26
O„zbekiston Respublikasi “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ning o„rni va
ahamiyatiga alohida to„xtalish lozim. Zero, bu muhim hujjat
O„zbekistonning mustaqillikka erishishida qo„yilgan navbatdagi muhim
qadamlardan biri edi. Bu umumdavlat ahamiyatiga ega bo„lgan
Deklaratsiyani qabul qilishda respublika Oliy Soveti deputatlari faollik
ko„rsatdilar. O„zbekistondagi tarixiy shart-sharoit
va vaziyatni hisobga
olgan 200 dan ortiq deputat X11 chaqiriq respublika Oliy Sovetining
ikkinchi sessiyasi (1990-yil 18-iyunda) boshlanishidayoq mustaqillik
Deklaratsiyasi qabul qilishni kun tartibiga kiritishni va kechiktirmasdan
shu sessiyada uni qabul qilishni qat‟iy talab etdilar.
O„zbekiston SSR Oliy Soveti Rayosati a‟zolari, komissiya raislari va
muovinlari “Mustaqillik Deklaratsiyasi” xususida fikrlashib,
deputatlar
fikrini olish va so„ng uni sessiyaga olib chiqish lozim deb topdilar.
19-iyun kuni 40 dan ortiq deputat, doimiy komissiyalarning raislari,
huquqshunoslar tayyorlagan Deklaratsiya matni batafsil ko„rib chiqildi.
Natijada bu masala 20-iyun kuni sessiyada kun tartibiga kiritildi.
“Mustaqillik Deklaratsiyasi” deputatlar tomonidan moddama-modda,
bandma-band muhokama qilindi, har bir millat o„z taqdirini o„zi belgilashi,
Deklaratsiya qoidasi bilan kafolatlanishi qayta-qayta ta‟kidlandi. Unda
o„zbek xalqining asrlar davomida qo„lga kiritgan davlat qurilishi va
madaniy taraqqiyot borasidagi boy tarixiy tajribasi va an‟analari hisobga
olinishi uqtirildi. Sessiyada qabul qilingan “Mustaqillik Deklarssiyasi”
kirish qismiga quyidagicha yozib qo„yildi:
“O„zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi o„zbek
xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan an‟analari,
har bir millatning o„z taqdirini o„zi belgilash huquqini ta‟minlashdan
iborat
oliy maqsadi, O„zbekistonning kelajagi uchun tarixiy mas‟uliyatni
chuqur his etgan holda xalqaro huquq qoidalari, umumbashariy
qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib O„zbekiston Sovet
Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e‟lon qiladi”.
Shuningdek, birinchi moddada: “O„zbekiston SSRning demokratik
davlat mustaqilligi respublikaning o„z hududida
barcha tarkibiy qismlarni
belgilashda va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir” – deb
belgilab qo„yildi. Sessiya qabul qilgan “Mustaqillik Deklaratsiyasi”
xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi. Shu kundan
boshlab respublikada O„zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir
masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi. 1991 yil 15-fevralda
O„zbekiston Oliy Kengashi “O„zbekistonning davlat ramzlari to„g„risida”
maxsus qaror qabul qildi.
27
O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qabul qilgan qonunlar.
O„zbekiston Prezidentining farmonlari, hukumat qarorlari katta
ahamiyatga ega bo„lib, ular respublikaning iqtisodiy
va siyosiy jihatdan
mustaqil rivojlanish yo„liga bevosita qaratila boshladi.
XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq Ittifoqdagi o„zgarishlar,
hamda yuzaga kelgan vaziyat o„zbek xalqining mustaqillik uchun bo„lgan
kurashini tezlashtirib yubordi.
Dostları ilə paylaş: