Book · January 022 citations reads 484 author


Umumxalq tili va adabiy til



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

Umumxalq tili va adabiy til. 
Umumxalq tili ma’lum bir xalqning 
so‘zlashuv tili bo‘lib, uzoq vaqt davomida shakllanadi. Bir tilga mansub barcha 
sheva va lahja umumxalq tilini tashkil qiladi. O‘zbek umumxalq tili uch lahjadan 
tashkil topgan. Umumxalq tili milliy til ham deyiladi. Adabiy til esa umumxalq 
tilining olim va adiblar tomonidan qayta ishlangan, me’yorga solingan, hamma 
uchun umumiy bo‘lgan, yuqori darajada sayqallashgan shakli. Davlat muassasasi, 
matbuot, radio, televideniye va ta’lim, madaniyat va ilmda adabiy tildan 
foydalaniladi. Adabiy til umumxalq tilidan tashqarida bo‘lmaydi. Adabiy til 
bo‘lishi uchun umumxalq tili:
– yozuv bilan ta’minlangan bo‘lishi;
– qonun-qoidasi aniqlangan bo‘lishi;
– mutaxassislar tomonidan qayta ishlangan bo‘lishi lozim. 
Dunyodagi ko‘pgina tilning hozir ham adabiy shakli yo‘q. Adabiy tilning 
og‘zaki va yozma ko‘rinishi mavjud. Og‘zaki shakl so‘z, tovush, gap, ohang, 
pauza (to‘xtam) bilan, yozma shakli esa harf, yozuv, tinish belgisi bilan ish 
ko‘radi. Adabiy tilning og‘zaki va yozma shakli o‘z me’yoriga ega. Uning 
og‘zaki shakli kishi uchun bevosita, yozma adabiy til esa bilvosita aloqa vositasi. 
Chunki yozuvda qog‘oz, ruchka, yorug‘lik bo‘lishi kerak. Og‘zaki muloqotda bu 
shart emas. 
 


49 
Biror bir jamiyatda, muayyan bir davrda lisoniy vositalarni tanlash
belgilash va ulardan foydalanish qonuniyatlari 
me’yor (norma)
ni ifodalaydi. 
Me’yor (norma)
– kishi nutqida nutq vositalaridan tartibli ravishda 
qo‘llanish majmui. 
Me’yor 
tushunchasi 
adabiy til
tushunchasi bilan 
chambarchars bog‘liq. Ko‘pincha adabiy til me’yorlashgan til ham deyiladi. 
Me’yor nimaning to‘g‘ri yoki nimaning noto‘g‘riligini aniqlaydi. U “qonuniy” til 
vositalari va ifoda usullarini tavsiya qiladi, til odatlari va an’analariga zid bo‘lgan 
usullarni inkor qiladi. Masalan, 
olib berdi 
(oberdi); 
tog‘ + -ga = toqqa
.
Adabiy tilning eng muhim xususiyati shundaki, unda qat’iy belgilangan 
qoidalar – normalar mavjud; masalan, so‘zlar kilometr, shartnoma oxirgi 
bo‘g‘indagi stress bilan talaffuz qilinishi kerak. Normalar – bu jamiyatda 
namunali deb qabul qilingan til birliklaridan foydalanishning nisbatan barqaror 
qoidalari. Normalarga rioya qilish barcha ma’lumotli odamlar uchun majburiydir. 
Adabiy til normalari turli xil til birliklarini qamrab oladi; talaffuz va stress 
qoidalarini o‘z ichiga oladi (orfoepik normalar), so‘zlarni ishlatish qoidalari va 
barqaror birikmalar (leksik normalar), so‘zlarni shakllantirish qoidalari (lotin 
me’yorlar), grammatik shakllarni shakllantirish qoidalari (masalan, jinsi, soni, 
holati) va so‘zlarni birlashtirish va ularni jumlalar va jumlalarga birlashtirish 
qoidalari (grammatik normalar), nutq uslubiga muvofiq til vositalaridan 
foydalanish qoidalari (stilistik normalar), nihoyat, so‘zlarni yozish va tinish 
belgilarini o‘rnatish qoidalari (imlo va tinish belgisi normalar). Shunday qilib, 
normalar adabiy tilning barcha darajalarida ishlaydi. 
Adabiy til lahja va sheva negizida umumlashtirish, qat’iy me’yorni ishlab 
chiqish yo‘li bilan hosil qilinadi va undan oziqlangan holda muttasil rivojlanib 
boradi. Shuning uchun adabiy til xalq shevasidan uzilmagan. Adabiy til uchun 
sheva boyishning ichki manbasi hisoblanadi. Boshqa tildan so‘z olib rivojlanish 
tashqi manbadir. Faqat muayyan hududga xos til shakli sheva, bir-biriga yaqin 
bo‘lgan sheva yig‘indisi lahja deb yuritiladi. Dialekt so‘zi gohida sheva, gohida 
lahja atamasi o‘rnida keladi: Toshkent dialekti (shevasi), qipchoq dialekti 
(lahjasi) kabi. Adabiy til shevadan, shuningdek, bir lahja ikkinchi lahjadan, bir 
sheva boshqa shevadan fonetik, leksik va grammatik jihatdan ozmi-ko‘pmi farq 
qiladi. 
Fonetik farq deganda tovush jihatidan (pabrika – fabrika, man – men, jila – 
yig‘la kabi), leksik farq deganda so‘z jihatidan (kalapo‘sh – do‘ppi, go‘sala – 
buzoq kabi), grammatik farq deganda so‘z shakli yoki qo‘shimchadagi
(borayapti – borvotti – borutti kabi) farqlanish tushuniladi. Shevaning faqat 
og‘zaki shakli mavjud. 
O‘zbek umumxalq tili tarkibida uchta lahja bor:
1) qarluq lahjasi (janubiy-sharqiy guruh);


50 
2) qipchoq lahjasi (janubiy-g‘arbiy guruh);
3) o‘g‘iz lahjasi (shimoliy-g‘arbiy guruh).
Qarluq lahjasi, asosan, shahar shevasini o‘z ichiga oladi (Toshkent, Andijon, 
Farg‘ona, Samarqand, Buxoro). Bu lahja shevasining muhim fonetik va 
grammatik belgisi quyidagi:
– so‘z oxiridagi k tovushi у tarzida aytiladi: elak – elay, terak – teray kabi;
– о lashish yuz beradi: aka – oka, Akram – Akrom, bahor – bohor, boramiz – 
borovuz;
– qaratqich kelishigi yo‘q va uning o‘rnida ham tushum kelishigi 
qo‘shimchasi -ni ishlatiladi: ukamni(ng) daftari. 
Qipchoq lahjasi shevasi O‘zbekistonning barcha viloyatida mavjud, asosan 
qishloqda 
tarqalgan 
(Samarqand, 
Jizzax, 
Qashqadaryo, 
Surxondaryo, 
Qoraqalpog‘iston, Shimoliy Xorazm viloyati, Turkmanistonning Toshovuz 
viloyati shevasi). Belgisi:
– у o‘rnida j ishlatiladi: yo‘l – jo‘l, yo‘q – jo‘q;
– g‘ o‘rnida v ishlatiladi: tog‘ – tov, sog‘ – sov;
– k, q tushuriladi: eshi(k), sari(q), quru(q).
O‘g‘iz lahjasi janubiy Xorazmdagi (Urganch, Xiva, Xonqa, Hazorasp, 
Qo‘shko‘pir, Shovot tumani) bir qancha shevani o‘z ichiga oladi. Belgisi:
– unli qisqa va cho‘ziq aytiladi: at (hayvon), aad (ism);
– t tovushi d, k tovushi esa g tarzida aytiladi: tog‘ – dog‘, keldi – galdi. 
-ning qo‘shimchasi -ng tarzida, -ga qo‘shimchasi esa -a, -na tarzida aytiladi: 
akamning – akaming, yorimga – yorima, qo‘liga – alina. 
Jamiyat taraqqiyoti bilan baravar holda til va nutqdagi me’yoriy holatlarni 
o‘rganish, tahlil qilishga ham ehtiyoj kuchayib borgan va bu muammolarni hal 
qilishda xalqning maishiy, ma’naviy-ma’rifiy turmushi, ijtimoiy-falsafiy va 
estetik dunyoqarashi, urf-odatlari singari qator omillar e’tiborga olingan. Til 
hodisalarini, uning me’yoriy jihatlarini tadqiq etishda yana tilning milliy 
xususiyatlarini hisobga olmaslik ham aslo mumkin bo‘lmagan. 
Demak me’yor milliylik va tarixiylik mazmunini kasb etadi, necha yuz, 
ming yillar davomida shakllangan an’anaviylikka ega bo‘ladi. Tildan 
foydalanishdagi an’anaviy me’yorlarning davrlar o‘tishi bilan o‘zgarib, 
yangilanib turishi ham tarixiy jarayondir. 
Me’yorlar tarixan o‘zgaruvchan bo‘ladi, biroq ular asta-sekin o‘zgaradi. 
Rivojlangan adabiy tillarda me’yor uzoq yillar davomida o‘z barqarorligini 
saqlaydi
33
.
33
Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. – М, 2001. – C. 24.


51 
P. fon Polens me’yor deganda, metatil kommunikatsiyasi natijasida 
“me’yoriy”, “to‘g‘ri” deb baholanadigan, til sistemasi imkoniyatlarining bir 
qismini tushunadi
34
. Biroq real turmushda til me’yori tilni qo‘llash bilan 
to‘ldiriladi, ya’ni til egasi nutqida qo‘llanmaydigan, me’yorga va me’yoriy 
shakllarga mos kelmaydigan tilni qo‘llash hodisalari ham mavjud bo‘ladi. Bu 
o‘rinda me’yor “elak” vazifasini o‘taydi, ya’ni u xalq nutqidagi barcha yorqin, 
sof, aniq ifodalarni saralab, adabiy til qo‘llanishiga kiritadi, noaniq, mujmal, 
o‘tkinchi ifodalarni qoldiradi. Adabiy me’yor muhim ijtimoiy va madaniy 
funksiyani bajaradi. Inson faoliyatining barcha muhim sohalarida me’yorlashgan 
tildan foydalaniladi. Jumladan, ilm-fan, ta’lim, madaniyat, texnika, qonun 
chiqarish, ish yuritish va h.k. sohalarni me’yorlashgan tilsiz tasavvur qilib 
bo‘lmaydi.
Adabiy til me’yori dialekt yoki jargon me’yorlaridan farqli o‘laroq, ongli 
ravishda 
madaniylashadi: 
lug‘atlarda, 
grammatikalarda 
qayd 
qilinadi, 
maktablarda, o‘quv yurtlarida o‘qitiladi, kitoblarda, radio va televidenieda 
targ‘ibot qilinadi. Kishilarning barcha madaniy muloqoti odatda adabiy til 
me’yorlariga muvofiq amalga oshiriladi.
“Nutqiy muloqot” termini “nutqiy kommunikatsiya” terminiga sinonim 
hisoblanadi. Shuni ta’kidlash joizki, har ikkala sinonim ham ikki taraflama 
jarayonni, ya’ni muloqot chog‘ida kishilarning o‘zaro munosabatini ifodalaydi. 
Nutqiy muloqotning holatini quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
Nutqiy muloqotning 
holati 
Kim bilan gaplashamiz? 
Bir kishi bilan 
Bir necha kishi bilan 
Qayerda? 
qulay / noqulay sharoitda 
Rasmiy bo‘lmagan muhitda 
Rasmiy muhitda 
Qaysi maqsadda? 
Muloqot 
Xabar 
Ta’sir etish 
Nutqiy muloqot qoidalarini ishlab chiqishga bo‘lgan urinishlarda faqat 
lisoniy vositalarni to‘g‘ri qo‘llashgina emas, balki kommunikativ holatning 
xarakteriga ham e’tibor berish nazarda tutiladi. Masalan, amerikalik tadqiqotchi 
S. Ervin-Tripp tomonidan nutqiy muloqotning quyidagi qoidalari taklif qilingan
35
:
34
Polenz P. von. Sprachnorm, sprachnormierung und Sprachnormkritik //Bd. 1. Soziolinguistik. Ansätze zur 
soziolinguistischen Theoribildung; Bd. 2. Anwendungsbereiche der Soziolinguistik. – Darmstadt, 1982. 
35
Ervin-Tripp S. Sociolinguistics // Advances in the Sociology of Language / Ed. by J. Fishman. Vol. 1. The 
Hague; – Paris, 1971. 


52 
1. Lisoniy vositalarni tanlash qoidasi:
a) barcha ijtimoiy qatlamlar uchun umumiy bo‘lgan;
b) turli ijtimoiy qatlamlar va guruhlar uchun maxsus bo‘lgan. Misol: 
murojaat shaklini tanlash, ushbu tanlovdagi milliy va ijtimoiy farqlar. 
2. Rioya qilish qoidasi, ya’ni kommunikatsiyada nutqiy harakatlar ketma-
ketligiga rioya qilish: salomlashish, minnatdorchilik, xayrlashish va h.k. Mazkur 
qoidalar doirasida xayrlashish, taklif qilish, telefonga chaqirish, kommunikativ 
aloqani yo‘lga qo‘yish formulalari ko‘rib chiqiladi. 
3. Birgalik qoidasi; bunda bir kontekstda u yoki bu leksik, fonetik, 
intonatsion, sintaktik va h.k. birliklar va xususiyatlarning birlashish qoidasi 
nazarda tutiladi. 
Shuningdek, suhbatdoshlarning o‘zaro munosabati qoidasi alohida 
o‘rganiladi. Bunda so‘zlovchi mazkur ijtimoiy yoki kasbiy guruhga kiruvchi 
suhbatdoshlar uni “o‘ziniki” deb qabul qilishlariga, uning nutqiy muomalasi 
hamda vaziyatini va ijtimoiy rolini o‘zgartishda bir kod tasarrufidan ikkinchi kod 
tasarrufiga o‘tishini ma’qul ko‘rishlariga harakat qiladi. 
“Nutqiy muomala” terminida jarayonning bir tomonli bo‘lishiga urg‘u 
beriladi: u kommunikativ vaziyat qatnashchilaridan bo‘lgan yo so‘zlovchi 
(adresant), yo tinglovchi (adresat)ning nutqi yoki nutqiy reaksiyasini 
xarakterlovchi o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi. “Nutqiy muomala” termini 
nutqning monologik shakllarini, masalan, ma’ruza, yig‘ilishlardagi nutq va 
boshqa kommunikativ vaziyatlarni tavsiflash uchun qulaydir. Biroq uning o‘zi 
dialoglarni tahlil qilish uchun yetarli bo‘lmaydi. Bunday holatda nafaqat har bir 
tomonning nutqiy muomalasi, balki o‘zaro nutqiy harakatlar mexanizmini ochib 
berish muhim hisoblanadi. Shunga ko‘ra, “nutqiy muloqot” tushunchasi o‘z 
ichiga “nutqiy muomala” tushunchasini oladi. Nutqiy muomala rol, vaziyat va 
mavzu singari sotsiologik o‘lchovlar bilan bog‘lanadi.
Nutq akti termini u yoki bu kommunikativ vaziyat doirasidagi 
so‘zlovchining aniq nutqiy harakatlarini ifodalaydi. Masalan, bozorda biron 
narsani sotib olish vaziyatida sotuvchi va xaridor o‘rtasida turli nutq aktlarini o‘z 
ichiga olgan shunday dialog vujudga kelishi mumkin: informatsiya haqida so‘rov: 
(– Necha pul? Qancha turadi? Kim ishlab chiqargan? Qanday materialdan 
tayyorlangan?), xabar (– Yigirma ming; Janubiy Koreya; Haqiqiy charm), iltimos 
(– Iltimos, olib qo‘ying, hozir pul olib kelaman), ayblash (– Qaytimni oz 
beribsiz!), tahdid (– Hozir militsiya chaqiraman!) va h.k. 
Muayyan vaziyatda nutq aktining shakli uning mazmuniga mos kelmasligiga 
bilvosita nutq akti deyiladi. Masalan, oshxonada ovqatlanayotganingizda 
yoningizda o‘tirgan biron kishi sizga: – Tuzni uzatvorolasizmi? – deb murojaat 
qildi. Mazkur murojaat shaklan so‘roq bo‘lsa ham, mazmunan iltimosni 


53 
ifodalaydi. Siz unga o‘z harakatingiz bilan javob berasiz: ya’ni tuzdonni uzatib 
yuborasiz. Agar siz bu iltimosni so‘roq deb tushunib, unga: Ha , deb javob berib, 
bu javobga mos harakat qilmasangiz, unda kommunikatsiya jarayoni buzilgan 
bo‘ladi. Yoki – Derazani yopvorasizmi? savoliga derazani yopish harakati orqali 
javob beriladi. Yoki telefonda: – Rustam uydami? deb so‘ralganda, “Rustamni 
chaqirib bering” degan ma’no anglashiladi.
So‘zlashuv uslubi uchun nutqning dialogik shaklda bo‘lishi, so‘zlarning 
ko‘chma ma’noda qo‘llanilishi, mazkur uslubga xos bo‘lgan har xil takrorlar, 
intonatsion vositalar (gumon, ishonch, piching, qat’iylik, hazil)ning ko‘proq 
bo‘lishi, 
so‘zlovchi 
his-tuyg‘ularidan, 
munosabatidan 
kelib 
chiqadigan 
emotsional-ekspressivlikning mavjudligi, nutqiy muloqotga xos situatsiya 
(vaziyatlik), yuzma-yuzlik, hazilmutoyiba elementlarining ko‘proq bo‘lishi, 
haqorat, erkalov, kichrayturuv, oddiy muomalaga oid so‘zlarning ko‘proq 
bo‘lishidir. Uslubiy bo‘yog‘i bilan ajralib turadigan lug‘aviy birliklar so‘zlashuv 
nutqining asosiy qatlamini tashkil etadi. Ularda soddalik, ta’sirchanlik, erkinlik, 
vaziyatboplik sezilib turadi. 
XX asrning o‘rtalarida ingliz faylasufi J. Ostin, shuningdek, uning izdoshlari 
bo‘lgan amerikalik olimlar J. Syorl va G. Grays nutq aktlari nazariyasini ishlab 
chiqishdi. Nutqiy aralashuv jarayonidagi suhbatning maqsad va yo‘nalishiga 
ko‘ra P. Grays quyidagi to‘rt prinsipni ko‘rsatib o‘tadi:
a) axborotning to‘liqligi;
b) axborotning sifati (to‘g‘ri so‘zlash);
c) axborot yo‘nalishidan chetga chiqmaslik;
d) so‘zlash manerasi (aniq va qisqa). 


54 

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin