Vernisaj
|
ko’rgazmaning ochilishi. Dastlab u Frantsiyada ko’rgazmadan oldin rangtasvir asarlari sathiga lok berish degan ma’noni anglatgan.
|
Vitraj
|
oyna ustiga bo’yoq bilan ishlangan rangtasvir. Uni ikki tomonlama ko’rish mumkin. Ular ko’pincha uy derazalari yoki eshik oynalariga, shuningdek ma’muriy, o’quv yurtlari binolariga ishlanadi. Ular rasmli yoki naqshli bo’ladi.
|
Vernisaj
|
ko’rgazmaning ochilishi. Dastlab u Frantsiyada ko’rgazmadan oldin rangtasvir asarlari sathiga lok berish degan ma’noni anglatgan.
|
Galereya
|
tasviriy va amaliy san’at asarlari saqlanadigan va ko’rgazmalar o’tkaziladigan maxsus bino.
|
Gamma
|
o’zaro uyg’un ranglar yig’indisi bo’lib, unda bironta rang yetakchilik qiladi. Masalan, iliq rang gammasi, sovuq rang gammasi, yorqin rang gammasi shular jumlasidandir.
|
Grunt
|
tasvir ishlanadigan zamin. U karton, bo’z, devor bo’lishi mumkin. Unga tegishli qorishma surtilgan bo’ladi.
|
Guash’
|
Italyanlar tilidan olingan bo’lib, suvli bo’yoq ma’nosini anglatadi. U suvda yaxshi eriydi. Guashь bo’yog’i akvareldan uni qog’oz yuzasiga barnecha qavat qilib turlicha qalinlikda berilishi bilan farqlanadi.
|
Gulgun
|
rang nomi, kechki shafaq paytida ro’y beradigan ko’rinish rangi.
|
| |