Tabiat bilan tanishtirishda bolalar mehnatini tashkil etish. Bolalarni tabiatdagi mehnati
individual topshiriq shaklida va kollektiv mehnat tarzida tashkil etiladi.
Individual topshiriq bolalar bog'chasidagi barcha yosh guruhlarda qo'llaniladi. Bular
tarbiyachiga bolaning xattiharakatini puxtaroq boshqarish: yordam ko'rsatish, qo'shimcha
tushuntirish, maslahat berish, topshiriqning bajarilishini nazorat qilish, bolaning faoliyatini boshqarish
imkonini beradi. Bularning barchasi malaka hamda ko'nikmalarning aniq va mustahkam
shakllanishiga, shuningdek, topshirilgan ish uchun mas'uliyat his etish, g'ayrat bilan mehnat
qilish odatining tarbiyalanishiga yordam beradi.
Kollektiv mehnat bir vaqtning o'zida guruhning barcha bolalarida mehnat malakalari va
ko'nikmalarini
tarbiyalashga
imkon
yaratadi.
Mehnatning
bu
shakli
kollektivdagi
munosabatlarning tarkib topishi uchun zarurdir. Bunda mehnatning umumiy maqsadini
tushunish, kelishib olish, o'z harakatlarini muvofiqlashtirish, ishni hamkorlikda rejalashtirish,
o'rtoqlarga yordam berish, ularning mehnatini baholash kabi muhim ko'niknialar shakllanadi.
Bolalar mehnatini tashkil etish shakllaridan biri navbatchilikdir. Tabiat burchagida
navbatchilik qilishni bolalar katta guruhda boshlaydilar. Mehnatning bu shakli mehnat malakalarini
takomillashtirish, uning ijtimoiy sabablarini shakllantirish imkonini yaratadi.
Bolalar mehnatiga rahbarlik qilish. Kichik guruhlar.Bunda bolalar tarbiyachining tabiat
burchagi va hovlidagi hayvonlar hamda o'simliklarni parvarish qilishga yo'llangan mehnatida
ishtirok etadilar. Ular 1—2 ta individual topshiriqlar oladilar (qushlar uchun tayyor ozuqani olish
va donxo'rakka solish, o'simliklarni oldindan hozirlab qo'yilgan suv bilan sug'orish val shu
kabilar). Bu qisqa muddatli mehnatga tarbiyachi astasekin barcha bolalarni jalb qiladi.
O'rta guruh.Besh yoshli bolalarni mehnat jarayonida uyushtirishning shakllari kichik
guruhdagi bilan bir xildir. Bunda individual topshiriqlar katta o'rin egallasa ham biroq ular uzoq
muddatli xarakterni kasb etadi. Bolalar ayni bir topshiriqning o'zini 2—3 kun davomida
bajaradilar. Natijada o'rta guruhda mehnat jarayoni murakkablashib boradi.