47
SOTSIOLINGVISTIKADA LINGVISTIK TUSHUNCHALAR. TIL
ME’YORI. NUTQIY MULOQOT
Reja:
1. Sotsiolingvistikada lingvistik tushunchalar.
2. Til me’yori.
3. Nutqiy muloqot.
4. Nutqiy muomala.
5. Nutq akti.
Tayanch so‘z va iboralar:
me’yor, til me’yori, adabiy til, so‘zlovchi,
tinglovchi.
Dunyo
tillarining, ma’lum ma’noda, o‘ziga xosligini yorituvchi,
muayyan
tilning boshqa tillardan farqli jihatlarini ko‘rsatuvchi tadqiqotlar yaratilgan.
Mazkur tadqiqotlarning bosh masalasi til va jamiyat munosabati talqinidir.
Tilning jamiyat bilan bog‘liq tomonlarini o‘rganish tilning o‘ziga xos ichki
qurilishi, imkoniyatlarini yoritishda ahamiyatlidir.
Kishilik jamiyati taraqqiyoti davomida aloqa-munosabat vositasi bo‘lgan
tilning jamiyatga bo‘lgan nisbatini turlicha izohlashgan.
Har xil fikrlar, turli
nazariyalar vujudga kelgan. Ba’zi guruhlar tilni
tirik organizm sifatida
tushunishgan. Ba’zilari o‘zgarmas voqelik sifatida qarashgan. Bunday qarashlarni
tahliliy ravishda o‘rganib, quyidagicha umumlashtirish mumkin:
Til tabiiy-biologik hodisa emas. Tilning mavjud bo‘lishi va uning taraqqiyoti
tabiat qonunlariga bog‘liq emas. Til kishilarning tabiatiga, irqiga, nasliga
aloqador emas.
Jamiyat bo‘lib uyushgan kishilargina aloqa-munosabat vositasi bo‘lgan tilga
ega. Til kishilik jamiyatining asrlar davomidagi tarixiy-ijtimoiy
tajribasi asosida
yuzaga kelgan ijtimoiy hodisadir. Til va jamiyat taraqqiyoti uzviy bog‘liqdir.
Jamiyatda ro‘y beradigan har qanday voqelik, ma’lum ma’noda tilda o‘z ifodasini
topadi. Tilning ijtimoiy tabiati uning jamiyatda mavjud bo‘lishi hamda jamiyat
manfaatlariga xizmat qilishida namoyon bo‘ladi.
Sotsiolingvistika tilning ijtimoiy tabiatini
tahlil qiluvchi asosiy soha
hisoblanadi. Sotsiolingvistika tilning ijtimoiy tabiatini yoritishda
Dostları ilə paylaş: