Ta’lim oluvchilar auditoriyada erkin harakatlana olsinlar, ta’lim oluvchilar bajaradigan vazifalarini aniq bilishlari lozim;
Kichik guruh oldiga qo‘yilgan topshiriqni bajarish uchun etarli vaqt ajratiladi;
Guruhdagi maslahatchi, sardor, ma’ruzachi, bayonnomachi va rasmiylashtiruvchi aniqlashtirilishi lozim;
Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari uchun o‘qituvchi tomonidan talabalarga yo‘riqnoma beriladi;
«EKSPERT QOG‘OZLARI» topshiriqlar 1- guruh: ijtimoiylashtirish haqida tushuncha beradilar.
2-guruh: Ijtimoiy pedagogika fanining maqsad va vazifalariga misollar keltiradi.
3-guruh: .Ijtimoiy pedagogika faning boshqa fanlar bilan aloqasi.
4-guruh: Ta’lim samaradorligiga erishishda ijtimoiy pedagogikaning integrallashuvi
“FSMU” METODINING O‘TKAZISH BOSQICHLARI. Metodning maqsadi: Mazkur metod o‘quvchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o‘zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
Talabalarga mavzuga oid bo‘lgan yakuniy xulosa yoki g‘oya taklif etiladi;
Har bir talabaga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan qog‘ozlarni tarqatiladi:
F – fikringizni bayon eting.
S – fikringizni bayoniga sabab ko‘rsating.
M – ko‘rsatgan sababingizni isbotlab misol keltiring.
U – fikringizni umumlashtiring.
Har bir talaba yakka tartibda tarqatilgan qog‘ozlargadagi FSMU ning to‘rt
bosqichini taklif etilgan xulosa yoki g‘oyaga nisbatan o‘z mustaqil mulohazalarini
bo‘yicha yozma bayon etgan holda to‘ldiradi;
Navbatdagi bosqichlarda talabalar kichik guruhlarga bo‘linadilar va har bir tinglovchi
o‘zi yozgan FSMU bilan guruh a’zolarini tanishtiradi;
Guruh a’zolari barcha fikrlarni o‘rganib, ularni umumlashtiradilar va o‘z
taqdimotlarini o‘tkazadilar;
O‘qituvchi tomonidan barcha taqdimotlar umumlashtiriladi, kerakli xulosalar
shakllantiriladi va trening yakunlanadi.
Masalan, « Suv hayot manbaidir», «Matematika aql gimnastikasi», «Jangovor
tayyorgarlik- g‘alaba asosi», «Insonparvarlik-pedagogikaning asosidir», «Innovatsion
texnologiyalar- ta’lim-tarbiya samaradorligini oshiradi» kabi mavzularda «FSMU»
o‘tkazish mumkin.
Namuna: