Book · December 022 citations reads 52,739 authors


Mustaqil O„zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/40
tarix05.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#172843
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40


Mustaqil O„zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning 
tarixiy ahamiyati. O„zbekistonning o„ziga xos istiqlol va taraqqiyot 
yo„li 
 
Ushbu mavzu mamlakatimizda mustaqillikning qo„lga kiritilishi va 
uni mustahkamlash yo„lida amalga oshirilgan ishlar, ularning samaralariga 
bag„ishlangan bo„lib, unda ma‟ruzachi avvalo birinchi masala yechimiga 
kirishar ekan, mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va 
siyosiy jarayonlarda yuzaga kelgan vaziyatni tahlil etadi. Buni quyidagicha 
o„rganish tavsiya etiladi. 
O„zbekiston o„zining davlat mustaqilligini e‟lon qilgan vaqtda 
mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol o„ta murakkab bo„lib, quyidagilar 
uning o„ziga xos xususiyatlari sifatida namoyon bo„lar edi: aholining 
turmush darajasi bo„yicha O„zbekiston sobiq ittifoq tarkibida oxirgi 
o„rinlardan birida turar edi; aholining 60% dan ko„proq qismi yashaydigan 
qishloq joylarida industrial rivojlanishning ahamiyatli darajada ortda 
qolishi sharoitida iqtisodiyotda yirik sanoat shaharlaridagi gigant korxona-
monopolistlarning haddan tashqari konsentratsiyasi va ixtisoslashuvi hukm 
surardi; iqtisodiyotda ma‟muriy tarzdagi narxni tashkil etish va resurslarni 
taqsimlash bilan bog„liq kuchli nomutanosibliklar kuzatilar edi; mamlakat 
o„z davlatchiligining asoslarini yaratish zarurati oldida turardi; og„ir 
ekologik ahvol mavjud edi. 
Ko„plab tarmoqlarda ittifoq davrida shakllangan xomashyoni qazib 
olish va dastlabki qayta ishlash, yarim fabrikatlarni tayyorlash bosqichida 
uzilib qoluvchi tugallanmagan texnologik siklga ega ishlab chiqarishlar 
ustunlik qilar edi.
Respublikaning asosiy tarmoqlari kompleks tarzda emas, balki 
Rossiya hamda boshqa respublikalardagi ishlab chiqarish tarmoqlariga 


28 
resurslar va tayyor mahsulotlarni ko„p minglab kilometrlarga (ko„pincha 
noratsional, qarama-qarshi tarzda) yetkazib berish orqali “bog„lab qo„yish” 
maqsadida rivojlantirilgan edi. 
70 yildan ko„proq vaqt hukm surgan ma‟muriy-buyruqbozlik tizimiga 
asoslangan sobiq Ittifoqdagi noto„g„ri, samarasiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosat 
80-yillarning oxiriga kelib barcha ittifoqdosh respublikalar qatorida 
O„zbekiston aholisining ham yashash sharoitlarini og„irlashtirib, uni 
ko„plab muammolar iskanjasiga solib qo„ygan edi. Jumladan, 
quyidagilarda bu o„z aksini topayotganini kuzatish mumkin edi:
1) Respublikada demografik vaziyatning murakkabligi. O„zbekistonda 
aholining o„sish sur‟atlari Ittifoq sur‟atlariga qaraganda uch barobardan 
ziyod yuqori bo„lganiga qaramay, uzoq yillar davomida sanoat va 
iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ish joylarini ko„paytirish hamda 
aholining hayot ta‟minoti uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan 
mustahkamlab borilmadi. Bu esa odamlar turmush sharoitining 
yomonlashuvi, ishsizlar sonining ko„payishi, ijtimoiy mehnat unumdorligi 
va 
aholi 
daromadlarining 
kamayishi, 
pirovard 
natijada 
xalq 
farovonligining pasayishiga olib keldi; 
2) Respublika iqtisodiyotining biryoqlama, haddan tashqari nomaqbul 
ixtisoslashtirilishi natijasida qishloq xo„jaligi bilan bir qatorda, sanoatda 
ham, asosan, xomashyoni birlamchi qayta ishlash tarmoqlari ustunlik qilib, 
tayyor mahsulot, avvalo xalq iste‟moli mollari ishlab chiqaruvchi 
tarmoqlarning ulushi juda past edi; 
3) ishlab chiqaruvchi kuchlar va avvalo, sanoat obyektlari asosan 
stixiyali ravishda, aniqrog„i, har xil o„zboshimchalik, buyruqbozlik bilan 
qabul qilingan qarorlar asosida, ko„pincha ilm-fan vakillari, bilimli va 
obro„li mutaxassislarning tavsiyalari mutlaqo e‟tiborga olinmay 
joylashtirildi; 
4) Respublikadagi ijtimoiy ahvol, odamlarning ijtimoiy ta‟minoti va 
ularni ijtimoiy himoya qilishning mutlaqo qoniqarsizligi. Ayniqsa, qishloq 
aholisining kanalizatsiya va vodoprovod bilan ta‟minlanishi atigi 5 foizni, 
ichimlik suv bilan ta‟minlanishi salkam 50 foizni, tabiiy gaz bilan 
ta‟minlanishi 17 foizni tashkil etar edi. Aholini uy-joy, sog„liqni saqlash, 
madaniy-maishiy xizmat obyektlari, maktablar, bolalar bog„chalari va 
h.k.z. bilan ta‟minlash ishlarida siljishlar sezilmadi. Vaholanki, aholining 
ko„pchilik qismi qishloq joylarida istiqomat qilar edi. 


29 
O„zbekiston sobiq Ittifoq tarkibida uzoq yillar davomida hukm surgan 
ma‟muriy-buyruqbozlik tizimi ta‟sirida faqat xomashyo yetkazib berishga 
asoslangan, qoloq va mo„rt iqtisodiyotga ega bo„lib, bu holat respublika 
aholisi daromadlari va turmush darajasiga ancha keskin ta‟sir ko„rsatdi. 
Bu davrda respublika barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy 
ko„rsatkichlar bo„yicha Ittifoqdagi o„rtacha darajadan ham ancha orqada 
bo„lib, mamlakatda oxirgi o„rinlardan biriga tushib qoldi. Jumladan, aholi 
jon boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bo„yicha Ittifoqdosh 
respublikalar orasida 12-o„rinni, daromad darajasi, asosiy turdagi 
mahsulotlarni iste‟mol qilish jihatidan eng oxirgi o„rinlardan birini egallab 
keldi. Aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish bo„yicha 
Ittifoqdagi o„rtacha darajadan 2 barobar, xalq iste‟moli mollari ishlab 
chiqarish bo„yicha 2,5 barobar, sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan 
2,5 barobar, qishloq xo„jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan esa 2 
barobar, aholining o„rta hisobda go„sht mahsulotlari, tuxum, sut va sut 
mahsulotlari iste‟moli bo„yicha 2 barobar orqada qolgan. O„sha davrda 
kun kechirish uchun oyiga o„rta hisobda kamida 85 so„m zarur bo„lgani 
holda, 75 so„mdan kamroq yalpi daromad oladigan aholining ulushi Ittifoq 
bo„yicha 12 foizdan sal ko„proq bo„lsa, O„zbekistonda 45 foizga yetgan, 
ya‟ni 8 million 800 ming kishini tashkil etardi. Bir millionga yaqin kishi 
ijtimoiy ishlab chiqarishda o„zining qo„lidan keladigan ishni topa olmagan, 
ya‟ni ishsiz bo„lgan. 
1990-yillarning boshlariga kelib inqirozli holat kuchayib bordi-ki, 
buning bir qator sabablari mavjud edi. O„zbekistonning sobiq Ittifoq 
tarkibida uzoq yillar davomida ma‟muriy-buyruqbozlik tizimi ostida 
bo„lganligi, shuningdek, shundoq ham susayib borayotgan xo„jalik 
aloqalarining 1990-yillarning boshida Ittifoqning parchalanishi oqibatida 
batamom uzilib qolishi kuchli inqiroz holatlarini keltirib chiqardi. 
O„zbekiston iqtisodiyotining bir yoqlama tarzda, faqat xomashyo 
yetishtiradigan holga tushib, kompleks rivojlanish yo„liga, aholi 
ehtiyojlarini qondirishga o„tkazilmagani ijtimoiy ishlab chiqarish 
tuzilishidagi chuqur nomutanosibliklarda namoyon bo„ladi. Buni quyidagi 
jadvalda ham kuzatishimiz mumkin:

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin