Book · January 022 citations reads 484 author



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

b)
 
“l” vokallashadi:
 hi(w)- hill (tepalik), mi(w)k- milk (sut)
31
.
Sotsiolingvistikada ijtimoiy variantivlikdan tashqari, erkak va ayol 
nutqiga xos variativlik ham mavjud. Masalan, yapon tilida erkak va 
ayollarning nutqiy muomalasi bir-biridan keskin farq qiladi (bu o‘rinda 
barcha tillarda mavjud bo‘lgan gender xususiyatlari emas, aynan erkak va ayol 
nutqining variantlari nazarda tutilgan – Sh. Usmanova). Erkakning 
“ayolcha” gapirishi yoki aksincha, ayolning “erkakcha” gapirishi jiddiy kulgili 
holatlarni keltirib chiqaradi. Yapon tilidagi erkak va ayol variantlarining farqi til 
tizimining barcha sathlarida namoyon bo‘ladi. 
Fonemalar va ularning moslashuvidagina bir xillik mavjud bo‘lib, ularning 
urg‘usida farqlanish ko‘zga tashlana boshlaydi. Ayniqsa, grammatika va 
leksika sathida ikki variantning bir -biridan ajralishi ko‘proq kuzatiladi.
Masalan, 
1-shaxs 
va 
2-shaxs 
kishilik 
olmoshlari 
misolida
(3-shaxsda alohida farq kuzatilmaydi) , faqat 1-shaxsning eng takallufli
vatakusi
shakli erkak va ayollar tomonidan birday qo‘llaniladi. 
Erkaklar, asosan,
boku
(odatda), 
ore
(betakalluf) va 
vasi
(betakalluf, 
hozir eskirgan); ayollar – 
atasi
(betakalluf) va 
atakusi
(takallufli, 
eskirib borayotgan) kishilik olmoshlarini ishlatis hadi. 
Vatasi
olmoshi 
erkaklar tomonidan ham, ayollar tomonidan ham q o‘llaniladi, biroq 
ayollar uchun standart, erkaklar uchun takallufli (
vatakusi 
ga nisbatan), 
shuningdek, katta yoshdagilarga xos olmosh sanaladi.
29
Labov W. The social stratification of English in New York City. - Washington, 1966.
30
Лабов У. О механизме языковых изменений // Новое в лингвистике. Вып. 7. Социолингвистика. -М., 
1975. –C. 50.
31
http://en.wikipedia.org/wiki/Received_Pronunciation. 


42 
Grammatik farqliliklar orasida gap oxirida keladigan modal-
ekspressiv yuklamalar ko‘proq ajralib turadi. Yapon tili iltimos, 
murojaat, tasdiq va h.k. ma’nolarni hamda so‘zlovchining u yoki bu 
turdagi 
hissiyotlarini 
ifodalagan 
yuklamalarga 
boyligi 
bilan 
xarakterlanadi. Bunday yuklamalarni boshqa t ilga tarjima qilish o‘ta 
qiyinchilik tug‘diradi. Erkaklar nutqiga: 
dzo

dze

na:

ya:
, ayollar 
nutqiga: 
va

no

ma:

kasira

ara
yuklamalari xosdir. Har ikkala 
variantdagi yuklamalar chekka hududlarga k o‘ra ham farqlanishi 
mumkin. Ayrim yuklamalar ma’nosiga ko‘ra farqlanadi: 
yo 
yuklamasi
 
erkaklarda betakalluf, ayollarda esa takallufli q o‘llaniladi. Bunday 
turdagi farqlar kic hik yoshdan boshlab shakllanadi
32
.
Boshqa grammatik farqliliklar hurmat shakllarini q o‘llashda 
namoyon bo‘ladi. Adabiy til me’yorlariga ko‘ra, atoqli otlardagi
-kun
betakalluf qo‘shimchasini faqat erkaklargina qo‘llay olishlari mumkin; 
ayollar bunday vaziyatlarda 
-san
(hurmat darajasiga ko‘ra erkak 
variantda takalluf, ayol variantda neytrallik ifodalaydi) qo‘shimchasidan 
foydalanadilar.
Qayd qilingan barcha farqlar so‘zlashuv tiliga tegishli bo‘lib, yozuvda, 
shuningdek, og‘zaki-kitobiy matnlar (teleyangiliklar yoki ma’ruzalar)da 
yozuvchining yoki so‘zlovchining jinsi u qadar aniq namoyon bo‘lmaydi.
Gender tushunchasi erkak va ayollarning psixologik, ijtimoiy va madaniy 
о‘ziga xos xususiyatlarini nazarda tutadi.
Insoniyatning uzoq yillik evolutsiyasi jarayonida bu ikki qarama-qarshi jins 
о‘ziga xos bо‘lgan umumiylik hamda farqlarga ega bо‘lib bordi. Natijada ayol va 
erkakni bir-biridan farqlovchi va umumlashtiruvchi xususiyatlar tizimi shakllandi. 
Gender erkaklar va ayollar aynanligi va xulq-atvordagi tafovutni nazarda tutadi. 
Til vositalarini gender jihatidan tahlil qilish keyingi yillarda tilshunoslikda 
amalga oshirilgan va oshirilayotgan masalalardan biri hisoblanadi. Yevropa 
tilshunosligida bir qator ishlar amalga oshirilgan bо‘lib, erkak va ayollar nutqida 
uchraydigan murojaatlarning farqli holatlari kо‘rsatib о‘tilgan. Xususan, rus 
tilshunosligida ham bu borada yetarli darajada ishlar olib borilgan bо‘lib, rus 
erkak va ayollari nutqidagi barcha vositalar tahlil qilingan. Har bir millat о‘zining 
mental tabiatidan kelib chiqib muloqot jarayonida til vositalarini turlicha 
qо‘llaydi. О‘zbeklar nutqida qо‘llaniladigan til vositalari, ya’ni murojaat shakllari 
boshqa xalqlarnikidan farq qilib, unda о‘zbekona madaniyat aks etib turadi. Shu 
32
Танака Акио. Буммацу, ку:мацу-но хё:гэн то гохо: (Выражение и форма конца предложения) // 
Нихонго-нихон-бунка (Японский язык и японская культура). – № 6. Осака, 1977. – C. 57.


43 
bilan birga, ayollar va erkaklar nutqida ham bu vositalarning qо‘llanishida farqlar 
kuzatiladi.
Rus tilshunosi A. V. Krilina o‘zining “Ilmiy ishlarda genderning tadqiq 
etilishi” mavzusidagi tadqiqotlarida gender tilshunoslik xususiyatlarini atroflicha 
o‘rgangan. Unga ko‘ra, gender tadqiqoti bir necha metodologik prinsiplarda 
o‘rganiladi. Ular o‘z navbatida ikki guruhga ajratiladi. Birinchi guruh gumanitar 
fanlardagi umumiy gender yondashuv bo‘lib, lingvistika, psixologiya, 
sotsiologiya va boshqa gumanitar fanlar uchun umumiydir. 
Sotsiolingvistikada “gender” tushunchasi “biologik jins” tushunchasidan 
farqlanuvchi ijtimoiy tushuncha hisoblanadi. Buning asosida jamiyatda erkak va 
ayollarga xos bo‘lgan xususiyatlar negizida shakllangan “ijtimoiy jins” 
tushunchasi yotadi. Boshqacha aytganda, gender tadqiqotlarda uzoq vaqt 
davomida odamlar dunyoqarashida shakllangan, jamiyat tomonidan qabul 
qilingan erkaklik va ayollik (maskulinnost va feminizm)ka xos axloq me’yorlari 
tushuniladi. Ana shunday axloq me’yorlari ichida muloqot xulqi masalasi 
markaziy masalalardan biri bo‘lganligi bois genderologik muammolarni lingvistik 
aspektda o‘rganish zarurati tug‘ildi. 
XX asr boshlaridayoq bir qator tadqiqotchilar biologik jins va 
kommunikatsiya 
o‘rtasidagi munosabatni aniqlashga kirishgan edilar.
70- yillarning o‘rtalarida bir guruh ruhshunoslar erkaklar va ayollar o‘rtasidagi 
kommunikativ farqlarni aniqlashga va shu asosda dolzarb ijtimoiy muammolarni 
hal qilishga gender nuqtayi nazaridan yondasha boshladilar. Ruhshunoslardan 
keyin tilshunoslar shaxsning gender jihatlari til tizimida, nutq faoliyatida, 
kommunikatsiya xususiyatlarida namoyon bo‘lishini aniqladilar. Bu esa erkak va 
ayol 
nutqi 
orasidagi 
farqlarni 
tadqiq 
etuvchi 
yangi 
bir 
yo‘nalish 
sotsiolingvistikaning shakllanishiga yo‘l ochib berdi. 
Tilshunoslikda 
gender 
parametrlarning 
qo‘llanishini 
tadqiq 
etish 
tilshunoslikning ayol yoki erkaklarga xos konstruktiv tamoyillarini o‘rganishda 
ham muhim ekanligi o‘z isbotini topdi. Tilshunoslikda genderologik 
tadqiqotlardan ko‘zlanadigan asosiy maqsad ayol va erkak nutqiga xos bo‘lgan, 
har ikkala jins vakillariga xos uslubda voqealangan yozma yoki og‘zaki matnlarni 
farqlash ko‘rinishidagi “lisoniy asimmetriya” hodisasining turlari va sabablarini 
aniqlashdir. 
Nemis tilshunosi Fris Mautner o‘z kuzatishlarida tildagi mavjud gender 
tavofutlar erkak va ayollarning nutqiy faoliyatlarida ajralib turuvchi bir qator 
jihatlarga bog‘liq ekanligini antik teatr an’analariga bog‘lab talqin qiladi. 
Tarixdan ma’lumki, ilgari antik teatrlarda ayollar roli erkaklar tomonidan ijro 
etilgan va shu tariqa o‘ziga xos bo‘lgan “erkaklar tili” va “ayollar tili” yuzaga 
kelgan. Keyinchalik esa ayollar tilining o‘ziga xosligi teatrdan tashqarida, turli 


44 
jamoat joylarida ham saqlanib qolgan. Bu XVIII-XIX asrlarda turli joylarda fikr 
ifodalashda, munosabat bildirish va baholashda, til birliklaridan foydalanishda 
erkak va ayollarning huquqlari teng bo‘lmaganligi bilan ham bog‘liq. Bunday 
qarash amerikalik Edvard Sepir tadqiqotlarida ham ta’kidlanadi. Sepir erkak va 
ayol nutqidagi jinsiy tavofutlar yechimini til birliklari vositasida namoyon 
bo‘luvchi ijtimoiy tenglik mezonlaridan axtaradi. 
Daniyalik tilshunos Otto Yespersen esa e’tiborini erkaklar va ayollarning 
tildagi mavjud birliklardan foydalanishiga, ularning so‘z qo‘llashda o‘ziga xos 
xususiyatlarini aniqlashga qaratdi. U o‘z tadqiqotlarida ayollarning nutqiy 
vaziyatdan kelib chiqib ko‘proq hissiyotga berilishiga, shuning uchun 
evfemizmlardan ko‘proq, ba’zan esa imkonsiz qolganda vulgarizmlardan 
foydalanishga majbur bo‘lishga moyilligini ko‘rsatib beradi. 
V. V. Potapov til va gender munosabatlari muammosini, shuningdek, ayol 
va erkak nutqini o‘rganish borasida lingvistik tadqiqotlarni quyidagi asosiy 
yo‘nalishlarga ajratish mumkin, deb hisoblaydi:
– ayollar va erkaklarning idroki, ongidagi tilning fonetika, morfologiya, 
semantika va sintaksis kabi sathlar bo‘yicha tafovutlarni aniqlash;
– ayol va erkak nutqining ijtimoiy genezisiga bo‘lgan yondashuv, ya’ni 
jamiyatdagi ijtimoiy vazifalarning qayta taqsimlanish xususiyatlari bilan 
izohlanuvchi semantik tafovutlarni aniqlash;
– ayollar va erkaklar nutqining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan 
holda, ayol va erkaklar tilini tadqiq qiluvchi lingvistik nazariyalarni ishlab 
chiqish;
– aniqlangan ko‘rsatkichlarni kognitiv tilshunoslik nuqtayi nazaridan 
tushuntirib berish. Bu yerda nafaqat tafovutlarning takrorlanish darajasini, balki 
dunyo manzarasining turli jihatlari bilan aloqalarini aniqlash muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Ma’lumki, og‘zaki so‘zlashuv nutqidan tortib yozma matnlargacha gender 
jihatdan farqlanadi. Matnlar tuzilishi tekshirilganda, ayollar va erkaklar nutqining 
fonetik, leksik-frazeologik, grammatik, stilistik va boshqa turdagi farqlari yaqqol 
ko‘zga tashlanadi. 

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin