28-variant 1.MTTning ota – onalar bilan olib boradigan ishlari
2.Dеviant hulq – ijtimoiy pedagogik muammo sifatida. 3.Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining bolalar bilan ijtimoiy faoliyatdagi o’rni.
29-variant 1.Pedagogning bolalarning ijtimoiylashuvidagi o’rni
2.Tarbiyachi shaxsida ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish metodlari.
3.Tarbiyachilarda ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish.
30-variant 1. Ijtimoiylashtirishning omillari va mexanizmlari.
2.Insonparvarlik tamoyili
3. Ijtimoiy pedagogika rivojlanishining madaniy-tarixiy asoslari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
Talabalar bilimini baholash mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi” Nizomga asosan Namangan Xalqaro universitetining 2023-yil apreldagi 1-soni kengashi qaroriga ko‘ra qabul qilingan baholash mezoniga muvofiq talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida belgilanadi. Fanga oid nazariy va amaliy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish, ijod qilish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha amaliy ishni topshirish. Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholashda oraliq (ON) va yakuniy (YaN) nazorat turlari qo‘llaniladi. Nazorat turlari bo‘yicha baholash: 5 – “a’lo”, 4 – “yaxshi”, 3 – “qoniqarli”, 2 – “qoniqarsiz” baho mezonlarida amalga oshiriladi:
Oraliq nazorat har semestrda fanning xususiyatidan kelib chiqib bir yoki ikki marta yozma ish (test, og‘zaki) shaklida o‘tkaziladi.
Talabalar semestrlar davomida fanga ajratilgan amaliy (seminar) mashg‘ulotlarda muntazam, har bir mavzu bo‘yicha baholanib boriladi va o‘rtachalanadi. Bunda talabaning amaliy (seminar) mashg‘ulot hamda mustaqil ta’lim topshiriqlarini o‘z vaqtida, to‘laqonli bajarganligi, mashg‘ulotlardagi faolligi inobatga olinadi. Shuningdek, amaliy (seminar) mashg‘ulot va mustaqil ta’lim topshiriqlari bo‘yicha olgan baholari oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda inobatga olinadi.