Innovatsion texnologiyalar - ta’lim-tarbiya samaradorligini oshiradi. F - ha, albatta
S - chunki, innovatsion ta’lim texnologiyalar orqali pedagogik jarayonning tashkil etilishi o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatini oshiradi, bunday faoliyat bilimlarni tez, samarali va qulay o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.
M – Aqliy hujum, Klaster, Bumerang, Sinkveyn, ishbilarmon o‘yinlar orqali o‘qitishni tashkil etish o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, bilish faolligi va ijodiy ko‘nikmalarini shakllantiradi.
U – Haqiqatdan ham ta’lim-tarbiya mazmunini modernizatsiyalash jarayonida innovatsion o‘qitish texnologiyalari muhim omil sanaladi.
FSMU: «Bo‘lajak kasbingiz faoliyatida innovatsiyalarni yaratish, qo‘llash va tadbiq etishga tayyormisiz?»
8- seminar mashg‘ulot: Ijtimoiy tarbiyada mahallaning o‘rni. Reja: 1.Mahallaning paydo bo`lishi tarixidan.
2.Mahallaning ijtimoiy-pedagogik o`rni.
3. Mahallada qadriyatlar va ijtimoiy ong translyatsiyasi.
Maqsad: Ta’lim jarayonida ta’lim oluvchi shaxsi, shaxs sifatlarining tuzilish darajalari, mahallaning ijtimoilashuvda tutgan an’anaviy omillari haqida tushuncha beradi.
Seminar mashg`uloti “Qadamba-qadam” usuli asosida o’tkazilishi e’lon qilinadi