sanoatda qo’llaniladigan reklama, yorliq, emblema, blanka, konvert, tovar belgilari, etiketka, upakovka va boshqalarni ifodalaydigan grafika turi.
Sadaf-
rang nomi, och sarg’ish rang.
Somoniy
–rang nomi, somon rangi, tillasimon rang.
Sariq
-rang nomi, momaqaymoq (qoqi o’t) rangining nomi.
Siluet–.
bir randa, hajmsiz qilib ishlangan rasm. Uni sharpa tasvir desa ham bo’ladi
Simmetriya-
yunon tilidan olingan bo’lib, o’lchovdosh degan manoni anglatadi. Tasviriy san’atda suvratdagi detalni yoki narsani o’rtasidan vertikal o’q chiziq o’tkazilganda uning chap va o’ng tomonlarini bir-biriga tengligi kuzatilsa u simmetrik shakl hisoblanadi. Yoki suvratning chap va o’ng yoki yuqori va pastki qismlaridagi o’zaro tenglik yoki o’xshashlik ham simmetriyani bildiradi. Masalan, kapalak, simmetrik shaklga ega. Simmetriyani o’qli va markaziy turlari bo’ladi. O’qli simmetriyada simmetriya o’qi bitta bo’lsa, markaziy simmetriyada u bir necha bo’lishi mumkin.
Siybob-
rang nomi, simob rangi.
Slayd
–diapozitiv, fotoplyonkaga tushirilgan suvrat tasviri.