3
KIRISH
Mustaqillik yillari ta‟lim sohasida yuz bergan o„zgarishlar tufayli
mamlakatimizda kadrlar tayyorlash sifat jihatidan yangi pog„onaga
ko„tarildi. Ayniqsa “Yangilanayotgan O„zbekiston – yangicha
dunyoqarash” g„oyasi ostida bugungi kunda kechayotgan o„zgarishlar
ta‟lim tizimini ham chetlab o„tayotgani yo„q. O„zbekistonda Oliy ta‟limni
rivojlantirishning 2030-yilgacha bo„lgan konsepsiyasining
qabul qilinishi,
qo„shma dasturlar orqali nufuzli oliy o„quv yurtlari bilan o„zaro
hamkorliklarning yo„lga qo„yilishi, O„zbekistonda dunyoning yetakchi
oliy o„quv yurtlari filiallarining ochilishi, xalqaro
reyting va indekslarda
respublika oliy ta‟lim tizimining nufuzini oshirish borasida amalga
oshirilayotgan ishlar buning misolidir.
Malakali kadrlarga bo„lgan talabdan kelib chiqib,
bugungi kunda
ta‟lim to„g„risidagi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Unda
mamlakatimizda mustaqillik yillari ta‟lim sohasida amalga oshirilgan
islohotlar hamda undagi ayrim kamchilik va nuqsonlarni tanqidiy tahlil
etgan holda bu tizimda o„zgarishlar amalga oshirilmoqda. Oliy o„quv
yurtlarida ta‟lim sifatini oshirishga qaratilgan
chora-tadbirlar ishlab
chiqildi. Fanlarni optimallashtirish yo„lidan borilmoqda.
Respublikamiz oliy o„quv yurtlarida “O„zbekistonning eng yangi
tarixi” fani joriy etildi. Ushbu fan mamlakatimizning mustaqillik arafasi va
mustaqillik yillari tarixini o„rganishga mo„ljallangan bo„lib, uning
xronologik chegarasi 1989-yildan to bugungi
kunlargacha davrni qamrab
oladi. “O„zbekistonning eng yangi tarixi” fani mamlakatimizda yuz bergan
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma‟naviy-madaniy jarayonlar, ularning kechishi
bilan bog„liq masalalarni o„rganadi.
Ushbu
o„quv-uslubiy qo„llanma mavzulari mamlakatimizda
mustaqillik arafasidagi vaziyat, mustaqillikning qo„lga kiritilishi va uning
tarixi ahamiyati, O„zbekistonning o„z istiqlol va taraqqiyot yo„lining
tanlanishi, unda mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimovning tarixiy
roli
masalalarida,
bundan
tashqari
O„zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining qabul qilinishi jarayonlariga atroflicha yondashadi.
Mamlakatimizda mustaqillik yillari davlatchiligimiz asoslari yaratildi. Bu
jarayonlarning borishi, amalga oshirilgan islohotlar – xususan,
davlat
hokimiyatining bo„linish tamoyilining joriy etilishi, ya‟ni Qonun
chiqaruvchi, ijro hokimiyati va sud hokimiyatlarining
qaror topishi,
huquqiy
demokratik
davlat,
fuqarolik
jamiyati
asoslarining
shakllantirilishi, mahalliy hokimiyat tizimining vujudga kelishi, o„z-o„zini
4
boshqarish organlari va ularning fuqarolik jamiyati qurish jarayonlaridagi
o„rni masalalari yoritiladi.
Ushbu o„quv-uslubiy qo„llanmani tayyorlash jarayonida tarix fanlari
doktorlari R.H.Murtazayeva, Q.Usmonovlarning oliy o„quv yurtlari
nomutaxassis ta‟lim yo„nalishlari talabalari uchun “O„zbekiston tarixi”
darsligi, N.Jo„raevning “O„zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan o„quv
qo„llanmalaridan foydalanildi. Buning uchun mualliflarga o„z
minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Umuman, ushbu o„quv-uslubiy qo„llanma nafaqat oliy o„quv yurtlari
professor-o„qituvchilar
va talabalariga, balki O„zbekistonning eng yangi
tarixi davriga qiziquvchi va uni o„rganishni o„z oldiga maqsad qilib
qo„yganlar uchun mo„ljallangan.
Dostları ilə paylaş: