Book · January 022 citations reads 484 author


Xolid Husayniyning “Tog‘lar ham sado berdi” asaridan



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

Xolid Husayniyning “Tog‘lar ham sado berdi” asaridan 
 
Qizlar o‘n uch yoshga to‘lganlarida ba’zan onalari uchun yaqin 
shaharchadagi gavjum bozorga tushishardi. Tosh yotqizilmagan ko‘chalardan 
hozirgina sepilgan suvning yoqimli isi taralar edi. Ikkala qiz tor ko‘chalar bo‘ylab 
borib, chilim, ipak ro‘mollar, mis qozonlar, eski soatlar sotiladigan rastalardan 
o‘tib borishdi. Parvona har bir qadamda erkaklar Ma’sumaga yalt etib qarashlarini 
ko‘rardi. O‘zlarini risoladagidek tutishga harchand urinsalar-da, ko‘zlar ularga 
bo‘ysunmas edi. Ma’suma ular tomonga boqib qolgudek bo‘lsa, o‘zlarini 
ahmoqona tutib qolishardi. Suhbatlar uzilib qolar, chilim tortayotganlar o‘sha 
joyida qolar, tizzalar qaltirab, choylar to‘kilib ketardi. Parvona esa opasining 
yonida ko‘rimsiz ko‘rinar edi. Sochlari pahmoq, yuzlari horg‘in va so‘niq, beli 
yo‘g‘on, yelkalari keng edi. Butun umr ko‘zgu qarshisida opasi bilan yonma-yon 
turishdan qochib kelgandi. Ma’sumaning chehrasi oldida o‘zinikini ko‘rish, inkor 
qila olmaydigan darajada ko‘rimsiz ekanligiga guvoh bo‘lish uning bor 
umidlarini ham chippakka chiqarar edi. Ammo odamlar orasida, har bir begona 
nigoh bir ko‘zgu misoli edi. Bundan aslo qochib bo‘lmasdi. 
U Ma’sumani tashqariga olib chiqdi. Ikkalasi Parvona yasagan chorpoyada 
o‘tirishardi. Parvona opasining orqasiga bolishlarni qulay qilib joylashtirdi. Tun 
nihoyatda sokin. Sukunat esa nihoyatda go‘zal edi. Na Ma’suma, na Parvona 
behuda so‘zlar bilan bu osudalikni buzishni istamas edi. – Men uchun bir ish qila 
olasanmi? – so‘radi Ma’suma. Parvona unga qaradi. – Meni Kobulga olib 
borishingni istayman. – Jiddiy aytyapsanmi buni? – Dorilomon saroyini ko‘rishni 


 137 
istayman. O‘tgan gal bora olmagan edik. Balki yana bir bor Bobur qabrini ziyorat 
qilarman. Parvona Ma’sumaning yuzini aniqroq ko‘rish uchun egildi. Opasining 
chehrasidan hazil alomatlarini izlagan Parvona oy yog‘dusida Ma’sumaning 
bo‘shliqqa xotirjam boqib turgan ko‘zlarini ko‘ra oldi xolos.
– Yayov borganda bu kamida ikki kunni oladi-ku. Balki uch kun ham olar. – 
Eshigi oldida bizni ko‘rib hayratlangan Nabini bir tasavvur qilgin. – U qayerda 
yashashini ham bilmaymiz hatto. – Biror eshikni qoqib so‘rarmiz. Buning qiyin 
joyi yo‘q. – Bu ahvolingda u yerga qanday qilib yetib boramiz, Ma’suma? Bugun 
ish bilan ketganingda, uyga mulla Shahib kelgan edi. Uzoq suhbatlashdik. Bir 
necha kunga Kobulga ketayotganimizni aytdim. Faqat ikkimiz xolos. Oxiri u 
bizga oq fotiha berdi. Shuningdek, xachirini ham. Ko‘rib turganingdek, ish 
pishgan. – Sening esing joyida emas, – dedi Parvona. – Mana, nimani 
xohlayapman. Shu mening istagim. 
Kunlardan bir kuni erta tongda o‘n yettiga qadam qo‘ygan egizak qizlar 
emanning baland shoxlaridan birida oyoqlarini osiltirgancha o‘tirgan edilar. 
“Sabur meni so‘ramoqchi”, dedi Mas’uma baland shivirlab. “Seni so‘ramoqchi?” 
Parvona boshda buni darhol tushunib yetmadi. “Albatta, o‘zi emas, – kulib 
yubordi Ma’suma kafti bilan og‘zini bekitib. – Otasi keladi sovchilikka». Parvona 
endi fahmladi. Yuragi orqaga tortib ketdi. “Qayerdan bilasan?” so‘radi u tong 
qotgan lab larini zo‘rg‘a ochib. Ma’suma so‘zlab bera boshladi, so‘zlar lablaridan 
to‘xtovsiz quyila ketdi, ammo ular Parvonaning qulog‘iga arang yetib borardi. 
Qizning ko‘z oldiga Ma’suma bilan Saburning nikoh to‘ylari keldi. Yasanib olgan 
bolalar qo‘llarida gullar bilan to‘lib-toshgan xina idishini ko‘tarib borar, ularning 
ortidan raqqoslar ko‘rinardi. Sabur Ma’sumaning mushtini ochib, kaftiga xina 
surtdi, so‘ng oppoq tasma bilan bog‘lab qo‘ydi. Duolar... Oq fotihalar... 
Sovg‘alar... Ikki yosh tilla ipak harir ortida bir-biriga termulib boqishar, qoshiqda 
sharbat tutishar edi. Parvona ham o‘sha yerda. Yuraklari sirqirab, parcha-parcha 
bo‘lsa-da, kulib turib chapak chalishga, o‘zini baxtiyor tutishga mahkum. Shamol 
qattiq esib, shox-shabbalar tebranib, yaproqlar to‘kildi. Parvona o‘rniga 
mahkamroq o‘rnashib oldi 

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin