XULOSA VA TAVSIYALAR
Tevarak-atrofni o‘rganish narsa va hodisalarni idrok etish, o‘zini qiziqtirgan masalalar to‘g‘risida fikr yuritish, o‘ylash, nutq o‘stirishni rivojlantirishga yordam beradi. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish ularga ahloqiy tarbiya berish vositalaridan biri bo'lib, bolalarning og'zaki nutqini o'stirish imkonini beradi, bunda ularning so‘z boyligi o'sib, to'g'ri talaffuz etish malakasi ortib boradi, ularda fikrni grammatik nuqtayi nazardan to'g'ri ifodalash ko'nikmasi tarkib topadi. Maktabgacha ta’lim tizimining eng muhim sohasi bo‘lib barkamol avlod asosan, ana shu bo‘g‘inda shakllanadi. Shunga ko‘ra maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda nutqni rivojlantirish ham ta’limning eng muhim tarkibiy qismlaridan bo‘lib hisoblanadi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda tevarak-atrofni kuzatish va undagi voqea-hodisalarni anglash vositasida nutqni rivojlantirish quyidagi omillarni hisobga olishni taqozo etadi: - maktabgacha katta yoshdagi bolalarning yosh xususiyati, ularning bilish faoliyatida manbalarning qulayligi va so‘z zaxirasini boyitish; -maktabgacha yoshidagi katta bolalar tevarak-atrofni o‘rganishda fikr va jonli so‘z, ona tilining hissiy-estetik ma’no qirralarini his etish orqali amalga oshirish.- tevarak-atrofni o‘rganish jarayonida bolalarning erkin nutq faoliyati orqali amalga oshirish muhim va - monologik va dialogik nutq malakasiga ega bo‘lish; -o‘z suhbatdoshini tinglay olish va unga to‘g‘ri savol berish, savollarga javob qaytarish, zaruriyatga ko‘ra tushuntira olish; Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishda tevarakatrof bilan bolalarni ruhiy jihatdan rivojlantirishda, ularning madaniy saviyasini, og‘zaki nutqni, jamoada so‘zlashishini oshirilishida, tevarakatrofdagi voqea-hodisalar, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini tushunib olishlarida, maktabda muvaffaqiyatli o’qishlari uchun zamin yaratishda, mehnat faoliyatiga ijodiy yondashishga o’rgatishda, aqliy va axloqiy tarbiyani amalga oshirishda, dunyoni, borliqni bilib olishda, xalqimiz madaniy merosini o’rganishlarida asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |