61
Nutq so‘zlovchi va tinglovchilar o‘rtasida bevosita, ya’ni yuzma-yuz yoki
bavosita: xat,
telegramma, telefon singarilar orqali amalga oshishi mumkin.
Shunga ko‘ra ham nutq ixtisoslashadi. O‘z navbatida bevosita aloqada
undovlardan, odatda, ko‘proq foydalaniladi.
Alohida bir shaxs muloqot jarayoniga kirishar ekan (fikrini, his-tuyg‘usini,
munosabatini yozma yoki og‘zaki shaklda bayon etar ekan, uning oldida ma’lum
maqsad turadi. Bu maqsad so‘zlovchining boshqalar uni tushunishi, anglashidan
iboratdir. So‘zlovchi va tinglovchining bir-birini tushunishi va anglashi faqat ular
uchun umumiy asos mavjud bo‘lgandagina amalga oshishi mumkin.
Shuning
uchun lison qanchalik ijtimoiy, so‘zlovchi va tinglovchi uchun umumiy, majburiy
bo‘lsa, nutq ham ular uchun shunday umumiy, majburiy va ijtimoiydir. Ammo
lisoniy tizimdayam bir xil mazmun va munosabatni ifodalashning yuzlab omillari
mavjud. So‘zlovchi esa mana shu imkoniyatlar xazinasidan birini tanlash va
qo‘llash erkinligiga ega.
Dostları ilə paylaş: