Mustahkamlash uchun savollar: 1. “Tamoyil” va “qoida” tushunchasi haqida tushuncha bering
2. Taiat bilan uyg‘unlik tamoyili deganda nimani tushunasiz?
3. Madaniyat bilan uyg‘unlik tamoyili deganda nimani tushunasiz?
4- seminar mashg‘ulot: Ijtimoiy pedagogika rivojlanishining madaniy-tarixiy asoslari. Reja: 1.«Avesto» va adabiy manbalarda ijtimoiy-pedagogik g’oyalar.
2. O’rta asrlarda O’rta Osiyo qomusiy olimlarining ijtimoiy-pedagogik g’oyalari.
3. XVIII-XIX asr ma’rifatparvarlarining ijtimoiy-pedagogik qarashlari.
4.XX asr boshlarida ijtimoiy-pedagogik faoliyat. II jahon urushi yillarida ijtimoiy-pedagogik faoliyat.
KICHIK GURUHLARDA ISHLASH QOIDASI 1. Auditoriya guruh vakillarining muntazam ravishda joy almashishlariga rotatsiya jarayonini
amalga oshirish uchun qullay bo‘lmog‘i lozim.
2. O‘qituvchi talabalarni katta yoki kichik guruhlarga bo‘lishda, talabalarning son va
intellektual qobiliyatlarini teng me’yorda taqsimlashi zarur.
3. Talabalar topshiriqni bajarish uchun zarur bilim va malakalarga ega bo‘lmog‘i lozim.
4 . Guruhlarga aniq topshiriqlar beriladi.
5. Kichik guruh oldiga qo‘yilgan topshiriqni bajarish uchun etarli vaqt ajratiladi.
6. Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi, taziqqa uchramasligi haqida ogohlantirilishi zarur.
7 Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari uchun o‘qituvchi tomonidan
talabalarga yo‘riqnoma beriladi.
IKKI QISMLI KUNDALIK METODI. Metodning maqsadi – bu metod nafaqat matnning mazmunini œrganishga, uni o`zining shaxsiy tajribasi bilan bog‘lashga va œqiganining mazmuniga o‘z munosabatini yozma ifoda etishga imkon beruvchi oddiy va samarali usul bo‘lib qolmay, o‘quvchilardagi shaxsiy pozitsiyani shakllantirishga ham yordam beradi.
Metodni o‘tkazi tartibi: 1-qadam. Daftar varag‘i vertikal chiziq bœyicha ikkiga bœlinadi.
2-qadam. CHap tomonga talaba unda taassurot uyg‘otgan, yoqqan yoki savol tug‘dirgan, ba’zi fikr keltirib chiqargan muallifning sitata yoki fikrlarini yozadi (masalan, juda aqlli ta’rif, yoki xato tuyulishi, yoki ma’lumotning bir qismi dalil yoki sabab va boshqalar).
3-qadam. O‘ng tomonda œquvchi muallifning sitatasi yoki fikriga œzining sharhlarini yozadi, ya’ni œqilganga o‘z fikrini bildiradi: uni bu sitatada aynan nima yozib olishga undadi?
Bu uni nima haqda œylashga majbur etdi? Bu sitata bœyicha u qanday savollarni
œyladi?