Terminologik leksika.
Professional va ilmiy terminlar (atamalar)
terminologik leksikani tashkil etadi.
Ilm-fan, texnika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarga oid tushunchalarning
aniq atamasi bo‘lgan so‘z yoki so‘z birikmasi termin (atama) deyiladi. Har bir
fan, kasb-hunar o‘z terminlariga, shu terminlar jamidan iborat leksikasiga ega.
Bunday maxsus leksika terminologiya deb ham ataladi: fizik terminologiya,
lingvistik terminologiya kabi.
Terminlar yoki atamalar muayyan bir sohaga oid tushunchalarni aniq ifoda
etuvchi so‘zlar bo‘lsa-da, lekin bu so‘zlarning qo‘llanishi shu soha kishilari
doirasi bilan chegaralangan bo‘lishi shart emas. Bunda ikki holatni ko‘rish
mumkin:
1. Terminlarning ma’nosi sohaga aloqasi bo‘lmagan kishilar uchun ham
tushunarli bo‘ladi va ular tomonidan ham qo‘llanaveradi.
2. Terminlarning ma’lum qismi shu termin oid bo‘lgan soha kishilari uchun
tushunarli bo‘ladi va shular nutqida qo‘llaniladi. Tilshunoslikka oid: fonema,
morfema, fon, valentlik;
Jargonlar qo‘llanishi chegaralangan leksika tarkibiga kiradi (frans.
jargon
).
Kasbi, jamiyatdagi o‘rni, qiziqishi, yoshiga ko‘ra alohida ijtimoiy guruhni tashkil
etgan kishilarning, asosan, o‘g‘zaki nutqida ishlatiladigan va ma’nosini boshqalar
ko‘p hollarda anglab yetavermaydigan birliklar jargon deyiladi. Misol uchun
jargonlarning ba’zi turlarini ko‘rib chiqaylik:
1) talabalar jargoni: [yopmoq] (sessiyani tugatmoq), [vozdux] (stipendiya),
[yaxlamoq] (imtihondan qaytmoq), [quloq] (chaqimchi), [chizmoq] (qochmoq);
2) yoshlar jargoni: [g‘isht] (xunuk), [sindirmoq] (lol qolmoq), [krutoy]
(ketvorgan), [risovka] (ko‘z-k’z qilmoq), [uxlatmoq] (aldamoq), [strelka]
(uchrashuv),
[tashlashmoq]
(tortishmoq),
[baks]
(dollar),
[muzlatmoq]
(harakatdan to‘xtatmoq);
3) harbiy hizmatchilar jargoni: [dux] (yangi kelgan askar), [salyaga] (1-2 oy
xizmat qilgan askar), [fazan] (xizmatning yarmini o‘tagan askar), [ded]
(xizmatdan qaytishi yaqinlashgan askar), [diskoteka] (oshxona naryadi);
Nutqning ayrim uslublari uchungina xizmat qiladigan so‘zlar uslubiy
xoslangan so‘zlar deyiladi.
71
Og‘zaki nutqning uslubiy chegaralangan leksikasi. Og‘zaki nutq uchun
xarakterli bo‘lgan oddiy muomaladagi so‘zlar o‘zining soddaligi, hammaga
tushunarli bo‘lishi bilan yozma nutqdagi so‘zlardan ajralib turadi. Og‘zaki nutqda
uslubiy bo‘yoqdor so‘zlar ko‘p ishlatiladi, ularda soddalik, ta’sirchanlik, ba’zan
esa erkinlik sezilib turadi. Og‘zaki nutq leksikasiga:
•
dialektal so‘zlar;
•
oddiy muomalaga oid so‘zlar;
•
dag‘al so‘zlar (varvarizmlar);
•
haqorat so‘zlar (vulgarizmlar);
•
jargonlar kiradi.
Sotsiolingvistikada “argo”, “jargon”, “sleng” atamalari o‘rnida “sotsiolekt”
atamasini ishlatishni taklif qilish holatlari tez-tez uchrab turadi. Bunday
tushunchani kiritishga qaratilgan fikrlarda ham asos bor. Ijtimoiy dialekt
kategoriyasida birlashtiriladigan barcha til tuzilmalari uchun umumiy bo‘lgan
xususiyat – bu ularning ijtimoiy asosining chegaralanganligi, ya’ni ularning
muayyan ijtimoiy, ishlab chiqarish guruhlari va yoshlar jamoalari uchun muloqot
vositasi sifatida namoyon bo‘lishadi. Tilni ijtimoiy hodisa sifatida o‘rganish
an’analariga asos solgan mashhur tilshunoslar ijtimoiy dialekt haqida o‘z
fikrlarini ilgari surganlar. Ularning fikricha, ijtimoiy dialekt ma’lum jamoa va
kasbiy guruhlar o‘z maishiy hayotida ishlatiladigan til subtizimidir. Bu atama bir
tomondan adabiy tilga, ikkinchi tomondan mintaqaviy dialektlarga qarama-qarshi
qo‘yilgan.
Umuman, argo, jargon va sleng – sotsiolektning turlari hisoblanadi. Mazkur
til shakllarining har biridagi o‘ziga xos xususiyat u yoki bu guruhlarning kasbiy
alohidaligi yoki ularning boshqa jamoalardan ijtimoiy cheklanganligiga
bog‘liqdir. Kompyuter jargoni (sleng) kasbiy cheklangan subkodga, o‘g‘rilar
argosi, talabalar slengi ijtimoiy cheklangan subkodlarga misol bo‘ladi. Ba’zan
guruh ham kasbiy, ham ijtimoiy alohidalik kasb etadi. Bunday guruhning nutqi
ham kasbiy, ham ijtimoiy jargonning xususiyatlariga ega. Masalan, askarlar
jargonini olsak, binobarin,
harbiylik kasb sanaladi, bu kasb bilan
shug‘ullanuvchilar esa boshqa jamoalardan alohida, o‘z holicha yashaydi.
Koyne termini (yunoncha “umumiy til”) birinchi marta eramizdan avval
IV-III asrlarda shakllangan umumyunon tiliga nisbatan qo‘llanilgan. Zamonaviy
sotsiolingvistikada koyne aholi turli guruhlarining ijtimoiy va lisoniy aloqalari
jarayonida shakllangan dialektlararo og‘zaki muloqot vositasi hisoblanadi.
Turli hududiy dialektlarning xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan
qurama dialektlar yoki ushbu mintaqada mavjud bo‘lgan tillardan biri koyne
rolini bajarishi mumkin. Koynelar oldi-sotdi, harbiy, iqtisodiy va madaniy
72
aloqalar maqsadida qo‘llaniladigan, muayyan dialektlar yoki tillar asosida
shakllangan dialektlararo yoki millatlararo muloqot tili sifatida namoyon bo‘ladi.
Koynelarni shahar va qishloq koynesiga ajratish mumkin. “Koyne”
tushunchasi ayniqsa, ko‘pchilikning turli nutqiy malakalari aralashgan katta
shaharlarning lisoniy hayoti uchun dolzarb hisoblanadi. Shahar sharoitidagi
guruhlararo muloqot hamma uchun tushunarli bo‘lgan kommunikatsiya
vositalarini ishlab chiqishni talab qiladi. Shahar aholisi turli guruhlarining
kundalik muloqot ehtiyojiga xizmat qiluvchi shahar koynelari ana shunday paydo
bo‘ladi.
Shuningdek, koynelar mintaqalarga, ya’ni muayyan til (yoki tillar) tarqalgan
ma’lum hududlarga ko‘ra ham ajratiladi. Masalan, ko‘p tillilik mavjud bo‘lgan
Mali Respublikasida (Afrikada) qurama dialektlar shakliga ega bo‘lgan baman tili
koyne sifatida qo‘llaniladi.
“Koyne” tushunchasi, odatda, og‘zaki muloqot vositasini ifodalasa-da,
ba’zan bu tushuncha tilning yozuv shakllariga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Masalan, London koynesi ham kundalik so‘zlashuvda, ham shahar boshqaruvi,
mahkama tizimida ishlatilgan. Yoki “koine” termini o‘rta asrlarda G‘arbiy
Yevropa davlatlarida ilm, din, huquqshunoslik, san‘at sohalarida millatlararo
muloqot vositasi vazifasini o‘tagan lotin yozuviga nisbatan ham qo‘llanilgan.
Shuni ham ta’kidlash joizki, muayyan koynelar ayrim adabiy tillarning
shakllanishiga asos bo‘lishi mumkin. Masalan, London koynesi ingliz adabiy
tiliga, Pekin koynesi xitoy adabiy tiliga, Edo koynesi esa yapon adabiy tiliga asos
bo‘lib xizmat qilgan. Shu bilan birga, butun boshli adabiy tillar ham koyne rolini
bajarishi mumkin. Masalan, “Ispan tili o‘qituvchilari Yevropa Assotsiasiyasi”
(АЕРЕ)ning ma’lumotlariga ko‘ra, ispan tili hozir dunyoda o‘rganilayotgan
xorijiy tillar orasida birinchi o‘rinni egallaydi, ingliz tili chet tili sifatida emas,
balki bir “koine” sifatida qabul qilinadi.
So‘zlashuv tili – adabiy til me’yorlariga ega bo‘lmagan, ma’lumotsiz va
o‘rta ma’lumotli shahar aholisining nutqi. So‘zlashuv tiliga koynening bir turi
sifatida qarash mumkin. Sotsiolingvistikada so‘zlashuv tili terminini izohlash
o‘ziga xos murakkablik kasb etadi. So‘zlashuv tili rus tilidagi “просторечие”
termining tarjimasidir. Просторечие rus milliy tiliga xos bo‘lgan til tarmog‘i
bo‘lib, rus sotsiolingvistikasida keng qo‘llaniladi. Fransuz tilining tarmoqlaridan
biri bo‘lgan “langue populaire”, rus tilidagi “просторечие” terminini ifodalay
olmaydi. Ingliz tilining amerikacha variantidagi umumiy “sleng”ni rus tilidagi
“просторечие” termini bilan qiyoslanishi mumkin. Biroq umumiy slengning
tashuvchisi, egasi bo‘lmaydi, u ingliz tilini funksional-stilistik turi hisoblanadi
(umumiy sleng unsurlari ommaviy axborot vositalarida keng qo‘llaniladi; keyingi
yillarda rus tilshunoslari ham rus tilida so‘zlashuv tili va ijtimoiy jargon o‘rtasida
73
oraliq o‘rinni egallagan umumiy jargonni ajratish lozim deb hisoblashmoqda
(Qarang: Yermakova va b. 1999).
Til mavjudligining xalq so‘zlashuv shakli ko‘pincha kundalik so‘zlashuv tili
deb ham yuritiladi. Til shaklining bunday nomlanishi undan ko‘proq kundalik
hayot va turmushda, so‘zlashuv jarayonida foydalanishligini ifodalaydi. Qoidaga
binoan tilning xalq so‘zlashuv shakli bir tomondan adabiy til shakliga, ikkinchi
tomondan til mavjudligining boshqa shakllariga, jumladan dialekt shakllariga
qiyoslab o‘rganiladi.
V. I. Belikov til mavjudligining bu shaklini mustaqil shakl deya e’tirof
qilgani holda uning beqaror shakllarga egaligini, foydalanish doirasining
chegaralanmaganligini ta’kidlaydi: “Til mavjudligining xalq so‘zlashuv tili shakli
yoki kundalik so‘zlashuv tili deyilganda adabiy tilga alternativ bo‘ladigan har
qanday shakli tushuniladi, albatta bunga turli vaziyatlarda ishlatiladigan yashirin
til shakllari mustasno bo‘lishi mumkin”.
Sodda so‘zlashuv tili bir tomondan adabiy so‘zlashuv tiliga, ikkinchi
tomondan territorial dialektlarga qiyoslab o‘rganiladigan tilning lisoniy
komponentidir. Bu tilning o‘z so‘zlashuvchilar tarkibi, Y. D. Polivanov ta’biri
bilan aytganda o‘z “ijtimoiy substrat”i bor. “Hozirgi zamon og‘zaki nutqining
uchta sferasi mavjud, bular dialektlar, sodda so‘zlashuv tili, adabiy so‘zlashuv tili.
Ular orasidagi farqlar eng avvalo bu tilda gapiruvchilar bilan belgilanadi”.
Boshqa til hodisalari singari sodda so‘zlashuv tili ham tarixiy
kategoriyadir.U o‘zining struktur-lingvistik va funksional aspektlari bilan o‘z
taraqqiyotining turli davrlarida turlicha bo‘lishligi bilan ko‘zga tashlanadi. Bu
tilda gaplashuvchilarning ijtimoiy tarkibi ham barqaror emas. Uning “lisoniy
materiya” sining manbalari ham tarixiy xilma-xildir. Agar XIX asr va XX asr
boshida rus tilining shahar sodda so‘zlashuv tili shahar koynesining dialekt
shaklini vujudga keltirgan bo‘lsa, XX asrning 60 yillarida jargonlar va turli
xildagi “meshchanizm”lar lisoniy dominantlarga aylandi. Bu ikki xil sodda
so‘zlashuv tili o‘rtasidagi farqlar stixiyali ravishda xilma-xildir”.
Sodda so‘zlashuv tilining belgilari quyidagilardan iborat:
1) nutqning bir normaga keltirilmaganligi;
2) stilistik jihatdan differensiyalashtiril-maganligi (“immanent neytrallik”);
3) qo‘llanilishining fakultativligi, ya’ni “muayyan sotsium uchun
qo‘llanilishi majburiy emasligi”;
4) yozma shaklga ega emasligi;
5)
birliklarning
funksional
“monotonligi”, to‘liq sinonimlarning
(dubletlarning) keng tarqalganligi .
So‘zlashuv tili og‘zaki nutq shaklida amalga oshiriladi. So‘zlashuv tili oila
(oila ichida va qarindosh-urug‘lar bilan muloqot qilish)da, navbatda turganda,
74
mahallada, qo‘ni-qo‘shnilar bilan muloqot qilganda, shuningdek, sud (guvohlik
berish)da, shifokor huzuri (bemorning shikoyati)da va h.k. vaziyatlarda
qo‘llaniladi. So‘zlashuv tili shahar sharoitida turli dialektlar va jargonlar
oqimining aralashuvi oqibatida yuzaga keladi.
Nemis
sotsiolingvistlarining
fikricha,
standartlashgan
adabiy
til
sotsiolingvistika uchun alohida qiziqish uyg‘otmaydi, chunonchi, ushbu fan,
avvalo, til variantliligini tahlil etishni maqsad qiladi. Shu ma’noda, so‘zlashuv
tilini o‘rganish ko‘proq samarali bo‘ladi. GFR sotsiolingvistlarining fikricha,
tilning ushbu turini tashuvchilar shahar aholisining o‘rta va oliy qatlamini tashkil
qiladi. (Bichel U. Problem und Begriff der Umgangsprache in der
germanistischen Forschung. -Tübingen, 1973. – P. 209; Nahrings K. Sprachliche
Varietäten. -Tübingen, 1981. – P. 73.).
Demak, so‘zlashuv tili – bu ijtimoiy qoliplashgan variant. U kundalik
muomala tili bo‘lib, qo‘llanish vaziyatlari jihatidan cheklangandir. (Löffler H.
Germanistische Soziolinguistik. – Berlin, 1985. –P. 111) Til tizimi nuqtayi
nazaridan so‘zlashuv tili – nutqiy muomala jarayonida adabiy tilning ba’zi
o‘zgarishlarga uchragan ko‘rinishi. So‘zlashuv tilidan foydalanuvchilarning
doirasi nihoyatda keng bo‘lgani uchun, u jiddiy ichki differensiatsiyaga uchragan.
Bundan tashqari, u mamlakatning turli mintaqalarida tarqalgan dialektlarning
ta’sirida anchayin variantlashadi (Eichhoff I. Wortatlas der deutschen
Umgangssprache. 2 Bde. – Bern: München, 1977-1978.)
Dostları ilə paylaş: |