69
2016-yil 24-sentyabrda O„zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid
Davlat siyosati to„g„risida”gi qonun imzolandi. Bu qonunning imzolanishi
navqiron avlodga yuksak mehr, e‟tibor va g„amxo„rlik ifodasidir. 2017-yil
30-iyunida Prezidentimiz tashabbusi bilan O„zbekiston Yoshlar Ittifoqi
tashkil etildi. Shu kundan e‟tiboran 30-iyunni mamlakatimizda “Yoshlar
kuni” sifatida nishonlash an‟anaga aylantirildi. “2017-2021 yillarda
O„zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo„nalishi
bo„yicha Harakatlar strategiyasi”da ham Yoshlar faolligini oshirish
bo„yicha qator vazifalar belgilab berilgan.
Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoev tomonidan
2017-yil 5-iyulda
“
Yoshlarga oid Davlat
siyosatining samaradorligini oshirish va O„zbekiston Yoshlar ittifoqi
faoliyatini qo„llab-quvvatlash to„g„risida
”
gi farmonning imzolanishi
mazkur tizim ishlarini yanada jadallashtirdi. BMT ning 72-sessiyasida ham
yoshlarga ko„rsatilayotgan g„amxo„rlikni e‟tirof etib,
BMTning yoshlar
huquqlari to„g„risidagi konvensiyasini ishlab chiqish taklifini o„rtaga
tashladilar.
Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlarga harbiy ta‟lim-tarbiya
beradigan kursantlar maktablari “Temurbeklar maktabi” deb nomlandi.
Vatanga sadoqat bilan xizmat qilgan yoshlarni rag„batlantirish uchun
“Mard o„g„lonlar” Davlat mukofoti, o„qishda, mehnatda, jamoat ishlarida
faol bo„lgan Yoshlarni “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlash
yo„lga qo„yildi.
O„zbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda
rivojlantirishning
beshta ustuvor yo„nalishi bo„yicha ishlab chiqilgan Harakatlar
strategiyasining to„rtinchi yo„nalishi to„rtinchi bandida ham Yoshlar
siyosatini takomillashtirish belgilangan. Mamlakatimizda so„nggi yillarda
Yoshlar bilan ishlash bo„yicha mutlaqo yangi tizimning yaratilgani
yoshlarimizda Vatan taqdiriga
daxldorlik hissini kuchaytirib, zamonaviy
demokratik O„zbekiston davlatini barpo etishda ijtimoiy faollikni
oshirmoqda. 2017-yilning o„zida Yoshlar hayotiga oid 20 dan ziyod
qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Faqat bir yil davomida
O„zbekiston Yoshlar ittifoqi tavsiyasi bilan 4 ming 300
ga yaqin
yoshlarimizga banklar tomonidan 216 millard so„m imtiyozli kreditlar
berilgani, 184 ming 300 dan ziyod yoshlarimiz ish bilan ta„minlanganligi
e‟tiborga loyiq.
70
O„zbekiston mustaqillikka erishgan kundan buyon Respublika
Prezidenti va hukumati tomonidan chuqur o„ylangan milliy siyosat amalga
oshirilmoqda.
Davlat umummilliy siyosatiga milliy siyosatdan tashqari iqtisodiy va
sotsial, ilmiy-texnika, ta‟lim va sog„liqni saqlash,
xalqaro munosabatlar
(tashqi siyosat) milliy xavfsizlik va boshqa siyosatlar kiradi.
O„zbekiston umummilliy siyosatining katta tizimida milliy aholi
siyosati alohida o„rin egallaydi. Bu siyosat diqqat markazida millatidan
qat‟i nazar inson turadi. Bunda milliy aholi siyosati respublika aholisiga
xos sifat ko„rsatkichlarini yaxshilashni ko„zda tutadi.
O„zbekiston polietnik, ya‟ni ko„p elatli davlat turiga mansub bo„lib,
davlatga o„z nomini bergan millat - o„zbeklar (1996-yil 1-yanvar holatiga
ko„ra - 76,4%) - aholi soni bo„yicha ko„pchilikni tashkil qiladi.
1999-yilga kelib bu muvozanatda qisman o„zgarish bo„ldi.
Mamlakatimizda o„zbeklar aholining deyarli 80
foizini tashkil etsa,
qolganlar esa kam sonli millatlar vakillaridir.
“Ijtimoiy fikr” markazi tomonidan respublika Baynalmilal madaniy
markaz hamda milliy madaniy markazlar vakillari ishtirokida “
Dostları ilə paylaş: