Book · January 022 citations reads 484 author


O‘tkir Hoshimovning “Bahor qaytmaydi” asaridan



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

O‘tkir Hoshimovning “Bahor qaytmaydi” asaridan 
 
Alimardon uyg‘ondi-yu, o‘zidan bir necha qadam narida turgan qizni ko‘rdi. 
Qiz boshyalang, sochlari turmaklangan, oppoq xalat kiygan edi. U katak-katak 
dasturxon yopilgan stol ustida biqirlab qaynayotgan yaltiroq sterilizatordan pinset 
bilan ignalarni avaylab olar, sovutish uchun bolsa kerak, bir chekkaga qo‘yar edi. 
Qiz yonlamasi turgani uchun Alimardon uning chehrasini yaxshi ko‘rolmas, 
ammo derazadan yog‘ilayotgan tong nurida qirra burni, silliq, xushbichim 


 138 
yuzining bir tomoni, mayin tukli lablari aniq ko‘rinardi. “Muqaddam, – deb 
o‘yladi u qizdan ko‘z uzmay. – Anvarning kuyib yurganicha bor ekan” . U ko‘p 
qizlarirni ko‘rgan, ammo bunaqa jozibador qizni uchratmagandi. Yuragi gupillab 
ura boshlaganini sezib, boshini ko‘tardi. Qiz karavot g‘irchillaganini eshitib, 
buriidi. – Uyg‘ondingizmi? – Qiz jilmayganida uzun, qayrilma kipriklari tutashib 
yana ham chiroyli bo‘lib ketdi. “Farishtaday ekan...” – Alimardon ham beiixtiyor 
jilmaydi. – Siz Muqaddamxonsiz-a? – u yana nimadir deyish kerakligini o‘ylab 
so‘radi. – Anvar ketdimi? – Men kelsam, ketgan ekanlar, – dedi Muqaddam yana 
shprislarni olib. – Ishga ketgan bo‘lsalar kerak... “ Kelganiga ancha bo‘lgan ekan-
da...” – Alimardon nima uchun quvonayotganini o‘zi bilmasa ham qizdan ko‘z 
uzolmay qoldi. Muqaddam flakondagi dorini shprisga tortib oldi-da, ignasini 
yuqoriga ko‘tardi. Igna uchidan tizillab dori otildi. – Bilagingizni chiqaring... – 
dedi u Alimardonga qaramay. Alimardon uning uyalayotganini sezib turardi. – 
Qo‘rqaman-da, – u ataylab ko‘rpaga burkanib oldi. Ko‘rpa tagidan mo‘ralab 
qaradi-yu, Muqaddasning qizarib ketganini, o‘zini jiddiy tutishga urinayotganini 
payqadi. – Bo‘ling! – Muqaddam hamon igna uchidan otilayotgan doridan ko‘z 
uzmay, quruqqina ohista buyurdi. – Chang qo‘nsa, shprislami boshqatdan 
qaynatishga to‘g‘ri keladi. Alimardon hamon undan ko‘z uzmay, ko‘ylagining 
yengini shimardi. – O‘lib qolsam, o‘zingiz javob berasiz! U ukolning og‘rig‘ini 
sezmadi ham. Tepasida engashib turgan Muqaddamga tikilib yotaverdi. 
Muqaddam avaylab dori yuborar, qollari bilinar-bilinmas titrar, Alimardonning 
emas, o‘zining joni og‘riyotganday labining bir burchini qimtib turardi. 
Alimardon uning oppoq yuzidan ko‘z uzolmas, xalatining ochiq yoqasidan 
ko‘rinayotgan bo‘ynidagi xoli ham, qunduzday qoshlari ham yuragini o‘rtar edi. – 
Mana, bo‘ldi. – Muqaddam igna og‘zini spirtli paxta bilan artib jilmaydi. – 
Shunga qo‘rqib o‘tiribsiz... U sekin-sekin stol oldiga yurib bordi-da, ignani 
chiqarib sterilizator qopqog‘iga tashladi. Alimardon uning har bir harakatini 
diqqat bilan kuzatar, miyasi g‘uvillab ketgan, chalkash tuyg‘ular ichida 
to‘lqinlanar edi. Muqaddam anjomlarini yig‘ishtirib bo‘lguncha u bir qarorga 
keldi-yu, chaqirdi: – Nima qilib qo‘ydingiz... – dedi hayajondan ovozi titrab. – 
Hamma yog‘im olov bo‘lib yonib ketyapti-ku! – Nima? – Muqaddam cho‘chib 
o‘girildi. Uning chehrasida qo‘rquv bor edi. – Ishonmasangiz peshanamni ushlab 
ko‘ring! Muqaddam shoshilib kelib uning peshanasiga kaftini bosdi. U endi 
gapirishga og‘iz juftlagan edi, Alimardon bo‘ynidan mahkam quchdi-yu, siltab 
pastga tortdi, lablaridan, yuzidan o‘pa boshladi. Muqaddam bir lahza gangib 
qoldi. U o‘zini yo‘qotib qo‘ygan, Alimardonning og‘ushida talpinar, ammo chiqib 
ketolmas edi. Qiziq, shuncha oylardan beri Anvardan kutib yurgan keskin 
harakatlami Alimardon qilar, bu ayyor yigitni urib yuborishini ham, indamasligini 


 139 
ham bilmasdi. Ammo Anvarni eslashi bilan siltanib qaddini rostladi-da, 
Alimardonning yuziga tarsaki tushirdi. 
– Uyatsiz! – U ko‘z o‘ngini to‘sgan yosh pardasidan hech nimani ko‘rolmay, 
tusmollab stol yoniga bordi. Shosha-pisha sterilizatorni yig‘ishtirayotganida orqa 
tomondan Alimardonning bo‘g‘iq ovozi keldi. – Kechiring... Muqaddam yoshli 
ko‘zlari bilan unga qaradi. Alimardon karavotda ma’yus bosh egib o ‘tirardi. – 
Kechiring, Muqaddam, – dedi u bo‘g‘iq ohangda. Keyin unga tik qarab turib 
ta’kidladi: – Meni, ifloslik qilyapti, demang. Siz baribir meniki bo‘lasiz! 
Muqaddam ko‘ksini toshirib yuborayotgan yig‘idan bo‘g‘ilib, tashqariga otildi. 
Ko‘cha eshik g‘iyqillab ochilib yopilganidan keyin, Alimardon o‘zini yostiqqa 
tashladi. Vijdonining tub- tubida yengil bir azob uyg‘ondi. “Yaxshi bo‘lmadi... – 
U shiftga bir lahza tikilib yotdi-da, o‘ziga tasalli berdi. – Nima bo‘pti?! Qizlar 
ham mard yigitlarni yaxshi ko‘radi. O‘sha lattadan kam joyim bormi?!” ...Shu 
kuni tushda Iqbol xola osh olib kelganda Alimardon u bilan sovuqqina 
salomlashdi. Anvarni so‘ramadi ham... 
Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada 
har bir akademguruhga alohida o‘tiladi. Mashg‘ulotlar faol va interfaol usullar 
yordamida o‘tiladi, “Keys-stadi” texnologiyasi ishlatiladi, keyslar mazmuni 
o‘qituvchi tomonidan belgilanadi. Ko‘rgazmali materiallar va axborotlar 
multimedia qurulmalari yordamida uzatiladi. Darslarda mavzu mohiyatidan kelib 
chiqqan holda “Suhbat” metodi, “Aqliy hujum”, “Blits- so‘rov”, “Tushunchalar 
izohi”, “FSMU”, “Klaster” kabi interfaol metodlar qo‘llaniladi. 

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin