Bolalarning nutqiy kompitentsiyasini rivojlantirishda oilaning o'rni reja



Yüklə 75,22 Kb.
səhifə1/8
tarix18.04.2023
ölçüsü75,22 Kb.
#99643
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bolalarning nutqiy kompitentsiyasini rivojlantirishda oilaning o


BOLALARNING NUTQIY KOMPITENTSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA OILANING O'RNI
Reja:
1.Bolalar nutqini o’stirishda tevarak-atrof bilan tanishtirishning ahamiyati
2.Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o’stirishni ta’minlaydigan omillar
3 Tevarak-atrof bilan tanishtirish jarayonida maktabgacha katta yoshdagi bolalarning nutqini o’stirish

1. Bolalar nutqini o‘stirishda tevarak-atrof bilan tanishtirishning ahamiyati.
Ma’lumki, bolalarni maktabga tayyorlashda tevarak-atrof bilan tanishtirish muhim o‘rin tutadi.Tevarak-atrofni o‘rganish narsa va hodisalarni idrok etish, o‘zini qiziqtirgan masalalar to‘g‘risida fikr yuritish, o‘ylash, nutq o‘stirishni rivojlantirishga yordam beradi. Tovush va so‘zni tug‘ri talaffuz etish bola shaxsining shakllanishida katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta’lim muassasasida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta'Iim va tarbiya berislida eng asosiy vazifalardan biri bolalarga ona tilini o'rgatish, nutqini rivojlantirish, nutqiy munosabatga, muomalaga o‘rgatishdir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning nutqi tashqi olam bilan bog’langan holda uchta vazifani bajaradi: 1) kommunikativ; 2) bilish, 3) tartibga solish. Nutqning kommunikativ vazifasi bolada juda yerta paydo bo’ladi.Bolaning ilk bor aytgan birinchi so’zi kommunikativ vazifani bajaradi.Keyinchalik yesa bu so’z bolaning atrofdagi kishilar bilan muomala qilish yehtiyoji o’sib borgani sari nutq sifatida takomillashib boradi.Ikki yoshdan boshlab bola o’z istak-xohishini atrofdagi kishilarga tushunarli tarzda ifodalay oladi, o’ziga qarata aytilgan ‘nutqni, so’zlar ma’nosini tushuna boshlaydi.Uch yoshdan keyin bola ichki nutqni egallaydi. Bu vaqtda nutq uning uchun muomala vositasi bo’libgina qolmay, balki boshqa vazifani — bilish vazifasini bajara boshlaydi; yangi so’zlar va so’z shakllarini o’zlashtira borib, tevarak-atrof haqidagi, predmet va hodisalar, ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi.SHuni ta’kidlab o’tish lozimki, bolaga qaratilgan nutq uning xulq-atvorini tartibga solib turuvchi, qilinadigan ishlarni rejalashtirishga undovchi vositadir. Biz nutq orqali, ya’ni til vositasi bilan har xil mulohazalar yuritamiz.Tafakkur hamisha til vositasida ifodalanadi. Til va tafakkur o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan jarayondir. SHuning uchun ham fikrning realligi tilda nanioyon bo’ladi, deyilishi bejiz emas. Tafakkur jarayonida nutq—hulqni, xulosa chiqarish va tushuncha shakllarida namoyon bo’ladi. Demak, kishilar til yordamida o’zlaridan ilgari yasliagan kishilarning hayotini, bolib o’tgan voqea va hodisalarni bilib oladilar. SHu bilan birga, o’zlari yashayotgan davrda bo’layotgan voqea va hodisalarni, yangiliklarni o’rganib, bilib oladilar.
Til kishilarning eng qulay aloqa-aralashuv vositasidir. Inson til orqali: o’z fikrini bayon qiladi— axborot beradi; boshqalarning fikrini anglaydi — axborot qabul qiladi. Maktabgacha ta’lim muassasasi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim va tarbiya berislida yeng asosiy vazifalardan biri bolalarga ona tilini o’rgatish, nutqini rivojlantirish, nutqiy munosabatga, muomalaga o’rgatishdir. Ma’lumki, jamiyat taraqqiyotida tilning ahamiyati juda katta.Butun dunyo xalqlarining xoh siyosiy, xoh madaniy taraqqiyotini tilsiz tasavvur qilib bolmaydi.
CHunki til eng muhim aloqa vositasi, jamiyat yesa aloqasiz rivojlanmaydi.Maktabgacha yoshdagi bolalar bilib oladigan tevarak-atrof obyektlarini tasniflash asos sifatida qabul qilinishi mumkin. Shu bilan birga, bolalarda faol va passiv lug‘at boyligi asta-sekin ortib boradi, nutq rivojlanadi. Maktabgacha yoshdagi bola eshitadigan, ma’nosini tushunadigan, eslab qoladigan hamda qo‘llaydigan so‘zlarni asta-sekin tevarak-atrof bilan tanishish jarayonida ota-onalari, tengdoshlari, tarbiyachilarining axborotlari orqali, shuningdek, o‘zining uncha ko‘p bo‘lmagan so‘z zaxirasiga tayanib bilib oladi. Bola o‘sib boradi, uning ehtiyojlari ko‘payadi, yangi istaklari, qiziqishlari paydo bo‘ladi. Biroq tarbiyaning aqliy, axloqiy, mehnat va boshkqa turlari bir maromda (bolaning yoshiga muvofiq) amalga oshishi uchun maktabgacha yoshdagi bolalar lug‘atidagi so‘zlar miqdori ustida yetarlicha o‘ylab ko‘rilmaydi. Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim berish samaradorligini oshirish, bolalarni mustaqil ta’lim olishga (maktab ta’limiga) tayyorlash, yangi jamiyatning ongli quruvchilarini tarbiyalash kabi muhim va hayotiy vazifalarni hal qilishda ona tili asosiy o’rin egallaydi. “Biz maktabgacha ta'lim tizimini qayta ko‘rib chiqish masalasini davlat siyosati darajasiga ko‘tarib, bu borada katta ishlarni boshladik. Agar shu ishni har tomonlama puxta o‘ylab amalga oshirmasak, butun ta'lim tizimida sifat o‘zgarishiga erishishimiz, ta'limning uzluksizligini ta'minlashimiz qiyin bo‘ladi”-, deya ta'kidladi Shavkat Mirziyoyev. Ta’lim va tarbiya muammosi juda qadimdan beri mavjud. U o’rta asrlardagi G’arb va SHarq mutafakkirlarining asarlarida ko’rib chiqilgan. O’sha davrlarning buyuk mutafakkirlari Abu Nasr al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, YUsuf Xos Hojib, Ahmad YUgnakiy, Jaloliddin Dovoniy, Alisher Navoiy va boshqalar feodal zulm va mutaasib ruhoniylarning qattiq qarshiligiga qaramasdan jahon fani, madaniyati, maorifiga bekiyos hissa qo’shdilar. O’tgan davrlarda mehnatkashlaring o’z munosabatlarini uning yoshlarga tarbiyaviy ta’sirini yanada kuchaytirish maksadida qo’lga qo’yish borasidagi tajribalarini nafakat xalq pedagogikasining qator shakllari, usullarini qayta tiklash uchun, balki shaxsni shakllantirishni boshqaruvchi ob’ektiv umumiy ijtimoiy qonunlar, xalq turmush tarzini tushunish uchun ham o’rganish lozimO’zbek adabiy tili o’zbek xalqining yagona, normallashgan tili sifatida og’zaki va yozma shaklda asrlar mobaynida rivojlanib, mukammallashib keldi. O’zbek adabiy tilini taraqqiyot bosqichiga ko’ra ikki adabiy tilga ajratish mumkin: eski o’zbek adabiy tili va hozirgi zamon o’zbek adabiy tili. Eski o’zbek adabiy tili o’zbek xalqining buyuk mutafakkiri Navoiy asos solgan va keyinchalik Muqimiy, Furqat kabi demokrat slioirlar tomonidan rivojlantirilgan adabiy tildir. Bu adabiy tilda yaratilgan yozma yodgorliklar o’zbek xalqi va uning tili taraqqiyot tarixini o’rganish utslum manba bo’lishi biIan birga, hozirgi zamon o’zbek adabiy tili uchun ham asos bo’lgan. Hozirgi zamon o’zbek adabiy tili yeski o’zbek adabiy tilining davomi, yangi sharoitda o’zbek xalqining iqtisodiyoti va madaniyatining rivojlanishi asosida har tomonlama boyigan shaklidir. Maktabgacha ta’lim muassasasi bolalarni har tomonlama, ya’ni jismoniy, aqliy, axloqiy, estetik tomondan tarbiyalashdek maqsadni o’z oldiga qo’ygan.Bu maqsad esa bolalaiga ona tilini o’rgatish jarayonida amalga oshiriladi.Bog’chada og’zaqi nutqni o’stirish natijasida bolalar aqlan rivojlanib, umumiy madaniy saviyasi oshadi. Ular tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini tushunib boradilar. Bolalarda nutqning rivojlanishi ularning ruhiy jihatdan ham takomillashib borishiga yordam beradi.Bola tashqi dunyoni xotira, tasavvur, xayol, tafakkur kabi ruhiy jarayonlar yordamida, shuningdek nutq yordamida bilib olish qobiliyatiga ega. Ammo bolalardagi intellekt, ya’ni ruhiy jarayonlar (xotira, tasavvur, xayol, tafakkur va h. k.) shunchaki bola organizmining o’sib borishi va takomillashishi bilangina paydo bo’lmay, balki nutqining rivojlanishi bilan paydo bo’ladi va takomillashadi. Agar bola kichik yoshidan boshlab to’g’ri gapirishga (so’zlashishga) o’rgatib borilsa, u vaqtda bunday bola normal holatda rivojlanadi, ya’ni avval tasavvur etish, kiyin esa fikr yuritish, xayol qilish qobiliyati paydo bo’ladi va bu qobiliyat har bir yosh bosqichida takomillashib boradi. Bolalarda intellekt bilan barobar (parallel) ravishda iroda kabi ruhiy jarayon ham takomillashib boradi.Ko’pgina tajribalar shuni ko’rsatdiki, nutqi rivojlanmagan bola to’liq shaxs sifatida kamol topmaydi. Maktabgacha taълим yoshi bolalarning voqelikni faol idrok qiladigan va tevarak-atrofdagi hayotga kirishib ketadigan bir davrdirki, bu davrda ularning so'z boyliklari juda tez o‘sib boradi. Bolalar kundalik hayotdagi faoliyatlarida nutqdan mustaqil ravishda foydalanadilar.Ammo ularni kattalar nazoratisiz qoldirilsa, nutqida ba’zi nuqsonlar mustahkamlanib qoladi.Shuningdek, yaxshi tashkil etilmagan mashg'ulot, o'yin, mehnat, maishiy faoliyat ham bola nutqiga salbiy ta'sir etadi. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish ularga aҳloqiy tarbiya berish vositalaridan biri bo'lib, bolalarning og'zaki nutqini o'stirish imkonini beradi, bunda ularning sўz boyligi o'sib, to'g'ri talaffuz etish malakasi ortib boradi, ularda fikrni grammatik nuqtayi nazardan to'g'ri ifodalash ko'nikmasi tarkib topadi. Ta'limning asosiy shakli mashg'ulotdir. Nutq o'stirish mashg'ulotlarida bola o'z nutqini tarbiyachining namunaviy nutqi bilan taqqoslashga, boshqa bolalar bilan o'quv materialini bajarishga, ya'ni tarbiyachining tushuntirishini, hikoyasini tinglashga, birgalikda rasmlarni, diafilmlarni ko'rishga, suhbatlashishga, didaktik o'yinlarda ishtirok etishga, birgalikda kuylashga, musiqa tinglashga, ma’lum bir obyektga diqqatini qarata olishga, navbat bilan gapirishga o'rganadi. Bolalar mashg'ulotda yangi bilimlar (voqea va hodisalar o’rtasidagi bog'lanishlarga taalluqli so'zlar, nutqning grammatik shakllari) bilan tanishadilar, tarbiyachining nutqiy ko’rsatmasi orqali o'quv ishlarini bajarishga, o‘z ishtariga baho berishga o‘rganadilar. Mashg'ulotning mazmuni va uni o'tkazish uslubiyoti bolalar nutqini rivojlantirishning maqsad va vazifalariga bog'liq bo'ladi. Tevarak-atrofni idrok qilishga, narsa buyumlarning, o'yinchoqlarning nomlarini bilib olishga va uni tushunishga o'rgatish bolalarning ko'ruv, eshituv a’zolariga ta’sir etish orqali amalga oshiriladi. Maktabgacha taълим yoshi bolalarning voqelikni faol idrok qiladigan va tevarakatrofdagi hayotga kirishib ketadigan bir davrdirki, bu davrda ularning so'z boyliklari juda tez o‘sib boradi. Бola tashqi dunyoni xotira, tasavvur, xayol, tafakkur kabi ruhiy jarayonlar yordamida, шуningdek nutq yordamida bilib olish qobiliyatiga ega. Ammo bolalardagi intellekt, ya’ni ruhiy jarayonlar (xotira, tasavvur, xayol, tafakkur vah.k.) shunchaki bola organizmining o'sib borishi va takomillashishi bilangina paydo bo'lmay, balki nutqining rivojlanishi bilan paydo bo'ladi va takomillashadi. Bolaga nutqini o‘stirishda tevarak-atrof bilan tanishtirishni o'rgatish bilan bir vaqtda, ularni maktabda muvaffaqiyatli o'qishlari uchun zamin tayyorlanadi, mehnat faoliyatiga ijodiy yondashishga o'rgatiladi. Bolalarni tevarak-atrofdagi buyumlar, hodisalar, o'simliklar, hayvonot dunyosi, kattalar mehnati va h. k. lar bilan tanishtirish jarayonida ularning nomlarini, sifatlarini, xususiyatlarini, xarakterlarini so'zlar bilan aytamiz. Tarbiyachi bolalarni tevarak-atrof bilan (narsalar, jonli tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot hodisalari) tanishtirar, ularning bilish faoliyatini yo'lga qo'yar va boshqarar ekan, har bir bolaga uning to'plagan tajribasini tartibga solishda yordamlashadi, unga yangi bilimlar beradi, unda qiziquvchanlik va kuzatuvchanlik qobiliyatlarini tarbiyalaydi, o'zini qurshab turgan olamni bilishga bo'lgan qiziqishini o'stiradi. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish ularga axloqiy tarbiya berish vositalaridan biri bo'lib, bolalarning og'zaki nutqini o'stirish imkonini beradi, bunda ularning sokz boyligi o'sib, to'g'ri talaffuz etish malakasi ortib boradi, ularda fikrni grammatik nuqtayi nazardan to'g'ri ifodalash ko'nikmasi tarkib topadi. Bola nutqining taraqqiyoti uning atrofidagi odamlar nutqiga, tevarak-atrofdagi narsa-buyumlarni, ijtimoiy hayot hodisalarini kuzatishiga bog'liq bo'ladi. Maktabgacha yoshdagi bola eshitadigan, ma’nosini tushunadigan, eslab qoladigan hamda qo‘llaydigan so‘zlarni asta-sekin tevarak-atrof bilan tanishish jarayonida otaonalari, tengdoshlari, tarbiyachilarining axborotlari orqali, shuningdek, o‘zining uncha ko‘p bo‘lmagan so‘z zaxirasiga tayanib bilib oladi. Bola o‘sib boradi, uning ehtiyojlari ko‘payadi, yangi istaklari, qiziqishlari paydo bo‘ladi. Bola nutqining taraqqiyoti ana shu xususiyatlari bilan katta kishilar nutqidan farq qiladi.Bir yoshdan bir yarim yoshgacha bo'lgan bola nutqining xarakterli belgisi shundaki, bola aytadigan so'zlar miqdori juda kam bo'ladi, ya'ni uning faol lug'ati juda sekin o'sib boradi.Bu yoshda bola lug'atining boyib borishi tevarak-atrofdagi kishilar nutqini tushunish qobiliyatining o'sishiga bog'liq bo'ladi.Bola o'ziga aytilgan so'zlarni yaxshiroq tushunadigan bo'ladi. Uning sust lug'ati o'sib boradi, o'zi yaxshi gapirmaydi, ammo boshqalarning so'zini ko'proq eshitib, eshitgan so'z va jumlalarni o'ziga singdirib boradi va shuning zamirida keyinchalik o'z nutqini yuzaga keltiradi va boyitib boradi. Mana shu xususiyatlarni hisobga olgan pedagog-tarbiyachi bolalar idrok etadigan nutq, so'z va gaplarning mumkin qadar boy, rang-barang va to'g'ri bo'lishiga harakat qilishi kerakki, bu ularda og'zaki-mantiqiy fikrlash qobiliyatining paydo bo'lishiga ta’sir etishi lozim. Bolada og'zaki-mantiqiy fikning paydo bo'lishi esa ularning elementar tushunchalarni (balandlik, yaxshi, yomon va hokazolar) o'zlashtirib olishlariga yordam beradi. Nutq madaniyatining kamchiliklari bola shaxsiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, bola tengdoshlari bilan muloqotda qo‘rs, odamovi, quntsiz bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, bunday bolada tevarak-atrofni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish pasayadi, keyinchalik esa maktabda darslarni o‘zlashtirmaslikka sabab bo‘ladi.

2. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishni ta’minlaydigan omillar.


Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda nutqni tuza bilish darajasini ko‘tarish maktabgacha ta’lim tizimi metodistlari oldidagi asosiy vazifalardandir. Shuni hisobga olgan holda tevarak-atrofni o‘rganishda maktabgacha tarbiya yoshidagi katta bolalarning nutqini rivojlantirish muammosiga oid tadqiqotni nutqni rivojlantirishni ta’minlaydigan omillarni aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiqdir.
Nutq o‘stirishni ta’minlaydigan omillar
1. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlari 2. Nutqni rivojlantirishning o‘sib boruvchi salohiyati 3. So‘z zahirasi Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutkdni rivojlantirishning yuqori darajasiga quyidagilar evaziga erishilishi mumkin ekan; — tilning adabiy meyorlari va qoidalaridan habardorlik; - o‘z fikr-mulohazalarini erkin bayon eta olish; — muloqotga kira bilish, kattalar va tengdoshlar bilan muomala qila olish; — suhbatdoshni tinglay bilish, so‘rash (savollarni tug‘ri bera olish), javob berish, e’tiroz bildirish, zarur bo‘lganda esa tushuntirish, izohlash. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishda nutq-dialogik va monologik nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor berish zarur bo‘ladi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar dialogik nutqni nisbatan oson o‘rganadilar.Bu quyidagilar bilan ifodalanadi; bolalar uyda, bolalar bog‘chasida doimo diologik nutqni eshitadi. Bundan tashqari, bolalar o‘zaro muloqotda bo‘lib, асосанdialogik nutqdan foydalanadilar. Metodik adabiyotlarda bayon qilinishicha, adabiy til negizida asosan monologik nutq yotadi.Shuning uchun xam nutqni rivojlantirish ta’limtarbiya tizimida muhim ahamiyat kasb etadi. Monologik nutq muayyan mavzuga oid mantiqiy izchil gaplar shaklida ifodalangan hamda boshqalarga ta’sir ko‘rsatish uchun yo‘naltirilgan fikrlar (tovushlar)ning uyushgan tizimini namoyon etadi. Bola uchun monologik nutq shubxasiz, psixologik jihatdan murakkab hisoblanadi.Gap shundaki, maktabgacha katta yoshdagi bola monologik nutkda tayyorgarlik jarayonida, shuni tushunadiki, tinglovchilar (boshqalar) uning aytayotgan fikr-muloxazalaridan qandaydir qiziqarli narsani bilishni istaydilar. Bola intuitiv tarzda bo‘llsada, monologik nutq rejasini mantiqan tuzish, maqsadini bayon etishga oid iboralarni to‘g‘ri tanlash, gap tuzish, tovushlarni to‘g‘ri tayaaffuz qilishga harakat qiladi. Noqulay psixologik sharoit maktabgacha katta yoshdagi bolaga shunday muhit yaratadiki, uning o‘zi bayon qilmoqchi bo‘lgan so‘z, ibora, gap ma’nosini tushunib yetmaslik bilan borliq bo‘lgan ≪noqulaylik≫ni his etadi. Hakiqatan ham monologik nutq tinglovchiga maroqli va tushunarli bo‘lishi uchun maktabgacha katta yoshdagi bola, avvalo, xotira va mantiqiy fikrlashga tayanmog‘i lozim. Ma’lumki, bolaning nutqi til qonuniyatlariga to‘g‘ri amal qilish, kattalar nutqini idrok etish va uzining ijodiy faolligi natijasida rivojlanadi. Shunday qilib, til va nutq maktabgacha katta yoshdagi bolaning psixologik rivojlanishi hamda dastavval xotirasi, fikrlashi, idrok etishi, hissiyoti va ehtirosini ta’minlaydigan ikkita muhim vositadir. Birinchi qonuniyat: Ona tilidagi nutqni idrok etish qobiliyati bola nutq organlari muskullarining mashq qildiriliishga bog‘liq (shuning uchun ham so‘z, ibora va gaplarni talaffuz etishni takomillashtirish uchun nutq organlarini mashq kildirishga yetarli darajada e’tibor bermoq muhimdir. Ikkinchi qonuniyat: Nutq ma’nosini tushunish bola tomonidan nutkning leksik va grammatik qonuniyatlarining o‘zlashtirilishga borliq. Uchinchi qonuniyat: Nutq ifodaliligini o‘zlashtirish bolada fonetika, leksika va grammatikaning ifoda vositalarini tushunishga bo‘lgan moyillikka borliq (maktabgacha katta yoshdagi bolalarni nutq ifodaliligini tushunishga o‘rgatish hamda bu hissiyotlarning bola tomonidan o‘zlashtirilishiga erishish lozim). To‘rtinchi qonunnyat: Nutqni boyitish, avvalo, nutq ko‘nikmalarini takomillashtirishga bog‘liq (agar oldingi yosh bosqichida maktabgacha katta yoshdagi bola nutqini shakllantirish muvaffaqiyatli bo‘lgan bo‘lsa, undan keyingi nutqni boyitish jarayoni hamda uni o‘zlashtirish oson va tez boradi). Bundan tashqari, tadqiqotchilar tomonidan nutqni boyitish jadalligi tilni his etish, bilish imkoniyatlari (sezish, xotira, idrok qilish, fikrlash), iroda kuchining rivojlanishiga ham bog‘liq. Beshinchi qonuniyat: Nutq meyorlarini o‘zlashtirish tilni dis etishning rivojlanishiga borliq. Bolalarning nutqni o‘zlashtirishda tinish belgilarini qo‘llash meyorini, eslab qolish qobiliyatini shakllantirish muhim o‘rin tutadi. Meyorlangan nutqda ona tili unsurlarini an’anaviy qo‘llashda inson dayotining asosan, maktabgacha katta yoshdagi davri samarali bo‘lishi ona tili metodikasi ilmida allaqachon o‘z isbotini topgan. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish bilan borliq bo‘lgan masalalar kompleksini hal etishda quyidagilar alohida hisobga olinadi: 1. Insondagi bilish instinkti, tug‘ma qiziquvchanlik nutq vositasida amalga oshiriladi. 2. Bola nutq ishtirokida olamni bilib boradi. Psixologlarning kuzatishicha, tevarak-atrof to‘g‘risidagi bilimlar nutq orqali o‘zlashtiriladi.Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish nutqni rivojlantirishda keng imkoniyatlar tug‘diradi. Shunga ko‘ra tarbiyachilar maktabgacha katta yoshdagi bolalarning nutqini tug‘ri yo‘naltirishni tevarak-atrof bilan tanishtirish orqali amalga oshiradi. Bolalar nutqini rivojlantirish samaradorligiga erishish uchun ularning bilim darajasi, qiziqishi va shaxsiy qobiliyati xususiyatlarini hisobga olish muhimdir. Shu narsa aniqlanganki, maktabgacha katta yoshdagi bolalarning barcha harakat va xulqini boshqarishda bosh miya faoliyatining roli ortib boradi. YA’ni bolalar boshqalarning xatti-xarakatlarini, atrofda kechayotgan voqea-xodisalarni bilishga va baholashga intiladilar. Shunga ko‘ra maktabgacha yoshdagi bolalar bajaradigan faoliyat turlari ham xilma-xil va mazmunli bo‘la boradi. Demak, bolalar faoliyatining sermaxsul turlari nutq o‘stirishda katta rol o‘ynaydi.Bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimi birgalikda uyushtiriladigan o‘yinlarda yuqori darajada shakllanadi. Ijtimoiy foydali mehnat va o‘qish kabi faoliyat turlari tobora ko‘proq rol o‘ynay boshlaydi. Shu bilan birga, tengdoshlariga nima bilandir ko‘mak berish, ular uchun biron-bir foyda yetkazish maqsadida namoyon bo‘ladigan mehnatning ijtimoiy motivlari yanada ahamiyatliroq, ya’ni sezilarli bo‘lib qoladi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar o‘z xulqlarini yanada asosliroq boshqara boshlaydilar. Bolalar tarbiyachisi tomonidan ular oldiga qo‘yilgan vazifalar ma’nosini aniq biladilar, topshirikdarni mustaqil va nuqsonsiz bajarish uchun astoydil intiladilar. Bularning barchasi nutkni rivojlantirishning mudim shart-sharoitlari bo‘lib xizmat qiladi. Ma’lumki, ta’limda biror-bir yutuqqa erishish tarbiyaga borliq. Shuning uchun ham maktabgacha yoshdagi bolalarning madaniy xulq-odatlarini shakllantirishga muayyan darajada e’tibor berish, ularda yaxshilik, kamtarlik, adolatlilik, vijdonlilik to‘g‘risidagi ahloqiy tasavvurlarni tarkib toptirish va shu xildagi sifatning zidiga nisbatan salbiy munosabatni tarbiyalash kerak. Nutqni samaraliroq rivojlantirish maqsadida bolalarning tevarak-atrof obyektlari (kishilarning hayoti va mehnati, hayvonlar, o‘simliklar olami, suv osti dunyosi) tug‘risidagi tasavvurlarini aniqlash va izchil, rejali tarzda kengaytira borish talab etiladi.
Nutqni rivojlantirishning samaradorligini oshirish rejasida nafaqat tevarak-atrof obyektlari ustida oddiy kuzatishlar (mushohadalar) uchun, balki ularni o‘rganish uchun ham sayrlar, sayohatlar o‘kazish muhimdir. Shu o‘rinda tevarak-atrof obyektlarini o‘rganishda nimalarga erishish mumkinligini aniqlab olishimiz lozim bo‘ladi. Buning uchun, avvalo, nutq o‘stirishga oid tevarak-atrof manbalarining o‘zini guruhlashtirish taqazo etiladi.Nutqni rivojlantirishga oid tevarak-atrof manbalari 1. Hayvonot va o‘simliklar dunyosi 2. Inson mehnatiga oid qurollari va texnika vositalari 3. Tevarak-atrofdagi narsa, predmetlar 4. O‘yinchoqlar, suratlar va badiiy asarlar 5. Xalq ho‘jaligi tarmoqlari (binolar, inshootlar, tarixiy joylar) 6. Tevarak-atrofda kechadigan voqea-hodisalar Tevarak-atrofni o‘rganishda (tarbiyachilar yoki ota-onalar tomonidan) bolalar shunchaki kuzatmasliklari, balki predmetlarni ularning qismlari, elementlarini ko‘rib, jarayonlar, hodisalarni idrok eta borib, ular to‘g‘risida mulohaza yuritishlari ham lozim. Bunga erishish uchun tarbiyachi oldiga qiyoslash, taqqoslash, ajratish, umumlashtirish, taqlid qilish va boshqa shu kabi usullardan foydalanish vazifasi qo‘yiladi. Bundan tashqari, o‘rganish jarayonida) maktabgacha katta yoshdagi bolalarni mehnatning ular uchun qulay bo‘lgan turlari (ariqchalarni tozalash, daraxtlar tagini yumshatish, gullarni parvarish qilish)ga jalb qilish muhimdir. Bunday yondashuv shu bilan bog‘liqki, inson biron narsani o‘z qo‘li bilan bajarsa, uni ko‘proq va to‘laroq esda saqlaydi. Mazkur usul bilan maktabgacha katta yoshdagi bolalarning bog‘lanishli nutqidagi kamchiliklar narsa-predmetlarning nomlarini so‘zma-so‘z va eslash orqali to‘ldiriladi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish ko‘p jihatdan qo‘yidagi narsalarning to‘g‘ri hal etilishiga bog‘li— nutdni rivojlantirishga doir didaktik materiallar (tarbiyachi va ota-onalarning ma’lum maqsadga qaratilgan nutq, bolalarga o‘qib yoki aytib beriladigan ertaklar, qo‘shiqlar, hikoyalar); — ta’limning didaktik materiallarni o‘zlashtirish uchun foydalaniladigan metod va usullari; — ta’limni tashkil etish (tevarak-atrof obyektlarini saralash, shunga bogliq nutq o‘stirishni rejalashtirish); — o‘quv materialining mazmuni, uni o‘rganishning ayrim usullari hamda ularga tegishli tamoyillarga tayanib, tarbiyachi nutq o‘stirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarni rejalashtirmog‘i zarur.

Biz ayni muammoga oid tadqiqot ishlari olib borish jarayonida nutq o‘stirish borasida quyidagi didaktik tamoyillarga tayanib ish ko‘rish yaxshi natija beradi degan xulosaga keldik. - nutq organlari hamda qo‘lni o‘rgatish uchun nutq materialini tushunish; — nutq ahamiyatini tushunish hamda leksik va grammatik ko‘nikmalarni rivojlantirish; nutq ifodaliligini baholash.

Buning uchun maktabgacha yoshdagi katta bolalarda muayyan hissiyotni rivojlantiradigan didaktik materiallarni tanlash maqsadga muvofiqdir; — ona tiliga muhabbat tuyg‘usini rivojlantirish tamoyili (bu o‘rinda bolalarga, xususan, nutqqa ona tili faktlarini qo‘llash an’anasini o‘zlashtirish bo‘yicha ta’limni tashkil etish nazarda tutiladi); — muayyan mavzuga oid yozma nutqqa og‘zaki nutq bilan qiyoslash; — nutqning asta-sekin boyib borishi.


Yüklə 75,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin