Book · December 022 citations reads 52,739 authors



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/40
tarix05.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#172843
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40


 
 
 


30 
1990- yillarning boshida O„zbekistonda ijtimoiy ishlab chiqarish 
tuzilishidagi chuqur nomutanosibliklar 
 
Ko„rsatkich 
Miqdori 
Sanoatda tayyor mahsulotning ulushi 
50 foiz
 
Qayta ishlanmasdan, respublika tashqarisiga chiqarilgan 
qishloq xo„jaligi mahsulotining ulushi
80 foizdan 
ko„proq
 
Respublikadan olib ketilayotgan mahsulot tarkibida 
xomashyo, materiallar va chala tayyor mahsulotlar ulushi 
65 foizdan 
ko„proq
 
Respublikaga keltirilayotgan tovarlar tarkibida sanoat 
mahsulotlari (mashinalar, asbob-uskunalar, yengil 
sanoat, va oziq-ovqat mahsulotlari) ulushi 
60 foiz
 
Sovet davrining keyingi o„n yilliklari mobaynida iqtisodiyotni 
rivojlantirishda xomashyo va chala tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan 
va chetga yuboriladigan, mehnatni nisbatan kamroq talab qiladigan 
xomashyo tarmoqlarini rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berilishi ushbu 
nomutanosibliklarni yanada kuchaytirdi. Jumladan, ishlab chiqarishning 
umumiy hajmida yengil sanoatning ulushi keyingi 50 yil ichida 54 foizdan 
37 foizga, oziq-ovqat sanoatining ulushi 30 foizdan 14 foizga tushib 
qolgan, mashinasozlikning ulushi atigi 7 foizga o„sib, 16 foizni tashkil 
etgan. 
 
Shuningdek, 
iqtisodiyot 
tarmoqlarini 
tarkib 
toptirish 
va 
rivojlantirishda qator nuqson va kamchiliklarga yo„l qo„yildi. Jumladan: 

respublika 
mashinasozlik 
kompleksi 
faoliyati 
paxtachilik, 
paxtachilik uchun mashinalar ishlab chiqarish bilan cheklanib, murakkab 
uy-ro„zg„or texnikasi, yo„l qurish mashinalari, plastmassa buyumlari, oziq-
ovqat sanoati jihozlari, savdo-sotiq va maishiy xizmat sohasi uchun kerakli 
asbob-uskunalar deyarli ishlab chiqarilmadi; 
- kimyo sohasining rivojlanishida yirik korxonalarga afzallik berilishi 
respublikadagi ekologik vaziyatni juda yomonlashtirib yubordi; 
- yirik kimyo korxonalari nitron, atsetat, kaprolaktam singari dastlabki 
qayta ishlangan mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashib, ularning 
mahsulotlari 
ham 
asosan 
respublikadan 
tashqariga 
chiqarishga 
mo„ljallandi. 


31 
Ana shunday sharoitda O„zbekiston o„zining mustaqilligini ta‟minlash 
choralarini ko„ra boshladiki, bu mamlakatimiz rahbari tomonidan 
O„zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta‟minlashga alohida e‟tibor 
qaratish va bu borada strategiyani ishlab chiqishda o„ziga xos yondashuv 
taqozo etilishini o„z vaqtida anglagan holda quyidagilarga e‟tibor qaratish 
zarurligi belgilab berildi: 
- mintaqamiz taraqqiyotining tarixiy asoslari hisobga olingan holda 
ma‟muriy-buyruqbozlik usullari tazyiqi ostida shakllangan qarashlarning 
hammasiga barham berilishi kerak;
- mintaqamiz taraqqiyotining istiqbollariga avvalo respublika 
aholisining manfaati nuqtayi nazaridan qaramoq kerak. 
Respublikani iqtisodiy mustaqillik yo„liga olib chiqish, uni inqiroz 
girdobidan chiqarish vazifalarini hal etishda respublikadagi mavjud 
resurslar va imkoniyatlarga baho berishga mutlaqo yangicha yondashish 
zarur edi. 
Mamlakatda bunday og„ir ahvolning yuzaga kelish sabablari sifatida 
quyidagilarga alohida e‟tibor qaratish kerak bo„lardi: 
- 30-yillarning boshlarida iqtisodiyotga rahbarlik qilishning ma‟muriy-
buyruqbozlik usullariga zo„r berilib, O„zbekistonni, uning ishlab 
chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishga yaroqsiz yondashuvlarning tobora 
kuchayib borishi;
- respublikaga asosan xomashyo bazasi, sobiq Markazdagi sanoat 
vazirliklari va idoralarining mo„may xomashyo manbai sifatida qarab 
kelinishi; 
- o„lkaning mahalliy, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlariga ba‟zan 
yetarlicha, 
ba‟zan mutlaqo baho berilmagani, ba‟zan esa bu 
xususiyatlarning pisand ham qilinmagani; 
- iqtisodiy va ijtimoiy sohani kompleks, jadal rivojlantirishning, 
umumittifoq mehnat taqsimotida O„zbekistonning mavqei va o„rnini 
o„zgartirishning muqobil yo„llari e‟tiborga olinmagani. 
Ma‟muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyatli kamchilikka ega edi:
1) uning moslashuvchan emasligi, ro„y berayotgan o„zgarishlarga juda 
sekinlik bilan moslashib borishi;
2) xo„jalik yuritishda tashabbuskorikni «yo„qolib yuborishi» oqibatida 
samaradorlikning o„ta darajada pasayib ketganligi. 


32 
Ma‟muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o„tish 
ko„plab mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon 
iqtisodiyotni erkinlashtirish, chuqur institutsional (eng avvalo, mulkchilik 
munosabatlarida) o„zgarishlarni o„z ichiga oladi, ayni paytda moliyaviy 
barqarorlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishni ham taqozo etadi. 
Ana shunday murakkab bir sharoitda O„zbekiston Respublikasi bir 
ijtimoiy-iqtisodiy tizimdan boshqa ijtimoiy-iqtisodiy tizimga o„tishga 
qaratilgan siyosatni amalga oshira bordi. Bunda avvalo, mamlakat 
mustaqilligini ta‟minlash zaruratga aylandi. Buning uchun barcha 
sharoitlar yetilib kelayotgan edi. 
O„tgan asrning 80-yillari oxirlariga kelib mamlakatda yuzaga kelgan 
vaziyatda respublikalardagi markazdan qochuvchi kuchlarning ta‟siri, ular 
tomonidan ko„tarilayotgan muammolar doirasi borgancha kengayib bordi. 
Bu holat markaz va respublikalar o„rtasidagi munosabatlarni tobora 
taranglashtirib, markaz boshqaruv qobiliyatini borgancha yo„qotib 
borishiga, har bir mintaqa, har bir respublikaning o„z holiga tashlab 
qo„yilganligi tarixiy vaziyatni to„g„ri baholash zaruratini keltirib chiqardi. 
O„sha paytdagi O„zbekiston Respublikasi rahbariyati bu vaziyatdan to„g„ri 
xulosa chiqargan holda boshlangan siyosatni izchil davom ettirishga 
kirishdi. 1991-yil 19-21 avgust kunlari Moskvada davlat to„ntarishiga 
urinish sodir bo„ldi. Unda mamlakatda hokimiyatning yuqori martabalarini 
egallab turgan bir guruh shaxslar ishtirok etishdi. Favqulodda holat davlat 
qo„mitasi tuzilib, unga G.Yanayev boshchilik qildi. Ularning maqsadi 
hokimiyatni qo„lga olish va yana eski tartiblarni saqlab qolishdan iborat 
edi. Ulug„ davlatchilik, shovinistik va zo„ravonlik o„tkazish siyosatini 
chuqurlashtirishga va mamlakatda diktatorlik tizimini o„rnatishga intilish 
bu jarayonning yakuniy intihosi bo„ldi. Rossiyadagi demokratik kuchlar 
B.Yelsin, R.Xasbulatovlar rahbarligida davlat to„ntarishiga urinishni oldini 
olishga muvaffaq bo„lishdi. Aybdor bo„lgan shaxslar jinoiy ishga tortildi. 
Bunday sharoitda O„zbekiston Respublikasi birinchi
Prezidenti Islom 
Karimov respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasini 
chaqirish va unda O„zbekiston Mustaqilligi haqida Qonun qabul qilishni 
talab qildi.
O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1991-yil 26- 
avgust kuni O„zbekistonning davlat mustaqilligi to„g„risida qonun 


33 
loyihasini tayyorlash hamda 31-avgustda Oliy Kengashning navbatdan 
tashqari sessiyasini chaqirish haqida qaror qabul qildi.
O„zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo„mitasi va Markaziy nazorat 
komissiyasining 1991-yil 28-avgustda bo„lib o„tgan qo„shma Plenumi 
Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqasini 
to„xtatishga, KPSSning barcha tashkilotlaridan chiqishga, uning Markaziy 
organlaridagi o„z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi. 
Ana shunday vaziyatda O„zbekiston Oliy Kengashining XII chaqiriq 
navbatdan tashqari VI sessiyasi 1991-yil 31-avgustda o„z ishini boshladi. 
O„zbekistonning mustaqil davlat deb e‟lon qilinishida mazkur sessiya katta 
tarixiy ahamiyat kasb etdi. Unda “O„zbekiston Respublikasining Davlat 
mustaqilligi to„g„risida”, hamda “O„zbekiston Respublikasining Davlat 
bayrog„i to„g„risida”gi masalalar kun tartibiga qo„yilib, qizg„in muhokama 
qilindi. Sessiyada O„zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov nutq 
so„zlab, sobiq Ittifoqda so„nggi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy 
jarayonlarni, davlat to„ntarishiga urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular 
O„zbekiston taqdiriga, xalqimiz tarixiga bevosita daxldor ekanligini har 
tomonlama asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, O„zbekiston 
Respublikasining davlat mustaqilligini e‟lon qildi va uni mustaqillik 
to„g„risidagi Qonun bilan mustahkamlashni taklif etdi.
Oliy Kengash deputatlari tomonidan moddama-modda muhokama 
qilinganidan so„ng O„zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi 
asoslari to„g„risida»gi Qonun qabul qilindi.
So„ngra 
“O„zbekiston 
Respublikasining 
Davlat 
mustaqilligi 
to„g„risidagi Oliy Kengash Bayonoti” qabul qilindi. Oliy Kengash 
sessiyasi “O„zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e‟lon qilish 
to„g„risida” qaror qabul qildi. Mazkur qarorda:
1) Respublikaning davlat mustaqilligi to„g„risidagi Oliy Kengash 
bayonoti tasdiqlansin va respublika bundan buyon O„zbekiston 
Respublikasi deb atalsin;
2) 1-sentyabr O„zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb 
belgilansin va 1991- yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb 
e‟lon qilinsin, deb qat‟iy belgilab qo„yildi. 
“O„zbekiston 
Respublikasining 
davlat 
mustaqilligi 
asoslari 
to„g„risida”gi Qonun g„oyat katta ahamiyatga ega bo„lib, bu Qonun 
asosida O„zbekistonning huquqiy holati tubdan o„zgardi. O„z mohiyatiga 


34 
ko„ra bu hujjat respublika uchun vaqtincha konstitutsiya rolini ham 
o„ynaydigan bo„ldi. 17 moddadan iborat ushbu Qonun suveren 
O„zbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab berdi.
Bunday Qonunning qabul qilinishi Mustaqillik yolida qo„lga kiritilgan 
yutuqlarning natijasi hisoblanadi. Bu esa huquqiy, iqtisodiy hamda 
ma‟naviy-axloqiy munosabatlar natijasi sifatida muhim ahamiyatga ega. 
Shuning uchun ham mazkur Qonunga O„zbekiston Respublikasi Oliy 
Kengashining 1991-yil 30-sentyabrda bo„lib o„tgan VII sessiyasida qabul 
qilingan qarori bilan Konstitutsiyaviy Qonun maqomi berildi. Jumladan, 
unda shunday deyiladi: 
1. “O„zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari 
to„g„risida” 
1991-yil 
31-avgustda 
qabul 
qilingan 
O„zbekiston 
Respublikasining Qonuniga konstitutsiyaviy maqom berilsin. 
2. 
O„zbekiston 
Respublikasining 
amaldagi 
Konstitutsiyasi 
moddalariga “O„zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari 
to„g„risida”gi Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur 
Qonunga amal qilinsin”, – deb belgilab qo„yildi.
Shu tariqa, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro„yobga 
chiqdi. Uzoq yillar davom etgan kurash natijasida mamlakatimiz, xalqimiz 
siyosiy mutelikdan, asoratdan qutuldi. Dunyo xaritasida yana bitta 
mustaqil davlat – O„zbekiston Respublikasi paydo bo„ldi. O„zbekiston 
tarixida yangi davr – milliy istiqlol davri boshlandi. O„zbekiston uchun 
mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritish, xalqimiz uchun o„z taqdirini o„zi 
belgilash, o„zlari uchun munosib turmush tarzini yaratish imkoniyati 
vujudga keldi. 
Qisqa fursat ichida O„zbekiston Respublikasi mustaqilligi chet 
davlatlar tomonidan tan olindi. Turkiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya, 
Eron, Rossiya, AQSh, Yevropaning ko„pgina davlatlari tomonidan 
O„zbekiston mustaqilligi tan olindi.
O„zbekiston erishgan istiqlolni mustahkamlash va mustaqillikning 
huquqiy asoslarini yaratish uchun, avvalo, xalqning fikrini bilish, 
mustaqillikka munosabatini aniqlash zarur edi. Shu maqsadda 1991- 
yilning 18-noyabrida O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII 
sessiyasi chaqirilib, unda O„zbekistonda Referendum to„g„risida qonun 
qabul qilindi hamda
“O„zbekiston Respublikasi referendumini o„tkazish 
to„g„risida” qaror qabul qilindi. Qarorda quyidagilar belgilandi: 


35 
1. 1991-yil 29-dekabr, yakshanba kuni O„zbekiston Respublikasining 
Davlat 
mustaqilligi 
to„g„risidagi masala bo„yicha O„zbekiston 
Respublikasining referendumi o„tkazilsin. 
2. Referendumda ovoz berish byulleteniga masala quyidagi ta‟rifda 
kiritilsin: “O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e‟lon 
qilingan 
O„zbekiston 
Respublikasining 
davlat 
mustaqilligini 
ma‟qullaysizmi?”. 
1991- yil 29-dekabr kuni bo„lib o„tgan referendumda 9 million 898 
ming 707 kishi yoki saylov ro„yxatiga kiritilganlarning 94,1 % qatnashdi.
Ularning 98,2 % referendumda qo„yilgan savolni ma‟qullab ovoz berdi. 
Demak, O„zbekistonning Davlat mustaqilligi umumxalq tomonidan 
yakdillik bilan ma‟qullandi. Shuni ta‟kidlash lozimki, referendum butun 
respublika hududida qonun asosida tashkiliy jihatdan uyushqoqlik, 
fuqarolarning yuksak siyosiy faolligi bilan o„tdi. Buni referendumda 
AQSH, Turkiya, Malayziya va boshqa mamlakatlardan kelgan mustaqil 
kuzatuvchilar ham tasdiqladilar.
O„zbekiston mustaqilikka erishgandan keyin davlat boshqaruvining 
yangi, zamonaviy va samarali tizimi – Prezidentlik respublika boshqaruvi 
shaklini rivojlantirishga kirishildi. O„zbekiston Respublikasi Oliy 
Kengashining 1991-yil 18-noyabridagi VIII sessiyasida umumxalq 
referendumini o„tkazish qarori bilan birga “O„zbekiston Respublikasi 
Prezidenti saylovi to„g„risida”gi Qonuni, shuningdek, “O„zbekiston 
Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlash to„g„risida” qaror qabul qilindi 
va O„zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 1991-yil 29-dekabr, 
yakshanba kuniga belgilandi. Saylovga jiddiy tayyorgarlik ko„rilib, 13 ta 
okrug va qariyb 7 mingta uchastka saylov komissiyalari tuzildi. Oliy 
lavozimga ikki nomzod-O„zbekiston XDP va O„zbekiston kasaba 
uyushmalari Federatsiyasi nomzodi Islom Karimov va “Erk” Demokratik 
Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin