Oliy Majlis II chaqiriq 1-majlisida (2000-yil 22-yanvar) Birinchi
Prezident I.A.Karimov o„zining “Ozod va obod vatan, erkin va
farovon hayot-pirovard maqsadimiz” nomli ma‟ruzasida ushbu
masalaning dolzarbligini shunday uqtiradi:
Odamlarning siyosiy ongi, siyosiy madaniyati, siyosiy faolligi
yuksalib borgani sari, davlat vazifalarini nodavlat tuzilmalar va
fuqarolarning o„zini-o„zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich
o„tkazib borish zarur.
Bu borada o„zini-o„zi boshqaradigan idoralarning, mahallalarning
nufuzini va mavqeini oshirish, ularga ko„proq huquqlar berish katta
ahamiyat kasb etadi.
Fuqarolik jamiyatining mustahkam asoslarini barpo etish yo„lidagi
ishlarimizning mazmun-mohiyatini ham aynan mana shu masala tashkil
etadi.
“Birgina yangi tahrirdagi Fuqarolarning o„z-o„zini boshqarish
organlari to„grisida”gi hamda Fuqarolar yig„ini raisi(oqsoqoli) va uning
maslahatchilari saylovi to„grisida”gi O„zbekiston Respublikasining
qonunlari, mahallalar hamla ulardagi jamoatchilik tuzilmalari faoliyatiga
oid 20 dan ziyod nizom qabul qilinib, ijtimoiy hayotga tatbiq etildi.
Shunungdek, tizimda faoliyat ko„rsatayotgan xodimlarning malakasini
oshirish bo„yicha o„quv kurslari hamda “Maxalla” ma‟rifiy teleradio kanali
tashkil etildi
60
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning”Maxalla
institutini yanada takomillashtirish chora –tadbirlari to„grisida”gi
2017 yil 3-fevralda imzolangan Farmonida maxalla institutini yanada
takomillashtirishning ustuvor yo„nalishlari belgilab berildi.
Davlat hokimiyati tizimiga kiruvchi hokimiyatlardan biri sud
hokimiyatidir. Sud hokimiyati boshqa hokimiyatlar kabi xalq manfaatlarini
ko„zlab va O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda qabul qilingan
qonunlar asosida o„z vakolatlarini amalga oshiradi.
O„zbekiston Respublikasida sud tizimi quyidagicha: besh yil
muddatga saylanadigan O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi,
O„zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O„zbekiston Respublikasi Oliy
xo„jalik
sudi,
Qoraqalpog„iston
Respublikasining
Oliy
sudi,
Qoraqalpog„iston
Respublikasi
Xo„jalik
sudi,
shu
muddatga
tayinlanadigan viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar
sudlari, viloyat xo„jalik sudlari, harbiy sudlarlardan iborat.
Mazkur sudlarning huquqiy holati O„zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasida, O„zbekiston Respublikasining 1993 yil 2-sentyabrda
qabul qilingan “Sudlar to„g„risida”gi Qonunida bayon etilgan.
O„zbekiston Respublikasi Oliy sudi-fuqarolik, jinoiy va ma‟muriy
sudlov sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. Shu bilan
birga og„ir va o„ta og„ir jinoyatlarni sodir etgan bir guruh shaxslarga; oldin
sudlanmaganlarga, biron bir joyda ishlamasdan, mo„may pul topish yo„liga
o„tib ketganlarga nisbatan belgilangan jazolarni qonun kuchidan to„la
foydalanilmagan ishlarning jazo qismini yengil deb bekor qilib, og„irroq
jazolashga o„z ko„rsatmasini beradi.
Respublika Oliy sudi 1994-yilda 149 kishiga nisbatan quyi sudlar
tomonidan tayinlangan jazolar og„ir deb topilganligi sababli hukmlar
o„zgartirilib, jazolar qisqartirilgan bo„lsa, 1995-yilda 247 kishiga nisbatan
jazolar og„ir deb topilib, hukmlar o„zgartirildi, 25 shaxsga nisbatan jinoiy
ishlar sudlanganlarning harakatida jinoyat tarkibi yo„qligi sababli
harakatdan to„xtatildi.
Og„ir va o„ta og„ir jinoyatlarni sodir etganligi uchun 1994 - yilda quyi
sudlar tomonidan 89 kishiga nisbatan belgilangan jazolar yengil deb
topilib, hukmlar bekor qilingan bo„lsa, 2017-yilda esa tergov organlari
tomonidan 238ta holatda jinoiy xodisa yuz bermagani aniqlandi, 302 ta
holatda javobgarlikga tortish muddati o„tgani, 370 ta holatda aybdorlar
61
qilmishiga chin ko„ngildan pushaymon bo„lgani inobatga olindi. 549 ta
xolatda qilmish ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo„qotgani, 1 ming 636 ta
holatda qilmishda jinoyat tarkibi yo„qligi isbotlandi. Ana shunday
asoslarga tayanib, 3,5 mingdan ortiq jinoyat ishi tugatildi.
Sud-huquq sohasidagi islohjtlarni yanada chuqurlashtirish borasidagi
ishlar O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29-dekabrda
Parlament va O„zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasida har
tomonlama yana bir bora asoslandi. Jumladan Prezidentimiz tomonidan
ta‟kidlanganidek, “Adolat bu - davlatchilikning mustahkam poydevoridir.
Adolat va qonun ustuvorligini ta‟minlashda esa sud hokimiyati hal
qiluvchi o„rinni egallaydi”. Shunday ekan odil sudlov va uning faoliyati
doimo diqqat e‟tiborda bo„laveradi. Sudlar faoliyatidagi adolat
mezonlarining tiklanishi jarayonlariga e‟tibor qaratiladigan bo„lsa, 2020-
yilda quyidagi holatlarga alohida urg„u berish kerak bo„ladi. Sudlar
mustaqilligining ta‟minlanishi natijasida 2020-yilning o„zida 719 nafar
fuqaroga nisbatan oqlov hukmi chiqarildi. Jazo muddatini o„tayotgan va
tuzalish yo„liga qat‟iy kirgan 616 nafar fuqaro avf etildi. 4 yil ichida sud-
huquq sohasida 40 dan ortiq normativ hujjatlar qabul qilindi. 2019 yilda
viloyat sudlari qabul qilgan 13 mingta qaror Oliy sud tomonidan bekor
qilindi. 2021-yildan “bir sud - bir instansiya” tamoyili amal qilinishi
yo„lga qo„yiladi, viloyat darajasidagi 3 ta sudlar bitta sud sifatida
birlashtiriladi, ishlarni nazorat tartibida ko„rish amaliyoti bekor qilinadi,
birinchi marta ozodlikdan mahrum etilgan shaxsga probatsiya nazorati
qo„llanilish amaliyoti joriy etiladi. Buning natijasida 6 ming fuqarolar
mahalla nazoratiga olinadi. 25 ta manzil-koloniyalar bosqichma-bosqich
qisqartiriladi.
O„zbekistonda
sud
tizimini
isloh
qilish,
sud
hokimiyatini
shakllantirishda ham birmuncha ishlar qilindi. Sud tuzilishi va sudlov
ishlarini yurgizishga oid barcha demokratik konstitutsiyaviy tamoyillar
yanada rivojlantirildi.
O„zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov Oliy
Majlisning ikkinchi chaqiriq VI sessiyasida (2001- yil 29-avgust) “Adolat
qonun ustuvorligida” nomli ma‟ruzasida sog„lom jamiyat uchun
jinoyatchini jazolashdan ko„ra, jinoyatning oldini olish muhim ekanligini
uqtirib o„tdi. Prezidentimiz ma‟ruzalarida sudlar faoliyatiga baho berib
“Sud bugungi kunda avvalgidek hukmron kommunistik tizimning qatag„on
62
va jazolash apparati emas, balki u har bir inson va fuqaroning huquq
hamda erkinliklarni ishonchli tarzda qo„riqlash va himoya qilishga
qaratilgan chinakam mustaqil davlat institutiga aylanmoqda. Fuqarolarning
sudga ishonchi mustahkamlanib bormoqda”,-dedi. Shuningdek, ma‟ruzada
sud hokimiyati tizimidagi kamchiliklarga ham to„xtalib o„tildi. Bu borada
Prezident: “...afsuski, sudyalar, prokuratura va tergov organlari xodimlari,
bir so„z bilan aytganda, qabul qilingan yangi qonunlarning hayotga tatbiq
etishi lozim bo„lgan kishilarning dunyoqarashi va tafakkuri ancha
qiyinchilik bilan o„zgarayapti. Eng avvalo jazolashning repressiv,
ozodlikdan mahrum qilish hollarini qisqartirish hisobiga qonunchilikning
adolat va insoniylik kabi tamoyillarining kuchayishini va amalda
qo„llanishini ta‟minlashimiz zarur”-deydi. Ma‟ruzada Jinoyat va Jinoyat-
protsessual kodekslariga kiritilayotgan o„zgarishlar, masalan, 110 turdagi
uncha og„ir bo„lmagan jinoyatlarning ijtimoiy xavfi katta bo„lmagan
jinoyatlar toifasiga o„tkazish, 12 turdagi jinoyatni og„ir toifadan
unchaog„ir bo„lmagan jinoyatlar toifasiga, 7 turini esa o„ta og„ir jinoyatlar
toifasidan og„ir jinoyatlar toifasiga o„tkazish haqidagi takliflar bayon
qilindi. Shuningdek, iqtisodiy sohada jinoyat sodir etgan shaxslarga
nisbatan iqtisodiy ta‟sir choralarini qo„llash imkoniyatlarini kengaytirish
zarurligi, butun jahonda muhokama etilayotgan muhim masalalardan biri-
o„lim jazosini jinoiy jazo chorasi sifatida qolayotganligi bilan bog„liq
muammolar, qonunchiligimizda jinoiy jazo turi sifatida mol-mulkni
musodara qilish jazosini qo„llash tartibini qayta ko„rib chiqish kerakligi
ta‟kidlandi.
Insoniyat tarixida yangi davr-Inson huquqlari davri boshlandi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1995-2005- yillarni kurramizda “Inson
huquqlari o„n yilligi” deb e‟lon qildi. O„zbekiston Respublikasi birinchi
Prezidentining ma‟ruzalarida inson huquqlari sohasida amalga oshirilishi
lozim bo„lgan quyidagi besh strategik yo„nalish belgilab berilgan:
-inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning samarali
mexanizmini ta‟minlash;
inson huquqlari bo„yicha Xalqaro huquqning umum e‟tirof etilgan
tamoyillari va normalari asosida milliy qonunchilikni takomillashtirish;
-qabul qilingan qonunlarga og„ishmay amal qilish mexanizmini ishlab
chiqish va ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida qonun ustuvorligini
ta‟minlash;
63
-sudlov islohotini amalga oshirish yo„li bilan sud tizimini
demokratlashtirish;
-aholi ayniqsa yoshlar va mansabdor shaxslar, huquq-tartibot idoralari
xodimlari, o„rtasida huquqiy tarbiya ishlarini tubdan yaxshilash, ularning
huquqiy ongi va madaniyatini oshirish.
Demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishning birdan bir zaruriy sharti
sud-huquq organlarining ishlarini isloh qilish va erkinlashtirishni
jadallashtirishdan
iborat.
Sudlar
faoliyatiga
prokuraturaning
aralashmasligi, prokuror va advokatlar huquqlarini tenglashtirish,
sudlarning tarbiyaviy rolini oshirish lozimligini taqqoslab ko„rsatadi.
Xavfsiz jinoyatlarni ma‟muriy choralar bilan almashtirish natijasida
so„nggi 2,5 yil davomida 11 milrd. so„m undirildi. Har yuz ming kishiga
hisoblaganda O„zbekistonda 158 kishi qamoqda muddatini o„tamoqda. Bu
ko„rsatkich AQShda 715, Rossiyada 584, Ukrainada 416, Qozog„istonda
386 kishidan iborat.
O„zbekiston mustaqillikka erishgandan so„ng o„tgan qisqa davr ichida
insonning huquq va erkinliklari to„g„risida milliy qonunchilik tizimini
tashkil etuvchi yuzdan ortiq qonunlar qabul qilindi. O„zbekiston inson
huquqlari bo„yicha 40 ga yaqin xalqaro shartnomaga qo„shildi va ularga
bizning mamlakatimizda ham amal qilinmoqda.
O„zbekiston Respublikasida inson huquqlari va erkinliklarini
muhofaza qilishning ta‟sirli vositasini barpo etish, xalqaro va huquqni
muhofaza qilish tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish, davlat
muassasalari xodimlari va barcha respublika aholisining inson huquqlari
bo„yicha madaniyatini oshirish maqsadida O„zbekiston Respublikasi
Birinchi
Prezidentining
“Inson huquqlari bo„yicha O„zbekiston
Respublikasi Milliy Markazini tuzish to„g„risida” 1996- yil 31-oktyabr
Farmoni e‟lon qilindi.
O„zbekiston Respublika Oliy Majlisi 1997- yil 29-avgustda “Jamiyat
huquqiy madaniyatini yuksaltirish Milliy dasturi”ni tasdiqladi. Dasturda:
“Jamiyat va davlat taraqqiyotining hozirgi holati huquqiy munosabatlar
barcha ishtirokchilarining huquqiy madaniyatini, huquqiy savodxonligini
har tomonlama oshirishni talab qilmoqda. Huquqiy madaniyat huquqiy
bilim, huquqiy e‟tiqod va izchil amaliy faoliyat majmui sifatida jamiyat va
davlat oldida turgan vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishini ta‟minlaydi
64
Milliy dasturning maqsad ahamiyati aholining barcha qatlamlarini
huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega
bo„lishlari hamda huquqiy bilimlarni kundalik hayotda qo„llay olishlari
uchun huquqiy madaniyatni shakllantirishning keng qamrovli muntazam
tizimini yaratishdir” deb ta‟kidlangan.
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqiy tarbiyani
yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish,
huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik
fikrini o„rganish ishini yaxshilash haqida” (1997- yil, 25-iyun) Farmoni
e‟lon qilindi. Ushbu farmonning 1-bandida shunday deyiladi:
“Aholining huquqiy madaniyatini oshirish va huquqiy tarbiyasini
yaxshilash yuzasidan olib borilayotgan ishlar davlat siyosatining asosiy
yo„nalishlaridan biri etib belgilansin”.
Respublikamizda istiqlol yillari milliy davlatchilikni barpo etish
borasida sobiq ma‟muriy-buyruqbozlik tizimiga, uning hokimiyat va
boshqaruv organlariga barham berish bilan bir vaqtda davlat va jamiyat
hayotining yangi demokratik huquqiy asoslari yaratildi.
Dostları ilə paylaş: |