MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:
1. Maktabgacha ta’lim muassasasida sahnalashtirish faoliyatining asosiy maqsadi nima?
2. Maktabgacha ta’lim muassasasida sahnalashtirish jarayoni qanday olib boriladi ?
3. Maktabgacha ta’lim muassasasida sahnalashtirish faoliyatida tarbiyachining roli qanday ?
2 - amaliy mashg’ulot
Mavzu: Teatr-sahnalashtirish faoliyatining shakllari, prinsiplari ( 2– soat)
UMUMIY TUSHUNCHA:
Rollarni bo‘lishda bolalarning xohishlarinigina emas, balki uni yaxshi bajarishlarini ham e’tiborga olish lozim. Agar bola rolni yaxshi o’ynay olmasa, unday bola bilan alohida shug‘ullanish kerak va bu bolaga ungay rolni ajratish kerak. Sahnalashtirish bolalarni qayta so‘zlashga o‘rgatish usullaridan biridir. Ba’zi bir bolalarda badiiy asarlardan olingan parchani qayta so‘zlab berishga xohish ham, qiziqish ham bo‘lmaydi, ammo unga o‘yin usuli kiritilishi bilan bola asardagi rolga kirib, usha asar mazmunini juda yaxshi aytib berishga harakat qiladi.
TOPSHIRIQLAR:
Teatr-sahnalashtirish faoliyatining shakllari, prinsiplari o’rganish.
Teatr-sahnalashtirish faoliyatining shakllari, prinsiplari tahlil qilish
Teatr-sahnalashtirish faoliyatining shakllari, prinsiplarini maktabgacha ta’lim muassasasidan borib o’rganish
Vazifa:
Quyidagi jadvalni daftaringizga chizib to’ldiring.
O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi.
MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:
1. Teatr-sahnalashtirish faoliyatining shakllari, prinsiplarining asosiy maqsadi nima?
2. Teatr-sahnalashtirish faoliyatining shakllari, prinsiplariga nimalar kiradi ?
3 - amaliy mashg’ulot
Mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasasida sahnalashtirish faoliyatining ahamiyati ( 2– soat)
UMUMIY TUSHUNCHA:
Sahnalashtirilgan o‘yin bolalarning eshitgan asar yoki ertakdan olgan tasavvurlarini mustaqil ifodalash hamda mashq qilish imkonini beradi. Bu o‘yinlar bolalarda iroda, intizom o‘z harakatlarini boshqalarning harakatiga muvofiq amalga oshirish kabi sifatlarni tarbiyalashda samarali vosita hisoblanadi.
TOPSHIRIQLAR:
Maktabgacha ta’lim muassasasida sahnalashtirish faoliyatining ahamiyatini o’rganish.
Maktabgacha ta’lim muassasasida sahnalashtirish faoliyatining ahamiyati haqida ma’lumotlar keltiring
3. Maktabgacha ta’lim muassasasida sahnalashtirish faoliyatining bolada qaysi sifatlarni tarbiyalaydi
Vazifa:
Quyidagi jadvalni daftaringizga chizib to’ldiring.
O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: |