Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish” fanidan O‘quv – uslubiy majmua


-MAVZU. KASHTACHILIK TARIXI VA TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə36/90
tarix01.02.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#82261
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   90
Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish” fanida

14-MAVZU. KASHTACHILIK TARIXI VA TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI.
Reja :

  1. Kashta turlari.

  2. Bezakli va mazmunli kashtalar.



Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyasi: T sxemasi, muammoli ta’lim, klastr, diologik yondoshuv.

Milliy kashtachilik (kashtado‘zlik) amaliy san’atning eng kadimiy turlaridan bo‘lib, u xalkning o‘z turmushini go‘zal qilish istagi natijasida yuzaga kelgan. Kashtachilik san’ati nafakat mamlakatimizda, balki chet ellarda ham shuxrat kozongan. O‘zbek xalk ustalari qo‘llari bilan tikilgan kirpech, so‘zana, zardevor, gulko‘rpa, choyshab kabilar Germaniya, Belgiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Hindiston, Afg‘oniston kabi xorijiy davlatlar muzeylarida doimiy ekspozitsiyaga aylanib qolgan. Hozirgacha buyumlar o‘ziga xos go‘zallik, nafis bezaklarning rang-barangligi bilan kishilarni hayratga solib kelmokda. Badiiy kashtachilik uzoq tarixga ega. O‘zbek kashtachiligi iqlim, tabiiy sharoit, muxit bilan bog‘liq holda barcha kasb-hunarlari bilan birgalikda rivoj topgan. Kashtachilik san’atining eng qadimiysi saqlanmagan. XIV – XV asrlarga mansub miniatyuralar orqali kashtachilikning juda qadimdan rivojlanganligini ko‘rish mumkin. Ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixo Amir Temur saroyida o‘zbek milliy kashta bezaklarini ko‘rganini kundaligida yozib qoldirgan. 1467-yili Kamoliddin Behzod «Zafarnoma» ga ishlagan «Temur taxtda» miniatyurasida chodirga ishlagan kashtani ham aks ettirgan. XIX – asrning ikkinchi yarmida kashta tikish mashinasining ixtiro etilishi kashtachilik korxonalarining vujudga kelishiga asos soldi. Mashinada kashtalarning ko‘p ishlab chiqarilishi ularning badiiyligiga putur yetkazdi. Qo‘l kashtalari unutila boshlandi. Lekin ayrim xillarigina saqlanib qoldi. O‘zbek kashtachiligi qo‘shni xalklar kashtachiligi ta’sirida boyidi va rivojlandi.


Kashtachilik san’atida har bir millatning o‘ziga hos eng ko‘p qo‘llaydigan naqshlari bo‘ladi. Chunonchi o‘zbek kashtalarida o‘simliksimon, geometrik hamda gul naqshlari ko‘p bo‘lsa, rus kashtachiligida geometrik, o‘simliksimon shakllar, gullar, qush va mevalar ko‘p tasvirlanadi. Qozoq va qirg‘iz kashtachiligida esa ko‘proq xayvonlar, shox va tuyoqlarni eslatuvchi elementlar tasvirlanadi.
Qadimiy an’analarga ko‘ra, o‘zbek qizlari bo‘lajak kelinlik seplari har xil kashtachilik buyumlarini o‘zlari tayyorlashlari lozim edi. Kashtalar qanchalik nozik, chiroyli bo‘lsa, shunchalik qimmatga baholanar edi. Qizlarga 7-9 yoshidan boshlab kashta tikishga o‘rgatilardi. Ular uch-to‘rt yildan keyin mustaqil kashta tika boshlaydilar. Yetishib chiqqan kashtachilar o‘zining san’ati va tabiatiga ko‘ra go‘zallik haqidagi orzularini ifodalashga harakat qilganlar.
Kashtachilikning maxsus turlaridan biri – applikatsiyadir. Applikatsiya kashtado‘zlikning maxsus turi bo‘lib, u o‘ziga xos texnologiyaga ega. Asosiy matoga rangdor mato parchasini, charm va boshqalarni qadab, atrofi choklanadi, applikatsiyada ko‘pincha chizma choklardan foydalaniladi.



Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin