“T – SXEMA” METODI Metodning maqsadi:Mazkur metod biror tushuncha, yoki mavzu bo‘yicha o‘rganilgan
axborotlar tizimini qiyosiy tahlil etish, solishtirish, mustaqil munosabatni shakllantirishga
imkoniyat yaratish maqsadida qo‘llaniladi.
Bunda ta’lim oluvchi shaxsidagi:
Mustaqil va ijodiy fikrlash;
Axborotlar tizimini tahlil etish;
O‘z pozitsiyasida qat’iy turish;
O‘z-o‘zini nazorat qilish va baholash;
Muloqotchanlik va o‘zgalar fikriga hurmat;
Jamoada ishlash ko‘nikmalari rivojlanadi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
6. O‘qituvchi o‘quvchilarni miqdor jihatdan teng gurhlarga ajratadi;
7. O‘kuvchilarni trening o‘tkazishga qo‘yilgan talablar va bajarilishi zaraur bo‘lgan topshiriq shartlari bilan tanishtiradi;
8. Taroqatmalar (ilovadagi) o‘kuvchilar guruhiga beriladi va taklif etilgan sxema asosida qatnashchilar tushunchaga yoki muammoga nisbatan o‘zining mustaqil fikrini bildiradi;
9. Bildirilgan fikrlar ijobiy va salbiy yo‘nalishga ajratilib, kerakli ustunchalarga yoziladi;
10. Belgilangan vaqt (10-15 daqiqa) yakuniga etgach, barcha guruhlarning fasilitatorlari yordamida prezentatsiya tashkil etiladi;
11. Barcha guruhlarning yakuniy xulosalari o‘qib eshittirilganidan so‘ng, trener-o‘kituvchi guruhlar ishini baholaydi va qo‘shimcha to‘ldirishlarni kiritadi.