Book · December 022 citations reads 28,319 authors



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/38
tarix20.06.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#132909
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38
(1)

-davlat 
qurilish 
va 
fuqarolik 
jamiyatini 
shakllantirish 
jarayonlarini erkinlashtirish masalasi ham katta ahamiyat kasb etadi. Bu 
boradagi vazifalar hokimiyat barcha tarmoqlarini bir-biridan mustaqil 
holda ish yuritish tamoyillarini mustahkamlash, hokimiyat vakolatlarini 
nodavlat va jamoat tashkilotlariga, fuqarolarni o„z-o„zini boshqarish 
organlariga bosqichma-bosqich o„tkaza borish, ularning haq-huquqlari va 
erkinliklarini muhofaza etishni kuchaytirishdan iborat. 
Fuqarolik jamiyati qurishda fuqarolarning o„z-o„zini boshqarish 
organlariga katta umid bog„lanadi. Bu haqda O„zbekiston Respublikasi 
Birinchi Prezidenti I.Karimov: “Biz fuqarolik jamiyati qurishga 


58 
intilmoqdamiz. Buning ma‟nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlana borgan 
sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita xalqqa topshirish, ya‟ni 
o„z-o„zini boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdir”-deydi.
O„z-o„zini boshqarish organlarini tashkil qilishda, shakllantirishda 
O„zbekistonning o„ziga xos xususiyati shundaki, ushbu masalani hal 
qilishga milliy an‟analarni, tarixiy qadriyatlarni tiklash, aholining tub 
manfaatlariga mos keluvchi yo„lni tanlash nuqtayi nazaridan yondashish 
zarur bo„ladi. Xususan, o„z-o„zini boshqarishda asosiy tayanch qilib 
mahallalar 
belgilandi. 
Ular 
inson 
qalbida 
Vatan 
tuyg„usining 
shakllanishiga, 
milliy 
g„ururning vujudga kelishida, millatchilik 
illatlaridan xoli bo„lishda katta ta‟sir ko„rsatib kelgan. 
O„zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning 
muvaffaqiyati 
demokratik 
jarayonlarni 
rivojlantirish 
imkoniyatini 
kuchaytirmoqda, bu esa o„z navbatida asosiy maqsad - fuqarolik jamiyatini 
qurishga ko„maklashmoqda. 
O„z-o„zini boshqarish muassasalari faoliyatining kengayishi bevosita 
mahallalarning mavqeyini kuchaytirish bilan bog„liq. O„z-o„zini 
boshqarish organlari yoki mahallalarning vazifasi, aholini davlat va 
jamiyat ishlarida ishtirokini ta‟minlash kam ta‟minlangan oilalarni ijtimoiy 
himoya qilishda ishtirok etish bilan cheklanib qolmaydi. Ularning muhim 
vazifasi har bir shaxsning ongini, ma‟naviy kamolatini oshirish uchun, 
millatchilik, mahalliychilik kabi salbiy jihatlarni yo„qotish uchun ish olib 
borish va milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an‟analarga, Vatanga, davlatga va 
boshqa 
fuqarolarning 
manfaatiga 
hurmat 
bilan 
qarash 
ruhida 
tarbiyalashdir. 
Shuningdek, mahallalarda “Mahalla” xayriya jamg„armasi yordamga 
muhtoj oilalarga yordam ko„rsatmoqda.  
O„zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 1999-yil 13-
yanvarda “Aholini aniq yo„naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta‟minlashda 
fuqarolarning o„z-o„zini boshqarish organlari rolini oshirish to„g„risida”gi 
Farmoni ijtimoiy himoya sohasida o„z-o„zini boshqarish organlariga yangi 
vakolatlar berishni ko„zda tutadi: 1) fuqarolarning o„zini-o„zi boshqarish 
organlari ijtimoiy rolini oshirish; 2) hududlarni ijtimoiy rivojlantirish; 3) 
muhtoj oilalarga aniq yo„naltirilgan ijtimoiy madad ko„rsatishni 
takomillashtirish. 


59 
Davlat tomonidan bajariladigan vazifalarni fuqarolarning o„z-o„zini 
boshqarish organlariga o„tkazilishi, nodavlat tashkilotlar faoliyatini 
takomillashtirish, undagi jamoa ruhi va tabiatini mustahkamlashni, 
samaradorligini oshirishni talab qiladi. 1999-yil aprel oyida Oliy Majlis 
tomonidan qabul qilingan “Fuqarolarning o„z-o„zini boshqarish organlari 
to„g„risida”gi qonunning yangi tahriri aynan shu maqsadga qaratilgan. 
O„z-o„zini boshqaruvning moliyaviy faoliyatini mustahkamlovchi 
choralardan yana biri-aholiga kompleks tarzdagi savdo, maishiy va 
madaniy xizmatlar ko„rsatadigan guzarlar faoliyatidir. 
Bunday iqtisodiy erkinliklar fuqarolarda mustaqil O„zbekistonda 
amalga oshirilayotgan iqtisodiy va siyosiy islohotlarga ishonchini 
mustahkamlaydi. Shuningdek, har bir shaxsning fikri, ovozi e‟tiborga 
olinishi, ularni fuqarolik jamiyatining a‟zosi ekanligini his qilishlari uchun 
asosiy omil bo„lib xizmat qiladi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin