75
TIL EGASINING KOMMUNIKATIV SALOHIYATI. IJTIMOIY MAQOM
VA IJTIMOIY ROL. LISONIY IJTIMOIYLASHUV.
Reja:
1. Til egasining kommunikativ salohiyati.
2. Ijtimoiy maqom va ijtimoiy rol.
3. Lisoniy ijtimoiylashuv.
Tayanch so‘z va tushunchalar:
kommunikativ vaziyat, kommunikativ
salohiyat, ijtimoiy maqom, ijtimoiy rol, lisoniy ijtimoiylashuv.
Kommunikativ vaziyat ma’lum tuzilishga ega bo‘lib, uning tarkibi
quyidagilardan tashkil topadi:
1) so‘zlovchi (adresant);
2) tinglovchi (adresat);
3) so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi munosabat;
4) muloqotning emotsionalligi (rasmiy – neytral – do‘stona);
5) maqsad;
6) muloqot vositasi (til yoki uning tarmoqlari – dialekt, uslub, shuningdek,
paralingvistik vositalar – imo-ishoralar);
7) muloqot usuli (og‘zaki/yozma, kontaktli/distantli);
8) muloqot joyi.
Kommunikativ vaziyatning tarkibiy qismlari o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ular
o‘zgarishi bilan kommunikativ vaziyat ham o‘zgaradi. Masalan, sud jarayonida
sudya bilan guvohning muloqoti bu shaxslarning suddan tashqaridagi muloqotiga
nisbatan o‘ta rasmiy til vositalarining qo‘llanishi bilan farqlanadi.
Psixolingvistika sohasidan o‘zlashtirilgan yana bir tushuncha til egasining
kommunikativ salohiyatidir. Nutqiy kommunikatsiya jarayonida kishilar adresat
uchun tushunarli bo‘lgan ifodalarni tuzish uchun lug‘at
va grammatika kabi til
vositalaridan foydalanishadi. Biroq mazkur tilda muloqotning muvaffaqiyatli
chiqishi uchun lug‘at va grammatika bilimining o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Binobarin,
u yoki bu til birliklari va ularning birikuvining qo‘llanish shartlarini ham bilish
lozim. Boshqacha aytganda, til egasi grammatikadan tashqari “vaziyat
grammatikasi”ni ham o‘zlashtirishi lozim, ya’ni leksik birliklarning ma’nosi va
gapda joylashish tartibi qoidalarini o‘zlashtirish bilan birga, so‘zlovchi va adresat
orasidagi munosabat, muloqot maqsadi va boshqa omillarni ham bilishi kerak. Til
egasi ayrim ijtimoiy vaziyatlarda nutq akti sifatida nimaning maqbul bo‘lishini
anglashi lozim. Bular til egasining kommunikativ salohiyatini tashkil qiladi.
76
D. Haymsning fikricha, kommunikativ salohiyat tushunchasi birbiridan farq
qiladigan ikki intellektual kategoriyaning tan olinishiga bog‘liq bo‘ladi: bilim va
undan foydalanish qobiliyati. Chunonchi,
bilish boshqa, qilish, amalga oshirish
boshqa bir ishdir. (Hymes D. On Communicative Competence. Original paper.
1971. – P. 269-293.) Masalan, til bilimi passiv bo‘lishi mumkin, ayni paytda tilni
bilish, til vositalaridan foydalanish faol bo‘lishi mumkin.
Kommunikativ salohiyat doirasiga odob-axloq qoidalari (o‘zbek lisoniy
hamjamiyatida san va siz olmoshlari, -lar qo‘shimchasining hurmat ma’nolari,
yapon va koreys lisoniy hamjamiyatlarida hurmat shakllari kategoriyasining
qo‘lanilishi), bolalarning kattalar bilan (yoki kattalarning bolalar bilan) muloqot
qoidalari, kommunikatsiya ishtirokchilarining ijtimoiy mavqeyiga ko‘ra “ijtimoiy
masofa”ga
rioya qilish qoidalari, shuningdek, iltimos, talab, ayblash, tahdid,
va’da berish kabi turli nutq aktlarini amalga oshirish qoidalari va boshqalar
kiradi.
Sotsiolingvistikaning ayrim terminlari va tushunchalari sotsiologiya va
ijtimoiy psixologiyadan olingan. Ulardan eng muhimlari ijtimoiy maqom va
ijtimoiy roldir. Jamiyatda yashaydigan va turli guruhlarga mansub bo‘lgan har bir
individ jamiyatda bir qancha ijtimoiy o‘ringa ega bo‘ladi. Masalan, talaba (o‘z-
o‘zidan ma’lum ijtimoiy o‘ringa ega) faol “kamolotchi”, universitetning shahmat
bo‘yicha chempioni,
guruhda yaxshi xonanda, uyda o‘g‘il va aka, do‘stlar
davrasida o‘rtoq, do‘st va h.k. bo‘lishi mumkin. Mazkur o‘rinlarning har biri
muayyan qoidalar va vazifalar bilan bog‘liq bo‘lib, u ijtimoiy maqom, deb
nomlanadi. Ijtimoiy maqomlarning aksariyatiga insonning o‘zi erishadi. Bunday
maqomlarga orttirilgan maqomlar deyiladi. Talaba maqomiga oliy o‘quv yurtiga
kirish
imtihonlarini
muvaffaqiyatli
topshirish,
chempionlik
maqomiga
musobaqada g‘olib bo‘lish, er maqomiga nikohdan o‘tish yo‘li bilan erishiladi.
Boshqa maqomlar, xususan, jins, etnik yoki muayyan irqqa oidlik tug‘ma bo‘ladi.
Har qanday maqom huquq, majburiyat va unga mos me’yoriy
muomaladan
iborat bo‘ladi. Jumladan, talaba maqomi darslarga qatnashish, imtihonlar
topshirish, amaliyot o‘tash, universitet kutubxonasidan foydalanish va
boshqalardan iborat bo‘ladi. Professor-o‘qituvchi maqomi muayyan fandagi
salohiyat, ma’lum
pedagogik malaka, ilmiy faoliyat, kafedra majlisida ishtirok
etish va h.k.dan iborat bo‘ladi. U yoki bu ijtimoiy maqomga ega bo‘lgan kishidan
atrofdagilar mazkur maqomga mos bo‘lgan ma’lum muomalani kutadi.
Ana shunday standart, umumqabul qilingan kutishlarga ijtimoiy rol deyiladi.
Bir maqomga bir necha rollar mos kelishi mumkin. Masalan, universitet
professor-o‘qituvchisidan talabalar, hamkasblar,
kafedra mudiri, ma’muriyat va
texnik xodimlarning kutishlari bir-biridan farq qiladi. Jamiyat uchun xos bo‘lgan
aksariyat rollar tilda maxsus ma’no kasb etadi: ota, turmush o‘rtog‘i, o‘g‘il,
77
sinfdosh, qo‘shni, o‘qituvchi, xaridor, yo‘lovchi, mijoz va h.k. Jamiyatning har
bir voyaga yetgan a’zosi o‘z rollarining ijrosida o‘zini qanday tutishni yaxshi
biladi.
Jamiyatning
a’zosi sifatida individning hayoti u tug‘ilgan va
tarbiyalanayotgan oilada rol muomalasini, o‘zini qayerda qanday tutishni
o‘rganishdan boshlanadi. Xuddi ana shu yerdan shaxsning ijtimoiylashuv
jarayoni – yashashi va harakat qilishi kutilayotgan jamiyatga kirishi boshlanadi.
Ijtimoiylashuv individning asta-sekin o‘zi uchun yangi bo‘lgan guruhlarga kirishi
va yangi rollarni o‘zlashtirish jarayonidir.
Ijtimoiylashuv jarayonining muhim tarkibiy
qismlaridan biri lisoniy
ijtimoiylashuv bo‘lib, u muayyan jamiyatda qo‘llaniladigan tilni o‘zlashtirish va
undan foydalanish qoidalarini u yoki bu ijtimoiy rolni ijrosiga muvofiq
ishlatishini ifodalaydi. Xullas, sotsiolingvistikada qo‘llaniladigan ayrim
tushunchalar psixolingvistika, sotsiologiya va ijtimoiy psixologiya sohalaridan
o‘zlashtirilgan bo‘lib, ular tilning mavjud ijtimoiy sharoitlar bilan bog‘liqligini
o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: