Book · January 022 citations reads 484 author



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

 


78 
 
KODLAR ARALASHUVI: DIGLOSSIYA VA BILINGVIZM. BIR KOD 
TASARRUFIDAN IKKINCHI KOD TASARRUFIGA O‘TISH. 
 
Reja: 
1. Bir kod tasarrufidan ikkinchi kod tasarrufiga o‘tish. 
2. Diglossiya va bilingvizm.
3. Bilingvizmning turlari.
4. Interferensiya.
Tayanch so‘z va tushunchalar:
kodlar aralashuvi, bir kod tasarrufidan 
ikkinchi kod tasarrufiga o‘tish, so‘zlovchi rolining almashinuvi, muloqot mavzusi, 
diglossiya, bilingvizm, ikki tillilik, ko‘p tillilik, koordinativ bilingvizm, aralash 
bilingvizm, subordinativ bilingvizm, interferensiya.
Kodlar o‘zgarishi 
(
bir kod tasarrufidan ikkinchi kod tasarrufiga o‘tish

inglizcha
code-switching (pereklyuchenie kodov) 
termining tarjimasi bo‘lib, u
XX asrning 70-yillarida ingliz tilshunosligida paydo bo‘lgan. Biroq mazkur 
termin iste’molga kirmasidan oldin bu hodisaga R. Yakobson e’tibor qaratgan: 
“Har qanday umumiy kod ko‘p shaklli bo‘lib, u xabarning vazifasi, adresat va 
suhbatdoshlar orasidagi munosabatga ko‘ra so‘zlovchi tomonidan erkin 
tanlanadigan turli subkodlarning iyerarxik (pog‘onali) majmuyidir”
40
.
Ijtimoiy-kommunikativ tizimni tarkib toptiruvchi kodlar va subkodlar 
vazifalariga ko‘ra taqsimlangandir. Bu mazkur til jamoasini tashkil etgan xuddi 
o‘sha so‘zlashuvchilar kontingentining umumiy muloqot vositalar majmuyini 
muloqot sharoitidan kelib chiqqan holda qo‘llashini bildiradi. Masalan, agar gap 
adabiy til subkodlari haqida ketadigan bo‘lsa, unda adabiy til egalari ilmiy 
faoliyatda ilmiy uslubdan, boshqaruv organlarining yozishmalarida, ish 
yuritishda, yurisprudensiyada albatta, rasmiy uslubdan, diniy marosimlarda esa 
diniy-tashviqot konstruksiyalaridan foydalanishi kerak bo‘ladi. Boshqacha 
aytganda, so‘zlovchi muloqot sharoitidan kelib chiqqan holda bir til vositasidan 
boshqasiga o‘tadi.
Bunga o‘xshash manzara ikki yoki undan ortiq til qo‘llaniladigan 
jamiyatlarda ham kuzatiladi. Ikki yoki undan ortiq tilda so‘zlashuvchilar 
(zullisonaynlar) odatda bu tillarni muloqot sharoitiga ko‘ra “taqsimlashadi”: 
rasmiy sharoitda hokimiyat vakillari bilan bir tilda, kundalik hayotda, uyda, 
40
Jakobson R. Linguistics in its relation to other sciences //Main Trends of Research in the Social and Human 
Sciences. – Paris, 1970. – P. 458.


79 
qo‘shnilar va h.k. bilan ikkinchi tilda gaplashadilar. Mazkur holatda ham bir kod 
tasarrufidan ikkinchi kod tasarrufiga o‘tiladi, faqat bu yerda birinchi 
misoldagidek kod tilning uslublari sifatida emas, balki turli tillar sifatida 
namoyon bo‘ladi. 

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin