Bolalarning ijtimoiy moslashuvi


-guruh: Ijtimoiy pedagogika fanining maqsad va vazifalariga misollar keltiradi. 3-guruh



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə44/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,86 Mb.
#201735
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   93
Bolalarning ijtimoiy moslashuvi

2-guruh: Ijtimoiy pedagogika fanining maqsad va vazifalariga misollar keltiradi.
3-guruh: .Ijtimoiy pedagogika faning boshqa fanlar bilan aloqasi.
4-guruh: Ta’lim samaradorligiga erishishda ijtimoiy pedagogikaning integrallashuvi
FSMU” METODINING O‘TKAZISH BOSQICHLARI.
Metodning maqsadi: Mazkur metod o‘quvchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o‘zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
 Talabalarga mavzuga oid bo‘lgan yakuniy xulosa yoki g‘oya taklif etiladi;
 Har bir talabaga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan qog‘ozlarni tarqatiladi:
F – fikringizni bayon eting.
S – fikringizni bayoniga sabab ko‘rsating.
M – ko‘rsatgan sababingizni isbotlab misol keltiring.
U – fikringizni umumlashtiring.
 Har bir talaba yakka tartibda tarqatilgan qog‘ozlargadagi FSMU ning to‘rt
bosqichini taklif etilgan xulosa yoki g‘oyaga nisbatan o‘z mustaqil mulohazalarini bo‘yicha yozma bayon etgan holda to‘ldiradi;
 Navbatdagi bosqichlarda talabalar kichik guruhlarga bo‘linadilar va har bir tinglovchi o‘zi yozgan FSMU bilan guruh a’zolarini tanishtiradi;
 Guruh a’zolari barcha fikrlarni o‘rganib, ularni umumlashtiradilar va o‘z
taqdimotlarini o‘tkazadilar;
 O‘qituvchi tomonidan barcha taqdimotlar umumlashtiriladi, kerakli xulosalar
shakllantiriladi va trening yakunlanadi.
Masalan, « Suv hayot manbaidir», «Matematika aql gimnastikasi», «Jangovor
tayyorgarlik- g‘alaba asosi», «Insonparvarlik-pedagogikaning asosidir», «Innovatsion texnologiyalar- ta’lim-tarbiya samaradorligini oshiradi» kabi mavzularda «FSMU» o‘tkazish mumkin.
Namuna:
Innovatsion texnologiyalar - ta’lim-tarbiya samaradorligini oshiradi.
F - ha, albatta
S - chunki, innovatsion ta’lim texnologiyalar orqali pedagogik jarayonning tashkil etilishi o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatini oshiradi, bunday faoliyat bilimlarni tez, samarali va qulay o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.
M – Aqliy hujum, Klaster, Bumerang, Sinkveyn, ishbilarmon o‘yinlar orqali o‘qitishni tashkil etish o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, bilish faolligi va ijodiy ko‘nikmalarini shakllantiradi.
U – Haqiqatdan ham ta’lim-tarbiya mazmunini modernizatsiyalash jarayonida innovatsion o‘qitish texnologiyalari muhim omil sanaladi.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin