Book · January 022 citations reads 484 author


SOTSIOLINGVISTIKADA PSIXOLINGVISTIK VA SOTSIOLOGIK



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

SOTSIOLINGVISTIKADA PSIXOLINGVISTIK VA SOTSIOLOGIK 
TUSHUNCHALAR. KOMMUNIKATSIYA. KOMMUNIKATIV VAZIYAT 
Reja: 
1. Kommunikatsiya. 
2. Kommunikativ vaziyat. 
Tayanch so‘z va iboralar: 
kommunikatsiya, verbal va noverbal 
kommunikatsiya, kommunikativ vaziyat, kommunikativ vaziyat komponentlari
.
“Kommunikatsiya” 
ko‘p 
ma’noli 
termin 
bo‘lib, 

“ommaviy 
kommunikatsiya (axborot) vositalari” birikmasida matbuot, radio va 
televideniyening axborot vositalarini, texnikada aloqa tarmog‘ini ifodalash uchun 
ishlatiladi. Sotsiolingvistikda “kommunikatsiya” “muloqot” so‘zining sinonimi 
sifatida qo‘llaniladi.
Kommunikatsiya 
verbal (nutqiy) va noverbal (nutqsiz)
36
 
bo‘lishi mumkin. 
Kishilar o‘rtasidagi muomala jarayonida nafaqat verbal, balki noverbal muloqot 
vositalaridan, ya’ni turli imo-ishoralardan ham foydalaniladi. Har qanday 
jismoniy ishda ham nutqiy muomalaga ehtiyoj tug‘ilavermaydi: Masalan, shovqin 
yuqori bo‘lgan ish joylarida, xususan, temirchilik, quymachilik, qadoqlash va h.k. 
sexlarda ishchilar ko‘pincha imo-ishoralar vositasida muloqot qiladilar.
Ba’zi jamiyatlarda qadimda so‘zlashuv nutqidan kam foydalanishga harakat 
qilingan. Masalan, Xitoy va Koreyada konfutsiy olim-amaldorlari odatda o‘z 
fikrlarini yozma ravishda ifodalashgan. Hukmron konfutsiy aslzodalarining 
qiyofasi loqayd, yuzi toshdek, hech qanday ifoda kasb etmagan. Mazkur 
an’analarning bugungi koreys jamiyatida ham o‘z ta’sirini yo‘qotmaganligi 
kuzatiladi.
S. M. Ervin-Tripp kommunikatsiya jarayonidagi partner (muloqot 
ishtirokchi)larning verbal muomalasiga sotsiolingvistikaning asosiy predmeti 
sifatida qaraydi: “Sotsiolingvistika ishtirokchilarning holatga, mavzuga, o‘zaro 
ta’sir funksiyalariga, shakl va baholarga ko‘ra verbal muomalasi bilan ish ko‘radi. 
Mazkur ta’rifning markazi verbal muomala (so‘zlashuv va uning muqobillari) 
hisoblanadi. Bu o‘rinda sistemani to‘liq tavsiflash uchun lingvistik belgilarning 
funksional alternant (muqobil)lari sanalgan imo-ishoralar va tasvirlarni ham 
kiritish lozim bo‘ladi. Biroq verbal muomala yuqori darajadagi to‘liq sistema 
36
Verbal
so‘zi lotincha 
verbum
“so‘z”dan olingan. 


55 
sifatida o‘zini har joyda namoyon qiladi. Shunga ko‘ra uni qulay boshlang‘ich 
nuqta deyish mumkin”
37
Jahon tilshunosligida til tizimini shaxs bilan bog‘liq tarzda o‘rganish asosan 
sotsiolingvistika, lingvistik semantika, kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika, 
pragmatik tilshunoslik, lingvokul-turologiyaga oid tadqiqotlarda namoyon 
bo‘lgan. Xususan, V. fon Gumboldt, L. Vaysgerber, E. Sepir, B. Uorf,
A. Potebnya, J. Lakoff, M. Jonson, N. Xomskiy, N. Karaulov, L. Shcherba,
F. Sedov kabi tilshunoslarning ishlarida til tizimi shaxs omili bilan bog‘liqlikda 
tadqiq etilgan. 
Kognitiv tilshunoslik tilni kodlashtirish va transformatsiyalashda muhim rol 
o‘ynaydigan kognitiv mexanizm sifatida o‘rganadi. Kognitiv tilshunoslik dunyoni 
anglash va bilish, klassifikatsiya, toifalash (kategorizatsiya) jarayonlari qanday 
amalga oshirilishini tushunish, bilim qanday to‘planishi, qanday tizimlar 
axborotni qabul qilish orqali faoliyatning turli turlarini ta’minlashini tushunib 
olishni maqsad qilib qo‘ygan.
Sotsiolingvistikaning mohiyati psixologiya va lingvistika sohalari kesishuvi 
natijasida yuzaga kelgan psixolingvistikada 
yaqqol 
namoyon bo‘ladi. 
Psixolingvistik tadqiqotlarda matnning matn tuzuvchi – matn – retsipiyentdan 
iborat uchlik nuqtayi nazaridan tadqiq etilishi unda shaxs omilini chuqur 
o‘rganishni taqozo etadi. 
Psixolingvistikaning asosiy tadqiq obyekti nutqiy faoliyat jarayoni 
hisoblanadi. Rus tilshunosligida mazkur soha rivojiga katta hissa qo‘shgan
A. A. Zalevskaya psixolingvistikaning vazifasi haqida yozar ekan, “tilning amal 
qilish fenomenini psixik fenomen sifatida tavsiflash va tushuntirish” ushbu 
sohaning asosiy maqsadi bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan edi. 
Sotsiolingvistika va pragmalingvistika o‘zaro aloqadorlikdagi sohalar bo‘lib, 
har ikki sohaning umumiy jihatlari nutqiy vaziyat, muloqot xulqi, nutqiy odob 
kabi masalalarda tutashadi va bir-birini to‘ldiradi.
Ma’lumki kishilar jamiyatda yashash jarayonida undan ma’lum bir 
andazalarni oladilar, o‘sha ijtimoiy muhitga mos tarzda harakatlanib, hayotda 
ba’zi sotsial vazifani bajaradilar. Har qanday shaxs o‘zining bajarib turgan 
ijtimoiy imkoniyatlariga muvofiq ravishda meyoriy so‘zlash majburiyatiga ega 
bo‘ladilar, bu nutq esa so‘zlovchi bajarayotgan ijtimoiy vazifa xususida ma’lumot 
beradi. Buni nutqning sotsial xoslanishi deb yuritish ham mumkin bo‘ladi. 
37
Эрвин-Трипп С. М. Язык. Тема. Слушатель. Анализ взаимодействия // Новое в лингвистике. Вып. 
VII. Социолингвистика. – М., 1975. – С. 336. 


56 
Ma’lum ijtimoiy vazifa bajaruvchi har qanday shaxs nutqi kasb nuqtayi 
nazaridan maxsus til belgilariga ega bo‘ladi. Bu ana shu nutq subyektining 
psixologik, mantiqiy hamda falsafiy munosabati bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi.
Ijtimoiy vazifa tushunchasi nutq subyektining egallab turgan vazifasi yoki 
bajarib turgan kasbi ma’nosini anglatadi.
– 

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin