Book · December 022 citations reads 52,739 authors


O„zbekiston tarixini davrlashtirish masalalari, O„zbekiston



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/40
tarix05.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#172843
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40


O„zbekiston tarixini davrlashtirish masalalari, O„zbekiston 
tarixini o„rganishda manbalarning o„rni. 
Ushbu savolni yoritishda 
professor-o„qituvchi avvalo tarix fanini o„rganishda sivilizatsion 
yondashuv tamoyilidan kelib chiqqan holda masala yechimini topishga 
harakat qiladi. Xususan, davrlashtirish masalasida tarix fanida amal 
qiladigan tamoyillarga asoslangan holda ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy 
munosabatlar va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini hisobga olish kerak 
bo„ladi. 
O„rta Osiyo, jumladan O„zbekiston tarixini zamon talablariga 
asoslanib davrlashtirish masalasida olimlar orasida hamon bahslar davom 
etmoqda. Bu masala yuzasidan, xususan, eng qadimgi davrlardan bugungi 
kunga qadar bo„lgan tariximizni davrlashtirishda e‟tibor berilishi lozim 
bo„lgan tarixiy-madaniy jarayonlar, masalaga sivilizatsion yondashuv, 
davrlashtirishning metodologik asoslari kabilarga A.Asqarov, E.Rtveladze, 
A.Sagdullaev va boshqa olimlar e‟tibor qaratgan bo„lishlariga qaramay, 
davrlashtirish masalalari to„la yechimini topmagan. So„nggi yillarda 
amalga oshirilgan tadqiqotlardan kelib chiqib, O„zbekiston tarixini 
davrlashtirish masalalariga ham qisqacha to„xtalib o„tishni lozim topdik. 
Chunki, tarixni o„rganishda avvalo, xronologik izchillik asosida davrlarga 
bo„lib, har bir davrning o„ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda
ma‟ruzalarni belgilash hamda dars soatlarini taqsimlash maqsadga 
muvofiqdir. Qanchalik sodda ko„rinmasin, ushbu jihat ham murakkab 
masala hisoblangan tarixni to„g„ri davrlashtirishni talab etadi. Masalaning 
eng muhim tomoni esa, yoshlarimizga ilmiy asoslangan davrlashtirish 
asosida tarix fanidan ta‟lim berishdir. 
Yuqorida ta‟kidlanganimizdek, mustaqillik davriga kelib, haqqoniy 
tariximizni yaratish borasida olib borilgan tadqiqotlar tufayli sovet davri 
mafkurasiga asoslangan besh bosqichli formatsion davrlashtirish inkor 
etildi. 
Qadimgi 
tarixni 
davlashtirish 
masalasida 
tarixiy-madaniy 
taraqqiyotning ijtimoiy-iqtisodiy omillariga asosiy e‟tiborni qaratish 
g„oyalari paydo bo„ldi. Xususan, A.Sagdullaevning fikricha, O„rta Osiyo 
tarixining eng qadimgi davri bir necha yuz ming yillarni o„z ichiga oladi. 
Yevropa va Osiyo hududlarida tarixiy va madaniy jarayonlar 
rivojlanishining notekisligi, ayniqsa, turli davrlarda moddiy madaniyatdagi 



o„zgarishlarning bir-biriga mos kelmasligi tufayli, ayrim hududlarga 
tegishli tarixiy sana va davrlashtirish bir-biridan farqlanadi.
A.Asqarovning fikricha esa, O„zbekiston tarixi jahon tarixining 
tarkibiy qismidir. Bu zaminda yuz bergan tarixiy jarayonlarni jahon 
tarixidan ajratib o„rganish mumkin emas. Ular o„rtasidagi o„zaro bog„liqlik 
jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarining mahsulidir. Har bir xalq yer 
kurrasining qaysi mintaqasida yashamasin, taraqqiyotning barcha 
bosqichlarini u yoki bu darajada bosib o„tishi shart. Ammo, jamiyat 
rivojlanishi hamma yerda birday kechmagan. Jamiyatning notekis 
rivojlanish qonuniyati esa, qadimgi zamonlarda ko„proq mintaqaning 
tabiiy-geografik va ekologik imkoniyatlariga bog„liq bo„lgan. Jamiyat 
hayotida yuz beradigan tub ijtimoiy-iqtisodiy o„zgarishlar, O„rta Osiyo 
tarixining rivojlanish darajasi va ana shu mintaqa tarixi taqozo etgan 
holatdan kelib chiqib, O„rta Osiyo, jumladan O„zbekiston tarixini 
davrlashtirish mumkin. Tadqiqotchi qiyosiy tahlillar hamda tarixiy 
jarayonlarni obyektiv aks ettiruvchi omillarga asoslanib, O„zbekiston 
tarixining eng qadimgi davrdan bugungacha bo„lgan davrini yettita katta 
xronologik davrga bo„ladi. Ammo, olimning bu davrlashtirishi biroz 
ixchamlashtirishni talab etadi. Bizga qadar olib borilgan tadqiqotlarning 
qiyosiy tahlillari hamda mavjud adabiyotlarni o„rganish asosida 
O„zbekiston tarixini davrlashtirish quyidagi ko„rinishda taklif etiladi: 
1. O„zbekiston tarixining eng qadimgi davri. Bu davrni o„z navbatida 
quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: a) O„rta Osiyoda ibtidoiy to„da 
davri – bu davr moddiy madaniyat taraqqiyotiga qarab xronologik jihatdan 
1 mln. – 40 ming yil avval ya‟ni, ilk va o„rta paleolit davrlarini o„z ichiga 
oladi; b) urug„chilik jamoasi davri – so„nggi paleolitdan boshlab 
urug„chilik, jamoalarining shakllanishi va mezolit, neolit, eneolit 
davrlarida ularning taraqqiy etishi (m.av. 12-4 m.y.). Bu davr ijtimoiy 
boshqaruvning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan izohlanadi. 
2. Ilk davlatchilikka o„tish va davlatchilikning rivojlanishi davri. 
Ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot nuqtayi nazaridan bu davr 
quyidagi bosqichlarga bo„linadi: a) O„rta Osiyoda ilk shahar 
madaniyatining paydo bo„lishi hamda dastlabki davlatchilik tizimiga o„tish 
davri (mil. avv. III II ming yillikning birinchi yarmi); b) ilk davlatlarning 
paydo bo„lishi hamda ma‟muriy-hududiy boshqaruvining rivojlanish 
bosqichlari (mil. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmi-antik davri). Bu 
davr dastavval bronza, keyinroq esa temirning xo„jalik sohalariga jadallik 
bilan kirib kelishi natijasida mehnatning dastlabki ijtimoiy taqsimoti, 
ishlab chiqaruvchi kuchlarning taraqqiyoti, siyosiy birlashmalar, Qadimgi 


10 
Baqtriya va Xorazm kabilarning paydo bo„lishi, O„rta Osiyoning 
Ahamoniylar, Makedoniyalik Aleksandr, Salavkiylar kabi polietnik 
davlatlar tarkibida rivojlanishi, xalqaro va o„zaro madaniy-iqtisodiy 
aloqalarning taraqqiy etishi bilan izohlanadi. 
3. O„zbekiston tarixining o„rta asrlar davri. Bu davr o„z navbatida 
quyidagi bosqichlarga bo„linadi: a) ilk o„rta asrlar; b) rivojlangan o„rta 
asrlar; d) so„nggi o„rta asrlar bosqichi. Xronologik jihatdan V asrdan 
XVIII -XIX asrning o„rtalarigacha bo„lgan davrni o„z ichiga olgan bu 
davrning birinchi bosqichida O„rta Osiyoda yer egaligi munosabatlari 
o„zgarib, mulkchilikning turli shakllari (xususiy mulk, jamoa mulki, 
vag„nze) paydo bo„ldi, etnomadaniy jarayonlar jadallanib, mahalliy 
hokimiyatchilik davlat tizimining asosiga aylanadi. Ikkinchi bosqichda 
markazlashgan davlatchilik an‟analari kuchayib, O„rta Osiyoda islom dini 
keng yoyiladi, ilm-fan va madaniyat yuqori darajada rivojlanib, bu sohada 
uyg„onish davri yuz berdi, etnik jihatdan xalqlarning shakllanishi 
nihoyasiga yetdi, yer egaligi va mulkchilikning turli ko„rinishlari vujudga 
keldi. Uchinchi bosqichda (XVII asrdan boshlab) hokimiyat uchun o„zaro 
kurashlar avj olib O„rta Osiyo hududlari xonliklarga bo„linib ketdi. 
4. O„zbekistonda Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi va sovetlar 
hukmronligi davri. Xronologik jihatdan X1X asrning o„rtalaridan 1991 
yilgacha bo„lgan davrni o„z ichiga olgan bu davr chor Rossiyasi va sovet 
mustamlakachiligi davrlariga bo„linadi. Birinchi bosqichda chorizm 
bosqinchiligi tufayli O„rta Osiyo Rossiyaning xomashyo bazasiga aylanib, 
bu hududlarga rus kapitali jadallik bilan kirib keldi, mahalliy ishlab 
chiqarish va hunarmandchilikka putur yetdi, milliy-madaniy qadriyatlarga 
e‟tibor berilmadi, natijada milliy ozodlik harakatlari avj olib, jadid 
namoyondalari rahnamoligida milliy ma‟rifparvarlik g„oyalari yoyildi.
Ikkinchi bosqichda, dastavval milliy mustaqillik uchun qurolli va 
g„oyaviy kurashlar avj olgan bo„lsa-da, ular beayov bostirilib, jamiyat 
taraqqiyoti kommunistik mafkuraga bo„ysundirildi, mulkchilikda davlat 
monopoliyasi ustunlik qildi, “o„z taqdirini o„zi belgilaydigan xalqlar” va 
sovet respublikalari amalda “markaz” manfaatlariga bo„ysundirildi. 
5. 
O„zbekistonning mustaqillik va milliy istiqlol davri. 
Mamlakatimiz tarixining mustaqillik davrini o„tgan yillar davomida 
amalga oshirilgan o„zgarishlar va islohotlar, ularning samaradorligiga 
qarab belgilash maqsadga muvofiq bo„lar edi. Shu nuqtayi nazardan
milliy-mustaqillik davrini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin bo„ladi.
Birinchi bosqich 1991-2000 yillarni o„z ichiga olib, bu davrda 
mustaqillikning mustahkam poydevori bunyod etilib, “O„zbek modeli” 


11 
asosida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sari yo„l tutildi, O„zbekiston jahon 
hamjamiyati tomonidan tan olindi, milliy istiqlol mafkurasi jamiyat 
hayotiga keng kirib bordi.
Ikkinchi davri 2001-2010 yillarni o„z ichiga olgan ikkinchi bosqich, 
O„zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning ta‟biri 
bilan aytganda, “fan demokratik yangilanishlar va mamlakatni 
modernizatsiya qilish davri, iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, 
siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy gumanitar 
sohalarni izchil isloh qilishni ta‟minlashda g„oyat muhim rol o„ynagan 
davr bo„ldi”.
2010-2016-yillarini o„z ichiga olgan uchinchi bosqichida davlat 
hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud huquqi va axborot 
sohalarini isloh qilish, saylov huquqi erkinligini ta‟minlash, fuqarolik 
institutlarini rivojlantirish, bozor islohotlarini va iqtisodiyotni 
liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish davri bo„lib qoldi.
2016-yildan to bugungi kungacha davrni o„z ichiga olgan navbatdagi 
bosqichi mamlakatimizda hamma sohalarda yangilanishlar davri bo„lib, 
O„zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning ustuvor yo„nalishlari 
Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalarni hayotga tatbiq etish, 
jamiyatimizni barcha sohalarda isloh etish, uning reyting salohiyatini 
ko„tarish jarayonlari bilan bog„liqdir. Bu bosqich tariximizda 
“Yangilanayotgan 
O„zbekiston-yangicha 
qarashlar” 
davri 
deb 
baholanmoqda. 
Ta‟kidlash lozimki, taklif etilayotgan ushbu davrlashtirish bu 
mavzuni yakunlamaydi. Tarix fanini o„qitish borasida dolzarb bo„lib 
turgan davrlashtirish masalalari hali jiddiy bahs-munozaralarga sabab 
bo„lishi tabiiydir. Ammo, bu yo„nalishda aniq konsepsiya ishlab chiqilib, 
o„quv jarayoniga joriy etilishi davr talabidir. 
Tarixiy manbalar davr nuqtayi nazaridan qadimiy va joriy (kundalik) 
ahamiyatga ega bo„ladi. Shuningdek, ular o„z mazmuni va mohiyatiga 
ko„ra birlamchi va ikkilamchi ahamiyat maqomiga ham egadirlar. 
Birlamchi manbaga tarixiy hujjatlarning asl nusxasi kiradi. Ikkilamchi 
manba deb esa birlamchi manbalarning e‟lon qilingan nusxalari, maqola 
va kitob holatiga keltirilganlariga aytiladi. 
Tarixiy manbalarga qadimdan qolgan barcha narsalar, ya‟ni insoniyat 
qo„li va aql-zakovati bilan yaratilgan barcha moddiy madaniyat buyumlari 
va ashyolar, inshootlar, yozma yodgorliklar, urf-odatlar, an‟analar, tillar 
kabilar 
kiradi. 
Zamonaviy 
adabiyotlarda 
O„zbekiston 
tarixini 
o„rganishning manbalari shartli ravishda quyidagi oltita guruhga bo„linadi: 


12 
1.
Yozma manbalar – epigrafik yodgorliklar, ya‟ni, tosh, metall, 
suyak va sopolga bitilgan bitiklar, “Avesto”, qadimgi va o„rta asrlar 
mualliflarining xabarlari, graffitlar, metall buyumlar, idishlarda qoldirilgan 
izlar, papirus, pergament va qog„ozlardagi qo„lyozmalar, chop etilgan 
materiallar.
2.
Moddiy yoki arxeologik manbalar - arxeologik tadqiqotlar 
natijasida o„rganiladigan mehnat va jangovar qurollar, hunarmandchilik 
buyumlari, idishlar, uy-ro„zg„or buyumlari, kiyimlar, chorvachilik 
anjomlari, tangalar, san‟at buyumlari, me‟morchilik inshootlari, uy-joy 
qoldiqlari, mudofaa inshootlari kabilardir. Moddiy manbalar yozuvsiz 
zamonlardagi tariximizni tiklash uchun ulkan ahamiyat kasb etadi.
3.
Etnografik ma‟lumotlar – eng qadimgi davrdan boshlab so„nggi 
o„rta asrlarga qadar odamlarning yashash tarzi va turmushi, urf-odatlari va 
an‟analari, bayramlar va diniy e‟tiqodlar, xo„jalik yuritish udumlari, 
ma‟lum qabilalar, elatlar va etnik guruhlarga xos bo„lgan an‟analar haqida 
qimmatli ma‟lumotlar beradi.
4.
Lingvistik ma‟lumotlar – qadimgi tillarning yozma, badiiy va 
og„zaki nutqda aks etishi, turli xalqlar tili va lahjasidagi o„xshashliklarning 
tarixiy ildizlari haqidagi ma‟lumotlarni o„z ichiga oladi. Ushbu 
ma‟lumotlar xalqlar va elatlarning etnik kelib chiqishi hamda 
mashg„ulotlari, migratsion jarayonlar, diniy e‟tiqodlar, madaniyat, turmush 
tarzini o„rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
5.
Kinofotohujjatlar – nisbatan yangi voqea-hodisalar va ma‟lum 
shaxslar bo„yicha ilgari surilgan fikrlarning tasdig„i hisoblanadi.
6.
Arxiv materiallari – XIX asrning o„rtalaridan boshlab bugunga 
qadar ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy jarayonlarni o„rganishda 
markaziy va joriy arxivlarda saqlanayotgan ma‟lumotlar juda muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Tarixiy manbalarni o„rganuvchi fan hisoblangan manbashunoslik – 
tarix fanining maxsus sohasi bo„lib, tarix fani rivojlanishi va tarixning 
yozilishida o„ta muhim ahamiyatga ega. Hozirgi paytda manbashunoslik 
fani keng rivojlanmoqda. U yuqorida ko„rsatilgan metodologik ilmiy-
nazariy, g„oyaviy-mafkuraviy asos va ilmiy usullarga tayanadi.
O„zbekiston tarixi fanini o„rganishda tarixiy manbalarning o„rni va 
ahamiyati katta. Ular xalqning bebaho moddiy va ma‟naviy merosi, 
boyligi hisoblanib, muzeylarda, arxivlarda, kutubxonalarda saqlab 
kelinmoqda. 
Manbalar o„z mazmuni va shakliga ko„ra, yozma va moddiy 
ko„rinishlarga ega bo„ladi. Yozma manbalar eng qadimgi rasmlar, 


13 
yozuvlar, bitiklar, hujjatlar va kitoblardan iboratdir. Hozirgi kunga qadar 
mamlakatimiz hududida va boshqa hududlarda bitilgan qadimgi va o„rta 
asrlarga oid yozma manbalarni o„rganish bo„yicha talaygina ishlar amalga 
oshirilgan bo„lishiga qaramay, bu yo„nalishda qilinadigan ishlar hali ko„p. 
Mavjud manbalar xalqimiz tarixi, moddiy va ma‟naviy qadriyatlari 
xususida to„liq, zarur va yetarli ma‟lumotlarni beravermaydi. Shu boisdan 
ularni sinchiklab o„rganish, tarjima qilish ilmiy tadqiq etish muhimdir. 
Xususan Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlari tarixida muhim 
o„rin tutuvchi eng qadimgi manbalar qatorida zardushtiylik dinining 
muqaddas kitobi “Avesto”, qadimgi davr tarixiga oid muhim manba 
Erondagi Behistun qoyatosh bitiklari, qadimgi Rim, Yunoniston 
tarixchilarining yozib qoldirgan ayrim asarlarida hozirgi O„rta Osiyo 
xalqlari tarixi, turmush tarzi, moddiy va ma‟naviy madaniyatiga oid zarur 
ma‟lumotlar 
uchraydi. 
Tarixiy 
manbalar 
qatorida 
shuningdek 
Abulg„oziyning “Shajari turk”, Mirzo Ulug„bekning “To„rt ulus tarixi”, 
Sharafuddin 
Ali 
Yazdiyning 
“Zafarnoma”, Muhammad Yusuf 
Bayoniyning “Shajarai Xorazmshohiy” va shu kabi boshqa asarlarni ham 
misol qilish mumkin. Shu bilan birga Amir Temurning “Temur tuzuklari”, 
Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarlarining ham muhim 
yozma manba sifatida misol qilish o„rinli. 
Shuningdek, dars jarayonida muhim manbalar qatorida arxiv 
materiallaridan ham foydalanish muhim rol o„ynaydi. Zero, arxivlarda 
xalq va davlat tarixiga oid yozma hujjatlar saqlanadi. Darsda mavzuni 
arxiv materiallaridan foydalangan holda o„tish ham mumkin. Tarixchi 
olimlar arxiv hujjatlari asosida, qimmatli dalillarga tayangan holda izlanish 
olib borishlari haqqoniy tariximizning xolislik asosida o„rganilishida katta 
ahamiyat kasb etadi. Dars jarayonida ulardan unumli hamda o„z o„rnida 
foydalanish professor-o„qituvchidan katta mahorat talab qiladi. O„qituvchi 
manbalarning turi, shakli, vazifalari hamda ulardan foydalanish yo„l-
yo„riqlari xususida talabalarga to„g„ri tushunchalar berishi maqsadga 
muvofiq. Shunday ekan, yozma manbalar tarixni ilmiy-nazariy jihatdan 
xolis o„rganishda muhim ahamiyat kasb etishi bejiz emas. 
Tarixni o„rganishda arxeologik, etnografik, numizmatik, toponimik 
manba va ma‟lumotlarning ham o„rni katta. Ular qatoriga qadimgi aholi 
manzilgohlari, shaharlar xarobalari, mozor va qo„rg„onlarning qoldiqlari, 
aholi turmushi va xo„jaligida ishlatilgan buyumlar, mehnat va jang 
qurollari, turli-tuman ro„zg„or ashyolarini kiritish mumkin. Shunday 
manzilgohlar 
bugungi 
kunda 
respublikamizning 
Surxondaryo, 
Qashqadaryo, Toshkent vohasi, Xorazm, Farg„ona vodiysi hududlaridan 


14 
ko„plab topilmoqda. Moddiy va yozma manbalar asosida tarixiy 
ma‟lumotlarni solishtirib, haqqoniy tarixni talqin etish va o„rganish muhim 
ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, ushbu mazvu bo„yicha professor-
o„qituvchi qisqa xulosa berib, yakunlaydi va keyingi savolni muhokama 
qilishni boshlaydi. 
XX asrning 80-yillari sobiq sovet davlatida ijtimoiy 

iqtisodiy, 
siyosiy va ma‟naviy jihatdan tanazzul holati yuzaga kelib qolgan davr 
bo„ldi. “Qayta qurish” siyosatining barbod bo„lishi, ma‟muriy-
buyrukbozlikka asoslangan, mulkchilikning turli shakllari raqobat asosida 
shaklanishini inkor etadigan mavhum siyosiy, sinfiy, umumiy manfaatlarni 
milliy manfaatlardan ustun qo„ygan, yagona partiya ish hukmronligiga
tayangan mustabid tuzum butunlay istiqbolsiz ekanini amalda yana bir bor
ko„rsatgan edi. Bu vaqtda O„zbekiston iqtisodiy hayoti juda og„ir 
ahvolda, xususan, sanoatning bir yoqlama rivojlanib, "paxta" sanoat 
kompleksiga moslashishi, ekologik ahvolning og„irlashib, onalar va 
bolalar o„limining oshib ketishi, millatlararo munosabatlarda ziddiyatli 
holatlar yuzaga kelib, milliy mojarolar yanada kuchayib, milliy urf-odatlar, 
qadriyatlar ta‟qib ostida qolishi respublikani tang ahvolga solib qo„ygan 
edi. 
XX asrning 80-yillarida sovet tuzumi qatag„onlari yana davom etdi. 
Markaz rahbarligida O„zbekistonda navbatdagi oshkora qatag„on 
boshlanib ketdi. “Paxta ishi”, “O„zbeklar ishi”, “Sharqiy front” deb atalgan 
mash‟um siyosat niqobi ostida minglab begunoh kishilar jinoiy 
javobgarlikka tortildi. “Paxta ishi” va “O„zbeklar ishi” deb nomlangan 
tergovlar boshlanib ketdi. Gdlyan va Ivanov rahbarligidagi tergov
guruhlari o„zbekistonliklarga nisbatan qonunsiz, beshafqat ishlarni boshlab 
yubordi. Ularning zo„ravonligi oqibatida sudlar adolatsiz hukmlar chiqara 
boshladi. 
KPSS Markaziy Qo„mitasining 1985-yil aprel Plenumida jamiyatni 
“qayta qurish” orqali iqtisodiyotni tiklash, xalqning turmushini yaxshilash 
siyosati belgilandi. Bundan ko„zlangan maqsad jamiyatni sotsialistik 
asosda isloh qilish, jamiyatning barcha sohalarida to„la demokratik 
jarayonlarni boshlash edi. Ammo hukumatning olib borgan ichki siyosati 
va ko„pmillatli mamlakat fuqarolari qarashlari o„rtasida o„ziga xos 
nomutanosiblik sodir bo„ldi. Xususan 1987-yildagi mavjud siyosiy 
tuzumni va iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlikni saqlab qolgan holda 
xo„jalik mexanizmini isloh qilish yo„lidagi urunishlar ham samara 
bermadi.


15 
Iqtisodiy islohotlar tez orada qotib qolgan ijtimoiy - siyosiy tizim 
iskanjasida qoldi. Respublika xalq xo„jaligida umumiy ijtimoiy mehnat 
unumdorligi oldingi davrlarga nisbatan pasayishi kuzatildi. Natijada 1980 
yillarning ikkinchi yarmida siyosiy tizimni isloh qilishga, birinchi 
navbatda KPSSning siyosiy va mafkuraviy hukmronligini cheklashga, 
davlat va xo„jalik o„rganlarini kompartiya hukmronligidan chiqarishga, 
xalq deputatlari sovetining to„la hokimiyatini ta‟minlashga urinish sodir 
bo„ldi. Islohotlar natijasida jamiyatni demokratiyalash, oshkoralik, turli xil 
fikrlar bildirishga imkon “berish tomon ijobiy qadamlar qo„yildi. 
Matbuotda, radio va televideniyeda turli xil fikr-mulohazalar erkin 
yoziladigan, gapiriladigan bo„ldi”. Qayta qurish siyosatining ilmiy va 
nazariy jihatdan puxta va aniq-ravshan dasturining ishlab chiqlmaganligi, 
iqtisodiy siyosat puxta o„ylab ko„rilmagan sinov va eksperimentlarga 
asoslangan, mamlakat ichki imkoniyatlarini hisobga olmasdan xalq 
xo„jaligining barcha sohalarini bir vaqtning o„zida rivojlantirishdan iborat 
noto„g„ri yo„l tutilganligi natijasida jamiyatda inqirozli holat yuzaga keldi.
Natijada jamiyat va ishlab chiqarishni markazlashtirilgan tarzda 
rejalashtirish asosida boshqarish va taqsimlashdan bozor iqtisodiyoti 
yo„liga o„tishga urinish bo„ldi. 90-yillar boshida bozor iqtisodiyotiga o„tish 
zaruriyatidan kelib chiqib, dasturlar tuzildi, qarorlar qabul qilina 
boshlandi. Ammo bu paytda barcha joylarda bo„lgani kabi, O„zbekistonda 
ijtimoiy-siyosiy hayot yanada murakkablashib bordi. Respublika partiya va 
davlat rahbarlik lavozimlariga Markaz tomonidan ko„plab kadrlar 
yuborildi. “Kadrlar to„dasi” deb nom olgan 400 ga yaqin kishilar 
O„zbekistonda hukumatni boshqara boshladilar.
Yuqorida qayd etilganidek, O„zbekistonda “o„zbeklar ishi”, “paxta 
ishi” deb atalgan jinoiy ishlar to„qib chiqarildi. Moskvadan yuborilgan 
Gdlyan va Ivanov guruhi ming-minglab boshqaruv mahoratini puxta 
egallagan rahbar kadrlarga nisbatan turli aybnomalarni o„ylab topdilar, 
qamash, ozodlikdan mahrum qilish kabi hollar kuchaya boshladi.
Xalqning boy tarixi, mentaliteti va madaniyatini, o„lkaning o„ziga 
xos xususiyatlari hisobga olinmasdan xalqning urf-odatlari, an‟analari, tili 
va ma‟naviyati oyoqosti qilindi. Olimlar, yozuvchilar va boshqa ijodiy 
xodimlar faoliyati mahalliychilikda, milliy cheklanganlikda ayblandi. 
Natijada respublikada millatlararo nizolar kelib chiqa boshladi. Xususan, 
1989-yilda Toshkent va Farg„onada ro„y bergan millatlararo mojarolar 
shular jumlasidan edi. Bu mojaro, ayniqsa Farg„ona vodiysida ommaviy 
tus oldi. Respublikaning siyosiy rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab 
vaziyatni to„g„ri baholay olmagani uchun, yoshlarning ommaviy 


16 
chiqishlari, millatlararo to„qnashuvlar sodir bo„la boshladi. Ushbu 
to„qnashuvlarda 50 dan ziyod namoyishda qatnashgan aholi halok bo„lgan, 
200 dan ortig„i esa yarador qilinadi. Umuman 3-12 iyun kunlari Farg„ona 
viloyatida bo„lgan millatlararo to„qnashuvlar va ularning harbiylar 
tomonidan o„qqa tutilishi oqibatida 103 kishi halok bo„lgan. 1009 kishi 
yarador bo„lgan va 650 xonadonga o„t qo„yilib, vayron qilingan. 
Farg„ona fojialariga taalluqli ma‟lumotlarni tahlil qilib, tarixchilar 
H.Bobobekov, Q. Usmonov, R.Murtazayevalarning qayd etishlaricha
mesxeti turklari uchun bu mojaro mustabid tuzum aybi bilan urush davrida 
majburan tashlab chiqilgan ona vatanlariga qaytib borishlari uchun bahona 
sifatida kerak bo„lganligi takidlanadi. Mahalliy aholi esa bu mojaroga 
tabiiy ravishda qo„shilib ketgan xolos. Chunki Ittifoq miqyosida joylarda 
aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolariga e‟tibor berilmagan, mahalliy 
yoshlar o„rtasida ishsizlik ko„payib, aholining turmush darajasi pasayib 
borgan, paxta yakkahokimligi, ekologiya muammolari hal qilimagan, 
poraxo„rlik, ko„zbo„yamachilik, qonunbuzarlik avj olgan. Bu holat 
O„zbekistonga ham ta‟sir etmasdan qolmagan. 
Respublikada keng munozaraga sabab bo„lgan muammolardan biri 
o„zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi bo„ldi. Ma‟lumki, 
shaxsga sig„inish, turg„unlik yillarida o„zbek tilinining mavqei, qo„llanish 
doirasi juda ham torayib ketdi. O„zbek tili davlat idoralarida ham, 
majlislar, yig„lishlarda ham deyarli ishlatilmay qo„yildi. 80-yillarning 
o„rtalariga kelib SSSR davlatining parchalanishi real haqiqatga aylanib 
qoldi. Xalq milliy ongining o„sishi, jamiyatning ijtimoiy qonuniyatlari va 
talabi o„zbek tili masalasini ko„rib chiqishni kun tartibiga qo„yilishiga 
turtki bo„ldi. Shu tarzda hukumat va mamlakatimiz ilmiy jamoatchiligi 
sa‟yi harakatlari bilan 1989-yil 21- oktyabrda xalqimiz ma‟naviy hayotida 
muhim voqea sodir bo„ldi, o„zbek tiliga “Davlat tili” maqomi berildi. 
Ayni paytda O„zbekiston respublikasi davlat siyosatining jabhalarida 
O„zbekistonda istiqomat qilayotgan xalqlar va ularning manfaatlari bilan 
bog„liq masalalar birinchi navbatda turar edi. Shunday vaziyatda tinch 
hayotni ta‟minlash uchun davlatni boshqara oladigan, bo„lib o„tgan va 
o„tayotgan iqtisodiy, siyosiy jarayonlardan to„g„ri xulosa chiqaradigan, 
millat ravnaqi yo„li asoslarini boshlab bera oladigan rahbar pespublika 
uchun zarur edi. 1989-yil 23-iyunda I.A.Karimov O„zbekiston rahbari etib 
saylanishi bilan O„zbekiston SSR Ministrlar Sovetining Farg„ona vodiysi 
viloyattlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish masalalariga 
bag„ishlangan Kengashda so„zlagan nutqida: “Hozirgi kunda ko„pgina 
odamlar Farg„ona voqealarning sabablarini turlicha izohlashmoqda. Men 


17 
ham barcha sabablarni sanab ularning eng asosiylarini qayd etmoqchi 
emasman. Lekin, barcha voqealarining ildizi- Farg„ona vodiysida 
yashayotgan aholining og„ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli bilan bog„liq, desam, 
o„ylaymanki, ko„pchilik bu fikrga qo„shiladi,” deb alohida ta‟kidlab o„tadi. 
O„zbekistonning rahbari sifatida ish boshlagan I.A.Karimov “O„zbekiston 
yetakchisi sifatida uzoq vaqtlar davomida yechilmasdan, gazak oldirilgan 
kamchilik va nuqsonlar, o„tkir ijtimoiy muammolarning ildizini ochib 
tashlaydi, mavjud ayanchli ahvolni tuzatish bo„yicha Markaz rahbariyati 
oldinga qat‟iy talablarni prinsipial tarzda qayta-qayta qo„yishdan 
cho„chimaydi”. 
O„zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov o„z 
faoliyatining dastlabki kunlaridan yirik davlat arbobi va mohir siyosatchi, 
bunyodkor va tashkilotchi, katta tajribaga ega bo„lgan amaliyotchi va teran 
nazariyotchi sifatida serqirra va samarali faoliyat bilan respublikada 
millatidan va dinidan qat‟iy nazar, odamlar O„zbekistonni o„z Vatani deb 
hisoblashlariga nafaqat da‟vat etdi, balki ular uchun shart-sharoit yaratish 
qayg„usi bilan yashadi. 1989-yil sentabrida KPSS MQning navbatdagi 
plenumida ham O„zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 
O„zbekistonning yangi rahbari sifatida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy 
ahvol tang vaziyatga tushib qolganligini alohida ta‟kidlab o„tadi. Biroq, 
markaz respublikalar milliy manfaatlarini o„ylashdan yiroq edi. 
Respublikada sodir bo„layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar avvallari 
markazni qanchalik e‟tiboridan chetda qolgan bo„lsa, endilikda ham uni 
mamlakatda iqtisodiy inqirozlar kuchayib turgan vaqtda bu hol umuman 
qiziqtirmas edi. Mana shu vaqtda respublika rahbarining haqiqiy milliy 
rahbar sifatidagi o„rni yaqqol namoyon bo„lgan edi. 
Uzoq yillik tarix davomida dunyoning ko„plab davlatlarida xalqlar, 
millatlarning ozodlik kurashlari tarixida ona xalqining milliy ozodlik 
kurashiga boshchilik qilgan ko„plab yo„lboshchilar ma‟lum. O„zbekiston 
tarixida XX asr 90-yillariga kelib Islom Karimov millatning lideri, ulug„ 
yo„lboshchi sifatida maydonga chiqdi. U avvalo respublikadagi tang 
ahvolni qalban sezgan holda markazdan xoli xalq manfaatlarini ko„zlab ish 
olib borish lozimligini anglab, og„ir va mas‟uliyatli vazifalarni hal etishni 
boshladi. Farg„ona vodiysida kuchayib ketgan mesxeti-turklari va 
o„zbeklar o„rtasida turli ig„volar va bo„xtonlar natijasida boshlangan 
mojarolarga ehtiyotkorona va bosiqlik bilan, mojarolar ildizini bilib, 
mojarolar yana kuchayib ketishining oldini olish choralarini belgilagan 
holda siyosat yuritdi. Uning siyosiy yetakchilikka xos fazilatlari, masalaga 
yondashish usuli, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning borishini o„ta nozik va 


18 
chuqur anglay olish salohiyatiga ega ekanligi mana shu yerda yaqqol 
ko„zga tashlandi. 25-iyun kuni Farg„ona vodiysiga borgan I.A.Karimov 
sarosimaga tushgan odamlar bilan chin dildan suhbatlashdi. Xavfsizlik 
xizmatining qattiq qarshiligiga qaramay Qo„qon shahriga bordi, yo„l-
yo„lakay bir-ikki joyda to„xtab, odamlarning ro„y berayotgan voqealar 
haqidagi fikrini bilib oldi. Mojarolar tufayli zarar ko„rganlar savdoga
chiqariladigan zaxira hisobidan oziq-ovqat bilan ta‟minlandi. 
Farg„ona vodiysida tinchlik o„rnatilgach, sovet davlati milliy siyosati 
o„zini oqlay olmaydigan darajada sayoz ekanligini anglagan O„zbekiston 
rahbari respublikada istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining milliy 
manfaatlarini himoya qilish, xususan ona Vatanlaridan majburan 
ko„chirilgan xalqlarni 74 yil davomida ta‟qib ostida ushlagan siyosatdan 
himoya qilish, ularga milliylik hissini berish, g„ururni shakllantirish 
maqsadida respublikada milliy madaniy markazlar tuzish uchun 
harakatlarni boshladi. Bu markazlarning faoliyatini muvofiqlashtirib turish 
maqsadida O„zbekiston SSR Madaniyat ishlari vazirligi huzurida 
respublika millatlararo madaniyat markazi tashkil etildi va ularning soni 
1989-yilda 12 ta edi. Ushbu markazga milliy madaniy markazlar 
faoliyatiga 
rahbarlik 
qilishi, 
turli 
millatlarning 
urf-odat, 
diniy 
qadriyatlarini tiklash va rivojlantirishda ko„mak berishi asosiy vazifa qilib 
belgilandi. O„sha yillari butun mamlakatda bo„lganidek, milliy madaniy 
markazlar faoliyatida ko„p voqealar birinchi marotaba sodir bo„ldi. 
Bunday markazlar, xususan, polyak milliy madaniy markazi 
“Svetlitsa Polska”, koreys milliy madaniy markazi “Vozrojdenie” 
(Tiklanish), ozarbayjon milliy madaniy markazi “Gardashlo„k” (Do„stlik), 
nemis milliy madaniy markazi “Vidergeburt” (Tiklanish, Wiedergeburl), 
kabilar respublika ijtimoiy-iqtisodiy hayotida, xalqlar o„rtasida do„stlik, 
qardoshlikni mustahkamlashda sharafli xizmatni o„tadi. Masalan, 
“Wiedergeburt” nemis milliy-madaniy markazi 1989-yildan boshlab 
O„zbekistonda istiqomat qiladigan nemis xalqi manfaatlarini himoya qilib, 
o„sib kelayotgan nemis yoshlariga nemis tili, xalq bayramlari, xalq qo„shiq 
va raqslarini o„rgatishni yo„lga qo„ydi. Ushbu milliy-madaniy markaz 
tashabbusi bilan birinchilardan bo„lib Rojdestvo bayrami qayta tiklandi, 
1990-yilda Toshkentda nemis yevangelist-Lyuteran cherkovi qayta 
ta‟mirlandi. Respublikaning umumta‟lim o„rta maktablarida tojik, qozoq, 
turkman va qirg„iz tilida o„qitish darajasini kengaytirish, respublika oliy 
o„quv yurtlarida qozoq, tojik, qirg„iz tillarida o„qitish bo„limlari va ularni 
darslik hamda o„quv
 
qo„llanmalari bilan qurollantirish vazifasi ham 
belgilandi. 


19 
Respublikada kuchayib borayotgan inqirozli jarayonlar o„z navbatida 
iqtisodiy tanglik bilan bog„liq ekanligi ma‟lum edi. Avval milliy 
manfaatlari toptalgan xalqlarga o„zligini anglashga yo„l ochgan 
O„zbekiston endi butun respublikada iqtisodiy tanglikni oldini olish chora-
tadbirlarni ko„rishi, ularni izga solish uchun chora-tadbirlarni belgilab, 
amalga oshirish yo„llarini ishlab chiqish ham muhim edi. 
Respublikadagi vaziyatni yaxshi tushungan O„zbekiston rahbari 
tashabbusi bilan 1989-yil 17-avgustda “Qishloqda yashovchi har bir oilani 
tomorqa bilan ta‟minlash, ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun 
barcha sharoitlarni yaratib berish haqida” qaror qabul qilindi. Mazkur 
qaror qabul qilinganidan so„ng o„tgan bir yil mobaynida 60 mingdan 
ziyod oilaga yer uchastkalari ajratib berildi. Respublikada mavjud bo„lgan 
tomorqalar butun ekin maydonlarining 5 foizini tashkil etgan holda, jami 
200 ming gektar yerni tashkil etdi. Ayni paytda bu yerlarning har 
gektaridan yaxshi daromad olindi. 
Yer uchastkalari yiriklashtirilgan holda dehqon shaxsiy yordamchi 
xo„jalikda yetishtirilgan mahsulotning oilasidan ortgan qismini bozorga 
chiqarish imkoniga ham ega bo„ldi. Natijada, mayda tovar ishlab chiqarish 
yo„lga qo„yila boshladi. Bunday yordamchi xo„jaliklar bozor 
munosabatlarini rivojlantirishga, oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishga 
muayyan hissa qo„sha boshladilar.
Bu harakatlar zamirida mustaqil tiklanish, milliy davlatchilikni tuzish 
uchun harakatlarni sezish mumkin edi. 1989-yilning oxirlariga kelib, 
o„zbek tiliga Davlat tili maqomini berish uchun harakatlar milliy 
davlatchilikni rivojlantirishning bir yo„li edi. O„zbek tiliga davlat tili 
maqomini berish harakatlari 1988 yildan boshlangan bo„lsada, hali-hanuz 
bir qarorga kelishning imkoni yo„q, matbuotda esa bu haqida turli 
qarashlar va fikrlar bildirilar, aniq bir natija belgilashning imkoni bo„lmas, 
markazning ta‟siri ham kuchli edi. Respublikada
rahbarlikni boshlagan 
I.A.Karimov alohida komissiya tuzish haqida ko„rsatma beradi. Ushbu 
komissiya xalq fikrini o„rganib, o„zbek tiliga davlat tili maqomini beruvchi 
qonun loyihasini tayyorlashi kerak edi. Yangi tuzilgan komissiya tarkibiga 
norasmiy tashkilotlarning vakillari ham kiritilgan edi. Loyiha muhokama 
qilingan to„rt oy davomida komissiyaga jami to„rt mingga yaqin maktub 
kelib tushdi, bu xatlarga jami 150 mingdan ortiq kishi imzo chekkan edi.
Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda bu takliflar o„rganib 
chiqildi va tezda qonun loyihasining yangi uch varianti yuzaga keldi. Bular 
komissiya loyihasi, yozuvchilar uyushmasi tuzgan loyiha, norasmiy 
tashkilotlar vakillari tuzgan loyihalardan iborat edi. Barcha loyihalar 


20 
ochiq, xolis muhokama etildi va ularni o„rganish, umumlashtirish asosida 
yangi loyiha tayyorlanib, u 1989-yil 11-oktyabr kuni matbuotda e‟lon 
qilindi. Loyiha umumxalq muhokamasidan so„ng O„zbekiston SSR Oliy 
Sovetining 1989-yil 21-oktyabrda bo„lgan III sessiyasida “O„zbekiston 
SSRning Davlat tili haqida” Qonuni qabul qilindi. Shundan so„ng davlat 
tilini izchil takomillashtirish maqsadida keng harakatlar boshlandi. 
Qonunda belgilangandek, Respublikada qonun loyihasini amalga oshirish 
bilan bog„liq bo„lgan tadbirlar aniq belgilangan holda faqat rahbar 
xodimlargina emas, balki turli millat vakillari bilan muntazam aloqada 
bo„luvchi kishilar, huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar, ijtimoiy ta‟minot, 
xalq maorifi, madaniyat va sog„liqni saqlash, savdo, maishiy xizmat 
ko„rsatish, aloqa, transport, kommunal xo„jalik, ommaviy axborot 
vositalari xodimlari o„z vazifalarini bajarishi uchun yetarli darajada davlat 
tilini bilishlari kerakligi ta‟kidlangandi. 
Ta‟kidlash lozimki, O„zbekiston rahbariyati o„zbek tilini davlat tili
darajasiga ko„tarishda respublikada istiqomat qiladigan boshqa xalqlarning 
milliy manfaatlarini ham hisobga oldi. Davlat tili haqidagi qonunda
o„zbek tilining davlat tili sifatida rivojlanishi boshqa milliy tillarning
manfaatlariga zid kelmasligi belgilangan edi. Qonunga respublikada 
yashovchi barcha xalq va millat vakillari teng huquqli ekanini 
ko„rsatuvchi modda ham kiritildi.
Bunday yondashuv asosida 1995-yil 24-avgustda “O„zbek tilining 
asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasining 
qarori e‟lon qilindi. Bu qaror Davlat tili haqidagi Qonunni to„ldirdi. 
Shundan so„ng respublikadagi rusiyzabon aholining davlat tilini 
egallashlari uchun yanada ko„proq imkoniyat yaratish, shu munosabat 
bilan maktablar, maktabgacha ta‟lim, maktabdan tashqari muassasalardagi 
o„zbek ta‟lini o„qitishni yanada yaxshilash, takomillashtirish, ular uchun 
yangi dastur, darslik hamda boshqa o„quv qo„llanmalarini yaratish, davlat 
tilini jadallashtirib o„rgatishning zarur uslubiyotlarini tezkorlik bilan ishlab 
chiqish, bu muhim tadbirda ana shu soha mutaxassislarining keng va faol 
ishtirokini ta‟minlash maqsadida bir qator vazifalar ham amalga oshirildi. 
Shuningdek, harbiy, diniy va boshqa sohalarda kerakli til belgilanishiga 
urg„u berildi.
O„zbek tilining ijtimoiy-siyosiy va ilmiy-texnikaviy atamalarini 
tartibga keltirish va takomillashtirish maqsadida O„zbekiston Ministrlar 
Soveti huzurida maxsus atamalar qo„mitasi tashkil etildi. Bu qo„mita 
oldiga tegishli vazifalar qo„yildi. Qo„mita dastlabki vaqtdan boshlab 
matbuotda berilgan, radio va teleko„rsatuvlarda qo„llangan atamalarni, 15 


21 
ta vazirlik, qo„mita va idoralardan kelgan, shu idoralarga taalluqli atama va
nomlanishlarni to„plab, muhokama etdi.
Umuman, 1989-yilda qabul qilingan davlat tili haqidagi qonun ayrim 
kamchiliklardan xoli bo„lmasa-da, biroq bu qonunning murakkab ijtimoiy-
iqtisodiy 
sharoitda 
qabul 
qilinganini 
hisobga 
olsak, 
bunday 
kamchiliklarning sabablarini tushunib olish qiyin emas edi. Mazkur qonun 
xalq madaniy merosi, milliy qadriyatlarini o„rganish, tarixiy xotirani 
tiklash, shu asosda milliy ong, ruhiyat mustahkamligi, ijtimoiy faollik 
kuchayishiga ham yo„l ochib berdi. Shu ma‟noda milliy tillarga davlat 
maqomi berilishi sotsialistik tuzumga qarshi olib borilayotgan mustaqillik 
yo„lidagi harakatlarning kuchayishiga ham ijobiy ta‟sir etdi. Davlat tili 
haqidagi qonun milliy o„zlikni anglash, milliy davlatchilikni tiklash 
yo„lida respublikadagi yana bir tarixiy ahamiyatga ega bo„lgan muhim 
siyosiy qadam bo„ldi va milliy mustaqillikning ma‟naviy poydevoriga asos 
bo„ldi. O„z-o„zidan, ushbu Qonun o„zbek tilining mavqeini tiklashga, 
uning ijtimoiy hayotning barcha sohalarida to„la amal qilishiga katta 
imkon yaratdi. 
O„zbekiston aholisi xohish-irodasini har tomonlama qo„llab-
quvvatlash, xalqning chinakam taraqqiyoti va gullab-yashnashini 
ta‟minlash, uning ma‟naviy imkoniyatlarini boyitish zarurligiga asoslanib, 
O„zbekiston Birinchi Prezidentining “Navro„z xalq bayramini o„tkazish 
yakunlarn to„g„risida” gi 1990-yil 3-mayda qabul qilingan Farmonga 
asosan O„zbekiston Respublikasi hududida har yili 21 martni dam olish 
kuni va umumxalq bayrami kuni deb e‟lon qilindi. Navro„zning bayram 
qilinishi teran xalq an‟analari, yerga va tabiatga ehtiyotkorlik bilan 
munosabatda 
bo„lish, dehqon mehnatini hurmat qilish, yaxshi 
qo„shnichilik, mehr-muruvvatga va boshqalarning dardiga malham 
bo„lishga intilishlari qudratli omili bo„ldi. 
Ma‟muriy-buyruqbozlik avj olgan milliy his-tuyg„ularni poymol 
etish evaziga shovinistik ruh bilan shakllangan kommunistik tuzum XX asr 
80-yillarida butun O„zbekiston xalqini ta‟na-dashnom va tuhmatlar domiga 
tortgan, Paxta ishi” yoki keyinchalik “O„zbeklar ishi” nomini olgan 
uydirmalar sovet tuzumi qatag„on siyosatining yangi bosqichi bo„lgan edi.
Xalqning prokuratura organlariga ishonchini uyg„otish, birinchi 
navbatda xalq va yurt manfaatlaridan kelib chiqib ish tashkil etish
Gdlyan-Ivanovlar tomonidan sodir etilgan qonunbuzarliklarga barham 
berish, ularga nisbatan jinoiy ish qo„zg„ash, noqonuniy jazoga 
tortilganlarni ozod qilish, markazdan kelgan “qonun posbonlarini” kelgan 


22 
joyiga qaytarib yuborish, markaz bilan aloqani asta-sekin uzish ishlari eng 
muhim vazifaga aylandi. 
O„zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi tomonidan 1989-yil 12-
sentyabrda “paxtachilikdagi qo„shib yozishga yo„l qo„ygani uchun jinoiy 
javobgarlikka tortilgan kishilarni avf etish maqsadida hujjatlar 
tayyorlaydigan” komissiya tashkil etildi. Ushbu komissiya tayyorlagan 
hujjatlarga tayanib, O„zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi jinoiy 
javobgarlikka tortilgan 43 kishining gunohidan o„tishni O„zbekiston SSR 
Oliy Sovetidan so„radi. Unda ko„plab shaxslarga belgilangan jazo 
muddatlarini yengillashtirish choralari so„ralgan edi. Ma‟lum bo„lishicha, 
shu vaqt oralig„ida “Paxta ishi”da sudlanganlar soni 4018 kishini tashkil 
etgan bo„lsa, respublikada boshlangan ijobiy o„zgarishlardan so„ng 
reabilitatsiya qilinganlar soni 2940 kishini, qayta tergovga yuborilganlar 
63 kishini, asossiz sudlanganlar 1016 kishini tashkil etdi. 
O„zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov boshchiligida 
boshlangan bu yo„l tarixiy-ma‟naviy tiklanish, markaz tomonidan olib 
borilgan qatag„onlik siyosatiga chek qo„yish, o„zbek xalqi sha‟nini himoya 
qilish, iqtisodiy tanazzul holatini cheklash, ichki bozorni himoyalash, 
butkul yangi ijtimoiy himoya siyosatini olib borish, markaz ta‟sirini 
kamaytirish va boshqa keng qamrovli tadbirlarlan iborat bo„ldi. 
1990-yil bahorida O„zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom 
Karimov gorbachyovcha qayta qurish boshi berk ko„chaga kirib qolganini 
anglab yetdi. O„sha vaqtda SSSR siyosatchilari orasida bunday odamlar 
kamdan-kam aytilar edi. Rossiyada va boshqa ittifoqdosh respublikalarda 
tobora kuchayib borayotgan tartibsizliklar O„zbekistonda ham yuz 
bermasligi uchun qat‟iy choralar ko„rish kerak edi. O„zbekistonda 
hokimiyatning ozgina zaiflashuvi ham respublikada millatlararo nizolar 
yangidan boshlanishiga, ijtimoiy portlashlarga olib kelishi mumkin edi. 
Shu sababli M.Gorbachev va uning atrofidagilar norozi bo„lishiga va 
qarshilik ko„rsatishiga qaramay, O„zbekiston Respublikasida Prezidentlik 
boshqaruvi joriy etildi.
1990-yil 23-martda esa O„zbekiston Kompartiyasi MKning 
Plenumida ham respublika siyosiy tizimi to„g„risidagi masalani ko„rib 
chiqilgan va unda O„zbekistonda hokimiyatning Prezidentlik boshqaruvi 
shakliga o„tishi respublika suvereniteti va davlatchiligida mohiyatan yangi 
bosqich ekanligi ta‟kidlangandi. 1990-yil 24-mart kuni O„zbekiston SSR 
Oliy Sovetining XII chaqiriq 1 sessiyasida SSSR tarkibidagi respublikalar 
orasida birinchi bo„lib muhim siyosiy hujjat – “O„zbekistonda Prezidentlik 
boshqaruvi ta‟sis etish to„g„risida”gi qarorni qabul qildi va O„zbekiston 


23 
Kompartiyasi MQ birinchi kotibi Islom Abdug„aniyevich Karimov 
O„zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi. Shu tariqa, O„zbekistonda 
SSSR respublikalari ichida birinchi bo„lib o„zining milliy huquqiy va 
demokratik davlatiga mustahkam zamin yaratildi. O„zbekiston xalqining 
manfaatlarini ko„zlab I.A.Karimov tashabbusi bilan amalga oshirilgan 
dastlabki tadbirlarning o„ziyoq prezidentlik boshqaruvining o„z vaqtida 
ta‟sis etilganidan dalolat beradi. 
O„zbekiston mustaqillikka erishishida qo„yilgan yana bir muhim 
qadam bu 1990-yil 20-iyunda “Mustaqillik Deklaratsiyasi” ning qabul 
qilinishi bo„ldi. Mazkur hujjat O„zbekiston Qonunlarining Ittifoq 
qonunlaridan ustuvorligini ta‟minladi. Deklaratsiyada har bir millat o„z 
taqdirini o„zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq 
qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya tamoyillarga 
asoslanib O„zbekiston SSRning davlat suverenitetini e‟lon qildi. 1990 yil 
1-oktyabrda 
“O„zbekiston SSR Prezidenti Kengashining tarkibi 
to„g„risida” O„zbekiston SSR Prezidentining Farmoni e‟lon qilindi. 
Farmon asosida O„zbekiston SSR Prezidenti Kengashining 14 kishidan 
iborat a‟zolari tayinlandi. 
1991-yil 22-iyulda O„zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi 
“O„zbekiston SSR hududida joylashgan Ittifoqqa bo„ysunuvchi davlat 
korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini “O„zbekiston SSRning 
huquqiy tobeligiga o„tkazish to„g„risida” qaror qabul qilib, jumladan, unda 
“O„zbekiston SSRning “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ga amal qilib, bozor 
iqtisodiyotiga o„tish sharoitida mehnat jamoalari manfaatlarini himoya 
qilish va ularning xo„jalik mustaqilligini ta‟minlash maqsadida respublika 
hududida 
joylashgan 
ittifoqqa 
bo„ysunuvchi davlat korxonalari, 
muassasalari va tashkilotlari O„zbekiston SSRning huquqiy tobeligiga 
o„tadi”, deb qayd qilindi. 
Shuningdek, ushbu qarorda “O„zbekiston SSR Prezident huzuridagi 
Vazirlar Mahkamasiga Ittifoqqa bo„ysunuvchi korxonalar, muassasalar va 
tashkilotlarning O„zbekiston SSR huquqiy tobeligiga o„tishi tartibini 
belgilash vazifasi topshirildi”. 
Shunday qilib, o„tgan asr 90-yillariga O„zbekiston SSR Prezidenti 
I.A.Karimov 
O„zbekiston SSR Oliy Kengashi va Hukumati 
O„zbekistonning siyosiy-iqtisodiy mustaqilligi, uning milliy suvereniteti 
uchun dadil qadamlar qo„ydilar. Bu qadamlar xalq tomonidan ham 
qoniqish bilan kutib olina boshlandi.
O„zbekiston Birinchi Prezidentining bevosita ko„rsatmasi bilan 
respublika ichki ishlar vazirligining mas‟ul lavozimlariga malakali 


24 
mahalliy kadrlar qo„yildi. Bu tadbirlarning huquqiy asosi bo„lib 1990 yil 
31-oktyabrda Prezident imzolagan “Militsiya xodimlarini ijtimoiy va 
huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish to„g„risida”gi O„zSSR 
Qonuni, 1991-yil 25-oktyabrda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 
“O„zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi to„g„risida”gi 
qarorlari muhim ahamiyat kasb etdi. 
1991-yil 
31-avgustga 
kelib 
“Mustaqillik 
Deklaratsiyasi” 
O„zbekistonning mavjud bo„lgan boshqaruv, huquqiy faoliyatini 
ta‟minlash, barcha sohada mustaqil siyosat olib borish imkonini berdi. 
1991-yilga kelib O„zbekistonda respublikaning davlat mustaqilligiga doir 
mutlaqo yangi davlat ramzlari tayyorlash va qabul qilish borasida dadil 
ishlar boshlandi. 1991-yil 15-fevralda O„zbekiston Oliy Kengashi 
“O„zbekistonning davlat ramzlari to„g„risida” maxsus qaror qabul qildi. 
O„zbekistonning o„z suvereniteti uchun kurashi, avvalo, 
Respublikada qabul qilingan har bir qonunning mazmun va mohiyati 
jihatidan sobiq Ittifoq qonunlaridan tubdan farq qilishida, bundan tashqari, 
har bir qonun avvalgidek Ittifoq qonuniga moslashtirib emas, balki 
respublika manfaati ifoda etilganligi bilan ajralib tura boshladi. Xususan, 
1991-yil 21-iyulida O„zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining 
“O„zbekiston SSR hududida joylashgan Ittifoqqa bo„ysinuvchi davlat 
korxonlari, muassasalari va tashkilotlarini O„zbekiston SSRning huquqiy 
tobeligiga o„tkazish” to„g„risida qabul qilgan qarori ham O„zbekiston SSR 
Prezidenti I.A.Karimov O„zbekiston SSR Oliy Kengashi va hukumati 
O„zbekistonning siyosiy-iqtisodiy mustaqilligi, uning milliy suvereniteti 
uchun dadil qadamlar tashlanganligining isboti bo„lib qoldi. 
1991-yil 19-avgustda Moskva shahrida bir guruh avantyuristlar 
M.Gorbachyevni rahbarlikdan chetlashtirib, Favqulodda holat davlat 
komitetini tuzadi. Bu voqea “GKChP voqeasi” nomi bilan tarixga kirdi. 
GKChP rahbarlarining asosiy maqsadi mustaqillik sari intilayotgan milliy 
respublikalarga nisbatan tazyiq va ta‟qiblarni kuchaytirib, tobora zaiflashib 
borayotgan qizil imperiyani saqlab qolishdan iborat edi. Shu maqsadda 
ular butun SSSR hududida favqulodda holat joriy etmoqchi, milliy 
respublikalarning o„z xalqi manfaatlarini o„ylab qabul qilgan qonun va 
qarorlarini bekor etmoqchi bo„ladilar. 
O„zbekistonning rahbari bu vaqtda Hindiston safarida bo„lib, 
Respublika rahbarining yo„qligidan foydalangan O„zbekiston SSR vitse-
prezidenti va O„zbekiston Kompartiyasining ikkinchi kotibi O„zbekiston 
SSR hududida SSSRda Favqulodda holat davlat qo„mitasining faoliyatini 
qo„llab-quvvatlash haqida ko„rsatma berib yuboradilar. O„zbekistonning 


25 
Birinchi Prezidenti I.A.Karimov Favqulodda holat e‟lon qilinganini 
eshitib, zudlik bilan Toshkentga qaytadi va O„zbekiston SSR hududida 
GKCHPning qonunga zid qarorlarini bekor qilish haqida ko„rsatma beradi. 
1991-yil 20-avgust kuni O„zbekiston SSR Oliy Kengashi, Vazirlar 
Mahkamasi, Qoraqalpog„iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri 
rahbarlari 
ishtirokida 
majlis 
o„tkazadi. Unda so„zga chiqqan 
O„zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “har birimiz og„ir va 
vazmin bo„lishimiz kerakligini, boshimizga tushgan sinovlar, noaniq davr 
va sharoitdan, avvalambor, aql va idrokimizni bir joyga yig„ishtirib, insof 
va 
vijdonni 
yo„qotmasdan, sarosimaga tushmasdan chiqishimiz 
kerakligini” alohida ta‟kidlab o„tadi. 1991-yil 21- avgust kuni O„zbekiston 
Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Farmoni bilan 
Favqulodda holat davlat qo„mitasining O„zbekiston Konstitutsiyasi hamda 
qonunlariga zid keladigan qarorlari va farmonlari noqonuniy deb e‟lon 
qilindi. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 25-avgustdagi 
Farmoniga binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va davlat xavfsizligi 
qo„mitasi qonuniy ravishda O„zbekiston Respublikasi tasarrufiga olindi. 
Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki 
qo„shinlari bevosita O„zbekiston Prezidentiga bo„ysundirildi. Respublika 
ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qo„mitasi, prokuraturasi, adliya 
organlari, ichki qo„shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo„shinlari 
Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin