Book · December 022 citations reads 52,739 authors


“O„zbekistonning eng yangi tarixi” fanining predmeti, maqsad va



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/40
tarix05.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#172843
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40


“O„zbekistonning eng yangi tarixi” fanining predmeti, maqsad va 
vazifalari, fanining metodologik, ilmiy-nazariy asoslari, usullari va 
tamoyillari. 
Ma‟ruzachi ushbu masalani yoritishda quyidagi masalalarga 
e‟tibor qaratishi kerak bo„ladi: 1. Fanning predmeti; 2. Maqsad va 
vazifalari; 3. Metodologiyasi; 4. Ilmiy-nazariy asoslari; 5. Usullari va 
tamoyillari. 
Bunda mavzuni quyidagicha yoritish talab etiladi. Avvalo, 
“O„zbekistonning eng yangi tarixi” fani masalasi va uni fan sifatida 
o„rganishning yo„lga qo„yilishi, uning predmetiga e‟tibor qaratiladi. Unda 
Vatanimiz tarixida mustaqillik arafasi va mustaqillik yillaridagi yuzaga 
kelgan jarayonlarni o„rganish, xususan, mamlakatimizda mustaqillik 
arafasidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, mustaqillik sari yo„l tutilishi va bu 
jarayonlarda mamlakatimiz bosib o„tgan tarixiy yo„lining mohiyati va 
mazmunini anglab yetish talab etiladi. Bu jarayon qanday borganligini
mamlakatimiz mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida qanday 
muammolarga duch kelganini tushunib yetish muhim.
O„zbek jamiyatida qadimgi davrlardan beri ayrim demokratiya 
unsurlari: o„zini-o„zi boshqarishning jamoa shakli, mahalla yig„inlari, 
oqsoqollar kengashlari va xalq diplomatiyasi mavjud edi. Biroq hozirgi 
kunda ushbu institutlar tomonidan an‟anaviy funksiyalar bajarilishining 
o„zi bilan qanoatlanib bo„lmaydi. Biz ularning faoliyatini hozirgi davr 
talablariga mos yangi mazmun bilan to„ldirishimiz maqsadga muvofiqdir. 
Rivojlangan demokratik davlatlarda siyosiy partiyalar fuqarolik 
jamiyatining eng muhim institutlaridan birini tashkil etadi. Mamlakatimiz 
Birinchi Prezidenti Islom Karimov fuqarolarning davlat va jamiyatni 
boshqarishda keng ishtirok etishini ta‟minlovchi siyosiy institutlarning 
xilma-xilligiga 
asoslangan 
yangi 
demokratik 
tizim 
negizlarini 
shakllantirish zarurligiga alohida e‟tibor qaratgan. 
Sobiq tuzum davrida davlat va yakkapartiyaviylik tizimi shaxs 
ustidan yalpi hukmronligini o„rnatgan edi. Fuqaroning huquqiy 
himoyalanmagani, boshqaruvning ma‟muriy-buyruqbozlik usullari, har 
qanday muqobil fikrlashning tazyiq ostiga olinishi ko„p odamlarda 
chorasizlik tuyg„usini uyg„otib, real hayotdan uzoqlashish istagini oshirdi. 
“Siyosiy autsayderlar” deb ataluvchi kishilar sonining o„sishi jamiyatda 
ijtimoiy pessimizm va boqimandalikning kuchayishiga sabab bo„ldi. 
O„zbekistonning eng yangi tarixini o„rganishda yuqorida ta‟kidlab 
o„tilgan vazifalar qatorida jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy isloh qilishdagi 
o„zbek modelining konseptual asoslarini idrok etish, davlatimizning global 



va mintaqaviy integratsiya jarayonlarida ishtiroki bilan bog„liq 
masalalarning to„g„ri va haqqoniy tahlilini xalqimiz va kelajak avlodga 
yetkazish burchimizdir. 
Fanning predmeti shu mintaqada sodir bo„lgan jamiki voqea va 
hodisalar, ulardagi umumiylik va aloqadorlik qonuniyatlari, tarixiy hodisa 
va jarayonlar, umuman insoniyatning barcha tarixiy faoliyat jarayonlarini 
o„rganishdir.
Fanning obyekti aniq tarixiy davr, makon, zamon hamda geografik 
va umumiy mintaqaviy chegaralar, ma‟lum xalqlar, mamlakatlar tarixi 
bilan bog„liq jarayonlar bo„lib, ular voqea va hodisalarni bir butun va 
yaxlitlikda qamrab oladi. 
Fanning maqsadi vatanimiz tarixining mustaqillik arafasi va 
mustaqillik yillarida bosib o„tgan shonli va murakkab tarixiy yo„lini, 
xalqning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma‟naviy hayotini 
xolisona o„rganish orqali fuqarolar, ayniqsa yoshlar ongida tarixiy xotira
ular qalbida vatanparvarlik, g„urur va iftixor tuyg„ularini shakllantirishdan 
iboratdir. 
Fanning metodologik, ilmiy-nazariy asoslari O„zbekistonning eng 
yangi tarixini rivojlantirishga doir davlatimiz rahbarining qarori, tarixiy-
ma‟naviy merosimizga tayangan holda mamlakatimizda amalga 
oshirilayotgan ko„plab dolzarb mavzulardagi ilmiy tadqiqot ishlari, darslik 
va qo„llanmalar, monografiyalar, ilmiy asarlar asos bo„ladi. 
Fanni o„rganishda ma‟lum ilmiy, nazariy-metodologik tamoyillarga 
tayanish ham muhimdir. Mazkur tamoyillar va metodlar quyidagilardan 
iborat: 
- ilmiylik, tarixiylik, xolislik (obyektivlik) metodi; 
- tarixiy tahlil va qiyosiy taqqoslash metodi; 
- mantiqiy davomiylik va uzviylik metodi; 
- vorislik va izchillik metodiga asoslanish; 
- tarixiy xronologik ketma-ketlik tamoyili; 
- g„oyaviylik va vatanparvarlik tamoyili; 
- xolislik va o„zaro hurmat tamoyiliga asoslanish metodi; 
- kuzatish, solishtirma taqqoslash asosida umumlashtirish va zarur 
xulosalar chiqarish metodi; 
- bahslashish, munozara yuritish va isbotlash metodi; 
- matematik hisoblash, shakl va modellashtirish metodi; 
- ayrimlikdan umumiylikka va umumiylikdan ayrimlikka o„tish 
metodi; 



Shuningdek etnografiya, arxeologiya, antropologiya fanlarida qabul 
qilingan moddiy va yozma ma‟lumotlarga tayangan holda ish yuritish 
metodi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchi savol yuzasidan qisqa 
xulosa qilinadi va keyingi savolni o„rganishga o„tiladi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin