlarni o„z xohishi, irodasi va intilishiga qarab, ularga chuqur bilimlar berish, o„tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlardan to„la xoli bo„lgan yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beradigan raqobatbardosh malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlashdir.

O’zbekiton Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” da belgilangan har tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi kun ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biridir.

Barkamol shaxsni tarbiyalashda bolaning maktabgacha tarbiya yoshi, psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota - onalar uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan vazifalar sirasiga kiradi. Ushbu tarbiyaviy jarayonda bolalarning yosh va individual xususiyatlarini o’rganish, ularning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga ta’lim-tarbiya ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yishga xizmat qiladi.

O’sib kelayotgan yosh avlodni muayyan maqsad yo’lida har tomonlama kamol toptirish, uning ongi, dunyoqarashi, e’tiqodini o’stirish, jamiyat ravnaqi va rivojlanishi yo’lida fidoiylik ruxi bilan singdirilgan xulq-atvorini tarkib toptirish maktabgacha ta’lim oldida turgan dolzarb vazifalardan sanaladi. Xususan har tomonlama rivojlangan barkamol insonni

1Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T.: Ma’naviyat, 2008, 3-b.

4

tarbiyalashning maqsad va vazifalari ma’naviy boylik, axloqiy poklik, jismoniy mukammallikni o’zida mujassamlashtirgan ijtimoiy faollikni tarbiyalashni taqozo etadi. Mashxur rus pedagoglaridan biri Lesgaftning fikricha insonning maktabgacha ta’lim yoshidagi davri shunday bir davrki, bu davrda bolada kelgusida qanday xarakter xislatlari paydo bo’lishi belgilanadi va axloqiy xarakterning asoslari yuzaga keladi. D.B. Elkonin ta’kidlaganidek, bola jamiyat a’zosi va shaxs sifatida shakllanib borar ekan, uning psixikasi rivojlanib olamni aks ettirish xususiyati go’daklikdan yetuklik davrigacha murakkablashib va takomillashib boradi.



Kadrlar tayyorlash Milliy modeli tarkibiy qismlaridan biri bo’lgan shaxsni har tomonlama kamolga yetkazish, yuksak ma„naviy va milliy sifatlarni tarbiyalash ham muhim ahamiyatga ega.

Ta„lim-tarbiya jarayonining samaradorligini ta„minlash, tarbiyachi va bolalar o’rtasidagi munosabatlarni qaror toptirishdagina emas, balki bolalarni milliy- ma’naviy meros materiallaridan foydalanib ularni tartib qoidalarga o’rgatib borishda ham katta imkoniyatlarga ega. Bu imkoniyatlar quyidagilar bilan tavsiflanadi:

Tartib-qoidalar - shaxsning bosiqlik, ichki uyg’unlik sifatlari, jamiyat yoki davlat tomonidan belgilangan qoidalarga bo’yso’nishga tayyorgarlik va shunga odatlanganlik bilan xarakterlanadi. Tartib-qoidalarga o’rgatish juda qiyin va murakkab tarbiyaviy jarayondir. Muammoni o’rganish zamonaviy sharoitda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning milliy qiyofasida aqliy, ma„naviy - axloqiy, jismoniy, badiiy-estetik, huquqiy, iqtisodiy, ekologik madaniyat hamda, kasbiy malaka hamda sog’lom turmush tarzi ko’nikmalariga ega bo’lish bilan bir qatorda tartib-qoidalarga bo’yso’nish sifatlarini tarbiyalash ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Muammoning o’rganilganlik darajasi: Milliy-ma„naviy merosimiz materiallari orasida alohida o’rin tutuvchi “Avesto” asarida inson axloqiy kamolotining o’ziga xos Kontseptsiyasi yaratilgan. Unga ko’ra yaxshi fikr, yaxshi so’z va yaxshi ish inson kamolotini belgilovchi muhim ma„naviy - axloqiy mezon

5

sifatida e„tirof etilgan. Fikr, so’z va ish (amal, faoliyat) birligi hamda uning in„ikosini ta„minlash g’oyasi tarixiy taraqqiyotning keyingi davrlarida ham shaxs barkamolligiga bo’lgan yondashuvlar mazmunining asosini tashkil etadi.



Islom dini g’oyalari, sharq mutafakkirlari - Abu Nasr Forobiy , Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalarning asarlarida milliy sifatlar majmui, ularning mohiyati haqidagi qarashlar yoritilgan.

V.Karimova, T.Mahmudov, J.Tulenov, S.Shermuxamedov, A.Erkaev E.G’oziev, V.I.Andriyanova, Q.Yo’ldoshev, Majitova, U.Mahkamov,

O.Musurmonova, S.Nishonova, M.Ochilov, S.Ochil, M.Quronov va boshqalarning ishlarida axloq tarbiyasi, uni samarali tashkil etish, shaxsda milliy sifatlarning shakllanishida oila, ta„lim muassasalari hamda jamoatchilik o’rni va roli kabi masalalar o’rganilgan.

Ammo maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish masalasi aynan tadqiqot ob’yekti sifatida o’rganilmagan, uni shakllantirish omillari yetarlicha tahlil qilinmagan, bu jarayonning mazmuni va muhim tamoyillari bugungi kun talablari darajasida asoslanmaganligini ko’rsatdi. Shuning uchun biz Kursish mavzusini “Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishning pedagogik asoslari” deb belgiladik.

Kursishning maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish muammosini nazariy jihatdan asoslash hamda amalga tatbiq etishga yo’naltirilgan lmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

Kursishning predmeti: Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish omillari, mazmuni, tamoyillari, shakl, metod va vositalari.

Kursishning ob‘ekti: Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish jarayoni.

Kursishning vazifalari:


Muammoga oid ijtimoiy-falsafiy, psixologik, pedagogik va metodik manbalarni o’rganish.


Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish muammosini nazariy asoslash.

6

Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish


texnologiyasini ishlab chiqish.


Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishga oid ilmiy- metodik tavsiyalar berishdan iborat.


Kursish metodlari: falsafiy, pedagogik, psixologik va metodik adabiyotlarni o’rganish; pedagogik kuzatish; test so’rovi, modellashtirish, kontent-tahlil,

Kursishning ilmiy yangiligi:

Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish muammosi nazariy jihatdan asoslandi.


Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish muhim pedagogik muammo sifatida tadqiq qilindi.


Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish texnologiyasi ishlab chiqildi.


Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishga oid ilmiy- metodik tavsiyalar berildi.


Kursishning nazariy-amaliy ahamiyati Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish muammosining nazariy va texnologik asoslari, maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish ga oid ilmiy-metodik tavsiyalarning ishlab chiqilganligi bilan tavsiflanadi.

Kursishning natijalaridan maktabgacha ta’lim jarayonida tartib - qoidalarga o’rgatish amaliyotini yangilash, o’quv-metodik majmualar tayyorlash, shuningdek metodik tavsiyalardan o’qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutlarida ma„ruzalar sifatida foydalanish mumkin.

Kursishning tuzilishi va hajmi: Kursish kirish, ikki bob, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilovalardan iborat bo’lib, umumiy hajmi 54 betni tashkil etadi.

7

BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishning


nazariy pedagogik asoslari


Bolalarni tartib-qoidalarga o’rgatishda tarbiyachining


Vazifalari

O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning 10- moddasida va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da maktabgacha ta’lim - uzluksiz ta’lim tizimining birinchi turi ekanligi qayd etilgan. Shuningdek, maktabgacha ta’lim to’g’risida “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning 11- moddasida ham “Maktabgacha ta’lim muassasalari bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktabga o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi” deyiladi [5;6].

“Bu ta’lim olti - yetti yoshgacha oilada, bolalar bog’chasida va mulk shaklidan qat’iy nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi”, deb ta’kidlansa, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da “Maktabgacha ta’limning samarali psixologik usullarini izlash va joriy etish”, degan talabni qo’yadi [6; 8-9].

Maktabgacha ta’lim bola 6 - 7 yoshga yetguncha oilada hamda davlat yoki nodavlat Maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.

Sir emaski, bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimiga mamlakatimizda katta e’tibor qaratilgan. Buni butun dunyo rivojlangan mamlakatlari ham tan olmoqda. Bunga sabab Mamlakatimizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov O’zbekiston kelajagini qurishda asosiy ishtirokchi bo’ladigan bolalarni yuksak ma’naviyatli qilib tarbiyalashga katta e’tibor berdilar. Jumladan, uning “Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch” nomli asarida ham “Ko’p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, inson o’z umri davomida oladigan barcha informatsiyaning 70 foizini 5 yoshgacha bo’lgan davrda olar ekan. Bolaning ongi asosan 5 - 7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo’lsak, aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta’sirida ma’naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo’la boshlaydi”, deyilgan [3; 54-55].

Ushbu fikrlar nafaqat oila va oila muhitiga ta’luqli, balki Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim - tarbiya jarayonining barcha jabhalariga tegishli. Chunki,

8

bolalar shakllanishining eng muhim - maktabgacha bosqichi ham aynan 5 - 7 yoshdagi bolalarga to’g’ri keladi. Maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etishdan asosiy maqsad bolalar ta’lim - tarbiyasiga qo’yiladigan davlat talablariga muvofiq keladigan hamda har tomonlama yetuk va sog’lom bolalarni tarbiyalash uchun zaruriy tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart - sharoitlar yaratish va bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlashda ota - onalarga yordam berish.



Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishda:

bolalar sog’lig’ini mustahkamlash va ularning hayotini muhofaza qilish;


bola shaxsiga to’g’ri munosabatni shakllantirish;


bolaning ma’naviy, jismoniy va intellektual rivojlanishiga hissa qo’shish va ularning bilimga qiziqishini rivojlantirish hamda mehnat ko’nikmalari elementlarini shakllantirishga ko’maklashish;


bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilishga o’rgatish;


bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalari ta’limiga tayyorlash kabilar muhim hisoblanadi.


Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining birinchi turi bo’libgina qolmay, balki u ijodkor, madaniyatli, ma’naviyatli, ijtimoiy faol, fidoyi, ma’naviy jihatdan yetuk shaxsni shakllantirishning asosi hisoblanadi.

Tartiblilik tushunchasiga “Oliy talim - lug’at ma’lumotnomasi” da shunday ta’rif berilgan. “Tartiblilik shaxsning bosiqlik, ichki uyg’unlik sifatlari, jamiyat yoki davlat tomonidan belgilangan qoidalarga bo’yso’nishga tayyorgarlik va shunga odatlanganlik bilan xarakterlanadi”[30;110]. Ma’lumki, tartiblilik ma’naviy tarbiya negizida shakllanadigan axloqiy kategoriya bo’lib, uning shakllanishida tarbiyachining xizmati katta.

Tarbiyachi maktabgacha ta’lim muassasalarida mashg’ulotlar davomida va mashg’ulotdan tashqari vaqtlarda ham turli tarbiyaviy usullardan foydalanib, bolalarda ongli tartibni tarbiyalab boradi, guruhda aniq rejim va ichki tartib o'rnatishga kirishadi, jihozlash, tozalik va tartibni joriy etib boradi.

9

Bu ishlarni tarbiyachi bir o'zi emas, balki ota-onalar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.



Guruhda tartibni saqlash va joriy qilish faqat tarbiyachining ishi deb tushunuvchilar ham uchrab turadi. Bu mutlaqo noto'g'ri fikr. tartib uchun butun guruh, pedagogik jamoa mas'uldir.

tartibni shakllantirish juda qiyin va murakkab tarbiyaviy jarayondir. Shunisi ham borki, ko'p vaqt qilingan mehnatni bir paytni o'zidayoq yo'qqa chiqarish mumkin. Masalan, ayrim tarbiyachilar guruhida bolalar jim, tartibli o'tirishadi, mashg’ulotni berilib tinglashadi, o'quv yumushlari bilan band bo'lishadi, ba'zi tarbiyachilarda esa buning aksi: bolalar qiy-chuv qilishadi, bir-biriga narsa yoki o’yinchoqlarni bermay to’polon ko’tarishadi va hokazo. Bunday ayanchli manzara har bir maktabgacha ta’lim muassasasi hayotida uchrab turishi tabiiy.

Nega shunday bo'ladi? Bu holatda aynan tarbiyachining o'zi aybdordir. Negaki u dastlabki mashg'ulotlaridayoq o'z «siri»ni bolalarga oldirib qo'ygan. O’ta ko'ngilchan, so'zlari, harakatlari ta'sirsiz, bo'shang, muloyim, bolalarni o'ziga jalb qilolmaydi, tashkilotchilik qobiliyatiga ega emas.

Xo'sh natija nima bo'ladi? Tarbiyachi o'z kayfiyatini buzadi, jismonan charchaydi, bolalarni uradi, mashg’ulot maqsadiga erishish u yoqda tursin, mashg’ulotni to'liq o'tolmaydi, bundan ham yomoni bolalar tartib-qoidalarni buzadi, guruhda tarqoqlikni, boshboshdoqlikni vujudga keltiradi. Mana, sizga birgina bo'shang tarbiyachining keltirgan ziyoni.

Bolalarda tartibni tarbiyalamasdan turib, ularni maktabgacha ta’lim muassasalariga, atrof-muhitga, kishilarga to'g'ri munosabatda bo'lishga, uy vazifalarini bajarishga, saranjomlikka o'rgatish qiyin. Ongli tartibni tarbiyalash - maktabgacha ta’lim muassasalarining asosiy vazifasi hisoblanadi.

Tarbiyachilar huddi shunday holatlarga o'z e'tiborlarini qaratishlari lozim. Butun guruh tarbiyachilari oldiga yagona pedagogik talablarni, qattiqqo'llikni, guruhda tartibni saqlash, bolalarga bo'lgan talabchanlikni oshirishni alohida vazifa qilib qo'yish lozim. Sharqning faylasuf shoiri Shayx Sa'diy:

Agarda muallim bo'lsa beozor,

10

Bolalar guruhni qilishar bozor, - deb bejiz aytmagan[33; 45].



Yana shuni ham aytish kerakki, tartib-qoidalarga amal qilish deganda bolalarning guruhda qimirlamay o'tirishini emas, balki ongli tartibni tushunish kerak. Ko'pgina tarbiyachilar o'zicha tartib o'rnatmoqchi bo'ladilar. Guruhga qosh- qovog'idan qor yog'dirib kiradilar, dag'-dag'a qilib bolalarni siquvga oladilar, gah desa qo'lga qo'nadigan qilmoqchi bo'ladilar. Bu bilan mutlaqo kelishib bo'lmaydi. Zo'ravonlik asosiga qurilgan tartib yaxshilikka olib bormaydi. Bu murg'ak qalblarga adovat urug'ini sochadi, ularni sovuqqon, qo'rqoq, jur'atsiz, yolg'onchi, qilib qo'yadi.

Guruhdagi tartib- tartibni saqlashning eng yaxshi usuli bolalar ishonchini qozonishdir. Mashg’ulotni qizg'in, ijodiy, ko'rgazmali qurollar yordamida, pedagogik texnologiyalarga asoslangan, didaktik o’yinlar asosida ular havasini va hayratini uyg'otish, lol qoldirish, mashg’ulot o'tilgach birorta ham bolalarni «beish» qoldirmaslik - har biriga o'ziga xos amaliy topshiriqlar berish ayni muddaodir.

Tartibli bo'lish nafaqat maktabgacha ta’lim muassasalarida, balki bolalarning kelgusi hayotida ham asqotishi turgan gap. Chunki, inson hayotining chigal va murakkab so'qmoqlarida ham tartib-intizom muhim ahamiyatga ega.

Tarbiyachi tartiblilikni tarbiyalashda bolalarning ota-onalari bilan ham ish olib borishi kerak. Guruhning jihozi va ko'rinishi bolalarning estetik tarbiyasiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Tarbiyachining ko'rgazmali qurollardan samarali foydalanishi, bolalarni mashg’ulotdan bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanish va bolalar ijodiy qobiliyatlarini o'stirishda ularni har tomonlama kamol toptirishga yordam beradi. Mashg’ulotdan tashqari vaqtlarda bolalarning jamoat topshiriqlarini bajarishini, to'garaklarda ishtirok etishini nazorat qilish kerak.

Bolalarni sevish, ularni hurmat qilish yaxshi xislatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Agar tarbiyachi o'z bolalariga nisbatan befarq, ayniqsa mensimasdan munosabatda bo'lsa, bunday tarbiyachini bolalar hurmat qilmaydi va obro'si tushib boradi.

11

Guruhdan va maktabgacha ta’lim muassasalaridan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo'nalishlarini topib joriy etishga bog'liq. Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo'lgan barcha g'oyalar qaytadan ko'rib chiqilishi, asosiy e'tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to'plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi.



Bolalarda tartiblilikni tarbiyalashda tarbiyachi quyidagi maqsad va vazifalarni amalga oshiradi:

bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishda xalqning boy milliy, ma'naviy tarxiy an'analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etish;


tartiblilikni tarbiyalashda shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishi;


tartiblilikni tarbiyalashda bolalarni erkin fikrlashga tayyorlash, hayot mazmunini tushunib olishga ko'maklashish, o'z-o'zini idora va nazorat qila bilishini shakllantirish, o'z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, ularda reja va amal birligi xissini uyg'otish;


bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishda milliy, umuminsoniy qadriyatlar, vatanimizning boy ma'naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo'lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, o’z malakalarini tobora o'stirib-boyitib borish va estetik tushunchalarni shakllantirish;


har bir bolani bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab ularni rivojlantirish, inson faoliyatining turli sohalarida joriy qilib ko'rish. Bolalar ijodkorligi, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo'llab-quvvatlash uchun shart- sharoitlar yaratish;

12

1.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarni ota onalar bilan hamkorlikda ijod qilish malakalari



Maktabgacha ta’lim muassasalarida bola odatda jamoada faoliyat yuritishga tayyorlanadi va ushbu jarayonda inoqlashuv, tartib- tartibli do’lish davrini ham boshdan kechiradi. Ayniqsa, bolalar o’z murabbiylari va tarbiyachilarini diqqat bilan kuzatadi. O’z navbatida tarbiyachilar va murabbiylar ham bolalarni nima qila olishlarini, nimani bilishlarini, ijodiy bilimlari bormi yoki yo’qmi, mehnatsevarmi yoki yo’qmi, tartiblimi yoki tartibsiz bolami kabi nuqtai nazarlardan o’rganadilar. Bunday holatlarda murabbiy va tarbiyachilarning asosiy vazifasi -hamisha ijodiy, sinchkov va tashabbuskor bo’lishdan iborat bo’lib, ularning asosiy shiori tarbiyalash, o’qitish, o’rgatish va o’rganishdir.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishda tarbiyachilarning shaxsiy xislatlarini shartli ravishda quyidagi yo’nalishlarga bo’lish mumkin:


Bolalarni sevish va ularni tushuna olishga bog’liq xislatlar.


O’z - o’zini nazorat qilish, sabr - toqatli bo’lish, bolaning har qanday holatida unga mos bo’lgan muloyim muomalani qila bilishiga oid xislatlar.


Har bir yangi kelgan bolaga “Biz sizni kutgandik, kelishingizdan xursandman” va u kelib qo’shiladigan guruhni ko’rsatib “Mana shu sizning eng yaqin do’stlaringiz” kabi muloyim muomalalarni qalbdan ayta ola bilishiga oid xislatlar.


Maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari va bolalarni (u qaysi guruhdan bo’lishidan qat’iy nazar) tushuna bilish qobiliyatiga mos xislatlar.


Maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarining bolalarga ta’sir o’tkaza olishga doir xislatlar.


Maktabgacha ta’lim muassasasida ma’naviyat, ma’rifat, “Zakovat” mashg’ulotlarini samarali olib borshga oid xislatlar.


Maktabgacha ta’lim muassasasidagi pedagogik kasbga ega xodimlarning ibrat - namuna bo’lishga oid xislatlari.

13

Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasasidagi tarbiyachi va murabbiylarning shaxsiy xislatlari bola tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning bolalar jamoasidagi vazifalari o’sha jamoadagi bolalar tarbiyasi orqali aniqlanadi. Shu sababli maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishda murabbiy va tarbiyachilarning ham shaxsiy xislatlari o’ta muhimdir. Ularni biz quyidagicha ifodalashni lozim topdik:


bolalar bilan ishlashda, ularning tarbiyasi va rivojlanishiga qiziqish, bolalarni tushunish qobiliyatiga ega bo’lish, ularga ishonch, ularning faollik, havaskorlik, ijodiy qirralarini ochish, shuningdek, tashkilotchilik faoliyatiga bo’lgan katta qiziqish va bu boradagi faolligi, jamoaviy ishlarni tashkil etishda bolalarga ta’sir qila olish, o’z bilim va mahoratini ularga bera olish va ulardagi tashabbuskorlik, javobgarlik hislarini shakllantira olish;


bolalar jamoasida ishlashga bo’lgan moyillik (bolalarni sevish, ular jamoasini hurmat qilish), bolalar jamoasi shaxs shakllanishining asosi ekanligini anglash;


bolalarni jamoaviy ijodiy faoliyat usullari bilan tarbiyalashga bo’lgan qiziqish;


o’z - o’zini boshqara olish, sabr - toqat, tanqidiy va tahliliy fikrlarni to’g’ri qabul qila olish;


o’z - o’ziga o’ta talabchanlik, o’z - o’zini tanqid qila olishlik, o’z - o’zini nazorat qila olishlik;


kirishuvchanlik, samimiylik, barcha bilan muloqot qilishga qiziqish;


bolalar bilan tezda kirishib ketish, ya’ni muloqotda erkinlikka erisha olishlik;


sezgirlik, sinchkovlik asosida mehribonlik, hamkorlik qila olishlikka oid xislatlar;


yangiliklarga nisbatan xayrixohlik, ularni tez va o’z vaqtida qabul qila olishlik;


tarbiya jarayonida bir faoliyat turidan ikkinchisiga muammosiz va qulay (uncha sezdirmagan holda) o’ta olishlik;

14

bolalar dardini seza olishlik va ular bilan qayg’udosh bo’lishlik hamda vaqti kelganda (ular bir muvaffaqiyatga erishganda) birga quvona olishlik;


o’tkir zehnlilik, sezuvchanlik o’z e’tiborini va diqqatini tezlik bilan boshqa biror narsaga qarata olishlik;


imo - ishoradan unumli foydalana olishlik;


o’z hissiyotlarini boshqara olishlik;


o’zini bosib olishlik, o’zini xotirjam ko’rsata olishlik;


salbiy ruhiy ta’sirlarning (xoholab baqirib kulish, baqirib qo’pol ovoz bilan gapirmaslik, qo’pol muomala qilmaslik, birovni kamsitmaslik, birovni izza qilmaslik va h.k.) madaniy ko’rinishiga ega bo’lishlik;


murabbiy va tarbiyachilar nutqining ravon hamda aniq bo’lishi (chiroyli gapira olish, o’z ovozini boshqara olish, yaxshi lug’at boyligiga ega bo’lish, nutqining obrazliligi va hayajonliligi) to’g’ridan - to’g’ri “qog’ozsiz” so’zga chiqa olishi va fikrini erkin namoyon qila olish va h.k.).


Maktabgacha ta’lim muassasasi pedagogik kasb xodimlarining yuqorida qayd etilgan xislatlari, xususiyatlari va fikrlashlari qamrovi bilan birga ularga nutqiy ko’rish va eshitish bo’yicha ham yaxshi xotira kerak. Bunga sabab ular kasbiy faoliyati davomida ma’ruzalar (suhbat, savol - javob ko’rinishidagi qisqa ma’lumotlar berish) qiladi; bolalarga buyruqlar, takliflar, tavsiyalar beradi; bolalar va hamkasblarining to’liq ismi shariflarini aytib murojaat qilishlari kerak bo’ladi; bolalar va ota - onalarning yuz ko’rinishlari hamda ismlarini esda saqlab qolishlari hamda ularning tovushlarini tezlik bilan va mustahkam esda saqlab qolishlari kerak bo’ladi; shuningdek, she’r, qo’shiq, ertak, rivoyat va shu kabilarni yodlab va esda saqlash kerak bo’ladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishda tarbiyachi va murabbiylardan yuqoridagi xislatlardan tashqari psixofiziologik xususiyatlar ham talab qilinadi. Ular:

jismoniy va ma’naviy jihatdan salomatlik;


jismoniy jihatdan chidamlilik, irodalilik;


yuqori darajadagi ishchanlik, mehnatsevarlik.

15

Murabbiylar va tarbiyachilar turli xil fikrlash (ijodiy, analitik, konstruktiv va h.k.) larga ham qodir bo’lishi kerak.



Ulardan ijodiy fikrlashda bolalarni tarbiyalash masalalarini mustaqil, qiziqarli, o’zaro faol qilib bajarishga bo’lgan faoliyatda e’tiborga olinadi va erishilgan natija muhokamasida u yaqqol seziladi.

Analitik fikrlashda tarbiyachilar va murabbiylarning faoliyat turlari natijalarini tahlil qilishi va nazorat qilish orqali amalga oshiriladigan faoliyat tushuniladi (tarbiya jarayonini nazorat qilish va tahlil qilish);

Konstruktiv fikrlashda ularga ishni rejalashtirish va loyihalashtirish (tarbiyachi tarbiya jarayoni (tarbiyalanuvchi) natija) va tashkil etishlar

e’tiborga olinadi.

Demak, maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishda murabbiy va tarbiyachilarning kasbiy faoliyatida pedagogik mahoratning ahamiyati juda katta, chunki, uning yordamida guruh faoliyatini tushunish, bolalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni optimal tashkil etishlar amalga oshiriladi.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish omillari sifatida quyidagilar belgilandi:


Bilimga qiziqish va muhabbat uyg'otish.


Bola bilimga qiziqmasdan turib, tartibli bo’la olmaydi. Bolada o'z kuchiga va qobiliyatiga ishonch hosil qilish, o'qishga jalb etish, ilk yutuqlari uchun rag'batlantirish ayniqsa ahamiyatlidir. Boladagi o'qishga qiziquvchanlik qiyinchiliklarni yengishga, faolligini oshirishga, ishonch uyg'otishga va mustaqilligi kamol topishiga olib keladi.


O'quv mehnatiga ongli munosabatda bo'lish va unga mas'uliyat bilan yondashish.


O'quv mehnatiga ongli munosabatda bo'lishlik ta'limning ijtimoiy, o'qishning shaxsiy ahamiyatini tushunish demakdir. Tarbiyachilar bolalarga ularning bosh vazifasi - o'qish ekanligini tushuntirishi kerak. O'qishga mas'uliyat hissi, faqat Vatan oldidagi burchgagina emas, keng ijtimoiy qamrovli - jamoa, tarbiyachilar,

16

ota-onalar va o'z oldidagi mas'uliyat, ularning fikrlari, ma'qullashlarini eshitishga intilish, guruhda munosib o'rinni egallashga ham tegishlidir.


O'quv madaniyatini oshirish.


O'zlashtirishning past bo'lishi aksariyat hollarda, o'quvni tizimli va rejali olib borish iqtidori va ko'nikmasining bolalarda shakllanmaganligidan kelib chiqadi.


Faoliyatni reja asosiga qurish.


Qunt bilan ishlash.


Pala-partishlikka yo'l qo'ymaslik, saranjomlikka o'rganish.


Bilim sifatini oshirish. Qiyinchiliklarni yengish. O'quv mehnatida muayyan rejimga itoat etish. Bu degani o'quv mehnatini bolalarning dam olishi bilan to'g'ri almashtirib borilishidir.


O’rtoqlarcha o'zaro yordam uyushtirish.


O'rtoqlarcha o'zaro yordam guruhda ulgurmovchilikning oldini oladi, guruh jipsligini oshiradi, jamoatchilik ruhining shakllanishiga olib keladi.


Tarbiyachi va ota-onalar hamkorligi.


Tarbiyachi ta'lim-tarbiyaviy ishlarni yakka o'zi emas, balki ota-onalar bilan hamkorlikda olib borsa kutilgan samaradorlikka erishish imkoniyati yanada ortadi.

Har bir o’tkazilayotgan mashg’ulotning maqsadi aniq bo’lishi kerak va uni bolalarga to’g’ri va aniq tushuntirish kerak. Belgilangan maqsadni amalga oshirishda tarbiyachi yoki murabbiy bolalar bilan birgalikda faol muloqotli faoliyat yuritishi kerak. Ana shunday o’zaro faol jarayonlarning nechog’lik samarali bo’lishi maktabgacha yoshdagi bolalarda tartiblilikni shakllanishiga asos bo’la oladi.

17

II BOB. Bolalar ruhiyatni o'rganishning pedagogik asoslari


Bolalarni pedogoglar va ota onalar bilan hamkorlikda ijod qilish malakalari


Maktabgacha ta’lim muassasalarida o’quv yili muayyan yilning 2- sentyabridan boshlanib, keyingi yilning 1- iyuniga qadar davom etadi va keyingi o’quv yiligacha bo’lgan davr maktabgacha ta’lim muassasalaridagi sog’lomlashtirish davri hisoblanadi.

Demak, Maktabgacha ta’lim muassasasi bolalar uchun yangi jamoa bo’lib, unda bilimlar, ko’nikmalar, ichki qonun-qoidalar va xullas tartib- qoidalar hukm suradigan muhit, ya’ni bola shaxsi shakllanishining dastlabki bosqich idir.

Shu sababli bolalarning ta’lim - tarbiyaviy ishlarini tashkil etishning tashkiliy -pedagogik shakllari mukammal bo’lishi kerak. Bizning kuzatishlarimiz bo’yicha maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim - tarbiya jarayonini quyidagi ko’rinishda ifodaladik:


2.1. 1 — shakl. MTMdagi ta’lim — tarbiya jarayonini olib borishning

tamoyilli tizimi.

18

Shakldagi maqsad - bu pedagogik maqsad bo’lib, unda bu mashg’ulot nima uchun tashkil qilinayotganligi va nima uchun o’tkazilayotganligi belgilanadi hamda bu orqali tarbiyachi yoki murabbiy va bola nimaga erishmoqchiligi aniqlanadi.



Vazifalar maqsadni amalga oshirishning algoritmik ketma - ketligidir.

Loyihalashtirish - tarbiyachi yoki murabbiylarning bolalar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotni o’tkazish va bunda qo’llaniladigan shakl, usul va uslublardan foydalanish amalga oshirish ketma - ketligining amaliy jihatini ta’minlaydi.

Pedagogik mahorat - bu tarbiyachi yoki murabbiyning pedagogik kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarining uyg’un holatdagi faoliyatidan iborat bo’lib, u maqsadni aniq qo’yish, vazifalarni puxta belgilab olish, ta’lim - tarbiyaviy jarayonni mukammal tashkil etish, bolalarni qiziqtirish va ulardagi mashg’ulotga mustaqil qatnashish hamda ijodiy ishlashga xohish uyg’otish, bolalarning imkoniyatlarini to’g’ri belgilay olish va ularning mashg’ulotga ehtiyojlarini to’g’ri belgilay bilish uchun har qanday tarbiya shakl, usul va uslublardan samarali foydalanishlari orqali baholanadi.

Ular asosida mashg’ulot jarayonini nazorat qilish boshlanadi va joriy hamda oraliq natijalari monitoringi olib boriladi.

Umumlashtirish qismida natijalar tahlili asosida xulosaviy fikr shakllantiriladi. Unda quyidagi savollarga javob izlanadi:

nima yaxshi-yu, nima yomon?


nima yoqdi-yu, nima yoqmadi?


kim yoqdi-yu, kim yoqmadi (ertak yoki videofilm qahramonlari bo’yicha ham bo’lishi mumkin)?


nimani olib qolish kerak, nimadan voz kechish kerak?


kim faol, kim ajralib qoldi?


bolalar nimani o’rgandi-yu, nimalarga befarq bo’lib qoldi?


kimlar faol bo’ldi-yu, kimlar ahamiyatsiz bo’lib qoldi va h.k.

19

Demak, bola tarbiyasida maktabgacha ta’lim muassasasining ahamiyati katta. Hattoki, onalari uy bekasi bo’lgan xonadon bolalari uchun ham ahamiyatlidir. Bu haqda quyidagi fikr ahamiyatlidir.



Taniqli pedagog Xoji Muin (1883 - 1942) bolalar bog’chasining bola

tarbiyasida nechog’lik zarurligini uqtirib, bolalarning ko’pchilik ota - onalar kabi to’rt - besh yoshdanoq maktabga berish o’rniga bolalar bog’chasiga berish lozimligi haqida ko’plab qimmatli fikrlarni bildirgan. Jumladan, “.... Bolani yosh chog’ida ko’ngli xohlamaydirg’on biron ishga majbur qilishsa, badani oriq bo’ladi. Dimog’ va miyasiga halal keladir, qoni buziladir, a’zosi o’sishdan qoladir va boshqa kasalliklarga uchraydir... .

Bolalar bog’chasining birinchi foydasi bolalarni mazkur hollardan, ya’ni 4 - 5 yoshdanoq maktabxonalarga qatnash, yoshiga nomunosib o’quv - yozuv ishlari bilan mashg’ul bo’lishdan - ota - onani behuda tashvishlardan qutqarmoqdir, ikkinchi foydasi bolalarni yaxshi tarbiya qilib, lozim ishlarga o’yin yo’li bilan o’rgatib, maktabdan burun maktabga hozir qilmoqdir”, deb yozgan edi Xoji Muin. [31;302].

Demak, maktabgacha ta’lim muassasasidagi bolalar faoliyatini chinakam bolalik davri, deb atash mumkin. Shuning uchun ham tarbiyachilar mashg’ulotlarni bolalarning yoshiga moslab, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida qiziqarli qilib tashkil etishlari maqsadga muvofiq. Chunki, bolalik buyuklik va ezgulikka yo’g’rilgan bo’ladi. Bunga sabab bu davr bolalarning beg’am, betashvish, o’yin - to’polonlari g’uborsiz, yuragi toza, fikri - xayoli musaffo, muomala - munosabatlari samimiy bo’lgan davridir.

Mashg’ulotlarni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish ana shu samimiylikni saqlab qolishga hizmat qiladi. Bolalar bilan texnologiyalashtirilgan mashg’ulotlarni tashkil etishdan oldin bolalarni guruhlash ishlari amalga oshiriladi.

Tarbiyalanuvchilarni guruhlarga belgilari bo„yicha ixtiyoriy yoki noformal belgilari bo„yicha tuzilgan aralash guruhli; o„quv darajasi yutuqlari bo„yicha; psixologik jihatdan bir-biriga to„g„ri kelishi darajasi bo„yicha, soni bo„yicha 2- 5

20

kishilik - uncha katta bo'lmagan vazifalarni bajarish uchun; 5 - 7 kishilik - murakkab vazifalar uchun bo'lisli mumkin.



Dastlab tarbiyachi tomonidan guruh tuziladi. Guruhlarni qiziqarli nomlar bilan nomlash vazifasi bolalarga yuklanadi. Guruh tuzishning bir qator usullari mavjud. Kichik guruhlarga bo'lisli yo'llaridan ayrimlarini misol qilib keltirish mumkin.

Guruh tuzishning «Sherigingni top» usuli. Guruh bolalari to'rtta kichik guruhga ajratiladi. Bunda bolalar guruhlarga birlashishi uchun fasl, ertakdagi qahramonlar surati tushirilgan kartochkalarni olishadi. Masalan, “Yoz”, “Kuz”, “Qish”, “Bahor” kabi to'rt fasl bo'yicha to'rtta guruhga bo'linishadi yoki ertak qahramonlari «Echki bolalari», “Sholg’om”, “Ayyor tulki”, “Bog„bon” kabi so'zlar yozilgan kartochkalar ham bolalarni guruhlarga birlashtirishga xizmat qiladi. Mana shu tarzda guruh tuzish mumkin.

Tarbiyalanuvchilar kichik guruhlarda ishlaganda quyidagi metodlardan foylanishlari maqsadga muvofiq. Bu metodlar bugungi kunning eng ilg’or metodlari hisoblanib, ularni qo'llash natijasida bolalarda aqliy faollik o'sadi, tashabbuskorlik shakllanadi, xotiralari ishga tushadi, o'z fikrlarini og'zaki bayon qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar va natijada ongli tartib shakllana boradi.

Aqliy hujum” metodi. Bu- yangi g'oyalar yaratish metodidir. Bunda bolachalar kichik guruhlarga birlashgan holda muammoni echishga harakat qiladilar, muammoni echish uchun shaxsiy g'oyalarini ilgari suradilar.

«Aqliy hujum»ning vazifasi bolalarni ko'proq mustaqil fikrlashga va yangi g'oyalarni yaratishga undashdir. Bunda bolalar kichik guruhlarga bo’linadilar va har bir guruh nomlanadi. Metoddan foydalanish jarayonida bolalar tomonidan bildirilgan har qanday g'oya va fikrlar hisobga olinadi. Bildirilgan g'oya va fikrlarni to'ldirish va yanada kengaytirish uchun imkoniyat yaratiladi.

Bolalar faolligini oshiruvchi metodlardan yana biri - sinkveyn strategiyasidir.

Sinkveyn-fransuz tilida «besh qator» ma'nosini bildiruvchi pedagogik strategiya hisoblanadi. Sinkveyn-ma'lumotlarni umumlashtirishga yordam

21

beradigan qofiyasiz she'r bo'lib, unda o'rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea, mavzu) to'g'risidagi axborot yig'ilgan holda, bolalar tilidan turli variantlarda ifodalanadi.



Sinkveyn tuzish-murakkab fikrlarni bir nechagina so'zlar bilan ifodalash uchun muhim bo'lgan ko'nikmadir. Sinkveyn tuzish jarayoni mashg’ulotni yaxshiroq anglashga yordam beradi.

Sinkveyn tuzishda quyidagilarga amal qilish kerak:


qator: Mavzu birgina so'z, ot orqali ifodalanadi.


qator: Mavzu ikki so'zdan iborat sifat bilan ifodalanadi.


qator: Mavzu doirasidagi hatti-harakat uchta so'z orqali ifodalanadi. Bu so'zlar fe'l yoki ravishdosh bo'lishi lozim.


qator: Mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi va to'rtta so'zdan iborat bo'lgan yaxlit fikr ifodalovchi gap yoziladi.


qator: Mavzuni takrorlaydigan sinonim so'z yoziladi.


Pedagogik texnologiyaning samarali metodlaridan yana biri - bu grafikli organayzerlar (tashkil etuvchi) dir. U fikriy jarayonlarni ko'rgazmali taqdim etish vositasi hisoblanadi.

Bunda ma’lumotlarni tarkiblashtirish va tarkibiy bo'lib chiqish, o'rganilayotgan tushunchalar (voqea va hodisalar, mavzular) o'rtasidagi aloqa va o'zaro bog'liklikni o'rnatish usul va vositalari sifatida klaster, toifalash jadvali, insert, B/B/B jadvallaridan foydalaniladi.

Ma’lumotlarni tahlil qilish, solishtirish va taqqoslash usul va vositalari sifatida esa T-jadvali, Venna diagrammasi va boshqalardan foydalaniladi.

Mavjud muammoni aniqlash, uni xal etish, tahlil qilish va rejalashtirish usullari va vositalari usuli sifatida esa “Nima uchun?”, “Baliq skeleti”, “Piramida”, “Nilufar guli” sxemalari, “Qanday?” iyerarxik diagrammasi, “Kaskad” tarkibiy-mantiqiy sxemalar hisoblanadi.

22

2. Tajriba-sinov ishlarining tashkil etilishi va uning



samaradorlik darajasi

Bizga ma’lumki bugungi kunda mamlatimiz ta’lim tizimida bo„layotgan o„zgarishlar shubhasiz maktabgacha ta’lim tizimida ham namoyon bo„lmoqda. Shuningdek, maktabgacha ta’lim jarayonida zamonaviy o„quv-tarbiya jarayoni tashkil etilmoqda. Ammo bu ijobiy holat barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida birdek olib borilmoqdami, tarbiyachilarning zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib mashg’ulotlarni tashkil etish haqidagi bilimlari yetarlimi yoki biz tajribali tarbiyachilardan bu borada qanday bilimlarni o„zlashtirishshimiz kerak? Mana shu savollarga javob olish uchun biz Qarshi shaxridagi 39-sonli maktabgacha ta’lim muassasasining maktabga tayyorlov guruhlarida tajriba-sinov ishlarini olib bordik.

Ta’kidlovchi tajriba-sinov ishlari avvalida tarbiyachilarning bu sohadagi tajribalari tahlil qilindi va o„rganildi, kuzatishlar olib borilib, tarbiyachilar va bolalar o„rtasida anketa so„rovnomalari, suhbatlar o„tkazildi. So„rovnomalarda jami 10 nafar maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi va 59 nafar maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi. Bunda tarbiyachilarga quyidagi og„zaki savollar bilan murojaat qilindi:

Tarbiyachilar uchun so‘rovnoma


Texnologiyalashtirilgan mashg’ulot deganda nimani tushunasiz?


texnik vositalar qo‘llanilgan mashg’ulot;


pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilingan mashg’ulot;


v) oldindan loyihalangan mashg’ulot;

g) kafolatlangan natijani ko‘zlagan mashg’ulot;

ye)

Fikringizcha, maktabgacha ta’lim jarayonida texnologiyalashtirilgan mashg’ulotlarni tashkil etilishiga nima sabab bo„ldi?

a) bozor iqtisdiyotiga o‘tish;

b )jahonda bo‘layotgan o‘zgarishlarning mamlakatmizga kirib kelishi;

23

v) mustaqillikning qo‘lga kiritilishi va islohotlarning olib borilishi;



g) Bilmadim.

Ув)

tartiblilik deganda nimani tushunasiz?

Mashg’ulotlar jarayonida bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish masalasiga e’tibor berasizmi?


Doimiy ravishda.


Bazida, o‘tiladigan mavzuga qarab.


v) Hech qachon.

g)Faqat dastur va darsliklardagi talab va topshiriqlardan kelib chiqqan holda.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishda qanday zamonaviy metodlardan foydalanasiz?


a) Innovatsion metodlarning o‘zimga tanish bo‘lganlaridan;

b) mashg’ulot turiga qarab tanlayman;

v) O ’yin texnologiyasidan foydalanaman;

g)Bu to‘g‘risida o‘ylab ko‘rmaganman.

tartib - qoidalarga o’rgatish ga doir mashg’ulotlarda Sizga nimalar yordam beradi?


Mashg’ulot ishlanmalari;


Metodik qo‘llanmalar;


v)Turli adabiyotlar, Internet, elektron pochtalar;

g)Shaxsiy tajribam va intuitsiyam.

Mashg’ulotlar jarayonida qaysi innovatsion usullardan foydalanasiz?


a) Breynshtorming, Keys,

b) Mashg’ulot turiga qarab tanlayman;

v) Zigzag, Klaster;

g) Oddiy mashg’ulot o’tishni ma’qul ko‘raman.

24



Fikringizcha, qanday innovatsiyalardan foydalanib, bolalarning mashg’ulotlarga qiziqishini oshirish mumkin?


kichik guruhlar orqali;
kompyuterlar vostasida;
v) didaktik o’yinlar orqali;
g)barcha mashg‘ulot shakllarida, shu jumladan, ekskursiyalarda, qiziqarli uchrashuvlarda va hokazolar.
-jadval
Т/р







Berilgan savol
Yuqori

O’rta




Quyi

1

Texnologiyalashtirilgan mashg’ulot deganda nimani tushunasiz?

3

3

4

2

Fikringizcha, maktabgacha ta’lim jarayonida
texnologiyalashtirilgan mashg’ulotlarni tashkil etilishiga nima sabab bo„ldi?

4

4

2




3

Tartib-qoidalar deganda nimani tushunasiz?

1

2

7




4

Mashg’ulotlar jarayonida bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish masalasiga e’tibor berasizmi?

3

4

3




5

Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishda qanday zamonaviy metodlardan
foydalanasiz?

2

3

5




6

tartiblilikni shakllantirishga doir mashg’ulotlarda Sizga nimalar yordam beradi?

2

5

4




7

Mashg’ulotlar jarayonida qaysi innovatsion usullardan foydalanasiz?

2

3

5




8

Fikringizcha, qanday innovatsiyalardan foydalanib, bolalarning mashg’ulotlarga qiziqishini oshirish
mumkin?

2

2

6




So„rovnoma tahlillaridan ma’lum bo„ldiki, tarbiyachilarining ko„pchiligi zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan mashg’ulotlarni nazarda tutdilar.

Tarbiyachilarning aksariyati maktabgacha ta’lim jarayonida

texnologiyalashtirilgan mashg’ulotlarni tashkil etish hayotiy zaruriyat ekanligini

25

ta’kidladilar va uning kirib kelishini mustaqillikni qo„lga kiritilishi bilan bog„liq deya ta’kidladilar.



Ammo tarbiyachilar biz murojaat qilgan uchinchi savolga to„g„ri yondosha olishmadi. Ya’ni tartib-intizom haqida umumiy tushunchaga ega bo’lsalarda aniq ta’rif keltira olishmadi.

“Mashg’ulotlarda tartiblilikni sakllantirishga doir qanday zamonaviy metodlardan foydalanasiz?”, deb murojaat qilgan savolimizga tarbiyachilarning deyarli ko„pchiligi o„zlari bilgan metodlardan foydalanishlarini ta’kidlashgan.

“Mashg’ulotlar jarayonida bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish masalasiga e’tibor berasizmi? mazmundagi savolga tarbiyachilarning barchalari har doim variantini belgilashgan.

Ammo tarbiyachilar mashg’ulotlar jarayonida bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishga doir qanday pedagogik texnologiyalarni qo’llaysiz? deb murojaat qilgan savolimizga bilgan metodlardan foydalanishlarini ta’kidlashgan.

“Mashg’ulotlarda pedagogik texnologiyalardan foydlanishda metodik ko„rsatma sifatida Sizga nimalar yordam beradi?” savoliga tarbiyachilar metodik qo„llanmalar va o„quv qo„llanmalari degan javob variantini belgilashgan.

“Mashg’ulotlarda qaysi innovatsion usullardan foydalanasiz?” savoliga esa tarbiyachilar mashg’ulot turi, maqsadiga ko„ra va “Aqliy hujum”, “Klaster” metodlaridan foydalnishni nazarda tutganlar.

Eng so'nggi ya’ni “Fikringizcha, qanday pedagogik innovatsiyalardan foydalanib, bolalarning mashg’ulotlarga qiziqishini oshirish mumkin?” savoliga tarbiyachilar kichik guruhlarni nazarda tutganlar.

Ko„rinib turibdiki, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari ta’lim samaradorligini oshirishda pedagogik texnologiyalarning roli va ahamiyatini yuqori baholaydilar.

Ammo tarbiyachilarimiz tartiblilikning nazariy asoslari, uning qachon paydo bo„lgani va mazmuni haqida yuzaki tushunchaga egalar. Shuningdek, bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishda o„z faoliyatlari jarayonida pedagogik texnologiyalarning sanoqli turlaridan foydalanib kelishmoqda va faoliyatlarini

26



boyitish maqsadida internet, elektron pochtadan foydalanish ko„nikmasiga ega emaslar.


Tarbiyachilarning talaygina qismi maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilariga innovatsion metodlar orqali tartib - qoidalarga o’rgatish lozimligini inkor etmagan holda, bu jarayonni amalga oshirish uchun zaruriy metodik ko„rsatmalar, o„quv-uslubiy adabiyotlarning yetishmasligini, mavjudlari ham ko„p hollarda rus yoki ingliz tilida ekanligini qayd etishdi.
Muammo doirasida olib borilgan shakllantiruvchi tajriba-sinov bosqichida ham ta’kidlovchi tajribada qatnashgan respondent tarbiyachilar tanlandi. Ular ishtirokida biz tanlagan mavzu doirasida olib borilgan ishlarning qay darajada samarali kechganini aniqlash maqsadida tajriba-sinov ishlariga jalb etilgan respondent tarbiyachilar o„rtasida maxsus so„rovnoma o„tkazildi. Ta’kidlovchi tajribada berilgan savollar takroran berildi. Natija esa quyidagicha bo’ldi:
-jadval
Т/р







Berilgan savol
Yuqori

O’rta




Quyi

1

Texnologiyalashtirilgan mashg’ulot deganda nimani tushunasiz?

7

2

1

2

Fikringizcha, maktabgacha ta’lim jarayonida
texnologiyalashtirilgan mashg’ulotlarni tashkil etilishiga nima sabab bo„ldi?

6

2

2




3

Tartib-qoida deganda nimani tushunasiz?

7

1

2




4

Mashg’ulotlar jarayonida bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish masalasiga e’tibor berasizmi?

6

2

2




5

Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishda qanday zamonaviy metodlardan
foydalanasiz?

5

3

2




6

tartiblilikni shakllantirishga doir mashg’ulotlarda Sizga nimalar yordam beradi?

5

2

3




7

Mashg’ulotlar jarayonida qaysi innovatsion usullardan foydalanasiz?

6

3

2




8

Fikringizcha, qanday innovatsiyalardan foydalanib, bolalarning mashg’ulotlarga qiziqishini oshirish
mumkin?

6

2

2




27

Shakllantiruvchi bosqich tajriba-sinov ishlari tahlilidan ayon bo'ldiki, tarbiyachilar maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarida tartib - qoidalarga o’rgatishda pedagogik texnologiyalar asosida, mashg’ulotlarni qiziqarli, didaktik o’yinlardan foydalanib tashkil etilishi samarali bo’lishi o’z isbotini topdi.

So‘rov savolnomasini quyidagi savollar bilan boyitdik:

Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish omillarini izohlang?


tartiblilikni shakllantirishda ma’naviy meros materiallaridan foydalanasizmi?


Sizningcha tartib - qoidalarga o’rgatishda kimlar ko„proq mas’ul deb hisoblaysiz?


Fikringizcha, tartib - qoidalarga o’rgatishda qanday sub’yektlar yetakchi rol o„ynashi mumkin?


Tarbiyachilar e’tiboriga havola etilgan savollarga qaytarilgan javoblar mazmuni quyidagicha bo„ldi:


97 % respondent tarbiyachilar maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib -


qoidalarga o’rgatish omillari haqida to’liq nazariy ma’lumotga ega bo’lganlari holda uni shakllantirish dolzarb muammo deb hisoblaydilar.

98 % respondent o„qituvchi bu o„z-o„zidan ro„y bermasligini, buning uchun maqsadli harakat dasturini tuzib olish lozimligini ta’kidladilar.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishda milliy-ma’naviy merosimiz materiallarining yetakchilik roliga tarbiyachilar yuqori baho berishdi. Ushbu savolga javob 100 % ni tashkil etdi.


Uchinchi savol yuzasidan qaytarilgan javoblarning 97 % ida ham ya’ni maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishda oila, maktabgacha ta’lim muassasasi, mahalla va jamoatchilik mas’ul degan javobni berishdi.


4 Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishda, ularda ijobiy sifatlarni tarkib toptirishida oila va maktabgacha ta’lim muassasasi hamkorligi bo„lishi, bu jarayonda ota-onalar ham mas’ul ekanliklarini alohida tilga olishdi.

(98 %)

28

Tadqiqot natijasida bayon etilgan fikrlardan anglanadiki, tadqiqot ishiga tizimli va maqsadga muvofiq yondashish tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirishga yo„naltirilgan pedagogik ta’lim jarayonining samarali kechishini ta’minlaydi. Ushbu fikrni tajriba-sinov ishlarining yakuniy natijalari ham tasdiqlab turibdi.



29


Yüklə 155 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin