O„zbekiston tarixini davrlashtirish masalalari, O„zbekiston
tarixini o„rganishda manbalarning o„rni.
Ushbu savolni yoritishda
professor-o„qituvchi avvalo tarix fanini o„rganishda sivilizatsion
yondashuv tamoyilidan kelib chiqqan holda masala yechimini topishga
harakat qiladi. Xususan, davrlashtirish masalasida tarix fanida amal
qiladigan tamoyillarga asoslangan holda ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy
munosabatlar va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini hisobga olish kerak
bo„ladi.
O„rta Osiyo, jumladan O„zbekiston tarixini zamon talablariga
asoslanib davrlashtirish masalasida olimlar orasida hamon bahslar davom
etmoqda. Bu masala yuzasidan, xususan, eng qadimgi davrlardan bugungi
kunga qadar bo„lgan tariximizni davrlashtirishda e‟tibor berilishi lozim
bo„lgan tarixiy-madaniy jarayonlar, masalaga sivilizatsion yondashuv,
davrlashtirishning metodologik asoslari kabilarga A.Asqarov, E.Rtveladze,
A.Sagdullaev va boshqa olimlar e‟tibor qaratgan bo„lishlariga qaramay,
davrlashtirish masalalari to„la yechimini topmagan. So„nggi yillarda
amalga oshirilgan tadqiqotlardan kelib chiqib, O„zbekiston tarixini
davrlashtirish masalalariga ham qisqacha to„xtalib o„tishni lozim topdik.
Chunki, tarixni o„rganishda avvalo, xronologik izchillik asosida davrlarga
bo„lib, har bir davrning o„ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda
ma‟ruzalarni belgilash hamda dars soatlarini taqsimlash maqsadga
muvofiqdir. Qanchalik sodda ko„rinmasin, ushbu jihat ham murakkab
masala hisoblangan tarixni to„g„ri davrlashtirishni talab etadi. Masalaning
eng muhim tomoni esa, yoshlarimizga ilmiy asoslangan davrlashtirish
asosida tarix fanidan ta‟lim berishdir.
Yuqorida ta‟kidlanganimizdek, mustaqillik davriga kelib, haqqoniy
tariximizni yaratish borasida olib borilgan tadqiqotlar tufayli sovet davri
mafkurasiga asoslangan besh bosqichli formatsion davrlashtirish inkor
etildi.
Qadimgi
tarixni
davlashtirish
masalasida
tarixiy-madaniy
taraqqiyotning ijtimoiy-iqtisodiy omillariga asosiy e‟tiborni qaratish
g„oyalari paydo bo„ldi. Xususan, A.Sagdullaevning fikricha, O„rta Osiyo
tarixining eng qadimgi davri bir necha yuz ming yillarni o„z ichiga oladi.
Yevropa va Osiyo hududlarida tarixiy va madaniy jarayonlar
rivojlanishining notekisligi, ayniqsa, turli davrlarda moddiy madaniyatdagi
9
o„zgarishlarning bir-biriga mos kelmasligi tufayli, ayrim hududlarga
tegishli tarixiy sana va davrlashtirish bir-biridan farqlanadi.
A.Asqarovning fikricha esa, O„zbekiston tarixi jahon tarixining
tarkibiy qismidir. Bu zaminda yuz bergan tarixiy jarayonlarni jahon
tarixidan ajratib o„rganish mumkin emas. Ular o„rtasidagi o„zaro bog„liqlik
jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarining mahsulidir. Har bir xalq yer
kurrasining qaysi mintaqasida yashamasin, taraqqiyotning barcha
bosqichlarini u yoki bu darajada bosib o„tishi shart. Ammo, jamiyat
rivojlanishi hamma yerda birday kechmagan. Jamiyatning notekis
rivojlanish qonuniyati esa, qadimgi zamonlarda ko„proq mintaqaning
tabiiy-geografik va ekologik imkoniyatlariga bog„liq bo„lgan. Jamiyat
hayotida yuz beradigan tub ijtimoiy-iqtisodiy o„zgarishlar, O„rta Osiyo
tarixining rivojlanish darajasi va ana shu mintaqa tarixi taqozo etgan
holatdan kelib chiqib, O„rta Osiyo, jumladan O„zbekiston tarixini
davrlashtirish mumkin. Tadqiqotchi qiyosiy tahlillar hamda tarixiy
jarayonlarni obyektiv aks ettiruvchi omillarga asoslanib, O„zbekiston
tarixining eng qadimgi davrdan bugungacha bo„lgan davrini yettita katta
xronologik davrga bo„ladi. Ammo, olimning bu davrlashtirishi biroz
ixchamlashtirishni talab etadi. Bizga qadar olib borilgan tadqiqotlarning
qiyosiy tahlillari hamda mavjud adabiyotlarni o„rganish asosida
O„zbekiston tarixini davrlashtirish quyidagi ko„rinishda taklif etiladi:
1. O„zbekiston tarixining eng qadimgi davri. Bu davrni o„z navbatida
quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: a) O„rta Osiyoda ibtidoiy to„da
davri – bu davr moddiy madaniyat taraqqiyotiga qarab xronologik jihatdan
1 mln. – 40 ming yil avval ya‟ni, ilk va o„rta paleolit davrlarini o„z ichiga
oladi; b) urug„chilik jamoasi davri – so„nggi paleolitdan boshlab
urug„chilik, jamoalarining shakllanishi va mezolit, neolit, eneolit
davrlarida ularning taraqqiy etishi (m.av. 12-4 m.y.). Bu davr ijtimoiy
boshqaruvning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan izohlanadi.
2. Ilk davlatchilikka o„tish va davlatchilikning rivojlanishi davri.
Ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot nuqtayi nazaridan bu davr
quyidagi bosqichlarga bo„linadi: a) O„rta Osiyoda ilk shahar
madaniyatining paydo bo„lishi hamda dastlabki davlatchilik tizimiga o„tish
davri (mil. avv. III II ming yillikning birinchi yarmi); b) ilk davlatlarning
paydo bo„lishi hamda ma‟muriy-hududiy boshqaruvining rivojlanish
bosqichlari (mil. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmi-antik davri). Bu
davr dastavval bronza, keyinroq esa temirning xo„jalik sohalariga jadallik
bilan kirib kelishi natijasida mehnatning dastlabki ijtimoiy taqsimoti,
ishlab chiqaruvchi kuchlarning taraqqiyoti, siyosiy birlashmalar, Qadimgi
10
Baqtriya va Xorazm kabilarning paydo bo„lishi, O„rta Osiyoning
Ahamoniylar, Makedoniyalik Aleksandr, Salavkiylar kabi polietnik
davlatlar tarkibida rivojlanishi, xalqaro va o„zaro madaniy-iqtisodiy
aloqalarning taraqqiy etishi bilan izohlanadi.
3. O„zbekiston tarixining o„rta asrlar davri. Bu davr o„z navbatida
quyidagi bosqichlarga bo„linadi: a) ilk o„rta asrlar; b) rivojlangan o„rta
asrlar; d) so„nggi o„rta asrlar bosqichi. Xronologik jihatdan V asrdan
XVIII -XIX asrning o„rtalarigacha bo„lgan davrni o„z ichiga olgan bu
davrning birinchi bosqichida O„rta Osiyoda yer egaligi munosabatlari
o„zgarib, mulkchilikning turli shakllari (xususiy mulk, jamoa mulki,
vag„nze) paydo bo„ldi, etnomadaniy jarayonlar jadallanib, mahalliy
hokimiyatchilik davlat tizimining asosiga aylanadi. Ikkinchi bosqichda
markazlashgan davlatchilik an‟analari kuchayib, O„rta Osiyoda islom dini
keng yoyiladi, ilm-fan va madaniyat yuqori darajada rivojlanib, bu sohada
uyg„onish davri yuz berdi, etnik jihatdan xalqlarning shakllanishi
nihoyasiga yetdi, yer egaligi va mulkchilikning turli ko„rinishlari vujudga
keldi. Uchinchi bosqichda (XVII asrdan boshlab) hokimiyat uchun o„zaro
kurashlar avj olib O„rta Osiyo hududlari xonliklarga bo„linib ketdi.
4. O„zbekistonda Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi va sovetlar
hukmronligi davri. Xronologik jihatdan X1X asrning o„rtalaridan 1991
yilgacha bo„lgan davrni o„z ichiga olgan bu davr chor Rossiyasi va sovet
mustamlakachiligi davrlariga bo„linadi. Birinchi bosqichda chorizm
bosqinchiligi tufayli O„rta Osiyo Rossiyaning xomashyo bazasiga aylanib,
bu hududlarga rus kapitali jadallik bilan kirib keldi, mahalliy ishlab
chiqarish va hunarmandchilikka putur yetdi, milliy-madaniy qadriyatlarga
e‟tibor berilmadi, natijada milliy ozodlik harakatlari avj olib, jadid
namoyondalari rahnamoligida milliy ma‟rifparvarlik g„oyalari yoyildi.
Ikkinchi bosqichda, dastavval milliy mustaqillik uchun qurolli va
g„oyaviy kurashlar avj olgan bo„lsa-da, ular beayov bostirilib, jamiyat
taraqqiyoti kommunistik mafkuraga bo„ysundirildi, mulkchilikda davlat
monopoliyasi ustunlik qildi, “o„z taqdirini o„zi belgilaydigan xalqlar” va
sovet respublikalari amalda “markaz” manfaatlariga bo„ysundirildi.
5.
O„zbekistonning mustaqillik va milliy istiqlol davri.
Mamlakatimiz tarixining mustaqillik davrini o„tgan yillar davomida
amalga oshirilgan o„zgarishlar va islohotlar, ularning samaradorligiga
qarab belgilash maqsadga muvofiq bo„lar edi. Shu nuqtayi nazardan
milliy-mustaqillik davrini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin bo„ladi.
Birinchi bosqich 1991-2000 yillarni o„z ichiga olib, bu davrda
mustaqillikning mustahkam poydevori bunyod etilib, “O„zbek modeli”
11
asosida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sari yo„l tutildi, O„zbekiston jahon
hamjamiyati tomonidan tan olindi, milliy istiqlol mafkurasi jamiyat
hayotiga keng kirib bordi.
Ikkinchi davri 2001-2010 yillarni o„z ichiga olgan ikkinchi bosqich,
O„zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning ta‟biri
bilan aytganda, “fan demokratik yangilanishlar va mamlakatni
modernizatsiya qilish davri, iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish,
siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy gumanitar
sohalarni izchil isloh qilishni ta‟minlashda g„oyat muhim rol o„ynagan
davr bo„ldi”.
2010-2016-yillarini o„z ichiga olgan uchinchi bosqichida davlat
hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud huquqi va axborot
sohalarini isloh qilish, saylov huquqi erkinligini ta‟minlash, fuqarolik
institutlarini rivojlantirish, bozor islohotlarini va iqtisodiyotni
liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish davri bo„lib qoldi.
2016-yildan to bugungi kungacha davrni o„z ichiga olgan navbatdagi
bosqichi mamlakatimizda hamma sohalarda yangilanishlar davri bo„lib,
O„zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning ustuvor yo„nalishlari
Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalarni hayotga tatbiq etish,
jamiyatimizni barcha sohalarda isloh etish, uning reyting salohiyatini
ko„tarish jarayonlari bilan bog„liqdir. Bu bosqich tariximizda
“Yangilanayotgan
O„zbekiston-yangicha
qarashlar”
davri
deb
baholanmoqda.
Ta‟kidlash lozimki, taklif etilayotgan ushbu davrlashtirish bu
mavzuni yakunlamaydi. Tarix fanini o„qitish borasida dolzarb bo„lib
turgan davrlashtirish masalalari hali jiddiy bahs-munozaralarga sabab
bo„lishi tabiiydir. Ammo, bu yo„nalishda aniq konsepsiya ishlab chiqilib,
o„quv jarayoniga joriy etilishi davr talabidir.
Tarixiy manbalar davr nuqtayi nazaridan qadimiy va joriy (kundalik)
ahamiyatga ega bo„ladi. Shuningdek, ular o„z mazmuni va mohiyatiga
ko„ra birlamchi va ikkilamchi ahamiyat maqomiga ham egadirlar.
Birlamchi manbaga tarixiy hujjatlarning asl nusxasi kiradi. Ikkilamchi
manba deb esa birlamchi manbalarning e‟lon qilingan nusxalari, maqola
va kitob holatiga keltirilganlariga aytiladi.
Tarixiy manbalarga qadimdan qolgan barcha narsalar, ya‟ni insoniyat
qo„li va aql-zakovati bilan yaratilgan barcha moddiy madaniyat buyumlari
va ashyolar, inshootlar, yozma yodgorliklar, urf-odatlar, an‟analar, tillar
kabilar
kiradi.
Zamonaviy
adabiyotlarda
O„zbekiston
tarixini
o„rganishning manbalari shartli ravishda quyidagi oltita guruhga bo„linadi:
12
1.
Yozma manbalar – epigrafik yodgorliklar, ya‟ni, tosh, metall,
suyak va sopolga bitilgan bitiklar, “Avesto”, qadimgi va o„rta asrlar
mualliflarining xabarlari, graffitlar, metall buyumlar, idishlarda qoldirilgan
izlar, papirus, pergament va qog„ozlardagi qo„lyozmalar, chop etilgan
materiallar.
2.
Moddiy yoki arxeologik manbalar - arxeologik tadqiqotlar
natijasida o„rganiladigan mehnat va jangovar qurollar, hunarmandchilik
buyumlari, idishlar, uy-ro„zg„or buyumlari, kiyimlar, chorvachilik
anjomlari, tangalar, san‟at buyumlari, me‟morchilik inshootlari, uy-joy
qoldiqlari, mudofaa inshootlari kabilardir. Moddiy manbalar yozuvsiz
zamonlardagi tariximizni tiklash uchun ulkan ahamiyat kasb etadi.
3.
Etnografik ma‟lumotlar – eng qadimgi davrdan boshlab so„nggi
o„rta asrlarga qadar odamlarning yashash tarzi va turmushi, urf-odatlari va
an‟analari, bayramlar va diniy e‟tiqodlar, xo„jalik yuritish udumlari,
ma‟lum qabilalar, elatlar va etnik guruhlarga xos bo„lgan an‟analar haqida
qimmatli ma‟lumotlar beradi.
4.
Lingvistik ma‟lumotlar – qadimgi tillarning yozma, badiiy va
og„zaki nutqda aks etishi, turli xalqlar tili va lahjasidagi o„xshashliklarning
tarixiy ildizlari haqidagi ma‟lumotlarni o„z ichiga oladi. Ushbu
ma‟lumotlar xalqlar va elatlarning etnik kelib chiqishi hamda
mashg„ulotlari, migratsion jarayonlar, diniy e‟tiqodlar, madaniyat, turmush
tarzini o„rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
5.
Kinofotohujjatlar – nisbatan yangi voqea-hodisalar va ma‟lum
shaxslar bo„yicha ilgari surilgan fikrlarning tasdig„i hisoblanadi.
6.
Arxiv materiallari – XIX asrning o„rtalaridan boshlab bugunga
qadar ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy jarayonlarni o„rganishda
markaziy va joriy arxivlarda saqlanayotgan ma‟lumotlar juda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Tarixiy manbalarni o„rganuvchi fan hisoblangan manbashunoslik –
tarix fanining maxsus sohasi bo„lib, tarix fani rivojlanishi va tarixning
yozilishida o„ta muhim ahamiyatga ega. Hozirgi paytda manbashunoslik
fani keng rivojlanmoqda. U yuqorida ko„rsatilgan metodologik ilmiy-
nazariy, g„oyaviy-mafkuraviy asos va ilmiy usullarga tayanadi.
O„zbekiston tarixi fanini o„rganishda tarixiy manbalarning o„rni va
ahamiyati katta. Ular xalqning bebaho moddiy va ma‟naviy merosi,
boyligi hisoblanib, muzeylarda, arxivlarda, kutubxonalarda saqlab
kelinmoqda.
Manbalar o„z mazmuni va shakliga ko„ra, yozma va moddiy
ko„rinishlarga ega bo„ladi. Yozma manbalar eng qadimgi rasmlar,
13
yozuvlar, bitiklar, hujjatlar va kitoblardan iboratdir. Hozirgi kunga qadar
mamlakatimiz hududida va boshqa hududlarda bitilgan qadimgi va o„rta
asrlarga oid yozma manbalarni o„rganish bo„yicha talaygina ishlar amalga
oshirilgan bo„lishiga qaramay, bu yo„nalishda qilinadigan ishlar hali ko„p.
Mavjud manbalar xalqimiz tarixi, moddiy va ma‟naviy qadriyatlari
xususida to„liq, zarur va yetarli ma‟lumotlarni beravermaydi. Shu boisdan
ularni sinchiklab o„rganish, tarjima qilish ilmiy tadqiq etish muhimdir.
Xususan Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlari tarixida muhim
o„rin tutuvchi eng qadimgi manbalar qatorida zardushtiylik dinining
muqaddas kitobi “Avesto”, qadimgi davr tarixiga oid muhim manba
Erondagi Behistun qoyatosh bitiklari, qadimgi Rim, Yunoniston
tarixchilarining yozib qoldirgan ayrim asarlarida hozirgi O„rta Osiyo
xalqlari tarixi, turmush tarzi, moddiy va ma‟naviy madaniyatiga oid zarur
ma‟lumotlar
uchraydi.
Tarixiy
manbalar
qatorida
shuningdek
Abulg„oziyning “Shajari turk”, Mirzo Ulug„bekning “To„rt ulus tarixi”,
Sharafuddin
Ali
Yazdiyning
“Zafarnoma”, Muhammad Yusuf
Bayoniyning “Shajarai Xorazmshohiy” va shu kabi boshqa asarlarni ham
misol qilish mumkin. Shu bilan birga Amir Temurning “Temur tuzuklari”,
Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarlarining ham muhim
yozma manba sifatida misol qilish o„rinli.
Shuningdek, dars jarayonida muhim manbalar qatorida arxiv
materiallaridan ham foydalanish muhim rol o„ynaydi. Zero, arxivlarda
xalq va davlat tarixiga oid yozma hujjatlar saqlanadi. Darsda mavzuni
arxiv materiallaridan foydalangan holda o„tish ham mumkin. Tarixchi
olimlar arxiv hujjatlari asosida, qimmatli dalillarga tayangan holda izlanish
olib borishlari haqqoniy tariximizning xolislik asosida o„rganilishida katta
ahamiyat kasb etadi. Dars jarayonida ulardan unumli hamda o„z o„rnida
foydalanish professor-o„qituvchidan katta mahorat talab qiladi. O„qituvchi
manbalarning turi, shakli, vazifalari hamda ulardan foydalanish yo„l-
yo„riqlari xususida talabalarga to„g„ri tushunchalar berishi maqsadga
muvofiq. Shunday ekan, yozma manbalar tarixni ilmiy-nazariy jihatdan
xolis o„rganishda muhim ahamiyat kasb etishi bejiz emas.
Tarixni o„rganishda arxeologik, etnografik, numizmatik, toponimik
manba va ma‟lumotlarning ham o„rni katta. Ular qatoriga qadimgi aholi
manzilgohlari, shaharlar xarobalari, mozor va qo„rg„onlarning qoldiqlari,
aholi turmushi va xo„jaligida ishlatilgan buyumlar, mehnat va jang
qurollari, turli-tuman ro„zg„or ashyolarini kiritish mumkin. Shunday
manzilgohlar
bugungi
kunda
respublikamizning
Surxondaryo,
Qashqadaryo, Toshkent vohasi, Xorazm, Farg„ona vodiysi hududlaridan
14
ko„plab topilmoqda. Moddiy va yozma manbalar asosida tarixiy
ma‟lumotlarni solishtirib, haqqoniy tarixni talqin etish va o„rganish muhim
ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, ushbu mazvu bo„yicha professor-
o„qituvchi qisqa xulosa berib, yakunlaydi va keyingi savolni muhokama
qilishni boshlaydi.
XX asrning 80-yillari sobiq sovet davlatida ijtimoiy
-
iqtisodiy,
siyosiy va ma‟naviy jihatdan tanazzul holati yuzaga kelib qolgan davr
bo„ldi. “Qayta qurish” siyosatining barbod bo„lishi, ma‟muriy-
buyrukbozlikka asoslangan, mulkchilikning turli shakllari raqobat asosida
shaklanishini inkor etadigan mavhum siyosiy, sinfiy, umumiy manfaatlarni
milliy manfaatlardan ustun qo„ygan, yagona partiya ish hukmronligiga
tayangan mustabid tuzum butunlay istiqbolsiz ekanini amalda yana bir bor
ko„rsatgan edi. Bu vaqtda O„zbekiston iqtisodiy hayoti juda og„ir
ahvolda, xususan, sanoatning bir yoqlama rivojlanib, "paxta" sanoat
kompleksiga moslashishi, ekologik ahvolning og„irlashib, onalar va
bolalar o„limining oshib ketishi, millatlararo munosabatlarda ziddiyatli
holatlar yuzaga kelib, milliy mojarolar yanada kuchayib, milliy urf-odatlar,
qadriyatlar ta‟qib ostida qolishi respublikani tang ahvolga solib qo„ygan
edi.
XX asrning 80-yillarida sovet tuzumi qatag„onlari yana davom etdi.
Markaz rahbarligida O„zbekistonda navbatdagi oshkora qatag„on
boshlanib ketdi. “Paxta ishi”, “O„zbeklar ishi”, “Sharqiy front” deb atalgan
mash‟um siyosat niqobi ostida minglab begunoh kishilar jinoiy
javobgarlikka tortildi. “Paxta ishi” va “O„zbeklar ishi” deb nomlangan
tergovlar boshlanib ketdi. Gdlyan va Ivanov rahbarligidagi tergov
guruhlari o„zbekistonliklarga nisbatan qonunsiz, beshafqat ishlarni boshlab
yubordi. Ularning zo„ravonligi oqibatida sudlar adolatsiz hukmlar chiqara
boshladi.
KPSS Markaziy Qo„mitasining 1985-yil aprel Plenumida jamiyatni
“qayta qurish” orqali iqtisodiyotni tiklash, xalqning turmushini yaxshilash
siyosati belgilandi. Bundan ko„zlangan maqsad jamiyatni sotsialistik
asosda isloh qilish, jamiyatning barcha sohalarida to„la demokratik
jarayonlarni boshlash edi. Ammo hukumatning olib borgan ichki siyosati
va ko„pmillatli mamlakat fuqarolari qarashlari o„rtasida o„ziga xos
nomutanosiblik sodir bo„ldi. Xususan 1987-yildagi mavjud siyosiy
tuzumni va iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlikni saqlab qolgan holda
xo„jalik mexanizmini isloh qilish yo„lidagi urunishlar ham samara
bermadi.
15
Iqtisodiy islohotlar tez orada qotib qolgan ijtimoiy - siyosiy tizim
iskanjasida qoldi. Respublika xalq xo„jaligida umumiy ijtimoiy mehnat
unumdorligi oldingi davrlarga nisbatan pasayishi kuzatildi. Natijada 1980
yillarning ikkinchi yarmida siyosiy tizimni isloh qilishga, birinchi
navbatda KPSSning siyosiy va mafkuraviy hukmronligini cheklashga,
davlat va xo„jalik o„rganlarini kompartiya hukmronligidan chiqarishga,
xalq deputatlari sovetining to„la hokimiyatini ta‟minlashga urinish sodir
bo„ldi. Islohotlar natijasida jamiyatni demokratiyalash, oshkoralik, turli xil
fikrlar bildirishga imkon “berish tomon ijobiy qadamlar qo„yildi.
Matbuotda, radio va televideniyeda turli xil fikr-mulohazalar erkin
yoziladigan, gapiriladigan bo„ldi”. Qayta qurish siyosatining ilmiy va
nazariy jihatdan puxta va aniq-ravshan dasturining ishlab chiqlmaganligi,
iqtisodiy siyosat puxta o„ylab ko„rilmagan sinov va eksperimentlarga
asoslangan, mamlakat ichki imkoniyatlarini hisobga olmasdan xalq
xo„jaligining barcha sohalarini bir vaqtning o„zida rivojlantirishdan iborat
noto„g„ri yo„l tutilganligi natijasida jamiyatda inqirozli holat yuzaga keldi.
Natijada jamiyat va ishlab chiqarishni markazlashtirilgan tarzda
rejalashtirish asosida boshqarish va taqsimlashdan bozor iqtisodiyoti
yo„liga o„tishga urinish bo„ldi. 90-yillar boshida bozor iqtisodiyotiga o„tish
zaruriyatidan kelib chiqib, dasturlar tuzildi, qarorlar qabul qilina
boshlandi. Ammo bu paytda barcha joylarda bo„lgani kabi, O„zbekistonda
ijtimoiy-siyosiy hayot yanada murakkablashib bordi. Respublika partiya va
davlat rahbarlik lavozimlariga Markaz tomonidan ko„plab kadrlar
yuborildi. “Kadrlar to„dasi” deb nom olgan 400 ga yaqin kishilar
O„zbekistonda hukumatni boshqara boshladilar.
Yuqorida qayd etilganidek, O„zbekistonda “o„zbeklar ishi”, “paxta
ishi” deb atalgan jinoiy ishlar to„qib chiqarildi. Moskvadan yuborilgan
Gdlyan va Ivanov guruhi ming-minglab boshqaruv mahoratini puxta
egallagan rahbar kadrlarga nisbatan turli aybnomalarni o„ylab topdilar,
qamash, ozodlikdan mahrum qilish kabi hollar kuchaya boshladi.
Xalqning boy tarixi, mentaliteti va madaniyatini, o„lkaning o„ziga
xos xususiyatlari hisobga olinmasdan xalqning urf-odatlari, an‟analari, tili
va ma‟naviyati oyoqosti qilindi. Olimlar, yozuvchilar va boshqa ijodiy
xodimlar faoliyati mahalliychilikda, milliy cheklanganlikda ayblandi.
Natijada respublikada millatlararo nizolar kelib chiqa boshladi. Xususan,
1989-yilda Toshkent va Farg„onada ro„y bergan millatlararo mojarolar
shular jumlasidan edi. Bu mojaro, ayniqsa Farg„ona vodiysida ommaviy
tus oldi. Respublikaning siyosiy rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab
vaziyatni to„g„ri baholay olmagani uchun, yoshlarning ommaviy
16
chiqishlari, millatlararo to„qnashuvlar sodir bo„la boshladi. Ushbu
to„qnashuvlarda 50 dan ziyod namoyishda qatnashgan aholi halok bo„lgan,
200 dan ortig„i esa yarador qilinadi. Umuman 3-12 iyun kunlari Farg„ona
viloyatida bo„lgan millatlararo to„qnashuvlar va ularning harbiylar
tomonidan o„qqa tutilishi oqibatida 103 kishi halok bo„lgan. 1009 kishi
yarador bo„lgan va 650 xonadonga o„t qo„yilib, vayron qilingan.
Farg„ona fojialariga taalluqli ma‟lumotlarni tahlil qilib, tarixchilar
H.Bobobekov, Q. Usmonov, R.Murtazayevalarning qayd etishlaricha,
mesxeti turklari uchun bu mojaro mustabid tuzum aybi bilan urush davrida
majburan tashlab chiqilgan ona vatanlariga qaytib borishlari uchun bahona
sifatida kerak bo„lganligi takidlanadi. Mahalliy aholi esa bu mojaroga
tabiiy ravishda qo„shilib ketgan xolos. Chunki Ittifoq miqyosida joylarda
aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolariga e‟tibor berilmagan, mahalliy
yoshlar o„rtasida ishsizlik ko„payib, aholining turmush darajasi pasayib
borgan, paxta yakkahokimligi, ekologiya muammolari hal qilimagan,
poraxo„rlik, ko„zbo„yamachilik, qonunbuzarlik avj olgan. Bu holat
O„zbekistonga ham ta‟sir etmasdan qolmagan.
Respublikada keng munozaraga sabab bo„lgan muammolardan biri
o„zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi bo„ldi. Ma‟lumki,
shaxsga sig„inish, turg„unlik yillarida o„zbek tilinining mavqei, qo„llanish
doirasi juda ham torayib ketdi. O„zbek tili davlat idoralarida ham,
majlislar, yig„lishlarda ham deyarli ishlatilmay qo„yildi. 80-yillarning
o„rtalariga kelib SSSR davlatining parchalanishi real haqiqatga aylanib
qoldi. Xalq milliy ongining o„sishi, jamiyatning ijtimoiy qonuniyatlari va
talabi o„zbek tili masalasini ko„rib chiqishni kun tartibiga qo„yilishiga
turtki bo„ldi. Shu tarzda hukumat va mamlakatimiz ilmiy jamoatchiligi
sa‟yi harakatlari bilan 1989-yil 21- oktyabrda xalqimiz ma‟naviy hayotida
muhim voqea sodir bo„ldi, o„zbek tiliga “Davlat tili” maqomi berildi.
Ayni paytda O„zbekiston respublikasi davlat siyosatining jabhalarida
O„zbekistonda istiqomat qilayotgan xalqlar va ularning manfaatlari bilan
bog„liq masalalar birinchi navbatda turar edi. Shunday vaziyatda tinch
hayotni ta‟minlash uchun davlatni boshqara oladigan, bo„lib o„tgan va
o„tayotgan iqtisodiy, siyosiy jarayonlardan to„g„ri xulosa chiqaradigan,
millat ravnaqi yo„li asoslarini boshlab bera oladigan rahbar pespublika
uchun zarur edi. 1989-yil 23-iyunda I.A.Karimov O„zbekiston rahbari etib
saylanishi bilan O„zbekiston SSR Ministrlar Sovetining Farg„ona vodiysi
viloyattlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish masalalariga
bag„ishlangan Kengashda so„zlagan nutqida: “Hozirgi kunda ko„pgina
odamlar Farg„ona voqealarning sabablarini turlicha izohlashmoqda. Men
17
ham barcha sabablarni sanab ularning eng asosiylarini qayd etmoqchi
emasman. Lekin, barcha voqealarining ildizi- Farg„ona vodiysida
yashayotgan aholining og„ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli bilan bog„liq, desam,
o„ylaymanki, ko„pchilik bu fikrga qo„shiladi,” deb alohida ta‟kidlab o„tadi.
O„zbekistonning rahbari sifatida ish boshlagan I.A.Karimov “O„zbekiston
yetakchisi sifatida uzoq vaqtlar davomida yechilmasdan, gazak oldirilgan
kamchilik va nuqsonlar, o„tkir ijtimoiy muammolarning ildizini ochib
tashlaydi, mavjud ayanchli ahvolni tuzatish bo„yicha Markaz rahbariyati
oldinga qat‟iy talablarni prinsipial tarzda qayta-qayta qo„yishdan
cho„chimaydi”.
O„zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov o„z
faoliyatining dastlabki kunlaridan yirik davlat arbobi va mohir siyosatchi,
bunyodkor va tashkilotchi, katta tajribaga ega bo„lgan amaliyotchi va teran
nazariyotchi sifatida serqirra va samarali faoliyat bilan respublikada
millatidan va dinidan qat‟iy nazar, odamlar O„zbekistonni o„z Vatani deb
hisoblashlariga nafaqat da‟vat etdi, balki ular uchun shart-sharoit yaratish
qayg„usi bilan yashadi. 1989-yil sentabrida KPSS MQning navbatdagi
plenumida ham O„zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov
O„zbekistonning yangi rahbari sifatida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy
ahvol tang vaziyatga tushib qolganligini alohida ta‟kidlab o„tadi. Biroq,
markaz respublikalar milliy manfaatlarini o„ylashdan yiroq edi.
Respublikada sodir bo„layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar avvallari
markazni qanchalik e‟tiboridan chetda qolgan bo„lsa, endilikda ham uni
mamlakatda iqtisodiy inqirozlar kuchayib turgan vaqtda bu hol umuman
qiziqtirmas edi. Mana shu vaqtda respublika rahbarining haqiqiy milliy
rahbar sifatidagi o„rni yaqqol namoyon bo„lgan edi.
Uzoq yillik tarix davomida dunyoning ko„plab davlatlarida xalqlar,
millatlarning ozodlik kurashlari tarixida ona xalqining milliy ozodlik
kurashiga boshchilik qilgan ko„plab yo„lboshchilar ma‟lum. O„zbekiston
tarixida XX asr 90-yillariga kelib Islom Karimov millatning lideri, ulug„
yo„lboshchi sifatida maydonga chiqdi. U avvalo respublikadagi tang
ahvolni qalban sezgan holda markazdan xoli xalq manfaatlarini ko„zlab ish
olib borish lozimligini anglab, og„ir va mas‟uliyatli vazifalarni hal etishni
boshladi. Farg„ona vodiysida kuchayib ketgan mesxeti-turklari va
o„zbeklar o„rtasida turli ig„volar va bo„xtonlar natijasida boshlangan
mojarolarga ehtiyotkorona va bosiqlik bilan, mojarolar ildizini bilib,
mojarolar yana kuchayib ketishining oldini olish choralarini belgilagan
holda siyosat yuritdi. Uning siyosiy yetakchilikka xos fazilatlari, masalaga
yondashish usuli, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning borishini o„ta nozik va
18
chuqur anglay olish salohiyatiga ega ekanligi mana shu yerda yaqqol
ko„zga tashlandi. 25-iyun kuni Farg„ona vodiysiga borgan I.A.Karimov
sarosimaga tushgan odamlar bilan chin dildan suhbatlashdi. Xavfsizlik
xizmatining qattiq qarshiligiga qaramay Qo„qon shahriga bordi, yo„l-
yo„lakay bir-ikki joyda to„xtab, odamlarning ro„y berayotgan voqealar
haqidagi fikrini bilib oldi. Mojarolar tufayli zarar ko„rganlar savdoga
chiqariladigan zaxira hisobidan oziq-ovqat bilan ta‟minlandi.
Farg„ona vodiysida tinchlik o„rnatilgach, sovet davlati milliy siyosati
o„zini oqlay olmaydigan darajada sayoz ekanligini anglagan O„zbekiston
rahbari respublikada istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining milliy
manfaatlarini himoya qilish, xususan ona Vatanlaridan majburan
ko„chirilgan xalqlarni 74 yil davomida ta‟qib ostida ushlagan siyosatdan
himoya qilish, ularga milliylik hissini berish, g„ururni shakllantirish
maqsadida respublikada milliy madaniy markazlar tuzish uchun
harakatlarni boshladi. Bu markazlarning faoliyatini muvofiqlashtirib turish
maqsadida O„zbekiston SSR Madaniyat ishlari vazirligi huzurida
respublika millatlararo madaniyat markazi tashkil etildi va ularning soni
1989-yilda 12 ta edi. Ushbu markazga milliy madaniy markazlar
faoliyatiga
rahbarlik
qilishi,
turli
millatlarning
urf-odat,
diniy
qadriyatlarini tiklash va rivojlantirishda ko„mak berishi asosiy vazifa qilib
belgilandi. O„sha yillari butun mamlakatda bo„lganidek, milliy madaniy
markazlar faoliyatida ko„p voqealar birinchi marotaba sodir bo„ldi.
Bunday markazlar, xususan, polyak milliy madaniy markazi
“Svetlitsa Polska”, koreys milliy madaniy markazi “Vozrojdenie”
(Tiklanish), ozarbayjon milliy madaniy markazi “Gardashlo„k” (Do„stlik),
nemis milliy madaniy markazi “Vidergeburt” (Tiklanish, Wiedergeburl),
kabilar respublika ijtimoiy-iqtisodiy hayotida, xalqlar o„rtasida do„stlik,
qardoshlikni mustahkamlashda sharafli xizmatni o„tadi. Masalan,
“Wiedergeburt” nemis milliy-madaniy markazi 1989-yildan boshlab
O„zbekistonda istiqomat qiladigan nemis xalqi manfaatlarini himoya qilib,
o„sib kelayotgan nemis yoshlariga nemis tili, xalq bayramlari, xalq qo„shiq
va raqslarini o„rgatishni yo„lga qo„ydi. Ushbu milliy-madaniy markaz
tashabbusi bilan birinchilardan bo„lib Rojdestvo bayrami qayta tiklandi,
1990-yilda Toshkentda nemis yevangelist-Lyuteran cherkovi qayta
ta‟mirlandi. Respublikaning umumta‟lim o„rta maktablarida tojik, qozoq,
turkman va qirg„iz tilida o„qitish darajasini kengaytirish, respublika oliy
o„quv yurtlarida qozoq, tojik, qirg„iz tillarida o„qitish bo„limlari va ularni
darslik hamda o„quv
qo„llanmalari bilan qurollantirish vazifasi ham
belgilandi.
19
Respublikada kuchayib borayotgan inqirozli jarayonlar o„z navbatida
iqtisodiy tanglik bilan bog„liq ekanligi ma‟lum edi. Avval milliy
manfaatlari toptalgan xalqlarga o„zligini anglashga yo„l ochgan
O„zbekiston endi butun respublikada iqtisodiy tanglikni oldini olish chora-
tadbirlarni ko„rishi, ularni izga solish uchun chora-tadbirlarni belgilab,
amalga oshirish yo„llarini ishlab chiqish ham muhim edi.
Respublikadagi vaziyatni yaxshi tushungan O„zbekiston rahbari
tashabbusi bilan 1989-yil 17-avgustda “Qishloqda yashovchi har bir oilani
tomorqa bilan ta‟minlash, ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun
barcha sharoitlarni yaratib berish haqida” qaror qabul qilindi. Mazkur
qaror qabul qilinganidan so„ng o„tgan bir yil mobaynida 60 mingdan
ziyod oilaga yer uchastkalari ajratib berildi. Respublikada mavjud bo„lgan
tomorqalar butun ekin maydonlarining 5 foizini tashkil etgan holda, jami
200 ming gektar yerni tashkil etdi. Ayni paytda bu yerlarning har
gektaridan yaxshi daromad olindi.
Yer uchastkalari yiriklashtirilgan holda dehqon shaxsiy yordamchi
xo„jalikda yetishtirilgan mahsulotning oilasidan ortgan qismini bozorga
chiqarish imkoniga ham ega bo„ldi. Natijada, mayda tovar ishlab chiqarish
yo„lga qo„yila boshladi. Bunday yordamchi xo„jaliklar bozor
munosabatlarini rivojlantirishga, oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishga
muayyan hissa qo„sha boshladilar.
Bu harakatlar zamirida mustaqil tiklanish, milliy davlatchilikni tuzish
uchun harakatlarni sezish mumkin edi. 1989-yilning oxirlariga kelib,
o„zbek tiliga Davlat tili maqomini berish uchun harakatlar milliy
davlatchilikni rivojlantirishning bir yo„li edi. O„zbek tiliga davlat tili
maqomini berish harakatlari 1988 yildan boshlangan bo„lsada, hali-hanuz
bir qarorga kelishning imkoni yo„q, matbuotda esa bu haqida turli
qarashlar va fikrlar bildirilar, aniq bir natija belgilashning imkoni bo„lmas,
markazning ta‟siri ham kuchli edi. Respublikada
rahbarlikni boshlagan
I.A.Karimov alohida komissiya tuzish haqida ko„rsatma beradi. Ushbu
komissiya xalq fikrini o„rganib, o„zbek tiliga davlat tili maqomini beruvchi
qonun loyihasini tayyorlashi kerak edi. Yangi tuzilgan komissiya tarkibiga
norasmiy tashkilotlarning vakillari ham kiritilgan edi. Loyiha muhokama
qilingan to„rt oy davomida komissiyaga jami to„rt mingga yaqin maktub
kelib tushdi, bu xatlarga jami 150 mingdan ortiq kishi imzo chekkan edi.
Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda bu takliflar o„rganib
chiqildi va tezda qonun loyihasining yangi uch varianti yuzaga keldi. Bular
komissiya loyihasi, yozuvchilar uyushmasi tuzgan loyiha, norasmiy
tashkilotlar vakillari tuzgan loyihalardan iborat edi. Barcha loyihalar
20
ochiq, xolis muhokama etildi va ularni o„rganish, umumlashtirish asosida
yangi loyiha tayyorlanib, u 1989-yil 11-oktyabr kuni matbuotda e‟lon
qilindi. Loyiha umumxalq muhokamasidan so„ng O„zbekiston SSR Oliy
Sovetining 1989-yil 21-oktyabrda bo„lgan III sessiyasida “O„zbekiston
SSRning Davlat tili haqida” Qonuni qabul qilindi. Shundan so„ng davlat
tilini izchil takomillashtirish maqsadida keng harakatlar boshlandi.
Qonunda belgilangandek, Respublikada qonun loyihasini amalga oshirish
bilan bog„liq bo„lgan tadbirlar aniq belgilangan holda faqat rahbar
xodimlargina emas, balki turli millat vakillari bilan muntazam aloqada
bo„luvchi kishilar, huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar, ijtimoiy ta‟minot,
xalq maorifi, madaniyat va sog„liqni saqlash, savdo, maishiy xizmat
ko„rsatish, aloqa, transport, kommunal xo„jalik, ommaviy axborot
vositalari xodimlari o„z vazifalarini bajarishi uchun yetarli darajada davlat
tilini bilishlari kerakligi ta‟kidlangandi.
Ta‟kidlash lozimki, O„zbekiston rahbariyati o„zbek tilini davlat tili
darajasiga ko„tarishda respublikada istiqomat qiladigan boshqa xalqlarning
milliy manfaatlarini ham hisobga oldi. Davlat tili haqidagi qonunda
o„zbek tilining davlat tili sifatida rivojlanishi boshqa milliy tillarning
manfaatlariga zid kelmasligi belgilangan edi. Qonunga respublikada
yashovchi barcha xalq va millat vakillari teng huquqli ekanini
ko„rsatuvchi modda ham kiritildi.
Bunday yondashuv asosida 1995-yil 24-avgustda “O„zbek tilining
asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasining
qarori e‟lon qilindi. Bu qaror Davlat tili haqidagi Qonunni to„ldirdi.
Shundan so„ng respublikadagi rusiyzabon aholining davlat tilini
egallashlari uchun yanada ko„proq imkoniyat yaratish, shu munosabat
bilan maktablar, maktabgacha ta‟lim, maktabdan tashqari muassasalardagi
o„zbek ta‟lini o„qitishni yanada yaxshilash, takomillashtirish, ular uchun
yangi dastur, darslik hamda boshqa o„quv qo„llanmalarini yaratish, davlat
tilini jadallashtirib o„rgatishning zarur uslubiyotlarini tezkorlik bilan ishlab
chiqish, bu muhim tadbirda ana shu soha mutaxassislarining keng va faol
ishtirokini ta‟minlash maqsadida bir qator vazifalar ham amalga oshirildi.
Shuningdek, harbiy, diniy va boshqa sohalarda kerakli til belgilanishiga
urg„u berildi.
O„zbek tilining ijtimoiy-siyosiy va ilmiy-texnikaviy atamalarini
tartibga keltirish va takomillashtirish maqsadida O„zbekiston Ministrlar
Soveti huzurida maxsus atamalar qo„mitasi tashkil etildi. Bu qo„mita
oldiga tegishli vazifalar qo„yildi. Qo„mita dastlabki vaqtdan boshlab
matbuotda berilgan, radio va teleko„rsatuvlarda qo„llangan atamalarni, 15
21
ta vazirlik, qo„mita va idoralardan kelgan, shu idoralarga taalluqli atama va
nomlanishlarni to„plab, muhokama etdi.
Umuman, 1989-yilda qabul qilingan davlat tili haqidagi qonun ayrim
kamchiliklardan xoli bo„lmasa-da, biroq bu qonunning murakkab ijtimoiy-
iqtisodiy
sharoitda
qabul
qilinganini
hisobga
olsak,
bunday
kamchiliklarning sabablarini tushunib olish qiyin emas edi. Mazkur qonun
xalq madaniy merosi, milliy qadriyatlarini o„rganish, tarixiy xotirani
tiklash, shu asosda milliy ong, ruhiyat mustahkamligi, ijtimoiy faollik
kuchayishiga ham yo„l ochib berdi. Shu ma‟noda milliy tillarga davlat
maqomi berilishi sotsialistik tuzumga qarshi olib borilayotgan mustaqillik
yo„lidagi harakatlarning kuchayishiga ham ijobiy ta‟sir etdi. Davlat tili
haqidagi qonun milliy o„zlikni anglash, milliy davlatchilikni tiklash
yo„lida respublikadagi yana bir tarixiy ahamiyatga ega bo„lgan muhim
siyosiy qadam bo„ldi va milliy mustaqillikning ma‟naviy poydevoriga asos
bo„ldi. O„z-o„zidan, ushbu Qonun o„zbek tilining mavqeini tiklashga,
uning ijtimoiy hayotning barcha sohalarida to„la amal qilishiga katta
imkon yaratdi.
O„zbekiston aholisi xohish-irodasini har tomonlama qo„llab-
quvvatlash, xalqning chinakam taraqqiyoti va gullab-yashnashini
ta‟minlash, uning ma‟naviy imkoniyatlarini boyitish zarurligiga asoslanib,
O„zbekiston Birinchi Prezidentining “Navro„z xalq bayramini o„tkazish
yakunlarn to„g„risida” gi 1990-yil 3-mayda qabul qilingan Farmonga
asosan O„zbekiston Respublikasi hududida har yili 21 martni dam olish
kuni va umumxalq bayrami kuni deb e‟lon qilindi. Navro„zning bayram
qilinishi teran xalq an‟analari, yerga va tabiatga ehtiyotkorlik bilan
munosabatda
bo„lish, dehqon mehnatini hurmat qilish, yaxshi
qo„shnichilik, mehr-muruvvatga va boshqalarning dardiga malham
bo„lishga intilishlari qudratli omili bo„ldi.
Ma‟muriy-buyruqbozlik avj olgan milliy his-tuyg„ularni poymol
etish evaziga shovinistik ruh bilan shakllangan kommunistik tuzum XX asr
80-yillarida butun O„zbekiston xalqini ta‟na-dashnom va tuhmatlar domiga
tortgan, Paxta ishi” yoki keyinchalik “O„zbeklar ishi” nomini olgan
uydirmalar sovet tuzumi qatag„on siyosatining yangi bosqichi bo„lgan edi.
Xalqning prokuratura organlariga ishonchini uyg„otish, birinchi
navbatda xalq va yurt manfaatlaridan kelib chiqib ish tashkil etish,
Gdlyan-Ivanovlar tomonidan sodir etilgan qonunbuzarliklarga barham
berish, ularga nisbatan jinoiy ish qo„zg„ash, noqonuniy jazoga
tortilganlarni ozod qilish, markazdan kelgan “qonun posbonlarini” kelgan
22
joyiga qaytarib yuborish, markaz bilan aloqani asta-sekin uzish ishlari eng
muhim vazifaga aylandi.
O„zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi tomonidan 1989-yil 12-
sentyabrda “paxtachilikdagi qo„shib yozishga yo„l qo„ygani uchun jinoiy
javobgarlikka tortilgan kishilarni avf etish maqsadida hujjatlar
tayyorlaydigan” komissiya tashkil etildi. Ushbu komissiya tayyorlagan
hujjatlarga tayanib, O„zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi jinoiy
javobgarlikka tortilgan 43 kishining gunohidan o„tishni O„zbekiston SSR
Oliy Sovetidan so„radi. Unda ko„plab shaxslarga belgilangan jazo
muddatlarini yengillashtirish choralari so„ralgan edi. Ma‟lum bo„lishicha,
shu vaqt oralig„ida “Paxta ishi”da sudlanganlar soni 4018 kishini tashkil
etgan bo„lsa, respublikada boshlangan ijobiy o„zgarishlardan so„ng
reabilitatsiya qilinganlar soni 2940 kishini, qayta tergovga yuborilganlar
63 kishini, asossiz sudlanganlar 1016 kishini tashkil etdi.
O„zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov boshchiligida
boshlangan bu yo„l tarixiy-ma‟naviy tiklanish, markaz tomonidan olib
borilgan qatag„onlik siyosatiga chek qo„yish, o„zbek xalqi sha‟nini himoya
qilish, iqtisodiy tanazzul holatini cheklash, ichki bozorni himoyalash,
butkul yangi ijtimoiy himoya siyosatini olib borish, markaz ta‟sirini
kamaytirish va boshqa keng qamrovli tadbirlarlan iborat bo„ldi.
1990-yil bahorida O„zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom
Karimov gorbachyovcha qayta qurish boshi berk ko„chaga kirib qolganini
anglab yetdi. O„sha vaqtda SSSR siyosatchilari orasida bunday odamlar
kamdan-kam aytilar edi. Rossiyada va boshqa ittifoqdosh respublikalarda
tobora kuchayib borayotgan tartibsizliklar O„zbekistonda ham yuz
bermasligi uchun qat‟iy choralar ko„rish kerak edi. O„zbekistonda
hokimiyatning ozgina zaiflashuvi ham respublikada millatlararo nizolar
yangidan boshlanishiga, ijtimoiy portlashlarga olib kelishi mumkin edi.
Shu sababli M.Gorbachev va uning atrofidagilar norozi bo„lishiga va
qarshilik ko„rsatishiga qaramay, O„zbekiston Respublikasida Prezidentlik
boshqaruvi joriy etildi.
1990-yil 23-martda esa O„zbekiston Kompartiyasi MKning
Plenumida ham respublika siyosiy tizimi to„g„risidagi masalani ko„rib
chiqilgan va unda O„zbekistonda hokimiyatning Prezidentlik boshqaruvi
shakliga o„tishi respublika suvereniteti va davlatchiligida mohiyatan yangi
bosqich ekanligi ta‟kidlangandi. 1990-yil 24-mart kuni O„zbekiston SSR
Oliy Sovetining XII chaqiriq 1 sessiyasida SSSR tarkibidagi respublikalar
orasida birinchi bo„lib muhim siyosiy hujjat – “O„zbekistonda Prezidentlik
boshqaruvi ta‟sis etish to„g„risida”gi qarorni qabul qildi va O„zbekiston
23
Kompartiyasi MQ birinchi kotibi Islom Abdug„aniyevich Karimov
O„zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi. Shu tariqa, O„zbekistonda
SSSR respublikalari ichida birinchi bo„lib o„zining milliy huquqiy va
demokratik davlatiga mustahkam zamin yaratildi. O„zbekiston xalqining
manfaatlarini ko„zlab I.A.Karimov tashabbusi bilan amalga oshirilgan
dastlabki tadbirlarning o„ziyoq prezidentlik boshqaruvining o„z vaqtida
ta‟sis etilganidan dalolat beradi.
O„zbekiston mustaqillikka erishishida qo„yilgan yana bir muhim
qadam bu 1990-yil 20-iyunda “Mustaqillik Deklaratsiyasi” ning qabul
qilinishi bo„ldi. Mazkur hujjat O„zbekiston Qonunlarining Ittifoq
qonunlaridan ustuvorligini ta‟minladi. Deklaratsiyada har bir millat o„z
taqdirini o„zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq
qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya tamoyillarga
asoslanib O„zbekiston SSRning davlat suverenitetini e‟lon qildi. 1990 yil
1-oktyabrda
“O„zbekiston SSR Prezidenti Kengashining tarkibi
to„g„risida” O„zbekiston SSR Prezidentining Farmoni e‟lon qilindi.
Farmon asosida O„zbekiston SSR Prezidenti Kengashining 14 kishidan
iborat a‟zolari tayinlandi.
1991-yil 22-iyulda O„zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi
“O„zbekiston SSR hududida joylashgan Ittifoqqa bo„ysunuvchi davlat
korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini “O„zbekiston SSRning
huquqiy tobeligiga o„tkazish to„g„risida” qaror qabul qilib, jumladan, unda
“O„zbekiston SSRning “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ga amal qilib, bozor
iqtisodiyotiga o„tish sharoitida mehnat jamoalari manfaatlarini himoya
qilish va ularning xo„jalik mustaqilligini ta‟minlash maqsadida respublika
hududida
joylashgan
ittifoqqa
bo„ysunuvchi davlat korxonalari,
muassasalari va tashkilotlari O„zbekiston SSRning huquqiy tobeligiga
o„tadi”, deb qayd qilindi.
Shuningdek, ushbu qarorda “O„zbekiston SSR Prezident huzuridagi
Vazirlar Mahkamasiga Ittifoqqa bo„ysunuvchi korxonalar, muassasalar va
tashkilotlarning O„zbekiston SSR huquqiy tobeligiga o„tishi tartibini
belgilash vazifasi topshirildi”.
Shunday qilib, o„tgan asr 90-yillariga O„zbekiston SSR Prezidenti
I.A.Karimov
O„zbekiston SSR Oliy Kengashi va Hukumati
O„zbekistonning siyosiy-iqtisodiy mustaqilligi, uning milliy suvereniteti
uchun dadil qadamlar qo„ydilar. Bu qadamlar xalq tomonidan ham
qoniqish bilan kutib olina boshlandi.
O„zbekiston Birinchi Prezidentining bevosita ko„rsatmasi bilan
respublika ichki ishlar vazirligining mas‟ul lavozimlariga malakali
24
mahalliy kadrlar qo„yildi. Bu tadbirlarning huquqiy asosi bo„lib 1990 yil
31-oktyabrda Prezident imzolagan “Militsiya xodimlarini ijtimoiy va
huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish to„g„risida”gi O„zSSR
Qonuni, 1991-yil 25-oktyabrda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining
“O„zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi to„g„risida”gi
qarorlari muhim ahamiyat kasb etdi.
1991-yil
31-avgustga
kelib
“Mustaqillik
Deklaratsiyasi”
O„zbekistonning mavjud bo„lgan boshqaruv, huquqiy faoliyatini
ta‟minlash, barcha sohada mustaqil siyosat olib borish imkonini berdi.
1991-yilga kelib O„zbekistonda respublikaning davlat mustaqilligiga doir
mutlaqo yangi davlat ramzlari tayyorlash va qabul qilish borasida dadil
ishlar boshlandi. 1991-yil 15-fevralda O„zbekiston Oliy Kengashi
“O„zbekistonning davlat ramzlari to„g„risida” maxsus qaror qabul qildi.
O„zbekistonning o„z suvereniteti uchun kurashi, avvalo,
Respublikada qabul qilingan har bir qonunning mazmun va mohiyati
jihatidan sobiq Ittifoq qonunlaridan tubdan farq qilishida, bundan tashqari,
har bir qonun avvalgidek Ittifoq qonuniga moslashtirib emas, balki
respublika manfaati ifoda etilganligi bilan ajralib tura boshladi. Xususan,
1991-yil 21-iyulida O„zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining
“O„zbekiston SSR hududida joylashgan Ittifoqqa bo„ysinuvchi davlat
korxonlari, muassasalari va tashkilotlarini O„zbekiston SSRning huquqiy
tobeligiga o„tkazish” to„g„risida qabul qilgan qarori ham O„zbekiston SSR
Prezidenti I.A.Karimov O„zbekiston SSR Oliy Kengashi va hukumati
O„zbekistonning siyosiy-iqtisodiy mustaqilligi, uning milliy suvereniteti
uchun dadil qadamlar tashlanganligining isboti bo„lib qoldi.
1991-yil 19-avgustda Moskva shahrida bir guruh avantyuristlar
M.Gorbachyevni rahbarlikdan chetlashtirib, Favqulodda holat davlat
komitetini tuzadi. Bu voqea “GKChP voqeasi” nomi bilan tarixga kirdi.
GKChP rahbarlarining asosiy maqsadi mustaqillik sari intilayotgan milliy
respublikalarga nisbatan tazyiq va ta‟qiblarni kuchaytirib, tobora zaiflashib
borayotgan qizil imperiyani saqlab qolishdan iborat edi. Shu maqsadda
ular butun SSSR hududida favqulodda holat joriy etmoqchi, milliy
respublikalarning o„z xalqi manfaatlarini o„ylab qabul qilgan qonun va
qarorlarini bekor etmoqchi bo„ladilar.
O„zbekistonning rahbari bu vaqtda Hindiston safarida bo„lib,
Respublika rahbarining yo„qligidan foydalangan O„zbekiston SSR vitse-
prezidenti va O„zbekiston Kompartiyasining ikkinchi kotibi O„zbekiston
SSR hududida SSSRda Favqulodda holat davlat qo„mitasining faoliyatini
qo„llab-quvvatlash haqida ko„rsatma berib yuboradilar. O„zbekistonning
25
Birinchi Prezidenti I.A.Karimov Favqulodda holat e‟lon qilinganini
eshitib, zudlik bilan Toshkentga qaytadi va O„zbekiston SSR hududida
GKCHPning qonunga zid qarorlarini bekor qilish haqida ko„rsatma beradi.
1991-yil 20-avgust kuni O„zbekiston SSR Oliy Kengashi, Vazirlar
Mahkamasi, Qoraqalpog„iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri
rahbarlari
ishtirokida
majlis
o„tkazadi. Unda so„zga chiqqan
O„zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “har birimiz og„ir va
vazmin bo„lishimiz kerakligini, boshimizga tushgan sinovlar, noaniq davr
va sharoitdan, avvalambor, aql va idrokimizni bir joyga yig„ishtirib, insof
va
vijdonni
yo„qotmasdan, sarosimaga tushmasdan chiqishimiz
kerakligini” alohida ta‟kidlab o„tadi. 1991-yil 21- avgust kuni O„zbekiston
Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Farmoni bilan
Favqulodda holat davlat qo„mitasining O„zbekiston Konstitutsiyasi hamda
qonunlariga zid keladigan qarorlari va farmonlari noqonuniy deb e‟lon
qilindi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 25-avgustdagi
Farmoniga binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va davlat xavfsizligi
qo„mitasi qonuniy ravishda O„zbekiston Respublikasi tasarrufiga olindi.
Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki
qo„shinlari bevosita O„zbekiston Prezidentiga bo„ysundirildi. Respublika
ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qo„mitasi, prokuraturasi, adliya
organlari, ichki qo„shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo„shinlari
Dostları ilə paylaş: |