68
to„g„risida”gi Farmoni qabul qilindi. Farmonda O„zbekiston Xotin-qizlar
qo„mitasi faoliyatining 4 ta asosiy ustuvor yo„nalishlari belgilab berildi.
Farmonga asosan xotin-qizlar qo„mitasi va “Oila” markazi tizimida bir
qator yangiliklar kiritildi. Jumladan:
- Xotin-qizlar qo„mitasining respublikadan tortib eng quyi bo„g„in
mahallagacha vertikal boshqaruv tizimi yo„lga qo„yildi;
- Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma‟naviy-axloqiy qadriyatlarni
mustahkamlash bo„yicha mutaxassis lavozimi joriy etildi;
- O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila”
ilmiy-tadqiqot markazi va uning hududiy boshqarmalari hamda
tuman(shahar) bo„linmalari tashkil etildi;
- Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tuman, shahar
hokimi o„rinbosarlari - Xotin-qizlar qo„mitalari raislariga bo„ysundirildi;
- Xotin-qizlarni va oilani qo„llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil
etildi;
- Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini berish tartibiga o„zgartirish
kiritildi va qo„shimcha imtiyozlar joriy etildi;
- “Mo„tabar ayol” ko„krak nishoni ta‟sis etildi;
Xotin-qizlar qo„mitasi tizimida ishlayotgan xodimlarning pensiyasi
to„liq to„lanishi belgilandi.
Qabul qilingan Farmon xotin-qizlarimizning hayotini yanada farovon
va mazmunli bo„lishiga xizmat qilmoqda.
Shuningdek “Nuroniy”, “Ustoz”, “Ulug„bek”, “Umid”, “Xotira” va
shu
kabi
ko„plab jamg„armalar nodavlat tashkilotlar sifatida
respublikamizda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda katta hissalarini
qo„shmoqda.
Dostları ilə paylaş: