48
Tilning
hayotiyligi
uning aloqa-munosabat vositasi sifatida mavjuligidir. Til
hayotiyligini yo‘qotsa, o‘lik tilga aylanadi. Til hayotiy bo‘lishi
uchun shu tildan
foydalanadigan jamiyat zarur bo‘ladi. Ba’zan o‘lik tillar qaytadan tirik tilga
aylanishi mumkin, degan fikr ham mavjud va buning isboti
sifatida ivrit tilini
misol qilib keltirish mumkin. Bu qarashni nisbiy deb baholash kerak. Negaki, til
aloqa munosabat vositasi sifatidagi ahamiyatini yo‘qotdimi, uni sun’iy ravishda
tiklab bo‘lmaydi.
Sotsiolingvistikadagi
me’yoriylik
mezoni
deyilganda tilning muayyan
me’yorlar asosida muvofiqlashtiriluvi tushuniladi. Til grammatikasiga oid qonun-
qoidalarning yaratilishi me’yorlashtirishning muhim omillaridan hisoblanadi.
Me’yorlashtirilgan til muayyan jamiyatning ehtiyoji uchun xizmat qiladigan,
muayyan qonun-qoidalar asosida muvofiqlashtirilgan milliy-adabiy tildir.
Sotsiolingvistika o‘ziga xos kontseptsiyalarning muayyan to‘plami
bilan
ishlaydi: tilshunoslik jamiyati, lingvistik vaziyat, ijtimoiy va kommunikativ tizim,
lingvistik sotsializatsiya,
kommunikativ kompetensiya, lingvistik kod,
kodni
o‘zgartirish, ikki tilli (bilingalizm), diglossiya, til siyosati va boshqalar.
Bundan
tashqari, ba’zi tushunchalar tilshunoslikning boshqa sohalaridan olinadi:
lingvistik norma, nutq muomalasi,
nutq harakati, til bilan aloqa,
til aralashuvi,
vositachilik tili va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: