Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanidan Maktabgacha ta’lim (Masofaviy M) 3.23-guruh talabalari uchun 2-mustaqil ish topshirig‘i. 1-topshiriq. Faoliyat ishlanma tayyorlash. ,,Ilk qadam‘‘ davlat o‘quv dasturi bo‘yicha oy mavzusini tanlang. Hamda oy mavzulari tarkibidagi hafta mavzusiga mos faoliyat ishlanma tayyorlang. Faoliyat ishlanmangizga markazlardagi faoliyatlarga ham misollar keltiring. Har bir talaba uchun 1 tadan faoliyat ishlanma.
2-topshiriq. ,,ESSE‘‘ yozish. ESSE yozish qonun-qoidalari bilan tanishib chiqing. “Men maktabgacha ta’lim tizimida rahbar bo‘lsam”mavzusida “ESSE” yozing. Ijodiy yondashuv sifatingizni sinab ko’ring.
I.Siz yoritishingiz kerak bo‘lgan masalalar taxminan quyidagilar: Siz uchun rahbarga oid xislatlar qanday bo‘lishi kerakligi haqida fikrlaringizni bayon qiling.
ESSE davomida rahbar bo‘lish jarayoniga qadar inson qanday ta’lim va ilm yo‘llarini bosib o‘tishi kerakligi haqida fikr yuriting.
Hurmatga sazovor rahbar sifatida namoyon bo‘lgan pedagog-rahbarlardan kimlarni bilasiz? (MTT direktori)
Ularning rahbarlik jarayonlarida qanday mas’uliyat bilan faoliyat yuritishlarini izohlang.
Agar o‘zingiz Maktabgacha ta’lim tizimida rahbar bo‘lsangiz qanday faoliyat yuritgan bo‘lardingiz.
Yosh pedagoglar rahbarlikni to‘g‘ri yuritishi uchun ularda qanday shaxsiy sifatlar shakllangan bo‘lishi kerakligi haqidagi fikrlaringizni yozing.
Hozirgi davrda Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori kasbi va uning jamiyatda tutgan o‘rni, bugungi kundagi MTT rahbarlarida mavjud bo‘lgan yutuq va kamchiliklar haqida xulosalaringizni yozing.
3-topshiriq. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat ta’lim standartlari 2020-yil 22-dekabr 802-sonli qaroriga asosan hamda Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanining
8-mavzusi asosida Bola rivojlanish sohalari kompetensiyalarini va bu sohalar tarkibidagi kichik sohalarni ushbu jadvalga yozing.
N
Bola rivojlanish sohalari kompetensiyalari va sohalar tarkibidagi kichik sohalar.
1
2
3
4
5
Xurmatli talabalar !!! Ushbu topshiriq uchun ozgina ko‘proq izlanishingizga to‘g‘ri keladi. Chunki bugungi zamonaviy pedagoglarning oldilariga anchagina mas’uliyatli vazifalar yuklatilmoqda. O‘ylaymanki, topshiriqlarni bajarish mobaynida siz uchun foydali bo‘lgan bilimlarni bilib olasiz. Ushbu olgan saboqlaringiz sizning faoliyatingizga juda yaxshi o‘zining samarasini beradi deb umid qilaman.
Mustaqil ishni Times New Roman shriftida 14 kattalikda Wordda yozing.
I.Mustaqil ta’limni baholash mezoni: maksimal ball 15. Barcha topshiriq to‘liq bajarilgan bo‘lsa, har biriga 5 balldan jami: 15 ball qo‘yiladi. a)Agar talaba topshiriqni talab darajasida to‘liq, yoritib bersa, 15-14 ball bilan baholanadi.
b) Agar talaba topshiriqni talab darajasida bajarsa, lekin mustaqil ishda 3-4 ta kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bo ‘lsa, 13-9 ball qo‘yiladi.
c)Agar talaba topshiriqni to‘liq yoritishga harakat qilsa va unda 5-8 ta kamchiliklar bo‘lsa – 8-6 ball qo‘yiladi.
d)Agar topshiriqni mavzusi belgilangan tartibda yoritilmagan bo‘lsa, topshiriq mohiyati yoritilmasa 5-2 ball qo‘yiladi.
e) Topshiriq bajarilmasa, boshqa vazifa yuklansa, yoki bo‘sh fayl yuklangan bo‘lsa – 0 ball bilan baholanadi.
Mustaqil ishni belgilangan vaqtdan kechikmasdan jo‘natishingizni so‘rayman.
I. Topshirish muddati: 17.12.2023. Soat: 23:55. Barchaga omad yor bo‘lsin!
Fan o‘qituvchisi: Djanpeisova Gauxar Erkinovna