Book · January 022 citations reads 484 author



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

(Ichki til) diglossiyasi 
(yun. 
di
 – “ikki” va 
gloss
 “til”) deganda, bir milliy 
tilning turli subkodlarida gapira olish, sharoit va muloqot doirasiga bog‘liq 
holda, tilning bir subkodidan ikkinchi bir subkodiga ko‘chish, bir til 
doirasidagi turli uslublardan foydalana olish tushuniladi.
Masalan, italyan tili sohiblari uyda, do‘stlar doirasida mahalliy dialektni 
qo‘llashadi, biroq boshqa dialekt vakillari bilan muloqot qilishganda yoki 
ommaviy chiqishlarida adabiy tildan foydalanishga o‘tishadi. Bunday hodisani 
xorazmliklar nutqida ham kuzatish mumkin. Xorazm shevasi aksariyat hollarda 
xorazmliklar orasida qo‘llaniladi. Xorazmliklar boshqa sheva vakillari bilan 
muomalada bo‘lganda yoki Toshkentda (yoki boshqa viloyatlarda) yashashganda 
adabiy tilda so‘zlashadilar.
Bundan tashqari, 
diglossiya
 
termini turli tillarni bilish va ularni muloqot 
vaziyatiga ko‘ra galma-gal qo‘llay olishini ham anglatishi mumkin. Bunday 
hollarda
 
“ichki til”
 
aniqlovchisi chiqarib tashlanib, “diglossiya” terminining o‘zi 
qo‘llaniladi.
“Diglossiya” 
termini 
ilmiy 
muomalaga 
amerikalik 
tadqiqotchi
S. A. Fergyuson tomonidan 1959-yilda kiritilgan
41
. Bungacha tilshunoslikda 
xalqaro “bilingvizm” va uning muqobili “ikki tillilik” (zullisonayn) terminlari 
qo‘llanilgan (va qo‘llanishda davom etmoqda). Ko‘p tillar mavjud bo‘lgan 
holatlarga nisbatan “ko‘p tillilik” (ingl. multilingualism, frans. plurilinguisme) 
terminidan foydalanish qabul qilingan.
“Ikki tillilik” va “ko‘p tillilik” terminlarining nomlaridan ham ko‘rinib 
turganidek, bu biron jamiyatda (odatda davlatda) ikki va undan ortiq tillarning 
faoliyat ko‘rsatishini bildiradi. Bugungi kunda qator davlatlarda ikki yoki ko‘p 
41
Ferguson C.A. Diglossia // Word. –N. 15. 1959. – P 325-340.


81 
tillilik mavjud. Mazkur hodisalarni Rossiya (rus tili bilan birga, boshqird, tatar, 
yoqut, buryat, osetin va h.k. tillar qo‘llaniladi), Afrika mamlakatlari, Belgiya, 
Gana, Hindiston, Kanada, Paragvay (misollarni barcha mintaqalardan olinganini 
ko‘rish mumkin) davlatlarida kuzatish mumkin.
Ikki tillilik va ko‘p tillilikni bir qancha tillarni biladigan shaxslarga nisbatan 
ham ishlatish mumkin. Binobarin, 

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin